ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
743
631.31.
DUKKAKLI OʻSIMLIKLARNI RIVOJLANISHIDA AZOTLI ÒĞITLARNING TA’SIRI
Qurbonaliyeva Husnora Burgutali qizi
Toshkent davlat agrar universiteti talabasi.
husnoraqurbonaliyeva@gmail.com
Irisova Dinora Qaxramon qizi
Toshkent davlat agrar universiteti talabasi.
dinorairisova20062607@gmail.com
Aminova Zubayda Murodboy qizi
Toshkent davlat agrar universiteti talabasi.
zubayda@gmail.ru
Qurbonova Marjona Ulugʻbek qizi
Toshkent davlat agrar universiteti talabasi.
qurbonova@gmail.com
Jumayeva Aziza Husan qizi
Toshkent davlat agrar universiteti talabasi.
aziza@gmail.ru
https://doi.org/10.5281/zenodo.14027739
Annotatsiya. Dukkakli oʻsimliklarning oʻsib rivojlanishida azotli oʻg’itlar juda katta
ahamiyatga ega. Dukkakli oʻsimliklar aksariyat oʻsimliklar oʻzlashtirolmaydigan havodan azotni
oʻzlashtirib tuproqni azotga boyitish xususiyatiga ega. Nitrifikator bakteriyalar ammiakni
oksidlash natijasida hosil boʻlgan energiya natijasida Azotli oʻg’itlar oʻsimlikni tez oʻsishida
muhum ahamiyatga ega. Anorganik birikmadan organik birikma sintezlaydi va hosil boʻlgan nitrit
va nitratlar oʻsimliklar tomonidan oʻzlashtiriladi. Agar azotli oʻg’itlardan koʻp miqdorda
foydalansa tuproq holati buziladi. Angʻiz yoki oraliq ekin sifatida (yakka oʻzini yoki
boshoqdoshlar bilan qoʻshib kuz-qish va qish-bahor davrida) ekiladi. Koʻk massasi qoramol
uchun ozuqa yoki koʻkat oʻgʻit sifatida ham ishlatiladi.
Kalit soʻzlar: Qishloq xo’jaligi ekinlari noʻxat, loviya, donli ekin, oʻsishi va rivojlanishi
tuproqni azotga boyitishi meniral oʻg’itlarning ta’siri.
THE EFFECT OF NITROGEN FERTILIZERS ON THE DEVELOPMENT OF
LEGUMES
Abstract. Nitrogen fertilizers are very important for the growth of leguminous plants.
Leguminous plants have the ability to enrich the soil with nitrogen by absorbing nitrogen from the
air, which most plants cannot absorb. Nitrifying bacteria produce energy by oxidizing ammonia
Nitrogen fertilizers are important for rapid plant growth. An organic compound is synthesized
from an inorganic compound, and the resulting nitrites and nitrates are absorbed by plants. If
nitrogen fertilizers are used in large quantities, the condition of the soil will deteriorate. It is sown
as a single or intermediate crop (in fall-winter and winter-spring periods). Blue pulp is also used
as cattle feed or green manure.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
744
Keywords: Agricultural crops peas, beans, cereals, the growth and development of soil
enrichment with nitrogen, the effect of mineral fertilizers.
ЭФФЕКТИВНОСТЬ АЗОТНЫХ УДОБРЕНИЙ НА РОСТ И РАЗВИТИЕ БОБОВЫХ
КУЛЬТУР
Аннотация. Азотные удобрения очень важны для роста бобовых растений.
Бобовые растения обладают способностью обогащать почву азотом, поглощая из
воздуха азот, который большинство растений усвоить не могут. Нитрифицирующие
бактерии производят энергию, окисляя аммиак. Азотные удобрения важны для быстрого
роста растений. Органическое соединение синтезируется из неорганического соединения,
а образующиеся нитриты и нитраты усваиваются растениями. Если азотные удобрения
использовать в больших количествах, состояние почвы ухудшится. Высевают как
одиночную или промежуточную культуру (в осенне-зимний и зимне-весенний периоды).
Голубую мякоть также используют в качестве корма для скота или зеленого
удобрения.
Ключевые слова: Сельскохозяйственные культуры горох, фасоль, зерновые, рост и
развитие, обогащение почвы азотом, влияние минеральных удобрений.
