Authors

  • Robiya Usmonova
  • Baxodir Yoʻldashev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.48069

Keywords:

Arab tili tilshunoslik maktablar ulamolar aholi Basra Kufa Bogʻdod tarix madrasa.

Abstract

Ushbu maqolani yozishdan maqsad Arab tilshunoslik maktablarini o’rganishda oʻquvchiga yanada yaxshiroq tushuntirib berishdir. Basra, Kufa va Bogʻdod tilshunoslik maktablarining kelib chiqishi tarixi yoritilgan. Har bir maktabga asos solgan olim-u mutafakkirlar haqida ham bayon qilindi. Bu maktablar oʻziga xosdir. Misol uchun Basra maktabi soʻzlaring tuzilishi va ularning fonetik oʻzgarishga katta e’tibor qaratgan. Kufa maktabi esa nazariy tahlil qilishdan koʻra amaliy yondashuvga katta e'tibor qaratgan. Bogʻdod maktabi esa ikki maktabni birlashtirgan, shu toʻgʻrisida batafsil yoritgan. Asosiy xulosa shundaki Basra Kufa va Bogʻdod maktablarini kelib chiqish tarixini oʻrganish koʻzda tutildi.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

437

ARAB TILSHUNOSLIK MAKTABLARINI O’RGANILISHI.

Usmonova Robiya Ravshanbek qizi

Tosh.Yangi Asr Universiteti. Tarix (ShMM) 101.22.T. 3- kurs talabasi.

r3416547@gmail.com +998 94 683 88 37

Baxodir Yoʻldashev. K.

Ilmiy rahbar.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14211267

Annotatsiya.

Ushbu maqolani yozishdan maqsad Arab tilshunoslik maktablarini

o’rganishda oʻquvchiga yanada yaxshiroq tushuntirib berishdir. Basra, Kufa va Bogʻdod
tilshunoslik maktablarining kelib chiqishi tarixi yoritilgan. Har bir maktabga asos solgan olim-u
mutafakkirlar haqida ham bayon qilindi. Bu maktablar oʻziga xosdir. Misol uchun Basra maktabi
soʻzlaring tuzilishi va ularning fonetik oʻzgarishga katta e’tibor qaratgan. Kufa maktabi esa
nazariy tahlil qilishdan koʻra amaliy yondashuvga katta e'tibor qaratgan. Bogʻdod maktabi esa
ikki maktabni birlashtirgan, shu toʻgʻrisida batafsil yoritgan. Asosiy xulosa shundaki Basra Kufa
va Bogʻdod maktablarini kelib chiqish tarixini oʻrganish koʻzda tutildi.

Kalit soʻzlar:

Arab tili, tilshunoslik, maktablar, ulamolar, aholi, Basra, Kufa, Bogʻdod,

tarix, madrasa.

STUDY OF ARABIC LINGUISTIC SCHOOLS.

Abstract.

The purpose of this article is to provide readers with a deeper understanding of

the Arabic linguistic schools. It explores the historical origins of the Basra, Kufa, and Baghdad
linguistic schools. The article also highlights the scholars and intellectuals who founded each
school. These schools have unique characteristics. For instance, the Basra school focused
extensively on word structures and phonetic changes. The Kufa school, on the other hand,
prioritized practical approaches over theoretical analysis. The Baghdad school combined the
methodologies of both schools and elaborated on them in detail. The main conclusion is that the
article aims to study the origins and historical development of the Basra, Kufa, and Baghdad
linguistic schools.

Keywords:

Arabic language, linguistics, schools, scholars, population, Basra, Kufa,

Baghdad, history, madrasa.

ИЗУЧЕНИЕ АРАБСКИХ ЛИНГВИСТИЧЕСКИХ ШКОЛ.

Аннотация.

Цель данной статьи — более подробно осветить для читателя

арабские лингвистические школы. В ней рассматривается история происхождения
Басрийской, Куфийской и Багдадской лингвистических школ. Также рассказывается об
ученых и мыслителях, которые основали каждую из этих школ. Эти школы имеют свои
особенности. Например, Басрийская школа уделяла большое внимание структуре слов и их
фонетическим изменениям. Куфийская школа, напротив, сосредоточилась на
практическом подходе, нежели на теоретическом анализе. Багдадская школа объединила
методы обеих школ, что подробно изложено в статье. Основной вывод заключается в том,
что целью является изучение истории возникновения Басрийской, Куфийской и Багдадской
школ.

