ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
203
EKALOGIYA BUZILISHINING INSON SALOMATLIGIGA TA’SIRI
Mamirova Odina Abdulxamidxon qizi
Toshkent davlat agrar universiteti,
https://doi.org/10.5281/zenodo.14059266
Annotatsiya.
Ushbu maqolada ekalogiya,tabiat tushinchasi va uni buzilishining inson
salomatligiga ko‘rsatadigan ta‘siri, turli hil zavodlardan chiqayotgan zaharli tutunlar,
tuproqlaring unumdorligini oshirish maqsadida yerlarga haddan ziyod ko‘p miqdorda kimyoviy
ishlov berish ,transport vositalaridan chiqayotgan zaharli tutunlar yuzidan ekalogiya va atrof
muhit haddan ziyod zarar ko‘rmoqda va inson salomatligiga juda kata tasir ko‘rsatayotganligi
haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar:
Atmosfera, tabiat, inson, kimyoviy moddalar, havo, transport, zaharli
moddalar, zaharli tutunlar, ko‘mir, neft, gaz.
IMPACT OF ENVIRONMENTAL DESTRUCTION ON HUMAN HEALTH
Abstract.
In this article, ecology, the concept of nature and the impact of its destruction on
human health, toxic fumes from various factories, excessive chemical treatment of land to increase
soil fertility, ecology and the environment from the face of toxic fumes from vehicles it is said that
it is suffering too much damage and has a great impact on human health.
Key words:
Atmosphere, nature, people, chemicals, air, transport, toxic substances, toxic
fumes, coal, oil, gas.
ВЛИЯНИЕ РАЗРУШЕНИЯ ОКРУЖАЮЩЕЙ СРЕДЫ НА ЗДОРОВЬЕ ЧЕЛОВЕКА
Аннотация.
В данной статье рассмотрены экология, понятие о природе и влиянии
ее разрушения на здоровье человека, токсичные испарения различных заводов, чрезмерная
химическая обработка земель для повышения плодородия почвы, экология и окружающая
среда от лица токсичных паров транспортных средств. сказал, что он наносит слишком
большой ущерб и оказывает большое влияние на здоровье человека.
Ключевые слова:
Атмосфера, природа, люди, химические вещества, воздух,
транспорт, токсичные вещества, токсичные дымы, уголь, нефть, газ.
KIRISH
Inson hech qachon tabiatsiz yashay olmaydi, chunki u tabiatning ajralmas qismi
hisoblanadi. Biz yashab turgan va bizni o’rab turgan olam xuddi onamiz kabi mehribon va
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
204
jonkuyar. Quyoshning har zarrasida, tuproqning har jismida tabiatninng bizga bo’lgan onadek
mehribon taftini his qilamiz. O’zining har bir jabhasida inson uchun zarur bo’lgan minglab
unsurlarni mujassam etgan. Ana shunday go’zal tabiatimiz bugungi kunga kelib qay ahvolga
tushmoqda? Bunga kimlar sababchi? Buni qanday oldini olish mumkin? Degan savollar bugungi
kunning dolzarb mavzusiga aylanmoqda. Ming afsuski inson tabiatga misli ko’rilmagan miqdorda
tasir ko’rsatadi. Inson aql-zakovati orqali, mehnat faoliyati tufayli ta’sir qilishini hech bir narsa
bilan taqqoslab bo’lmaydi. Aniqroq aytadigan bo’lsak mavjudotlar tabiatdan qanday bo’lsa,
shunday foydalanib, unga sezilarsiz tasirini o’tkazadi. Insoniyat uni o’rab turgan barcha shart-
sharoitlarga moslasha oladi, moslasha olmasa, uni o’zi istaklariga moslashtiradi, natijada tabiat
muvozanati buziladi, buzilgan muvozanat esa kata ta’lofatlarga olib keladi.
Tabiat va jamiyat o'rtasida o'ziga xos antropogen modda va energiya almashinuvi vujudga
keldi. Antropogen modda almashinuvi yani xom ashyolarini tabiatdan oshig'i bilan olinishi va
zararli chiqindi xolida atrof muhitga tashlanishi tabial va jamiyat o'rtasidagi azaliy muvozanatning
buzilishiga sabab bo'ldi. Tabiat va jamiyat munosabatlarining rivojlanishida biogen, antropogen
va texnogen (noogen) bosqichlar ajratiladi. Yer yuzida ekologik tang vaziyatli hududlarning
keskin ko’payishi ekologik inqiroz xavfining real ekanligini ko’rsatadi. Agar keyingi 30-40 yil
ichida ekologik muammolarni hal qilish uchun barcha zarur chora tadbirlar ko'rilmasa, ekologik
inqiroz muqarrar bo’lib qolishi mumkin. Tabiat va jamiyatning o'zaro mutanosib rivojlanishi
koevolyutsiya deb ataladi. Bu rivojlanish suratlari o'zaro mos kelmasa inqirozga olib keladi.