Kirish
Osiyoda, jumladan Oʻzbekistonda oʻris-noʻxat, soya, loviya, yasmiq, burchoq, vika,
noʻxat, lyupin va b. tarqalgan. Poyasi tik (noʻxat), chirmashib (loviya), oʻrmalab (vika) yoki yer
bagʻirlab (mosh, yasmiq) oʻsadi. Barglari murakkab patsimon yoki panjasimon. Ildizi har xil
shaklda, gul tuzilishi kapalakgullilarniki singari. Mevasi — dukkak (2— 9 urugʻli). Urugʻi mayda
(mas, yasmiq) va juda yirik, dumaloq, buyraksimon, yapasqi va b. shaklda, batamom yoki nuqtali
rangli poʻstloq bilan oʻralgan. Urugʻining oʻziga xos belgisi — urugʻ kertimining borligidir.
Dukkakli ekinlarning don (urut) olish uchun ekiladigan oʻsimliklar; dukkakdoshlarning
(Fabaceae) kapalakgullilar kenja oilasiga (Papilionaceae) mansub; shuningdek, ulardan tuproq
unumdorligini oshirish uchun almashlab ekishsa foydalaniladi. Dunyo boʻyicha D.d.e.ning 17
turkumiga mansub 60 dan ortiq turi maʼlum. Oʻrta Osiyo sha-roitida oʻsuv davri 60—90 kundan
(oʻrisnoʻxat, yasmiq) 90—160 kungacha (noʻxat, soya, loviya) davom etadi. Gʻunchalash va
gullash davrida yer ustki qismlari kuchliroq oʻsadi. Koʻpchilik D.d.e. mevalari birin-ketin, pastdan
yuqoriga qarab joylashadi, shuning uchun urugʻlar baravar pishib yetiladi. Soya, loviya issiqqa
ancha talabchan, maysalari 10—13°, lyupin, noʻxat urugʻlari 5—6°, yasmiq, burchoq 3—4°
temperaturada unib chiqadi.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
745
Oʻrisnoʻxat, burchoq maysalari — 8°, soya — 4° gacha chidamli, loviya esa — G da nobud
boʻladi. D.d.e. don toʻli-shishi va uning pishib yetilishi fazasida issiklikni koʻp talab qiladi. Soya,
lyupin namga ancha talabchan. Noʻxat va burchoq qurgoqchilikka chidamli. D.d.e. yengil qumloq
va qumoq tuproqlarda juda yaxshi oʻsadi. Noʻxat, vika hamda dukkaklilar neytral reaksiyali tup-
roqlarda, loviya va soya nim nordon, lyupin nordon tuproklarda yaxshi usadi. D.d.e. fosforli-kaliyli
oʻgʻitlarga talabchan. D.d.e. oziq-ovqat hamda ozuqa ahamiyatiga ega, oqsilga boy don olish
uchun ekiladi. Doni, ayniqsa, toʻla pishib yetilmagan doni oqsil (12— 60%), uglevod (11—60%),
yogʻ (0,5—52%; quruq modda hisobida), vitamin, karotinga boy. Pishib yetilgan doni bevosita
taomlarga ishlatiladi. Ulardan yorma, un tayyorlanadi. Dumbul mevalari sabzavot sifatida
foydalaniladi. D.d.e. doni, kunjarasi, poyasi va poxoli chorva mollari hamda parrandalar uchun
qimmatbaho, proteinga boy ozuqadir. D.d.e. tuproqni azotga boyitadi va ekinlar uchun muhim
oʻtmishdosh oʻsimlik hisoblanadi. Sugʻorma dehqonchilik mintaqalarida D.d.e. angʻiz yoki oraliq
ekin sifatida (yakka oʻzini yoki boshoqdoshlar bilan qoʻshib kuz-qish va qish-bahor davrida)
ekiladi. Koʻk massasi qoramol uchun ozuqa yoki koʻkat oʻgʻit sifatida ishlatiladi.
Fava loviya - bu ajoyib oʻtlar
: ular juda tez oʻsish sur'atiga ega va ayni paytda juda
samarali. Ular hech qanday maxsus g'amxoʻrlikni talab qilmaydi, shuning uchun ular yangi
boshlanuvchilar uchun, hatto oʻsimliklarni parvarish qilish boʻyicha tajribaga ega boʻlmaganlar
uchun mos boʻlgan hosildir.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
746
Azotli oʻg’itlarning ahamiyati
U barcha oddiy va murakkab oqsillar, nuklein kislotalar (RN K va D N K ), xlorofill,
fosfatidlar, alkaloidlar, ayrim darmondorilar va DNK ), xlorofill, fosfatidlar, alkaloidlar, ayrim
darmondorilar va fermentlar tarkibiga kiradi. Oʻsimliklar oziqlanishida azot manbayi boʻlib
ammoniy (N H 4+) va nitrat (N O ,- ) tuzlari xizmat qiladi. Oʻsimliklar tomonidan azotning
oʻzlashtirilishi bir qator murakkab jarayonlar asosida ketadi va ammiakning tegishli organik
kislotalar ketoguruhi bilan hosil qiladigan aminokislotalar sintezlanishi bilan yakunlanadi.
