ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
289
SUDLAR FAOLIYATINING ASOSIY PRINSIPLARI
Qo‘chqarova Laylo Bahrom qizi
Umirzoqova Gulbahor Dostonbek qizi
Jizzax viloyati yuridik texnikum o‘quvchilari.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14182005
Annotatsiya.
Ushbu maqolada odil sudlov tamoyillarining xususiyati, unda belgilangan
qoidalar, odil sudlovga oid konstitutsiyaviy tamoyillarini belgilashda boshqa mamlakatlarning,
shuningdek, xalqaro huquqning ijobiy tajribalari haqida yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
Odil sudlov, qonuniylik, sud hokimiyatining mustaqilligi, qonun va sud
oldida tenglik, aybsizlik prezumpsiyasi, sud ishlari yuritishning oshkoraligi, sud ishlari
yuritiladigan til, himoyalanish huquqi.
BASIC PRINCIPLES OF COURT ACTIVITY
Abstract.
This article describes the nature of the principles of justice, the rules defined in
it, the positive experiences of other countries, as well as international law, in determining the
constitutional principles of justice.
Key words:
Justice, legality, independence of judiciary, equality before law and court,
presumption of innocence, transparency of court proceedings, language of court proceedings,
right to defense.
ОСНОВНЫЕ ПРИНЦИПЫ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ СУДА
Аннотация.
В данной статье описывается сущность принципов справедливости,
определенные в ней правила, положительный опыт других стран, а также
международного права в определении конституционных принципов справедливости.
Ключевые слова:
Правосудие, законность, независимость судебной власти,
равенство перед законом и судом, презумпция невиновности, прозрачность судебного
разбирательства, язык судебного разбирательства, право на защиту.
Odil sudlov tamoyillarining xususiyati shundan iboratki, unda belgilangan qoidalar nafaqat
fuqarolar, mansabdor shaxslar hamda davlat organlari uchun, balki qonun chiqaruvchi idoralar
uchun ham taalluqlidir. Qonun chiqaruvchi va qonunga o‘zgartirish kirituvchi organlar o‘z
faoliyatlari davomida demokratik talablar hamda an’analar qatori ushbu tamoyillarga ham amal
qiladilar.
O‘zbekiston Respublikasining odil sudlovga oid konstitutsiyaviy tamoyillarini belgilashda
boshqa mamlakatlarning, shuningdek, xalqaro huquqning ijobiy tajribalari hisobga olingan.
Odil sudlovni amalga oshirish va uning faoliyatini tashkil qilishda Inson huquqlari
umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt kabi xalqaro
hujjatlarning ilg‘or g‘oyalarini o‘zida mujassam etganligi uchun ham g‘oyat katta ahamiyat kasb
etadi.
Ushbu hujjatlar dunyoning ko‘pchilik davlatlari, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi
tomonidan ham e’tirof etilgan hamda undagi qoidalarga amal qilish majburiydir.
Odil sudlovning konstitutsiyaviy tamoyillariga quyidagilar kiradi:
Qonuniylik.
Qonuniylik bu davlat organlari, fuqarolar, korxona, tashkilot va muassasalar hamda
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
290
mansabdor shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga so‘zsiz rioya
qilgan holda faoliyat olib borishidir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasiga binoan, davlat, uning
organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga
muvofiq ish ko‘radilar. Shunga muvofiq, sudlov ishlarini ko‘rib chiqishda sudyalar Konstitutsiya
va qonunlarga amal qilishlari shart.
Konstitutsiyamizning 16-moddasida belgilanganidek, «birorta ham qonun yoki boshqa
normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas».
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasida xalqaro shartnomalar talablaridan kelib
chiqqan holda, xalqaro huquq normalariga amal qilish nazarda tutilgan. Xalqaro shartnoma
normalariga zid bo‘lgan qonunlar amalda sudyalar tomonidan qo‘llanilmaydi.
Bu tamoyil odil sudlovni amalga oshirishda katta ahamiyat kasb etib, jinoiy va fuqarolik
ishlarini yuritishni qonun talablariga mos va belgilangan tartibda amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Sud hokimiyatining mustaqilligi
.
O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi
hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish
yuritadi.
«Sudlar to‘g‘risida»gi qonunning 9-moddasiga ko‘ra, Sudyalar mustaqildir, faqat qonunga
bo‘ysunadi. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda
aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Sudyalarga odil sudlovni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday vazifalar
yuklatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Sud mustaqilligining mazmuni, sudlov ishlarini yuritishda shunday imkoniyatlarga ega
bo‘lishi bilan belgilanadiki, bunda sud faoliyatiga tashqaridan tazyiq o‘tkazilmasligi, birovlarning
aralashmasligi, qonunga muvofiq adolatli, asosli qarorga kelishi ta’minlanishi zarur.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining 136-moddasiga ko‘ra, Sudyalar mustaqildirlar, faqat
Konstitutsiya va qonunga bo‘ysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirishga doir
faoliyatiga har qanday tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashish qonunga
muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Odil sudlovni amalga oshirishda barchaning qonun va sud oldida tengligi tamoyili.
