ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
5
YOSH OILALARDA IJTIMOIY ADAPTATSIYA JARAYONI MUAMMOLARI
Ibragimov J.I.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti
O‘zbek tili ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi.
Qo‘qonboyeva G.S.
sotsiologiya yo‘nalish talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14033880
Annotatsiya.
Ushbu maqolada yosh oila tushunchasi, yosh oilaning ijtimoiy adaptatsiya
jarayonlari va ajrimlarning asosiy sabablari kengroq o‘rganilgan va yosh oila kategoriyasiga
qaysi yoshdan qaysi yoshgacha kirishi va yevropa yozuvchilarimizni ham oila haqida qarashlari,
qisman aytib o‘tilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstititsiyasida berilgan oila haqidagi kodeks
ya’ni moddasi va shaxslarda ijtimoiy moslashuv jarayoni qanday kechishi haqida yoritilgan.
Kalit so‘zlar: Yosh oila, ijtimoiy moslashuv, yosh oila kategoriyalari, oiladagi ajirimlar.
PROBLEMS OF THE PROCESS OF SOCIAL ADAPTATION IN YOUNG
FAMILIES
Abstract. In this article, the concept of a young family, the processes of social adaptation of
a young family, and the main reasons for decisions are studied more widely, and at what age a young
family enters the category, and the views of our European writers about the family are also partially
mentioned. The article of the family code given in the Constitution of the Republic of Uzbekistan and
how the process of social adaptation of individuals is explained.
Keywords: Young family, social adaptation, categories of young family, differences in the
family.
ПРОБЛЕМЫ ПРОЦЕССА СОЦИАЛЬНОЙ АДАПТАЦИИ В МОЛОДЫХ
СЕМЬЯХ
Аннотация.
В данной статье более широко изучаются понятие молодой семьи,
процессы социальной адаптации молодой семьи, основные причины принятия решений, а
также то, в каком возрасте молодая семья входит в эту категорию, а также взгляды
наших европейских писателей. о семье также упоминаются частично. Статья семейного
кодекса, данная в Конституции Республики Узбекистан и как разъясняется процесс
социальной адаптации личности.
Ключевые слова: Молодая семья, социальная адаптация, категории молодой семьи,
различия в семье.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
6
Kirish.
Oq yo‘rgakka o‘ralib dunyo bo‘lmish hayot ostonasiga asta qadam qo‘yamiz birinchi
qadamimiz kindik qonimiz to‘kilgan diyor ona vatanga qo‘yiladi. Vatan ichra kichik bir vatan
ya’ni oilada ulg‘ayamiz. Qanday oilada dunyoga kelmaylik shu oila qadriyatlariga urf-odatlariga
moslashamiz. Shunday ekan oila va nikoh jamiyatning ajralmas bo‘g‘ini hisoblanadi.
Bizga ma’lumki yurtimizda oila, nikoh masalalari azal azaldan qadrlanib kelinadi. Bu
muqaddas qadriyatlar hozirgi davrgacha ham oʻz qadr-qimmatini yoʻqotgani yoʻq. Oilalarning
jamiyat hayotida tutgan oʻrni va roʻli beqiyos, chunki har bir shaxs tarbiyasi avvalo kichik bir
vatan oiladan boshlanadi. Bugun o‘zbek jamiyati uchun har tomonlama sogʻlom, barkamol, yetuk
shaxslar kerak. Bunda jamiyatda oilaning rolini oshirish uni yanada mustahkamlash, oiladagi
sogʻlom ijtimoiy-psixologik muhitni yaratish, yosh oilalardagi ijtimoiy-psixologik adaptatsiya
jarayoning muammolari yuzasidan tadqiqot olib borish asosiy muammolardan biri hisoblanadi.
