ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
261
AHOLINI FAVQULODDA VAZIYATLARGA MA’NAVIY VA RUHIY
TAYYORLASHDA TARG’IBOT TASHVIQOTNING ROLI
Karimov Hamraqul Sattarovich
Jizzax viloyati favquloda vaziyatlar boshqarmasi,
Hayot faoliyati xavfsizligi oʻquv markazi katta oʼqituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14176169
Annotatsiya.
Ushbu maqolada aholini favqulodda vaziyatlarga ma’naviy va ruhiy
tayyorlashda targ’ibot tashviqotning roli haqida so’z yuritilgan va tahlil qilingan.
Kalit so’zlar:
favqulodda vaziyatlar, ma’naviy va ruhiy tayyorlik, aholi, xulq-avtor.
THE ROLE OF PROPAGANDA IN THE SPIRITUAL AND SPIRITUAL
PREPARATION OF THE POPULATION FOR EMERGENCIES
Abstract.
This article discusses and analyzes the role of propaganda in the moral and
spiritual preparation of the population for emergency situations.
Key words:
emergency situations, moral and spiritual preparedness, population, behavior.
РОЛЬ ПРОПАГАНДЫ В ДУХОВНОЙ И ДУХОВНОЙ ПОДГОТОВКЕ НАСЕЛЕНИЯ
К ЧС
Аннотация.
В статье рассматривается и анализируется роль пропаганды в
духовно-психической подготовке населения к действиям в чрезвычайных ситуациях.
Ключевые слова:
чрезвычайные ситуации, морально-духовная готовность,
население, поведение.
Favqulodda vaziyatlar sharoitida ma’naviy-ruxiy tayyorgarlikning mohiyati. Ma’naviy
so’zi «Kishining ichki dunyosiga oid» degan ma’noni bildiradi. Bu ijtimoiy ongning bir shakli
bo’lib, odamlar yurish turishda, muomalada amal qiladigan tamoyillar, me’yorlarning
majmuidir. Bu me’yorlar odamlarning bir-biriga va insoniy birlikning turli shakllari (oila,
mexnat jamoasi, millat, umuman jamiyat)ga muayyan munosabatlarning ifodasidir.
Hatti-harakatlarga va
ularning
sabablariga
ma’naviy (axloqiy)
baxo
berish
ma’naviyatning o’ziga xos bir jixatini tashkil etadi. Jamiyatda, aholining muayyan bir qatlami
orasida yaxshilik va yomonlik xaqida, burch, vijdon, vijdonsizlik to‘g‘risida tashkil topgan tasavvur
bunday baxo berishga asos bo’lib jamiyatning muayyan aholi qatlamining shaxsga bo’lgan talablari
mana shu tushunchalarda ifoda topadi.
Buning huquq tushunchasidan farqi shundaki, ma’naviyat tamoyil va me’yorlari
davlat qonunchiligida qayd etib qo’yilmay, ularga rioya qilish qonunga emas, balki vijdonga va
jamoatchilik fikiriga asoslangan bo’ladi. Mana bunday bir misolni olaylik. Maxalladagi bir
oilaning uyi yonib ketdi. Nima qilishadi? Hashar qilib, pul yig’ib, jabrlangan oilaga yordam
qilib, o’sha uyni tiklab berishadi.
Xush, qaysi qonunda albatta hashar qilinsin, deb yozib qo’yilgan? Bunday qonun yo’q,
bo’lishi ham mumkin ham emas. Bu odamlarning ko’nglida, ularning qalbida yozilgan.
Ma’naviyat xulq-avtor va urf-odatlarda namoyon bo’ladi. Avloddan avlodga o’tib
boraveradigan axloqiy xulq-atvorning barqaror, mustaxkamlanib qolgan me’yorlari ma’naviy
an’analarni tashkil etadi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
262
Jamlanib, shaxsning axloqiy ongini hosil qiladigan ma’naviy ishonch, his va odatlar ham
ma’naviyatning tarkibiga kiradi.
Ma’naviyat odamlarning xatti-xarakatlarida namoyon
bo’ladi. Odamlarning ma’naviy xulq-avtori ong bilan faoliyat birligida tavsif topadi.