Ключевые слова

: Арабский язык, лингвистика, школы, ученые, население, Басра,

Куфа, Багдад, история, мадраса.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

438

Basra makatibining vujudga kelish tarixi. ”

Basra maktabi IX asrda Iroqning Basra

shahrida tashkil topgan. Bu maktabning tilshunoslik usuli juda qat'iy va mantiqiy yo‘nalishda edi.
Basra iqlimi geografik joylashuvi ancha yaxshiligi va savdo sotiq yo'llari bilan tutashganligi sabab
deya e'tirof etsak mubolag'a bo'lmaydi. Basraning gullab yashnagan oltin davri Abbosiylar
xalifaligi hukumronligi davriga to'g'ri keladi.

Bu davrda ilm-fan, savdo-sotiq ancha jadallashgan. Basra, Yevropa, Iroq, Ajam va

Hindiston o'lkalarini bog'lab turadigan tijorat markaziga aylangan. Masjid va Kutubxonalar ilmu
tolib adabiyotshunoslar bilan to'lib toshgan. Arab jazirasi markazdan Basraga kelayotgan arablar
o'z yuklarini qo'yish uchun Basra tepaliklaridan yaxshiroq joy izlashgan. Basra aholisi esa bu joyni
bilar edi va ular bilan savdo-sotiq qilish uchun kutib turar edi. Ko'p o'tmasdan bu maskan tijorat
rivoj topgan katta Basraga aylandi. Shoirlar adiblar bu bozor sari intilgan. Negaki, bu joyda ko'plab
ilmiy munozaralar bo'lib o'tardi. Shoiralar o'zlari yozgan she'rlarni o'qib bir-birlari bilan
bahslashar edi.”(M.Nosirava 2011. 38b) Til va adabiyot bilan shugullanuvchi olimlar bundan
unumli foydalanishgan. Basra masjidlari ham ilmiy baxslardan bexabar qolmagan U yerda ko'plab
ilmiy davralar uyishtirilar edi.

Shuningdek, qiroat, va’z, tilshunoslik, kalom ilmi, tafsir, xadis va boshqa bir qancha

mavzularda majlislar o'tkizilar edi. Bu joyni bu maskanni eshitib turli joylardan olimlar,
tilshunoslar, arab, fors va hindlardan iborat Basra aholisi bilan bir qatorda sahrodan kelgan badaviy
arablar ham ishtirok etishga shoshilar edi. Mana shunday sharoitda Basra shahrida o'ziga xos
tilshunoslik maktabi yuzaga keldi. Bu maktabning asoschilari va asosiy vakillari: Abul-Asvad-
Dualiy, Halil ibn Ahmad al-Farohidi Kitab al-'Ayn nomli asarning muallifi hisoblanadi.

Bu asar arab tilining birinchi lug‘atidir va unda tilning fonetik jihatlari haqida batafsil

ma’lumotlar keltirilgan.Sibavayhi ( asl ismlari Abu Bishr ibn Usmon ibn Qanbar) U arab tilining
eng yirik grammatik asarlaridan biri bo‘lgan “Kitab” (Kitob) asarini yozgan. Ushbu asarda arab
tili grammatikasining murakkab qoidalari to‘liq va aniq tushuntirilgan. Sibavayh arab tili
morfologiyasining asoschisi sifatida ham tan olingan.

Basra maktabining oʻziga xosligi Basra maktabi vakillari grammatikaga qat'iy nazariya

asosida yondashgan. Ular arab tilidagi barcha so‘z va jumlalarni qat'iy grammatik qoidalar asosida
tahlil qilganlar. Bu esa arab tili ilmiy va amaliy qoidalarini shakllantirishda asos bo‘ldi. Basra
maktabining ilmiy yondashuvi Basra maktabi vakillari grammatikaga qat'iy nazariya asosida
yondashgan.