Bu borada davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek ― “Oila kichik vatan, oila
tinch boʻlsa, baxtli boʻlsa, vatan tinch boʻladi”
. Darhaqiqat jamiyatning kuch-qudratini
ta’minlaydigan eng oliy qadriyat bo‘lgan oilaning tinchligi va mustahkamligi ahamiyati
beqiyosdir.
Yosh avlodni yetuk shaxs qilib tarbiyalash ularni hayotda oʻz oʻrnini topishlari uchun zarur
shart-sharoitlar yaratish uchun albatta, jamiyatdagi endi tarkib topayotgan yosh oilaga e’tibor
qaratish lozimdir. Shu oʻrinda aytishimiz kerakki, Oʻzbekiston Respublikasi Konstititsiyasining
63-moddasida “Oila jamiyatning ajralmas boʻgʻini ekanligi e’tirof etilgan: Oila jamiyatning asosiy
boʻgʻinidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida boʻlish huquqiga ega”deya aytilgan.
Muhokama va natijalar:
Oila va nikoh haqida gapirilganda, ushbu tushunchalar turli
tarixiy davrlarda paydo bo‘lganligini qayd etish shart. Oila, o‘z o‘rnida munosabatlarning
murakkab tizimi sifatida nafaqat er-xotin, balki, ularning bolalari, boshqa qarindoshlar hamda er-
xotin uchun yaqin va qadrli bo‘lgan insonlarni ham birlashtiradi. Oilani ilmiy o‘rganishda
sotsiologik va ijtimoiy-psixologik bilimlar xususiyatlari borasidagi masalalar jiddiy ahamiyat kasb
etadi. Sababi, oila – ham sotsial institut ham kichik guruhdir.
sotsiologik nazariya» sini ilgari sursalar
, psixologlar esa oiladagi o‘zaro munosabatlarga murojaat
etadilar
Masalan A.G. Xarchevning fikriga ko‘ra, oila er va xotin o‘rtasidagi tarixiy shakllangan
1
Shavkat Mirziyoyev «Oila kichik vatan, oila tinch boʻlsa, baxtli boʻlsa, vatan tinch boʻladi» Xabar.uz 22.01.2018;
2
Харчев А.Г. Брак и семья в СССР. – М.: Наука, 1979. – С. 34.
3
Тощенко Ж.Т. Социология. Общий курс. 2-е изд. доп. и перераб. – М.: Прометей, Юрайт, 1999. – С. 201.
4
Психология. Словарь. М.: Политиздат, 1990; Левкович В.П.Особенности супружеских взаимоотношений в
разнонациональных семьях // Психол. журн. 1990. Т. 11. № 2. - С. 25-36; Олейник Ю.Н. Исследование уровней
совместимости в молодой семье // Психол. журн. 1986. Т. 7. № 2. - С. 59-65
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
7
o‘zaro munosabatlar tizimi bo‘lib, uning a’zolari nikoh va qarindoshlik rishtalari, umumiy
ro‘zg‘or, hissiy bog‘liqlik va o‘zaro axloqiy majburiyatlar bilan bog‘langan. Buyuk allomalarimiz
Mahmud Koshg‘ariy, Ahmad Yugnakiy, Kaykovusdan tortib Beruniy, Ibn Sino, Forobiy, Alisher
Navoiy, Mirzo Ulug‘bek va boshqalargacha o‘z asarlarida oilaviy masalalar, xususan, oila a'zolari
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, bola tarbiyasida ota-ona, bobo-buvining o‘rni, komil va
vatanparvar shaxsni yetishtirishda bu muhim ijtimoiy institutning roliga alohida yondashib, ibratli
hikoyatlar, rivoyatlar, farzandlarga maktublar, hikmatli so‘zlar, she'riy satrlar orqali
pandnasihatlar, hayotiy xulosalar yozib qoldirganlar.
Yana bir yozuvchimiz nemis faylasufi Immanuil Kant ham o‘z asarida “Inson faqat ta’lim-
tarbiya orqali shaxsga aylanadi, uning qanday bo‘lishi tarbiya natijasidir” degan fikrni bildirgan.
