ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
747
TURKIY TILLARDA ARAB VA FORS-TOJIK TILLARI LEKSIKASINING
QOʻLLANILISHI
Shamsudinova Iqbol
Abdurayimova Lobar
Usmonova Muxlisa
TerDU talabalari
https://doi.org/10.5281/zenodo.14014140
Annotatsiya.
Ushbu maqolada turkiy tillarda arab tili hamda fors-tojik tillariga oid leksik
birliklarning qoʻllanilishi, xususiyatlari koʻrsatiladi. Arabcha soʻzlarning oʻzlashtirilishi va
sabablari, fors-tojik tillariga xos leksik jihatlar oʻzaro tahlil qilinadi.
Kalit soʻzlar:
turkiy tillar, fors-tojik tili, arab tili, oʻzlashgan qatlam, leksika.
USE OF ARABIC AND PERSIAN-TAJIK LANGUAGES IN TURKISH LANGUAGES
Abstract.
This article shows the use and characteristics of lexical units related to Arabic
and Persian-Tajik languages in Turkic languages. The acquisition of Arabic words and their
reasons, lexical aspects specific to Persian-Tajik languages are mutually analyzed.
Key words:
Turkic languages, Persian-Tajik language, Arabic language, acquired layer,
lexicon.
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ АРАБСКОГО И ПЕРСОНО-ТАДЖИКСКОГО ЯЗЫКОВ В
ТУРЕЦКИХ ЯЗЫКАХ
Аннотация.
В данной статье показано использование и характеристика
лексических единиц, относящихся к арабскому и персидско-таджикскому языкам, в
тюркских языках. Взаимно анализируются процессы усвоения арабских слов и их причины,
лексические аспекты, характерные для персидско-таджикских языков.
Ключевые слова:
тюркские языки, персидско-таджикский язык, арабский язык,
приобретенный слой, лексика.
Turkiy tillarni bitta til oilasiga birlashtirgan va boshqa til oilalaridan farqlaydigan xususiyat
bu, leksik tarkibning bir-biriga yaqin ekanligi va grammatik qurilishning mushtarakligi sanaladi.
Tilning lugʻat tarkibi o’z qatlam va oʻzlashgan qatlam natijasida boyib boradi. Turkiy tillar lugʻat
tarkibida boshqa tillarga oid, xususan, arab, fors-tojik, rus, moʻgʻul va boshqa tillarning
elementlari uchraydi. Arab tilidan oʻzlashtirilgan so’zlar VIII asrdan boshlanib IX-X asrlarda
ancha faollashgan. Arab tilidan soʻz o’zlashtirilishiga olib kelgan omillar:
Arablar istilosi, islom dinining keng tarqalishi,arab yozuvining qo’llanila boshlaganligi,
madrasalarda arab tilining oʻqitilishi, turkiy arab tilining tarkib topganligi, olimlarning arab tilida
ijod qilganligi va boshqalar.O’zbek tilidagi arabcha soʻzlar asosan ot va sifat turkumiga tegishli
boʻlib, ularning belgilari quyidagilar:
1)
ikkita unli yonma-yon keladi. Masalan, doim, shoir, muomala, shijoat, shuur kabi.
2) ikkinchi belgisi tutuq belgisi (‘) ishtirok etadi: ma’no,,qal’a
3) uchinchi belgisi -iy, -viy qo’shimchalarini olib yasalgan bo’ladi; asabiy, oilaviy tarzida.
Arab tilining o’zlashtirilishi barcha turkiy tillarda har xil kechgan va ikki xil tarzda amalga
oshirilgan. Ozarbayjon, Eron, Qrim xonliklari, Turkiya, Qozon, Astraxan kabi o’z yozuvi, yozma
adabiyoti mavjud, fan taraqqiy etgan hududlarda yozuv va yozma nutq orqali oʻzlashtirilgan
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
748
bo’lsa, yozuviga ega boʻlmagan xalqlar uchun og’zaki nutq shaklidan foydalangan va arab tili
o’sha davrda arablar tomonidan istilo qilingan xalqlarning tiliga aylangan.