Oʻsimliklar oziqlanishida azot manbayi boʻlib ammoniy (N H 4+) va nitrat (N O ,- ) tuzlari xizmat
qiladi.
Oʻsimliklar tomonidan azotning oʻzlashtirilishi bir qator murakkab jarayonlar asosida
ketadi va ammiakning tegishli organik kislotalar ketoguruhi bilan hosil qiladigan aminokislotalar
sintezlanishi bilan yakunlanadi.
Oʻsimliklardagi aerob va anaerob nafas olishning birinchi bosqichida uglevodlarning
parchalanishidan hosil boʻladigan pirouzum, shovulsirka, ketoglutarva boshqa ketokarbon
kislotalar bevosita aminlanishga ancha moyildir. Ketokislotalarning ammiak ta’sirida toʻg'ridan
toʻg'ri taminlanishi oʻsimliklardagi aminokislotalar sintezining asosiy yoʻnalishi hisoblanadi. Bu
ikki bosqichli jarayon boʻlib, birinchi bosqichida ammiak va ketokislotadan aminokislota hamda
suv, ikkinchi bosqichida esa aminkislotaning qaytarilishidan aminokislota hosil boʻladi. Azotning
parchalanishidan hosil boʻladigan ammiak oʻsimlik toʻqimalarida toʻplanmaydi, balki karbon
aminokislotalar sinteziga sarflanadi. Ular esa, oʻz navbatida, oqsil va boshqa azotli birikmalar (
alkoloidlar) ning biosintezida ishtirok etadi.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
747
Demak, azotli organik birikmalar hosil boʻIishi va parchalanishining murakkab zanjiri
ammiakdan boshlanib, ammiakda tugaydi. Shu bois akademik D.N. Pryanishnikov ammiak
oʻsimliklarda azot moddalari almashinuvining alfasi ham, omegasi hamdir degan edi.
Oʻsimliklarda azotli moddalar almashinuvi butun vegetatsiya davrida sodir boʻladi, lekin
uning su r’ati va xarakteri oʻsish hamda rivojlanishning turii davrlarida turlicha kechadi. Masalan,
urug’ning unish jarayonida endosperm a va urug' palladagi zaxira oqsil aminokislotaga qadar
parchalanadi. Ularning oksidlanishidan ammiak hosil boʻladi va u aminokislotalar hamda amidlar,
keyinchalik oqsil va boshqa organik birikmalarning sintezida ishtirok etadi.Oʻsimlikda fotosintez
yashilda barg paydo boʻlgach, oqsil sintezi tashqi muhit (tuproq) dan yutiladigan azot hisobiga
ketadi.
T'uproqdan eng koʻp azot oʻsimliklar jadal rivojlanib, tana qoʻyadigan davrda
oʻzlashtiriladi. Ayni paytning oʻzida oqsilning parchalanishi ham sodir boʻladi: yosh, oʻsayotgan
a ’zolarda oqsil sintezi ustunlik qilsa, qari, o 'sish dan to 'xtagan a ’zolarda oqsilning parchalanishi
kuchliroq namoyon boʻladi. Azot almashinuvi jadalligiga bog'liq ravishda oʻsimlik tanasining turli
a’zolarida azot ning qayta taqsimlanishi kuzatiiadi. Masalan, jismonan charchagan a’zolarida,
asosan qari barglarda oqsil gidrolizi sodir boʻladi va gidroliz mahsulotlari yosh a ’zolar tomon
harakatlanadi.
Urug' shakllanadigan davrda bargdagi oqsil moddalar jadal parchalanib, hosil boʻladigan
aminokislotalar pishib yetilayotgan urug'larga oqib oʻtadi va shu yerda oqsilga aylanadi.
Turli oʻsimliklar yalpi azot miqdori bilan bir-biridan farq qilishi tabiiy, lekin bitta
oʻsimlikning turli a ’zolari h am turlicha miqdorda azot tutadi. Barglar (ayniqsa, yosh barglar)
azotga boy boʻlib, poya va ildizlarda uning miqdori birmuncha kamdir.