Jamiyatning tabiatga ta'sirini meyorga solib turish lozimdir. Ekologiya deganda organizmlarning
o'zaro va muhit bilan aloqadorligini o'rganadigan biologik fan tushuniladi. Tabiatni muhofaza
qilish deganda barcha avlodlarning extiyojlarini hisobga olgan xolda tabiiy boyliklardan oqilona
foydalanish va atrof muhitni mussafo xolida saqlashga qaratilgan, ilmiy asosda amalga
oshiriladigan mahalliy, davlat va xalqaro tadbirlar majmuasi tushuniladi. Tabiatni muhofaza qilish
deganda kompleks fan ham nazarda tutiladi. Demak, ekologiya va tabiatni muhofaza qilish
tushunchalari alohida mazmun va maqsadga ega bo‘lgan tushunchalardir.
Ekologiya tabiatni muhofaza qilishning nazariy asosi xisoblanadi. Hozirgi vaqtda inson
faoliyati ta'sirida biosferaning cfzgarishi juda tezlik bilan borayapti. Inson Yer kurrasining
qiyofasini o'zgartirishda katta geologik kuch sifatida vujudga kelganini V.I.Vernadskiy tomonidan
takidlab o'tilgan edi. Insonning tabiiy jarayonlardan noto'g'ri foydalanishi natijasida XX asrning
o'rtalarida ekologik muammolar juda avj olib ketdi. Ekologik muammo deganda insonning
tabiatga ko’rsatayotgan ta'siri bilan bog’liq xolda tabiatning insonga aks ta'siri, ya'ni uning
iqtisodiyotida, hayotda xo'jalik ahamiyatiga molik bo’lgan jarayonlar, tabiiy xodisalar bilan
bog'liq bo’lgan har qanday xodisa tushuniladi. (iqlim o’zgarishi,hayvonlarning yalpi ko'chib
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
205
ketishi) tabiatdagi muvozanatning buzilishi oqibatida turli miqyosdagi ekologik muammolar
shakllanmokda.
Hozirgi kunga kelib ekologik muammolar inson salomatligiga jiddiy tahdid tug‘dirayotir.
Global gumanitar forum ma’lumotiga ko‘ra, sayyoramizda ro‘y berayotgan iqlim o‘zgarishi yiliga
uch yuz ming insonning umriga zomin bo‘lmoqda. Uch yuz million aholi uning salbiy ta’siri ostida
hayot kechirmoqda. Bundan iqtisodiyotga ham jiddiy zarar yetayotir. Bunday global muammolar
Markaziy Osiyo mintaqasi taraqqiyotiga ham o‘z salbiy ta’sirini o‘tkazmoqda. Orol bo‘yidagi
noxush ekologik vaziyat, buning ta’sirida kelib chiqayotgan tabiiy tangliklar, cho‘llanish
muammosi bunga misoldir.Bundan tashqari yer yuzini ifloslanishning eng mudhish omillaridan
biri bu nurlanishdir. Uni na ko’rib, na eshtib bo’ladi, na ta’mi, na hidi bor. Biroq uning ta’sirida
inson organizimdagi sistrmalarning o’zaro bog’liqligi buzilib, tanani aqil va idrok bilan
boshqaruvchi generator-miya esa so’z bilan tushuntirib bo’lmaydigan o’zgarishlarga duch
kelmoqda. Natijada bu kichik miqdordagi nurlanishdan aholining ma’lum guruhlari va ayniqsa
homilador ayollar homilasiga, o’sish va rivojlanish jarayoni kechayotgan bolalar, immunizim
susaygan qariyalar va sog’lig’i zaif insonlar aziyat chekmoqda. Nurlanish bizning organizimizga
qon va suyaklarga turli yo’llar (ovqat, suv va havo) bilan kirib butun inson organizmini
shikaslantirib, uni bevaqt o’limiga sabab bo’lmoqda.Nurlanishdan tashqari sanoat korxonalaridan
chiqayotgan zararli chiqindilar, nitratlar va qishloq xo’jaligida ko’plab ishlatiladigan har xil
zaharli qottilar (pestitsid) va mineral o’g’itlardi. Bu zarali moddalar ozuqa mahsulotlari orqali
odam organizmiga tushib har xil kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Ma’lumki bir mintaqada
kasaliklarning tarqalishi shu joyda yashovchi aholi bilan atrof-muhit o’rtasidagi munosabatlarga
bog’liq. Masalan, ko’lmak suvlar to’planib qolgan joylarda bezgak chivinining yashashi uchun
qulay sharoit yaratiladi va shu shu joylarda bezgak kasalligining paydo bo’lish ehtimoli yuzaga
krladi. Afrika uyqu kasaligining paydo bo’lishi uchun esa o’tloqzorlar bo’lishi kerak. Opistroxoz
kasalligi daryo yoqalarida yashovchi kishilarda ko’p uchraydi, chunki bu kasallikni keltirib
chiqaradigan chuvalchangning oraliq xo’jayini baliq bo’lib, kasallik odamga baliq go’shti orqali
yuqadi. Bundan tashqari aholi orasida ko’p uchraydigan allrgik kasalliklarni ham misol qilib
olishimiz mumkin.