Hozirgi turkiy tillarda arab tilidan olingan so’zlarni ma’nolariga koʻra oltita guruhga ajratish
mumkin:
Diniy tushunchalarni anglatuvchi atamalar :охираm//акыраm; Aллa; иман//имон kabi
Ilmiy abstrakt atamalar:дунё//дуйна; гайраm//кайраm; давлаm//давлеm
Iqtisodiy ishlab chiqarish atamalari:мол//мал; қассоб//қассап; фойда//пайда
Ijtimoiy-siyosiy atamalar: ариза//арзан//арзы;золим//залым//зулум;жамияm//жамийаm;
Grammatik maʼno ifodalovchi atamalar: ва//ве; асло//асла//хасла; албаmmа//албеmmе;
Aniq atamalar: arab.сумбуле – оzarb.сумбул; turk.сумбула; turkman. суммул; boshqa
tillarda бошоқ//масақ//баш kabi.
Turkiy tillar va fors-tojik tillari o'rtasidagi munosabat qadim davrlardan mavjud.
Ma'lumotlarga koʻra buning sababi Markaziy va Oʻrta Osiyo hamda Eron Ozarbayjonida oʻzbek,
ozarbayjon va fors-tojik xalqlarining birga yashaganligidir. Bu ularning iqtisodiy turmush tarzida,
fan, texnika , madaniyat sohalarida ham umumiylik kasb etgan.
Oʻzbekistonning bir nechta viloyatlarida Termiz, Buxoro, Samarqand, Fargʻona vodiysi
kabi hududlarida oʻzbek va tojik xalqining birga yashaganligi yoki bundan bir necha asrlar oldin
Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Muqimiy, Muhyi, Sadriddin Ayniylar oʻrtasida boʻlgan
hamkorlik aloqalari va zullisonaynlik kabilar har ikki tilning ham fonetik ham leksik ravnaqiga
oʻz taʼsirini koʻrsatgan.
Fors-tojikcha soʻzlar bir nechta oʻziga xos xususiyatlarga ega va bular:
1) ch, l, g, z kabi undoshlar bilan boshlanadigan soʻzlar forscha-tojikcha soʻzlar hisoblanadi.
Misol: chechak, lola, gavhar, ziynat kabi soʻzlar forscha-tojikcha soʻzlardir.
2) -xo’r, -noma, - bon, -xon, -shunos, -dor, -boz, -ser qoʻshimchalari forscha-tojikcha boʻlib,
sharobxo’r, mehribon, xonadon kabilar misol boʻladi.
Yomgʻir Abdirasulovning "Turkiy tillarning qiyosiy -tarixiy grammatikasi" asarida
keltirilishicha fors-tojik olinmalari hamma turkiy tillarda bir xil emas, asosan ozarbayjon,
boshqird, qoraqalpoq, qirgʻiz, turk, oʻzbek, uygʻur tillarida uchraydi.Masalan, fors-tojikcha
"osmon", " бечора", "гул" soʻzlari turli turkiy tillarda quyidagi koʻrinishda uchraydi:
qozoq tilida: аспан, гул, бичара
qirgʻiz tilida: асман , гул,
turk tilida: асмон, гул
oʻzbek tilida: осмон, гул, бечора
uygʻur tilida: осмон, гул, бичаре va boshqalar.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, turkiy tillar tilning turli sathlarida turli xil farqli va
o'xshash tomonlariga ega.Ayniqsa, o'xshashlik tomonlari leksik sathda ko'proq ahamiyatlidir.
Buning sabablaridan biri qadimgi davrlarda ham turli turkiy elatlarning oʻzaro ijtimoiy -siyosiy,
iqtisodiy, madaniy aloqada boʻlganligidir. Shular asnosida tilning lugʻat tarkibi boyib borgan.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
749
REFERENCES
1.
Yo. Abdurasulov "Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi".Toshkent, 2009.
2.
X.A.Dadaboyev, Z.T. Xolmanova "Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi".Toshkent,
2015
3.
A.Abdurahmonov "Qadimgi turkiy til". Toshkent, 1984.
4.
S.M.Mutallibov "Morfologiya va leksika tarixidan qisqacha ocherk". Toshkent, 1959.
