ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
294
VELOSPORTCHILARNING MUSOBAQAGA OLDI PSIXOLOGIK
TAYORGALIGIN O‘SHIRISH ASOSLARI
Toylibaev S.M.
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali
“Yakka kurash va tabiiy fanlar” kafedrasi mudiri, p.f.n. (PhD).
Akmanova D.A.
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali "Sport turlari"
fakulteti 3-kurs talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14182052
Annotatsiya.
Ushbu maqolada
v
elosipedchlarning psixologik tayyorgarligi va
sport
musobaqalarida psixologik tayyorgarlik o‘rin. Velosipedchilarning qishda psixologik
tayyorgarligi hozirgi vaqtda qo‘llaniladigan o‘quv vositalarining o‘ziga xosligi tog‘risidagi
ma’lumotlar keltirib o’tilgan.
Kalit so‘zlar:
Psixologik tayyorgalik, velosipedchi, musobaqa, start, murabbiy,
mashg‘ulotlar, tezlik, chidamlilik.
THE BASICS OF INCREASING THE PSYCHOLOGICAL PREPARATION OF
CYCLISTS BEFORE THE COMPETITION
Abstract.
This article discusses the psychological training of cyclists and psychological
training in sports competitions. Information on the specifics of modern means of training cyclists
in psychological training in winter is presented.
Keywords:
Psychological training, cyclist, competition, start, coach, training, speed,
endurance.
ОСНОВЫ ПОВЫШЕНИЯ ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ
ВЕЛОСИПЕДИСТОВ ПЕРЕД СОРЕВНОВАНИЯМИ.
Анатация.
В этой статье рассматривается психологическая подготовка
велосипедистов и психологическая подготовка на спортивных соревнованиях.
Приведены сведения о специфике современных средств обучения психологической
подготовке велосипедистов зимой.
Ключевые слова:
Психологическая подготовка, велосипедист, соревнование, старт,
тренер, тренировки, скорость, выносливость.
Kirish.
Psixologik tayyorgarlik muammosi sportchilarni musobaqalarga tayyorlashda
asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Sport natijalariga erishishda psixologik va jismoniy
sifatlarning og‘irligini aniq aytish juda qiyin, ammo sport musobaqalarida psixologik tayyorgarlik
katta o‘rin tutadi. Velosipedchining psixologik tayyorgarligi deganda musobaqalardagi yuqori
natijalarga erishish uchun barcha kuchni to‘play olish holati tushuniladi. Shunday ekan, psixologik
tayyorgarlik sportchini butun faoliyati davomida tayyorlashdagi uzluksiz tarbiyaviy jarayon
sifatida gavdalanishi kerak va sportchining ichki his-tuyg‘ularini tahlil qila olishi, o‘z raqiblarini
ijobiy va salbiy usulda obyektiv baholay olishi, taktik vaziyatlarni yaxshi anglay olishi, har qanday
qiyinchiliklarni yenga olishi, chidamli va o‘zini tuta bilishi bilan xarakterlanadi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
295
Asosiy qisim
.
Bir yillik tayyorgarlikdagi velosipedchilarning psixologik tayyorgarligi to‘rt
bosqichda olib boriladi: kelajakka yo‘naltirilgan - mashq (trnerovka), startdan oldin, start, startdan
keyin (musobaqalar o‘rtasidagi).
Kelajakka yo‘naltirilgan - mashq (trenerovka) bosqichidagi tayyorgarlikda murabbiyning
o‘rni katta. U nafaqat mashg‘ulotlarning tashkilotchisi, balki chinakam tarbiyachisi hamdir. O‘z
o‘quvchilarining muhabbati va hurmatiga sazovor bo‘lgan murabbiyga ulardan maslahatlari va
ko‘rsatmalarini bajarishiga erishish oson bo‘ladi. Sportchilarning murabbiylariga ishonchi ba’zan
muvaffaqiyatga erishishdagi muhim omilga aylanadi.
Yetakchi velosipedchilarni kuzatish shuni ko‘rsatadiki, ularning aksariyati yuqori
darajadagi musobaqalarda 7-8 yildan ortiq qatnashmaydi. Velosportchilarning sportdan erta
ketishlari, ularning natijalarining pasayishiga, eng avvalo, psixologik zo‘riqish va markaziy asab
tizimining o‘ta charchaganligi sabab bo‘ladi. Velosportchilarning musobaqa faoliyatini uzaytirish
maqsadida mashg‘ulotlar qiziqarli va xilma-xil o‘tkazilishi kerak. Har bir mashg‘ulotda
(trenerovkada) texnik va taktik harakatlarni o‘zlashtirishda yangilik kiritish kerak. Bitta
mashg‘ulotda ikkita masalani hal qilish: funksional va texnik yoki funksional yoki taktik bir
turdagi og‘ir va uzoq ishni bajarishdan chalg‘itadi.