Azot bilan oziqlantirish sharoitlari oʻsimliklarning oʻsishi va rivoj lanishiga kuchli ta'sir
koʻrsatadi. Azot tanqis boʻIgan sharoitda oʻsimlikning oʻsishi keskin sekinlashadi. Barglari
maydalashib, och yashil tus oladi, ancha erta sarg'ayadi. Poyasi ingichka tortib, yaxshi
shoxlamaydi.
Hosil
organlarining
shakllanishi,
rivojlanishi
va
donning
quyilishi
yomonlashadi.Azotli òģitlarning ahamiyati:
Mineral oʻg'itlar sanoat asosida tavyorlanadi va oʻsimliklar uchun zarur oziq moddalarni
asosan noorganik shaklda tutadi (mochevina, kalsiy sianamid, oksamid, mochevina-fomaldegid
kabilar bundan mustasno). Mineral oʻg'itlar tarkibidagi oziq element soniga koʻra oddiy va
kompleks oʻg'itlarga boʻlinadi. Oddiy o 'g’itlar tarkibida faqat bitta oziq elementini tutadi. Lekin
bu shartli tushuncha hisoblanadi, chunki koʻp hollarda ular tarkibida Mg, Ca, S va m ikroelem
entlar ham uchraydi. Kompleks o 'g ’itlar esa tarkibidagi ikki yoki undan ortiq oziq elem entning
bog'lanish tabiatiga koʻra murakkab, murakkab — aralash va aralashtirilgan oʻg'itlarga boʻlinadi.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
748
Tarkibida oʻsimliklar uchun zarur oziq moddalarni tutuvchi va dehqon tomonidan tuproqqa
kiritiladigan moddalarga oʻg'itlar deyiladi. Ular, oʻz navbatida, mineral va mahalliy oʻg'itlarga
boʻlinadi.Mahalliy sharoitlar (tom orqa, xoʻjalik)da tayyorlanib, shu joyning oʻzida ishlatiladigan
oʻg'itlar mahalliy oʻg'itlar deb yuritiladi. Tarkibida
oziqa elementlari miqdori kam boʻlganligi bois ularni olis masofalarga tashib ishlatish
maqsadga muvof'iq emas.Mineral oʻg'itlar sanoat asosida tavyorlanadi va oʻsimliklar uchun zarur
oziq moddalarni asosan noorganik shaklda tutadi (mochevina, kalsiy sianamid, oksamid,
mochevina-fomaldegid kabilar bundan mustasno). Mineral oʻg'itlar tarkibidagi oziq element
soniga koʻra oddiy va kompleks oʻg'itlarga boʻlinadi. Oddiy o 'g ’itlar tarkibida faqat bitta oziq
elementini tutadi. Lekin bu shartli tushuncha hisoblanadi, chunki koʻp hollarda ular tarkibida Mg,
Ca, S va mikroelementlar ham uchraydi. Kompleks o 'g ’itlar esa tarkibidagi ikki yoki undan ortiq
oziq elementning bog'lanish tabiatiga koʻra murakkab, murakkab — aralash va aralashtirilgan
oʻg'itlarga boʻlinadi va Dukkakli òsimliklar hayotida muhum ahamiyatga ega. Azotni oʻzlashtirish
dukkakli ekinlarni tuproqda yashaydigan maxsus bakteriyalar bilan simbiozi evaziga amalga
oshadi. Bakteriyalar oʻsimlik ildizini zararlaydi va tugunaklar hosil qiladi. Bakteriyalar dukkakli
ekinlarning bir turi yoki bir nechta turiga ixtisoslashgan boʻladi. Agar ekinlar bir necha yil
yetishtirilmagan boʻlsa tuproqda bu bakteriyalar boʻlmaydi.