Bularning hammasi jamlanib, ma’naviyat omilini tashkil etadi. Ma’naviy omil-bu
mamlakat aholisining ruhiy imkoniyatlari bo’lib, bunday imkoniyatlar shu aholining ma’naviy
yetuklik darajasi bilan, onglilik darajasi bilan belgilanadi hamda ijtimoiy, iqtisodiy va mudofaa
maqsadlariga erishish omiliga aylanishi mumkin bo’ladi.
Fuqaro muhofazasidagi ma’naviy tayyorgarlik-bilim oluvchilarda fuqaro muhofazasiga
oid vazifalarni bajarish mamlakat, xalq oldidagi burch ekaniga ishonchni tarbiyalash, bu
tinchlik va harbiy haraktlar vaqtlaridagi o’z vazifalarini vijdonan bajarishga, shunday
vaziyatlardagi qiyinchiliklarni yengib o’tishga o’zini tayyorlash zarurligini tushunish, ruhiy
qiyinchiliklarga chidash ruhida tarbiyalashdir.
Murakkab sharoitda istalgan kishining hayot uchun xavfli vazifani bajarishga
tayyor ekaniga ishonib ish tutib bo’lmaydi. «Hech nimadan qo’rqmaydigan» odam
bo’lmaydi. Hamma gap sarosima hissini yengib o’tish uchun, to’g’ri qarorga kelib, harakat qila
boshlash uchun kerak bo’ladigan vaqtda. Shoshilinch vaziyatga tayyorgarlik ko’rgan odamda bu
anchagina tez bo’ladi. Tayyorgarligi yo’q kishida esa harakatsizlik, xovliqish uzoq vaqt saqlanib
turadida psixika buzilishini kuchaytirib yuboradi.
Favqulodda vaziyat xavfli va o’zgaruvchan bo’ladi, odatdagi uyqu, dam olish va ishlash
navbatlanishi bo’lmaydi. Vazifalarni kecha-kunduzning turli vaqtlari, yomon ob-havo,
axborot yetarli bo’lmagan sharoitda bajarishga to’gri Xavf-xatar, ortiqcha ishlash, odam
qurbi darajasidan chiqib ketish, yetishmovchilik, yechiladigan vazifalarning
murakkabligi, bor kuchni nixoyatda zo’r berib ishlatish odam faoliyatini qiyinlashtirib, undan
ko’zda tutilgan maqsadga erishishga to’sqinlik qilishni turli ruhiy xolatlarga sabab bo’lishi
mumkin.
Kuchli tovush va shovqinlar uzoq vaqt ta’sir etib turishi asab tizimi charchashi va
xatto buzilishining sabablaridan bir hisoblanadi. Surunkali shovqin boshni aylantiradi, og’ritadi,
qurish quvvatini kamaytiradi, xotirani susaytiradi, tushkunlikka soladi, xarakatni sekinlashtirib
qo’yadi. Muskulga qattiq zo’r berish ham stress (qattiq hayajon) xolatini keltirib chiqarishi
mumkin. Charchash odatda odamning faoligini kamaytiradi, jumladan e’tiborni susaytiradi,
salbiy xis-tuyg’ularni kuchaytiradi.
Favqulodda vaziyatlardagi xatti-xarakatlarga tayyorlash soxasida bir necha misollar
keltiramiz.
«O‘tdan qo‘rqish»
ni yengish. Odam sakrab o’tadigan kenglikda uzun zovur qaziladi.
Unga ishlatib bo’lingan solyarka yoki boshqa yonadigan suyuklik to’ldirilib, yoqib
yuboriladi. Olov devor hosil bo’lib, ta’lim olayotganlar muxofaza kiyimi kiyib yoki muxofaza
niqobida sakrab, shu olov devor ustidan o’tadilar. Bunda, har ehtimolga qarshi, olov
devorining ikki tomonidan suv shlanglari ushlagan odamlar turadilar.
«Balandlikdan qo‘rqish»ni yengish.
Xodalardan to’rt qavatli uy maketi quriladi.
Balandlikda xoda ustida mashq qilinadi. Mashq qilayotganlar xavfsizligini ta’minlash
uchun
ular
beliga
xavfsizlik
kamarlari
bog’lab
qo’yiladi.