Mashqlar (trenerovka) jarayonida faqat umumiy charchash (charchoq) sharoitida tezlikka
yoki masofadan chidamlilikka maxsus qiyin ish bajarilganda yuqori natijaga erishish mumkin.
Bunday ishning bajarilishi bo‘yicha murabbiylar sportchini kelgusi musobaqalarda ishtirok etishi
haqida xulosa chiqaradi. Shu sababli murabbiylar mashg‘ulotlardagi rejani to‘liq oshkor qilmasligi
kerak, aks holda uni bilgan sportchilar mashg‘ulotlarning birinchi qismida ikkinchi yarmidagi
muhim yakunlovchi vazifani yaxshiroq bajarish uchun kuchlarini ayamay qolishga harakat
qiladilar.
Uzluksiz ravishda o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarga, yangi sport natijalariga sportchilarning
qiziqishini uyg‘otish uchun turli uran, so‘z zanjirlaridan foydalaniladi.
Psixologik usul sifatida bu, sportchiga aniq darajada ta’sir qiladi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki,
mashg‘ulotlarda (trenerovkada) tomoshabinlarning bo‘lishi, ularning ruhlantirishi (yosharishi),
uranlarni aytib turishi sport natijalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Mashg‘ulotlardan, musobaqalardan so‘ng charchoqni kamaytirish va kuchni qayta tiklash
maqsadida autogen va psixologik sozlovchi mashqlar qo‘llaniladi. Bundan tashqari, uni yuqori
emotsional qahr-g‘azabda, shu bilan birga yuqori maksimal sport bezovtaliklarga tayyorlash uchun
qo‘llaydi.
Jasorat, intizom, maqsadga intilish, matonat va shijoat, qat’iyat, olg‘a intilish, mustaqillik,
o‘zini tuta bilish va sabr-toqat sportchilarda har kuni, velosport bilan shug‘ullanishning birinchi
yilidan boshlab tarbiyalanishi kerak.
Yosh velosipedchilarning etikasi va aqliy sifatlarini tarbiyalashning asosiy usuli -
ishontirish usulidir. Nafaqat so‘z bilan, balki shaxsiy namuna bilan ham ishontirish mumkin.
Trener barcha shug‘ullanuvchilarga nisbatan istalgan masala bo‘yicha bir maromda
talabchan bo‘lishi kerak: kech qolish, harakat qoidalarini bajarish, kiyim ozodaligi, velosipedni
ushlash va hokazo. Chidamlilik sifatlarini tarbiyalashda shug‘ullanuvchilar tomonidan yengish
kerak bo‘lgan qiyinchiliklarni asta-sekin oshirish foydali bo‘ladi, lekin bu ishni onda-sonda emas,
uzluksiz ravishda bajarish kerak. Velosportda zarur omil - bu guruhdosh sheriklarning psixologik
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
296
mos kelishidir (ayniqsa, shosse va trekkadagi jamoalar, guruh va ko‘p kunlik musobaqalarda).
Jamoaning muvaffaqiyati eng avvalo doimiy shaxsiy aloqalarga, axloqiy qoidalarning barcha a’zo
tomonidan bajarilishiga bog‘liq bo‘ladi.
Mustahkam jamoa ham - murabbiy va jamoa sardorining qoniqarli faoliyati natijasidir.
Mas’uliyatli musobaqalarda ishtirok etuvchi guruh tarkibini o‘z vaqtida aniqlash - ishdagi
muhim bosqichdir. Ishtirokchilarning asosiy tarkibini startdan 14-21 kun oldin saralash lozim.
Musobaqa muhiti startga chiqishni kutayotgan velosipedchining psixologik holatiga kuchli ta’sir
ko‘rsatadi. Mas’uliyatli musobaqalarga chiqishdan oldin sportni murabbiy, jamoadoshlar
e’tiboridan chetda qoldirish mumkin emas. Start oldidan sarosimani kamaytirish ko‘p jihatdan
guruh rahbarining, murabbiyining, vrachning, mexanikning va massajchining sabr-toqati va o‘zini
tuta bilishiga bog‘liq.