Mana shunday ekan avvalo oila qurayotganda hayotning past-balandliklarida ham bir birini
qo‘llab-quvvatlash har qanday vaziyatda ham ertangi farzandlari tarbiyasini ularni jamiyatga
barkamol yetuk shaxs qilib yetkazishini qarorlar qabul qilayotganida hayotga yengil qaramasdan
bularni chuqurroq o‘ylashi lozim.
Hozirda sotsiologik adabiyotlar va rasmiy hujjatlarda “yosh oila” tushunchasini izohlovchi
yaxlit yondashuv mavjud emas. “Yosh oila” ning oila shakli sifatida ommalashgan ta’riflaridan
biriga ko‘ra, nikoh tuzilgandan keyingi uch yil (farzand tug‘ilishi munosabati bilan nikoh
davomiyligidan qat’iy nazar) nazarda tutilib, bunda oilaviy juftlik yoshi 30 dan oshmagan bo‘lishi,
shuningdek, farzandli oilalarda ota-onalardan biri 30 yoshgacha bo‘lishi nazarda tutiladi.
Demak, yosh oila – bu rasman qayd etilgan nikoh munosabatlariga kirishgan 18 yoshdan
30 yoshgacha bo‘lgan er va xotin birligidir.
Odatda yosh oila tushunchasi oilaviy hayotning dastlabki 10 yilini o’z ichiga oladi.
Umuman, fanda yosh oilani tavsiflaganda quyidagi mezonlar inobatga olinadi:
• juda yosh oila - nikohga kirgan vaqtdan toki 4 yilgacha;
• yosh oila - 5 yildan 9 yilgacha;
• o'rta oilaviy hayot muddati - 10 yildan 19 yilgacha;
• katta oilaviy hayot muddati - 20 yil va undan ortiq muddat turmush kechirganlar oilasi.
Nikohdan o’tib oila qurilgandan so’ng u bir necha bosqichlarni bosib o’tadi. Shulardan eng
ko’p kuzatiladigani ham ijtimoiy va psixologik jihatdan katta ahamiyat kasb etadigani ham aynan
yosh oila bosqichiga to’g’ri keladi. Bu bosqichda er-xotinlarning oilaviy hayot xaqidagi
5
Ростовская Т.К. Молодая семья в современном российском обществе // Молодежь и общество. – №3. 2007. –
С. 41-46.
6
Молодая семья: проблемы и перспективы социальной поддержки / под обшей редакцией Е.В.Жижко,
С.Д.Чигановой. – Красноярск: РУМЦ ЮО, 2005. – 300 с
7
Психология семъя: Учебник для педагогических Вузов // Автор: В.М.Каримова. - Т:, 2007. - 316 с.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
8
tasavvurlari shakllanadi, farzandlar dunyoga keladi, ularni tarbiyalash, voyaga yetkazish bilan
bog’liq bo’lgan asosiy ishlar amalga oshiriladi. Shularni hisobga olgan holda hukumatimiz
tomonidan yosh oilalar, ularning mustahkamligini ta’minlash va ularni ijtimoiy-iqtisodiy va
ma’naviy qo’llab-quvvatlash, yangi oilaning barqarorligini ta’minlashga imkoniyatlar yaratish
borasida ham bir qator ishlar amalga oshirilmokda. Oilaviy hayotning o’ziga yarasha
notekisliklari, past-balandliklari, murakkabliklari, muammolari bo’ladi. Ana shu muammolar
ya’ni ijtimoiy adaptatsiya jarayonida er-xotin bir birlarini qo‘llab quvatlashi lozim. Yosh oilalarda
ijtimoiy adaptatsiya jarayoni yaxshi kechmayotganligi tufayli ham ajrimlar soni ko‘paymoqda.
