Authors

  • Shahnoza Safarboyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.45606

Abstract

Mazkur maqolada o’ziga va yaqin qarindoshlariga nisbatan qarshi guvohlik hamda ko’rsatma berishdan bosh tortishning konstitutsiyaviy asoslari ochib berilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

771

YAQIN QARINDOSHLARIGA VA O’ZIGA QARSHI GUVOHLIK BERISHDAN BOSH

TORTISHNING KONSTITUTSAVIY ASOSLARI

Safarboyeva Shahnoza Akbar qizi

Toshkent Davlat Yuridik universiteti

Jinoyat odil sudlov fakulteti 2-kurs.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14019838

Annotatsiya.

Mazkur maqolada o’ziga va yaqin qarindoshlariga nisbatan qarshi guvohlik

hamda ko’rsatma berishdan bosh tortishning konstitutsiyaviy asoslari ochib berilgan.

Kalit so’zlari:

Konstitutsiya, guvohlik, inson huquqlari, ijtimoiy rivojlanish, bosh tortish,

shaxs, yaqin qarindoshlari, huquq va erkinliklar.

CONSTITUTIONAL GROUNDS FOR REFUSAL TO TESTIFY AGAINST RELATIVES

AND HIMSELF

Abstract.

This article reveals the constitutional grounds of refusing to give evidence and

testimony against oneself and close relatives.

Key words:

Constitution, testimony, human rights, social development, refusal, person,

close relatives, rights and freedoms.

КОНСТИТУЦИОННЫЕ ОСНОВАНИЯ ОТКАЗА ДАВАТЬ СВИДЕТЕЛЬСТВА

ПРОТИВ РОДСТВЕННИКОВ И СЕБЯ СЕБЯ

Аннотация.

В данной статье раскрываются конституционные основания отказа

от дачи показаний против себя и близких родственников.

Ключевые слова:

Конституция, показания, права человека, социальное развитие,

отказ, личность, близкие родственники, права и свободы.


Joriy yilda, Xalqimizning orzu-umidlari, maqsad-u, istaklaridan iborat chin ma’nodagi

xalq ijodi boʻlgan Yangi Konstitutsiya loyihasi umumxalq referundumga olib chiqildi va qabul
qilindi. Demak, milliy gʻurur va inson qadr-qimmati, timsoli boʻlgan Konstitutsiyani qoʻllab-
quvvatlash, himoyalash, asrab-avaylash va unga rioya qilish har birimiz uchun sharaf, ham fahr,
ham ma’sulyat, ham Vatan oldidagi oliy burch ekan. Bunday oliy burchni bajarish uchun Yangi
Konstitutsiyamiz bilan tanishib chiqmogʻimiz kerak. “Xoʻsh,.. Yangi Konstututsiya insoning
huquqlariga qanday erkinliklar bermoqda..?” Shu haqida bir ogʻiz toʻxtalib oʻtamiz.., Yangi
Konstitutsiyamizda inson huquqlari sohasida imperativ normalar emas, balki koʻplab
aniqlashtirilgan, toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiluvchi normalarni mumkin.

Bunday yondashuv rivojlanish strategiyamizning, Yangilanayotgan Oʻzbekistonning

islohotlar koʻlami va talabidan kelib chiqqangani ham bor gap, albatta.. Ma’lumki, Oʻzbekiston
ijtimoiy rivojlanishning shunday yoʻlini tanladi-ki, uning pirovard maqsadi dunyoning rivojlangan
50 talik davlati qatoridan joy olishdir. Yangi Konstitutsiyamizning 65 ta moddasiga oʻzgarish va
qoʻshimchalar kiritildi, ulardan 16 tasi insonning ajralmas huquq va erkinliklarini kafolatlashga
qaratilgan. 1992-yilda qabul qilingan Konstitutsiyamizning "Muqaddima" qismida "Inson
huquqlariga va davlat suvereniteti gʻoyalariga sodiqligini tantanali ravishda e’lon qilib, asosiy
qonunni qabul qilinadi degan soʻzlarni oʻqisak-da, atigi bir boʻlimning oʻzi Inson va fuqoralarning
huquq va erkinliklarini bayon etar edi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

772

Mavzu bilvosita inson huquqlari bilan bogʻlanar ekan, keling konstitutsiyamizda

mustahkamlangan Shaxs oʻziga va qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur emasligiga
doir qoidani koʻrib chiqsak.