Ular arab tilidagi barcha so‘z va jumlalarni qat'iy grammatik qoidalar asosida tahlil

qilganlar. Bu esa arab tili ilmiy va amaliy qoidalarini shakllantirishda asos bo‘ldi. Basra maktabi
arab tilidagi so‘zlarning tuzilishi va ularning fonetik o‘zgarishlariga katta e’tibor qaratgan, bu esa
arab tilini boshqa tillardan ajratib turuvchi xususiyatlaridan biridir.

Maktablarning vujudga kelish tarixi yuqorida aytib o'tganimizdir, masjid, kutubxona va

madrasalardan ilk bor kelib chiqgan. Ilmga haris insonlar turli-xil yerlardan kelib ushbu maskanda
topishganlar. Bu Basra maktabining kelib chiqish tarixi edi.

Kufa grammatika maktabining vujudga kelish tarixi.

Basra maktabi kabi shakllangan

Basra maktabi bilan deyarli bir paytda, undan sal keyinroq boshqa yo'nalishdagi arab tilshunosligi
maktabiga Kufa shahrida asos solindi. ”Bu shahar Basra kabi Iroq shaharlaridan biri bo'lgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

439

U Sa'd ibn Abu Vaqqos tomonidan hijratning 16-17 yillari bunyod etilgan Kufa yangi fath

etilgan muxofaza markazi bo'lib arablarning siyosiy va madaniy hayotida muhim ro'l o'ynar edi.

Shunday qilib, millodiy 638-yil asos solingan Kufa shahri Basraga yaqin bo'lganligi sababli

unda ham fanning turli sohalarida jumladan, arab tilshunoslik borasida samarali izlanishlar olib
borishga qulay sharoit yaratgan edi. ”(M.Nosirova 2011.68b) Kufalik tilshunoslar arab tili
dialektlarini, qadimiy arab she’riyatini va rivoyatlarni o'rganishga ko'proq ahamiyat qaratganlar.

Shu kundan boshlab Nahu sohasida ikki yo'nalish - Basra va Kufa nahv maktablari yuzaga

keldi. Ushbu maktabning asosiy vakillaridan biri bu - Ali ibn Hamza Kisoiy- Kufa grammatika
maktabining yoʻlboshchilaridan biri boʻlgan. Kufa maktabining taniqli vakillaridan biri bo‘lib,
arab tili grammatikasi va fonetikasini o‘rgangan.

U tilni nazariy emas, balki amaliy jihatdan o‘rganishni afzal ko‘rgan.Yana bir ulamolardan

biri Al-Farro-Abu Zakariy Yahyo ibn Ziyo Abdulloh ibn Marvon Daylamiy Bani Asad
qabilasining quli boʻlgan. Asli fors boʻlgan Al-Farro 144/761 yil Kufada tavallud topgan. Uning
"Al- Farro" deb atalashining sababi, suxbatdoshining gapini bo'laverar edi. Suyutining yozishicha,
Farro Kisoiydan keyin kufaliklarning eng bilimdoni bo'lgan. Odamlar u haqida "Al-Farro nahvda
amir al-mu'minindir", deyishar edi. U arab tili sintaksisi bo‘yicha muhim asarlar yozgan va tilning
xalq tilida qo‘llanilishiga e’tibor qaratgan. Kufaliklarning ilmiy yondashuvi, Kufa maktabi
vakillari tilni nazariy jihatdan tahlil qilishdan ko‘ra, ko‘proq amaliy yondashuvlarga tayanib
o‘rganishni afzal ko‘rganlar. Ular arab tilining lug‘aviy va dialektologik boyligini aks ettirishga
harakat qilganlar, shu sababli Basra maktabiga nisbatan qoidalari erkinroq bo‘lgan.

Bogʻdod grammatika maktabining vujudga kelish tarixi

. “Bu maktabning vujudga

kelish tarixi xaqida so'zlasak 762-yil Bog'dod shahriga asos solinib uni Abbosiylar davlatining
poytaxti deb e'lon qilinganligidan keyin madaniy hayot ham o'sha yerga to'plana boshladi.