Yoshlardan nimaga ajrashmoqchisilar deb so‘rasa biz bir birimizni tushuna olmadik bir
birimizga to‘g‘ri kelmas ekanbiz deb aytishadi. Har bir oilada tortishuv va kelishmovchiliklar
bo‘lib turadi. Ikki xil oilada, vaziyatda voyaga yetgan, dunyoqarashlari ikki olam bo‘lgan
insonlarning bir-birini tushunishi, murosa ila oila boshqarishiga, tabiiyki, ma’lum bir muddat
zarur. O‘zini va yonidagi umryo‘ldoshini hurmat qilgan inson turli kelishmovchilik va xatolarga
ko‘z yumadi, muammolarda aybdorni emas, uning kelib chiqish sabablarini topib, bartaraf qilishga
harakat qiladi. Mutaxassislar tomonidan olib borilgan so‘rovnomalar natijasida O‘zbekistonda oila
buzilishiga olib keluvchi bir qancha sabablar aniqlandi:
Yoshlarda oila va oilaviy munosabatlar haqida bilimning yetishmasligi. Bu holat er-xotin
o‘rtasidagi ziddiyat va kelishmovchiliklarga sabab bo‘lib kelmoqda. 2020-yil ma’lumotlariga
ko‘ra, aynan bu muammo ajrim sabablarining 44% ni tashkil qiladi.
Erta turmush qurish. Erta turmush qurgan insonlar o‘rtasida oila mas’uliyatini to‘liq
tushunib yetmaganligi sababli tez-tez ajrashish holatlari kuzatilmoqda.
Qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh. Qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh er-xotin ajrimiga sabab
bo‘lish bilan bir qatorda qarindoshlar o‘rtasidagi munosabatlar uzilishi, nogiron farzandlar
dunyoga kelishi ko‘rsatkichlarining o‘sishiga olib kelmoqda.
Oilaga uchinchi shaxslarning aralashuvi. 2020-yil ma’lumotlariga qaraganda, aynan oilaga
uchinchi shaxslarning aralashuvi ajrim sabablarining 15% ni tashkil qiladi.
Ishsizsik va migratsiya holatlari. 2020-yil tadqiqot natijalariga ko‘ra, ishsizlik, iqtisodiy
ta’minlanmaganlik ajrim sabablarining 10% ni ko‘rsatsa, ichki va tashqi migratsiya sababi 7% ni
tashkil qilmoqda
Befarzanlik. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, dunyo bo‘yicha ajrimlarning 15%
befarzandlik tufayli yuz bersa, O‘zbekistonda 4,7% sodir bo‘lmoqda.
8
Маhалла ва оилани қўллаб-қувватлаш вазирлиги томонидан берилган статистик маълумотлар. 2020 йил
декабрь маълумотлари.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
9
Ularning ba’zilariga ajrimdan boshqa chora topilmasligi, ba’zilari shunchaki
“bahona”ligini tushunish tafakkur qilib ko‘rgan odam uchun qiyin emas, bularni eng asosiysi
yoshlarning oilaga moslashuvi yaxshi kechmayotganligidir. Aslida ijtimoiy moslashuv - bu
shaxsning jamiyat va uning me'yorlari, qadriyatlari, tartib-qoidalari, rollar tizimiga moslashish
jarayonidir. Bu jarayon yangi ijtimoiy muhitga kirib borish, u bilan o'zaro ta'sir o'tkazish va
jamiyatning to'laqonli a'zosi bo'lishni o'z ichiga oladi.
Moslashuv jarayonida shaxs quyidagi masalalarni hal etadi:
▪
Yangi ijtimoiy muhit talablariga mos keladigan xulq-atvor o'rganish.
▪
Yangi rollar, maqom va statuslarni egallash.
▪
Yangi qadriyatlar tizimini o'zlashtirish.
▪
Yangi ijtimoiy aloqalar o'rnatish.
▪
O'z "Menini" yangi sharoitlarga moslash.