Albatta,
xoda ustida
yurayotganlarning tuyg’ulari dastlab unchalik yoqimli bo’lmaydi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
263
Yoki ta’lim oluvchilar baland minoraga chiqib, undan qutqarish arqoni yordamida
pastga tushadilar.
«Suvdan qo‘rqish»ni yengish.
Suvli to’siq ustiga uzunligi 100 m li tebranma ko’prik
quriladi. Ta’lim oluvchilar shu ko’prik ustidan yurib, suv to’siqdan o’tadilar.
Tayyorgarlikni bunday usulda olib borish odamlarda Favqulodda vaziyat yuz berganda
esankirab qolmaslik, chidam va mardlik ko’rsatish hissini shakllantiradi.
Mashg‘ulot va o’quv mashqlarini sutkaning turli vaqtlarida, murakkab ob-havo
sharoitida, zaharlanish zonalarida olib borib odamlarni qiyinchiliklarni yengib o’tishga o’rgatish,
ma’naviy-ruhiy hislatlarni shakllantirish mumkin.
Ishlab chiqarishda band bo’lmagan aholining ma’naviy-ruhiy tayyorgarligi muammosi
million-million kishilarga tegishli muammodir. Viloyatlar, shaharlar va tumanlar
fuqaro
muhofazasi boshliqlari, Favqulodda vaziyatlar boshqarma va bo’limlari bu mavzuga ko’proq
e’tibor berishlari, ishlamayotgan aholini Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishdagi
ma’naviy-ruhiy chiniqtirishga yordam beradigan tadbirlarga jalb qilishlari kerak.
Bunday tadbirlarga birinchi galda kimyoviy xavfli ob’ektlar yaqinida hamda toshqin, suv
bosish va sel kelish xavfi, boshqa xatarlar bor joylarda yashab turgan aholi jalb etilishi kerak.
Targ‘ibot.
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishni targ’ib etishdagi asosiy
vazifalar qanday, bunda targ‘ibot nimalardan iborat bo’lishi kerak?
Birinchi vazifa.
Tinchlik davrida va harbiy harakatlar vaqtida, Favqulodda vaziyatlar
sodir bo’lishi mumkinligini va ular naqadar xavfli ekanini tushuntirish.
Ikkinchi vazifa.
Fuqaro muhofazasining roli ortib borayotganini, Favqulodda
vaziyatlardan
muhofaza
qilish
xaqidagi
davlat
xujjatlarining mazmunini, aholining
fuqaro muhofazasiga oid huquqlari va vazifalarini tushuntirish.
Uchinchi vazifa.
Aholiga Favqulodda vaziyatlarda harakat qilishni o’rgatishga
hissa qo’shish.
To’rtinchi vazifa.
Fuqaro muhofazasi ilg’or tajribasini keng targ’ib qilish.
Beshinchi vazifa.
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi tarixi va an’analarini
tizimli targ’ib qilish.
Favqulodda vaziyatlar yuz berishi ehtimoli borligini va xavf darajasi to‘g‘risida
aholi o’rtasida tushuntirish ishlari olib borish kerak. Biroq, bunda odamlarni qo’rqitmaslik,
balki bu xavfni unutmaslik, Favqulodda vaziyatlar sodir bo’lganda muxofazalanishga tayyor
turishga da’vat etmoq kerak. Shunda Favqulodda vaziyatlar oqibatida yetadigan zararlar eng
kam darajada bo’ladi.
REFERENCES
1.
Yo‘ldashev, A., & Jalilov, A. (2022). Favqulodda va Ekologik ofat holatlarida korxonalar
boshqaruvi. eurasian journal of social sciences, philosophy and culture.
2.
Jalilov,
A.
(2022).
FAVQULODDA
VAZIYATLAR
VAZIRLIGINING
FAVQULODDA VAZIYATLARDA HARAKAT QILISH VA BOSHQARISH
MILLIY MARKAZI MANSABDOR SHAXSLARI FAOLIYATIDAGI MUAMMOLI
MASALALARNI ANIQLASH VA TAHLIL QILISH MODELI. Science and
innovation, 1(C7), 286-294.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
264
3.
Кобулова, Н. Ж., & Нарзиев, Ш. М. (2021, December). ХОДИМЛАРНИНГ
МЕҲНАТИНИ МУҲОФАЗА ҚИЛИШ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ
ЙЎЛЛАРИ.