Shaxs oʻziga va qarindoshlariga qarshi guvohlik bermaslik huquqining kafolatlanishi

surishtiruv, tergov va sud jarayonlarining xolislik va adolat tamoyillariga tayanib amalga
oshiririlishini ta’minlaydi. Shu bois Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 28-moddasida"
Hech kim oʻziga va yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur emas"degan
mazmundagi insonparvar va qadiriyatlarimizga mos norma mustahkamlangan. Tabiiy savol
tugʻiladi, nima uchun jinoyat ishi boʻyicha shaxs oʻziga yoki yaqin qarindoshlariga qarshi
guvohlik berishga majbur emas..?

Birinchidan, ushbu qoida shahxsga nisbatan har qanday ayblov koʻrib chiqilayotgan tezkor

-qidiruv xodimi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tomonidan unga nisbatan bosim oʻtkazishdan
himoyalaydi.,

Ikkinchidan, oʻz aybiga majburan iqror boʻlishining oldini oladi, uchinchidan, jinoyat

protsessi ishtirokchisidan majburiy ravishda uning qarindoshlariga qarshi koʻrsatuv olishni
taqiqlaydi.

Fuqaroviy va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro paktda ham, "oʻziga-oʻzi qarshi

koʻrsatuv berishga yoki oʻzini aybdor deb tan olishga majbur qilinmaslik" kafolati belgilangan.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat -protsessual kodeksining 116-moddasida

shaxsning oʻz qarindoshlariga qarshi koʻrsatuv bereshdagi erkinligi belgilangan boʻlib, gumon
qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlariga guvoh yoki jabrlanuvchi
tariqasida faqat oʻzlarining roziliklari bilan soʻroq qilinishlari mumkin. Lekin afsuski, tergov
amaliyotida shunday holatlar ham uchraydiki, ayrim tergov xodimlari fuqarolarimiz oʻzining
bunday huquqi borligini bilmasligidan foydalanib, oʻz qarindoshlariga nisbatan guvohlik berish
erkin ekanligi va bu kabi guvohlik berishdan bosh tortish uchun jinoiy javobgarlik mavjud
emasligini toʻliq . Natijada insonlarning mazkur huquqdan amalda real foshdalanishi cheklanadi.

Mazkur talab qator mamlakatlar konstitutsiyalarida, masalan, Ispaniya, Niderlandiya,

Xorvatiya, Sloveniya va boshqa mamamlakatlarda mustahkamlab qoʻyilgan. Hoʻsh ushbu qoida
davlatga nima beradi,? degan savol tugʻiladi. Bu qoidaning Oʻzbekiston Respublikasi Bosh
Qomusida belgilanib qoʻyilishi jinoiy ta’qib ostidagi har qanday shaxsga yoki uning yaqin
qarindoshlariga ruhiy bosim va turli tahdidlar oʻtkazish, uning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish
kabi boshqa noqonuniy usullar qoʻllanishining oldini olishga xizmat qiladi.

Xulosa qilib aytganda, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi jamiyatimizning bugungi

holatini aks ettiradi va u kelajakka yoʻnaltirilgani bilan ham tarixiy ahamiyat kasb etadi.

Qolaversa, konstitutsiya “Yangi O’zbekiston” ning hozirgi mohiyatini to’laqonli bildirib

turadigan asosiy hujjat desak, mubolag’a bo’lmaydi. Aynan konstitutsiya sababli, adolat va uni
qo’llash kabi tushunchalar amalda o’z isbotini topdi.


REFERENCES

1.

¹. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси // Қонунчилик маълумотлари миллий
базаси, 01.05.2023 й., 03/23/837/0241-сон/ https://lex.uz/docs/6445145.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

773

2.

². Янгиланаётган Конституция 100 саволга 100 жавоб. Ўзбекистон Республикаси
Президенти ҳузуридаги Қонунчилик ва ҳуқуқий сиёсат институти.-Тошкент.: "Адолат"
миллий ҳуқуқий ахборот маркази, 2023 йил - 52-бет

3.

³. http://lex.uz//docs/-2702116 Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktga doir

4.

⁴.

https://lex.uz/docs/-111460?ONDATE=13.02.2021

References

¹. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси // Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 01.05.2023 й., 03/23/837/0241-сон/ https://lex.uz/docs/6445145.

². Янгиланаётган Конституция 100 саволга 100 жавоб. Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Қонунчилик ва ҳуқуқий сиёсат институти.-Тошкент.: "Адолат" миллий ҳуқуқий ахборот маркази, 2023 йил - 52-бет

³. http://lex.uz//docs/-2702116 Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktga doir