Sportchi startni xotirjam kutishga o‘rganishi kerak. Maxsus tayyorgarliksiz kam tajribali
sportchilar "kuyib ketadi," ishtahasini, xotirjamligini, o‘z kuchiga ishonchini yo‘qotadi. Eng
to‘g‘risi, startdan oldin asablarni qo‘zg‘atmaydigan ishni bajarish kerak, kitob o‘qish, badiiy
filmlar tomosha qilish va hokazo.
Velosipedchi uchun birinchi poyga kuni, birinchi start eng xavotirli hisoblanadi.
Bezovtalikni, xavotirni bosish maqsadida murabbiy mashqlarning sportchi uchun odatiy
bo‘lgan sur’atini o‘zgartirmaslikka harakat qiladi. Start oldidan bezovtalik, xavotirlanish puls
urishining va nafas olishning tezlashishi, qon bosimining birmuncha ko‘tarilishi bilan
xarakterlanadi. Startdan oldingi yengil xavotir, bezovtalik sportchiga diqqatni keyingi bellashuvga
aks etgan imkoniyatini beradi. Lekin, ayrim hollarda start oldidan sarosima va beparvolik
kuzatiladi. Trener raqiblardan qo‘rqmaslikni, ular haqida o‘ylamaslikni, birinchi navbatda o‘z
kuchlariga ishonish kerakligini, yuqori natijalarga intilishga o‘rgatishi kerak. G‘alaba haqida
oldindan o‘ylash mumkin emas, sportchi bunga doimo, yilning istalgan faslida, kunning istalgan
vaqtida intilishi kerak. G‘alaba uchun u mashqlarni bajaradi va bajaradi, kun tartibiga qat’iy amal
qiladi, barcha talablarni bajaradi va bajaradi.
Ko‘pchilik tarbiyachilar (trnerlar) salbiy hislarning oldini olish maqsadida o‘z
o‘quvchisiga: "Sen rekordlarga tayyormisan?" deb aytmaydilar. "Rekord" so‘zi yosh sportchining
harakatlarini shunday ta’sirlarga solib qo‘yishi mumkinki, u harakat yengilligini, fikrni bir joyga
jamlash qobiliyatini yo‘qotishi mumkin bo‘lib, pedalni yaxshi darajada aylantira olmaydi. Shu
sababli: "Sen bugun juda yaxshi darajada musobaqada ishtirok etishga tayyormisan?" deb so‘rash
to‘g‘ridir. Trener "Bajarishing shart" so‘zini ishlatmasdan, doimo: "Sen bajara olasan," deb aytishi
kerak. Mashg‘ulotlarda, musobaqalarga tayyorgarlik davrida, velosipedchini tarbiyalashning
butun jarayonidagi kabi arzimas narsalar bo‘lmaydi - hamma narsa, narsalar muvaffaqiyatga,
g‘alabaga erishish uchun zarurdir.
Tarbiyachining (murabbiyning) so‘zlari, uning o‘quvchisiga bo‘lgan munosabati.
Yaxshi kayfiyat - muvaffaqiyatning yarmi. Yosh velosportchiga yaxshi kayfiyat yarata
olishga, o‘zini tutib turish qobiliyatini rivojlantirishga, murakkab vaziyatlarda asablarni
jilovlashga, boshqarishga o‘rgatish kerak. Musobaqa davomida ko‘plab qiyinchiliklar paydo
bo‘ladi. Ayrim sportchilar oraliq finishlardagi g‘alabadan so‘ng tinchib qolishadi. Boshqalari juda
bezovta bo‘lishadi. Musobaqa davomida murabbiy faqat kerakli ko‘rsatmalar berib, sportchilarni
shaxsiy mas’uliyatga o‘rgatishlari kerak.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
297
Xulosa:
Musobaqalardan so‘ng tarbiyachi (murabbiy) jamoani yangi g‘alabalarga sozlashi,
taktik va psixologik tayyorgarlikdagi xato va kamchiliklarni ko‘rsatib berishi kerak.
Kelajakdagi muvaffaqiyat ko‘pincha tarbiyachi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng o‘zini qanday
tutishiga bog‘liq bo‘ladi. Mag‘lubiyatlar ko‘plab sportchilar uchun og‘ir psixologik jarohatdir.