Konstitutsiyamizning 19-moddasiga ko‘ra, « O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil
huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi,
ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar.». Shuningdek, O‘zbekiston
Respublikasi «Sudlar to‘g‘risida»gi qonunining 11-moddasida: « Barcha fuqarolar jinsi, irqi,
millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi hamda ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar,
qonun va sud oldida tengdir. Korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlar ham qonun va sud oldida
tengdir.», – deb belgilangan.
Qonun oldida barchaning tengligini ta’minlash qonunchilikda mustahkamlab qo‘yilgan
qoidalarni barcha shaxslarga birdek qo‘llashni talab etadi. Shu bois ham, mazkur tamoyil odil
sudlovning eng muhim tamoyillaridan biri hisoblanadi.
Fuqarolarning sud himoyasida bo‘lish huquqi
.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida Har kimga o‘z huquq va
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
291
erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular
mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga
shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.
Sudlarga nafaqat konstitutsiyada belgilangan va kafolatlangan huquq va erkinliklar
yuzasidan, balki qonun (qonunosti hujjatlari) yoki shartnoma- da ko‘rsatilgan huquq va erkinliklar,
shuningdek, manfaatlar bo‘yicha ham murojaat qilinishi mumkin. Buzilgan yoki cheklangan
huquq va erkinliklar tegishli tartibda konstitutsiyaviy, fuqarolik, ma’muriy, jinoiy yoki xo‘jalik
sudlov ishlarini yuritish orqali tiklanadi.
Aybsizlik prezumpsiyasi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 28-moddasiga ko‘ra, Jinoyat sodir etganlikda
ayblanayotgan shaxs uning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda oshkora sud muhokamasi yo‘li
bilan isbotlanmaguncha va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmaguncha aybsiz
deb hisoblanadi. Ayblanuvchiga o‘zini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlar ta’minlanadi.
Aybsizlik prezumpsiyasi inson huquqlari sohasidagi e’tiborli xalqaro hujjatlarda,
jumladan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (II-modda), Fuqarolik va siyosiy
huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt (14-modda), Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya
qilish to‘g‘risidagi Yevropa konvensiyasi (6-moddasining 2-bandi) normalarida o‘z ifodasini
topgan.
Aybsizlik prezumpsiyasi tamoyilining zamirida umumiy va keng tan olingan axloq
normasi mavjud bo‘lib, unga ko‘ra, ayblanuvchining aybdorligi tasdiqlanishiga qadar, shaxs
aybsiz deb hisoblanadi.
Ayblanuvchi unga nisbatan sud tomonidan qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi
chiqarilmagunga qadar, aybdor deb hisoblanmaydi. Aybsizlik prezumpsiyasi qoidasiga ko‘ra,
mavjud barcha shubha va taxminlar to‘liq aniqlanmaguncha ushbu holat ayblanuvchi foydasiga
hal qilinadi, bu esa o‘z navbatida, shaxsning ma’lum jinoyat bo‘yicha aybsizligini ko‘rsatadi.
Demak, ayblanuvchi aybining isbotlanmaganligi aybsizligining isbotidir. Ushbu tamoyil
o‘z mohiyatiga ko‘ra, sudlovni amalga oshirishda nafaqat ayblanuvchining jinoyat protsessidagi
huquqiy holatini, balki barcha ijtimoiy munosabatlar subyektidagi huquqiy holatini ham
ifodalaydi.
Himoyalanish huquqi bilan ta’minlanish.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29-moddasiga ko‘ra, Har kimga malakali
yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda yuridik yordam
davlat hisobidan ko‘rsatiladi.
Har bir shaxs jinoyat protsessining har qanday bosqichida, shaxs ushlanganida esa uning
harakatlanish erkinligi huquqi amalda cheklangan paytdan e’tiboran o‘z tanloviga ko‘ra advokat
yordamidan foydalanish huquqiga ega.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi ayblovning mohiyati va asoslari
to‘g‘risida xabardor qilinish, unga qarshi yoki uning foydasiga guvohlik berayotgan shaxslarning
so‘roq qilinishini talab etish, tarjimon yordamidan foydalanish huquqiga ega.
Qonunni buzgan holda olingan dalillardan odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida
foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
292
Jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish
maqsadida, ularga keng huquqlar belgilangan: ular o‘zlarining nimada ayblanayotganligini bilish,
o‘zlariga qo‘yilgan ayblov yuzasidan va ishning boshqa holatlari bo‘yicha ko‘rsatuv va
tushuntirish berish; jinoiy harakatlarini isbotlovchi dalillar bilan tanishish, o‘zlariga nisbatan
jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslarning harakatlari
ustidan shikoyat qilish huquqlariga ega.