Natijalar
Oʻsimliklar koʻpincha azotning
mineral birikmalaridan, asosan, nitrat va ammoniy tuzlarini
oʻzlashtiradi. Mineral oʻg’itda azot ammiakli, ammiakli ta’siri tez bilinadi. Sugʻorma dehqonchilik
mintaqasida qoʻllaniladigan Azotli oʻg’itning asosiy miqdorini ammiakli selitra va mochevina
tashkil etadi. Ammiakli oʻgʻitlarga (azot NH3 shaklida) ammoniy sulfat, ammoniy xlorid,
ammoniy bikarbonat, suvsiz ammiak suvli ammiak, ammiakatlar kiradi. Ammoniy sulfat
tarkibidagi ammiakli azot tuproqqa yutilmaydigan nitrat holidagi azotga nisbatan tuproqda yaxshi
ushlanib, kamroq yuvilib ketadi. Ammiakli – nitratli oʻgʻitlar (azot NH3 va NO3 shaklida) –
bularga ammiakli selitra (ammoniy nitrat, nitrat kislotaning ammoniy tuzi) va ammoniy sulfonitrat
kiradi. Ammiakli selitra asosan donador holda ishlab chiqariladi; bu oʻgʻit ta’sirida tuproqning
muhiti kuchsiz kislotali boʻladi. Nitratli oʻgʻitlarga (azot NO3 shakli-da) natriyli, kalsiyli, kaliyli
seli-tralar kiradi. Nitratli oʻgʻitlar fiziologik ishqoriydir, ularni kislotali muhitga ega boʻlgan
tuproqlarda ishlatsa yaxshi natija beradi. Oʻsimliklar koʻpincha azotning mineral birikmalaridan,
asosan, nitrat va ammoniy tuzlarini oʻzlashtiradi va ular quyidagicha boladi.Nitratli, nitratli va
amidli koʻrinishlarda boʻlishi mumkin. Bu oʻgʻitlar tarkibidagi azotni oʻsimliklar oson
oʻzlashtiradi va uning Amidli oʻgʻitlarga (azot NH2 shaklida) mochevina (karbamid), mochevina
formaldegidli oʻgʻitlar kiradi.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
749
Sugʻoriladigan dehqonchilikda mochevina azotli oʻg’itlar ichida eng samarali hisoblanadi.
Mochevina formaldegidli oʻgʻitlar tuproq qatlamidan yuvilib ketmaydi, ular tuproqda sekin
eriydi. Azotli oʻg’itlar me’yori tuproq-iqlim sharoiti, oʻsimliklarning biologik xususiyatlari,
tuproqqa solinadigan organik oʻgʻitlar miqdori va boshqalarga bogʻliq. Azotli oʻg’itlar qoʻllaganda
oʻsimliklar hosildorligini oshishi turlicha boʻlib, bu koʻrsatkich tuproqqa qanday ishlov
berilishiga, oʻstirilayotgan ekin turi va boshqa omillarga bogʻliq.
Xulosa
Tahlillar natijasida dukkakli ekinlar tabiiy muhitni nitratlar bilan zararlanishini
kamaytiradi. Azotni oʻzlashtirish dukkakli ekinlarni tuproqda yashaydigan maxsus bakteriyalar
bilan simbioz evaziga amalga oshadi. Bakteriyalar oʻsimlik ildizini zararlaydi va tugunaklar hosil
qiladi. Bakteriyalar dukkakli ekinlarning bir turi yoki bir nechta turiga ixtisoslashgan boʻladi. Agar
dukkakli ekinlar bir necha yil yetishtirilmagan boʻlsa tuproqda bu bakteriyalar boʻlmaydi,
bakteriyalarning sporalari tuproq yoki torf bilan aralashtirilib ekiladi. Azotli oʻg’itlar hosildorlikni
oshiradi. Yuqori me’yordagi mineral azot bilan oʻsimlikni ta’min qilib azot miqdori oshirilsa,
bunda oʻsimlik tarkibida nitrat koʻpayadi, hosil sifati pasayadi, nitrat modda almashinuvini
oʻzgartirib, koʻp kasallikla asos boʻladi. Chunki azot suvlari va tashqi muhit nitrat bilan
zararlanmaydi.
REFERENCES
1.
Azimboyev S. A. Dehqonchilik, tuproqshunoslik va agrokimyo asoslari //Toshkent–2006
yil.-200 b. – 2006.
2.
Azimboyev, S. A. "Dehqonchilik, tuproqshunoslik va agrokimyo asoslari." Toshkent–2006
yil.-200 b (2006).
3.
Azimboyev, S. A. (2006). Dehqonchilik, tuproqshunoslik va agrokimyo asoslari. Toshkent–
2006 yil.-200 b.
4.
Raxmatjon I. et al. AGROKIMYO FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI //Journal of
new century innovations. – 2022. – Т. 14. – №. 2. – С. 63-69.
5.
Raxmatjon, I. (2022). AGROKIMYO FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI. Journal
of new century innovations, 14(2), 63-69.