Shu kabi omillar yosh oilalarda to‘g‘ri shakllansa ijtimoiy adaptatsiya jarayoni yaxshi
kechadi va oilada farzandlar sog‘lom muhitda tarbiyalanadi va katta bo‘lishadi.
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish keraki, yosh oilalarga nikoh oldi ko‘nikmalarini berish nikoholdi
omillari qatoriga shu oila qurayotgan yoshlarning oilaviy hayotga etukligi, ularga oila qurish
motivlari, ularning oila qurishlariga qadar bir-birlarini tanish muddati (qancha vaqt bir-birini
tanishi) shartlari va sharoitlari, ularni o‘zlarini bo‘lg‘usi oilaviy hayotlari haqidagi tasavvurlari
kabilarni kiritish mumkin. Koʼplab olimlarning taʼkidlashlaricha, yosh oilaning mustahkamlanib,
oyoqqa turib ketishi, turli maishiy muammolarni oʼzi mustaqil xal qilishi uchun zarur boʼlgan
muddat aslida turmush qurgan ikki shaxsning bir-biriga boʼlgan samimiy munosabatiga, oila va
uning atrofidagi turli qadriyatlarga nisbatan uygʼun qarashlariga, ota-ona oilasida ibrat sifatida
koʼrgan-kechirganlarini ijobiy tomonlarni oʼz oilasida qoʼllay bilishi va mahoratiga bevosita
bogʼliqdir.
Yosh oilalarda munosabat tizimi asosiy rol o’ynaydi bunda ikki yoshning bir-birini
tushunishi evaziga oiladagi tashqi ta’sirlarning yuzaga kelishining oldini olinadi. Psixologik nuqtai
nazarda ham ijtimoiy adaptatsiya jarayoni yosh oilalardagi o’zaro munosabatlarda muhim
ahamiyatga ega hisoblanadi. Yosh oilalarning qoʻllab-quvvatlanishi o‘sha jamiyatning tarraqqiy
etishiga zamin boʻladi. Yosh oilada oilaviy munosabatlarning toʻgʻri yoʻlga qoʻyilishi uchun
koʻmak berish oilaning katta avlod vakillari orqali nazorat oʻrnatish bunda mahalla hamkorligi
ham juda ahamiyatlidir. Shunday ekan biz kattalar yosh oilalarga ibrat bo‘lib ularni bir-birlariga
va statuslariga ham moslashuvida yordam berishimiz kerak.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
10
REFERENCES
1.
Shavkat Mirziyoyev «Oila kichik vatan, oila tinch boʻlsa, baxtli boʻlsa, vatan tinch boʻladi»
Xabar.uz 22.01.2018;
2.
Харчев А.Г. Брак и семья в СССР. – М.: Наука, 1979. – С. 34.
3.
Тощенко Ж.Т. Социология. Общий курс. 2-е изд. доп. и перераб. – М.: Прометей,
Юрайт, 1999. – С. 201.
4.
Психология. Словарь. М.: Политиздат, 1990; Левкович В.П.Особенности супружеских
взаимоотношений в разнонациональных семьях // Психол. журн. 1990. Т. 11. № 2. - С.
25-36; Олейник Ю.Н. Исследование уровней совместимости в молодой семье //
Психол. журн. 1986. Т. 7. № 2. - С. 59-65
5.
Ростовская Т.К. Молодая семья в современном российском обществе // Молодежь и
общество. – №3. 2007. – С. 41-46.
6.
Молодая семья: проблемы и перспективы социальной поддержки / под обшей
редакцией Е.В.Жижко, С.Д.Чигановой. – Красноярск: РУМЦ ЮО, 2005. – 300 с
7.
Психология семъя: Учебник для педагогических Вузов // Автор: В.М.Каримова. – Т:,
2007. - 316 с.
8.
Маhалла ва оилани қўллаб-қувватлаш вазирлиги томонидан берилган статистик
маълумотлар. 2020 йил декабрь маълумотлари.