Hozirgi vaqtda turli zavod va fabrikalarda 45 ming turga yaqin kimyoviy mahsulotlar
ishlab chiqarilmoqda va aholiga sotilmoqda, jahonbo‘yicha 300 mln. tonnaga yaqin organik
moddalar ishlabchiqarilib, ular yordamida milliondan ortiq buyumlartayyorlanmoqda. Lekin
ishlab chiqarishda foydalanilayotgan ushbu kimyoviy moddalar ma’lum miqdorda havo,suv va
oziq-ovqatlar orqali inson tanasiga ham kelib tushmoqdaki, buning natijasida turli xil yuqumli
kasalliklar yuzaga kelmoqda. Chunki ayrim kimyoviy moddalar zaharlilik xususiyatiga ega bo‘lsa,
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
206
ayrimlari allergenlik,konserogenlik (rak kasalligini keltirib chiqarish xususiyati),mutagenlik
(naslga ta’sir etish xususiyati) va teratogenlik(chala yoki mayib-majruh tug‘ilishni yuzaga
keltirishxususiyati), fibrogenlik (tanadagi to‘qimalar birikmasining ajralishi) xususiyatlariga
egadir. Bunday kimyoviymoddalarga, ayniqsa, og‘ir metallar (qo‘rg‘oshin, kadmiy,simob),
noorganik gazlar (oltingugurt ikki oksidi, is gazi,azot oksidi, ozon), kremniy ikki oksidi (DDT,
xlorli vinil vaboshqalar) misol bo‘lishi mumkin. Ushbu kimyoviymoddalar alohida holda ham,
aralashma holda ham insonsog‘lig‘i uchun juda xavfli hisoblanadi. Keyingi yillarda saraton
kasalligining ko‘payishi, turli xil kasalliklarning yangi turlarini vujudga kelishi, asosan,
kimyoning ta’siridandir.Bu kabi holatlat kunimizda jadal suratlarda ko‘pmoqda.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda,sanoat korxonalari chiqindilarini kamaytirish uchun avvalambor
hozirgi zamon talabiga mos keladigan ilg'or texnologiyalardan foydalanilgan holda chiqindisiz
texnologiyadan foydalanishni keng yolga qoyishimiz lozim..Zero,chiqindilar masalasi
ekologiyadagi muhim muammolardan biri bo’lib, ularni qayta ishlash yoki gigiyenik talablar
bo’yicha ishlov berilsa nafaqat iqtisodiy jihatdan foyda ko’ramiz, balki yerni, havoni suvni, oziq
– ovqat mahsulotlarining ifloslanishi oldi olinardi, kishilar sog’lig’ini muhofaza qilishda katta
ahamiyatga ega bo’ladi va kelajak avlod uchun ham tabiatimizni oz musaffoligini saqlagan holda
yetkazib bergan bo‘lamiz. Ekologik omillar – havoning ifloslanishi, suv va tuproq sifatining
pasayishi, kimyoviy moddalar va radiatsiya bilan ifloslanish – inson salomatligiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. Havoning ifloslanishi nafas olish yo‘llari kasalliklari, yurak-qon tomir muammolari va
onkologik kasalliklarning ko‘payishiga olib keladi. Suv sifatining pasayishi esa ovqat hazm qilish
tizimi kasalliklari va infeksion kasalliklarning kuchayishiga sabab bo‘ladi. Tuproqning ifloslanishi
ozuqa moddalarining sifatini pasaytirib, u orqali o‘tadigan zararli moddalar inson organizmiga
kirib, zaharlanish va boshqa kasalliklarni keltirib chiqaradi. Shu sababli ekologik muammolarni
hal qilish, atrof-muhitni himoya qilish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish inson
salomatligini saqlashda muhim o‘rin tutadi.
REFERENCES
1.
Ekalogiya va tabiatni muhofaza qilish, Namdu
2.
Ekalogiya va atrof muhit muhofazasi. S.S.Bo‘riyev.D.A.Mahkamov
3.
Nazarov, A. (2021). Challenges to uzbekistan’s secure and stable political development in the
context of globalization. Journal on International Social Science, 1(1), 26-31.
4.
Nazarov, A. (2021). Healthy Generation-The Basis Of A Healthy Galaxy International
Interdisciplinary Research Journal, 9(11), 409–413
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
207
5.
Nazarov, A. (2021). The impact of the chemical industry on the environment. Eurasian journal
of academic research 1(8), 145-148