Shu bois sportchilarning kechinmalarini tushunadigan murabbiy ularga har tomonlama
yordam ko‘rsatishi kerak. Ayni shu vaqtda u o‘z o‘quvchilari haqida kelgusi faoliyatida yordam
beradigan foydali va zarur ma’lumotlarga ega bo‘ladi.
REFERENCES
1.
Кузьмин, М.А. Мотивация спортивной деятельности в различных видах спорта / М.А.
Кузьмин // Ученые записки университета имени П.Ф. Лесгафта. – 2012. – № 2 (72).
2.
Кузьмин,
М.А.
Взаимосвязь
объективных
и
субъективных
критериев
адаптированности спортсменов к соревновательной деятельности / М.А. Кузьмин //
Ученые записки университета
Тойлибаев С. М. Методические особенности
предупреждения травм на занятиях по гимнастике //Стратегия формирования
здорового образа жизни населения средствами физической культуры и спорта:
целевые ориентиры, технологии и инновации: материалы XX Международной
научно-практической конференции, посвященной памяти д. п. н., профессора ВН
Зуева.–Тюмень, 2022. – Тюменский государственный университет, 2022.
3.
Тойлибаев С. М. Повышение профессиональной деятельности и организация
здорового образа жизни студентов средствами основной гимнастики. – 2022.
4.
Тойлибаев C. ОСОБЕННОСТИ РАЗВИТИЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ ЗНАНИЙ,
УМЕНИЙ И НАВЫКОВ СТУДЕНТОВ ФИЗКУЛЬТУРНЫХ СПЕЦИАЛЬНОСТЕЙ
//Журнал «Вестник физической культуры и спорта» Нукусского филиала Узбекского
государственного университета физической культуры и спорта. – 2023. – Т. 1. – №. 1.
– С. 142-142.
5.
Тойлибаев С. М. НЕКОТОРЫЕ ОСОБЕННОСТИ СРЕДСТВ ОСНОВНОЙ
ГИМНАСТИКИ
ВЛИЯЮЩИЕ
НА
ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ
СПЕЦИАЛИСТОВ
ФИЗИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ //Fan-Sportga. – 2021. – №. 2. – С. 21-23.
6.
Тойлибаев С., Акманова Д. ВЛИЯНИЕ ВЕЛОСИПЕДНОГО СПОРТА НА
ФИЗИЧЕСКОЕ РАЗВИТИЕ ТУРИСТОВ И ОБЩЕЕ РАЗВИТИЕ ТУРИЗМА В
УЗБЕКИСТАНЕ //NRJ. – 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 909-916.
7.
Тойлибаев С. М. НОРМАТИВНЫЕ ОСОБЕННОСТИ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ СРЕДСТВ
ОСНОВНОЙ ГИМНАСТИКИ В ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ
СТУДЕНТОВ ФАКУЛЬТЕТОВ ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ //Актуальные проблемы
правового регулирования спортивных отношений (21 апреля 2022 года)–материалы
XII международной научно-практической конференции, посвящённой сохранению
гуманистических ценностей спорта: Челябинск, 21 апреля 2022 года/Ред./сост. СА
Захарова.–Челябинск: УралГУФК, 2022.–216 с. – 2022. – С. 186.
8.
Toylibaev S. M., qizi Akmanova D. A. VELOSPORTNI VUJUDGA KELISHI VA O
‘ZBEKISTONDA
RIVOJLANISH
BOSQICHLARI
//INTERNATIONAL
CONFERENCES. – 2023. – Т. 1. – №. 2. – С. 103-107.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
298
9.
Toylibaev S. M., Akmanova D. A. DENE TÁRBIYASÍ HÁM VELOSIPED SPORT
TÚRINDE MILLIY HÁREKETLÍ OYINLARDÍN ORNÍ //Журнал «Вестник физической
культуры и спорта» Нукусского филиала Узбекского государственного университета
физической культуры и спорта. – 2023. – Т. 1. – №. 1. – С. 122-122.
10.
Тойлибаев С. М. ОСОБЕННОСТИ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ТЕРМИНОЛОГИЧЕСКИХ
СРЕДСТВ ОСНОВНОЙ ГИМНАСТИКИ В СТАНОВЛЕНИИ СПЕЦИАЛИСТОВ
ФИЗИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ //Проблемы и перспективы развития спортивного
образования, науки и практики. – 2021. – С. 334-337.