Arablarning ilm va madaniyat markazi Iroqning yana bir taraqqiyot markazi bo'lmish

Bog'dod shahriga ko'chdi. Endi har sohadagi olimlar jumladan nahvshunoslar ham Bog'dod tomon
intila boshladilar, Kufa va Basra maktablarining vakillari o'z faoliyatlarini Bog'dodda davom
ettirdilar, buning natijasida arab tilshunosligida yangi markaz tashkil topdi. Bogʻdod maktabi
vakillari ba'zida basraliklarning, bazida esa kufaliklarning fikirlarini qoʻllab quvvatlashganligi
sabab Basra va Kufa maktablari oʻrtasidagi ixtiloflar susaya boshlagan va bu ikki maktab yoʻqlikka
yuz tutdi. ”(M.Nosirova.2011.93b)Bogʻdod maktabi toʻgʻrisida Hanna Faxuriy shunday degan edi:
"Basra va Kufa olimlari tomonidan yigʻilgan ma'lumotlar shunchalik mukammal va yetarli
ediki,ulardan keyingi avlod ulomolari,birinchi galda Bogʻdod tilshunoslariga faqat nahvga oid
mavjud qarashlarni sharhlash va yoritish vazifasigina qolgan edi, xolos" deya aytib
oʻtgan.Bogʻdod maktabining asosiy vakillaridan biri Abu al-Abbas Muhammad ibn Yazid al-
Mubarrad (826–898) bo'lib, IX asrda yashagan taniqli arab tilshunosi, grammatik va
adabiyotshunos olim. U Bag'dod maktabining yirik vakillaridan biri hisoblanadi va arab tilining
nazariyasi, grammatikasi va stilistikasi bo'yicha o'ziga xos asarlar yaratgan.

“Yana bir ulamolardan biri bu Abu Muhammad Abdallah ibn Muslim ibn Qutayba al-

Dinavari (828–889), Bag‘dod maktabining yirik vakillaridan biri bo‘lib, u arab adabiyoti,
tilshunoslik, tarix, falsafa va hadis ilmlarida katta o‘rin tutgan. U ko‘plab asarlar yozgan va
Bag‘dod ilmiy maktabining uslublarini rivojlantirishda muhim hissa qo‘shgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

440

Ibn Qutaybaning ilmiy va adabiy asarlari o‘zidan keyingi ko‘plab olimlar uchun ilhom

manbai bo‘lib xizmat qildi.

Uning kitoblari o‘sha davrda katta e'tirofga sazovor bo‘lgan va ko‘plab talaba va olimlar

tomonidan o‘rganilgan.”(R.Rosulov.1972)

Xulosa qilib shuni aytish joizki Arab tilshunoslik maktablarining har biri o‘ziga xos

yondashuv va ilmiy uslublarni ishlab chiqqan. Bu maktablar nafaqat arab tilini o‘rganishga, balki
uning boshqa tillarga ta'siriga ham katta hissa qo‘shgan. Har bir maktabning yetuk olimlari arab
tili grammatikasi va adabiyotining asoslarini yaratgan va rivojlantirgan.

REFERENCES

1.

D.K.Mamatoxunova.Sh.M.Mirziyotov. Arab Filologiyasuga Kirish. Toshkent 2010 yil.

2.

M.Hasanov.M. Abzalov.Arab tili. Toshkent 2016.

3.

Nosirova. M. Tilshunoslik Bilimlar Tarixi.2011 y.38 b 68 b 93 b

4.

Ne’matullo I. Muhammad.Y.Abdulhakim.O. Arab tili Toshkent 2024

5.

Rasulov.R. Umumiy Tilshunoslik.

6.

S.Usmonov.Umumiy Tilshunoslik T.,1972

7.

Arxiv.uz

References

D.K.Mamatoxunova.Sh.M.Mirziyotov. Arab Filologiyasuga Kirish. Toshkent 2010 yil.

M.Hasanov.M. Abzalov.Arab tili. Toshkent 2016.

Nosirova. M. Tilshunoslik Bilimlar Tarixi.2011 y.38 b 68 b 93 b

Ne’matullo I. Muhammad.Y.Abdulhakim.O. Arab tili Toshkent 2024

Rasulov.R. Umumiy Tilshunoslik.

S.Usmonov.Umumiy Tilshunoslik T.,1972

Arxiv.uz