Himoyalanish huquqi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud zimmasiga gumon
qilinuvchiga, ayblanuvchiga va sudlanuvchiga unga berilgan huquqlarni tushuntirib berish hamda
u o‘ziga qo‘yilgan ayblovdan himoyalanishi uchun qonunda nazarda tutilgan barcha vosita va
usullardan foydalanishda haqiqiy imkoniyat yaratib berishni yuklaydi.
Sud ishlari yuritishning oshkoraligi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 137-moddasiga ko‘ra, Hamma sudlarda
ishlar ochiq ko‘riladi. Ishlarni yopiq majlisda tinglashga qonunda belgilangan hollardagina yo‘l
qo‘yiladi. Ushbu tamoyilning mohiyati shundan iboratki, barcha fuqarolar u yoki bu sud ishlarini
yuritish protsessida ishtirokchi bo‘lmasada, sud ishlarining oshkora ko‘rilishi tufayli sud
muhokamasida qatnashishlari mumkin. Bunday chora-tadbirning belgilab qo‘yilishi bir jihatdan,
sudlar faoliyatining ochiq va oshkoraligini ta’minlasa, ikkinchi bir jihatdan, ushbu organlar
faoliyati ustidan haqqoniy va samarali jamoatchilik nazorati amalga oshirilishini ta’minlashga
xizmat qiladi. Shu bilan birga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan, sudlar
faoliyatining oshkoraligi ularning faoliyati, qabul qilgan qarorlari to‘g‘risida aholi va
fuqarolarning bevosita xabardor bo‘lish huquqini ham kafolatlaydi.
Sud ishlari yuritiladigan til.
O‘zbekiston Respublikasi Konsti- tutsiyasining 139-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston
Respublikasida sud ishlarini yuritish o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi
ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda yoxud qonunga muvofiq boshqa tilda olib boriladi. Sud
ishlari olib borilayotgan tilni bilmaydigan sudda qatnashuvchi shaxslarning tarjimon orqali ish
materiallari bilan to‘la tanishish va sud ishlarida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida
so‘zlash huquqi ta’minlanadi.
Sud ishlari olib borilayotgan tilni bilmaydigan sud ishtirokchilariga tarjimon xizmatidan
foydalanish imkoniyati kafolatlangan. Tarjimonga ham o‘z navbatida, ishni aniq hamda to‘liq
bajarish majburiyati yuklatiladi. Ushbu majburiyatni lozim darajada bajarmaslik, tarjimonning
hatto jinoiy javobgarlikka tortilishi uchun sabab bo‘ladi. Ayblanuvchiga (gumondorga,
sudlanuvchiga) tarjimon tomonidan barcha holatlarda ko‘rsatilgan yordam bepul amalga
oshiriladi.
Xulosa qilib aytganda, mas’ul organlarning mansabdor shaxslari protsess ishtirokchilariga
ularning huquqlarini tushuntirish majburiyatini olar ekanlar, shu jumladan, ularga tarjimon bilan
ta’minlanish huquqi, shuningdek, protsess ishtirok- chisining o‘z ona tilida yoki yaxshi biladigan
boshqa tilda tushuntirish va sudda so‘zlash huquqiga ega ekanligi haqida ogohlantirishi shart.
Tergov hamda sud hujjatlari ushbu shaxslarga ular tushunadigan tilga tarjima qilinib,
topshiriladi.
Bulardan tashqari, sudda yuritilayotgan tilni yaxshi bilmaydigan shaxslarga dastlabki
tergov yoki sud muhokamasi davrida, himoyachi bilan majburiy ta’minlanishi belgilangan.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
293
REFERENCES
1.
Husanov O.T. Konstitutsiyaviy huquq: darslik. – To‘ldirilgan va qayta ishlangan ikkinchi
nashr. Toshkent: Yuridik adabiyotlar Publish, 2022. − 344-360-betlar.
2.
Konstitutsiyaviy huquq. Darslik. -Toshkent, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi.
Harbiy-texnik instituti, 2019. 607-663-betlar.
3.
Маматов Х.Т. Конституциявий ҳуқуқ: дарслик. – Тошкент: Yuristmedia markazi, 2018.
392-422 бетлар.
4.
Конституционное право. Учебник // Авторский коллектив. – Ташкент: Ташкентский
государственный юридический университет, 2018 г. С. 486-506.
5.
Ides A., May C. N., Grossi S. Examples & Explanations for Constitutional Law: Individual
Rights. – Wolters Kluwer Law & Business, 2018. 599 pages.
6.
Chemerinsky E. Constitutional law. – Aspen Publishers, 2019.
7.
Inside Constitutional Law: What Matters and Why. Russell L. Weaver, Catherine Hancock,
Steven I. Friedland, Richard D. Rosen – Aspen Publishers, 2009. Pages 3-46.
