Authors

  • Izzatbek Jobborov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.48086

Abstract

Ushbu maqolada mualliflik huquqining kelib chiqishi, uning ahamiyati, unga zamonaviy texnologiyalarning ta’siri haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, maqolani yozishda bir nechta internet manbalaridan foydalanilgan. Ma’lumotlarning ishonchliligini aniqlashda SIFT uslubidan foydalanildi. Bugungi kunda har kimda axborotdan erkin foydalanish va axborotni erkin tarqatish huquqi bor lekin qonunda belgilangan hollar bundan mustasno. Internetning rivojlangani sababli har kim bugungi kunda oʻz aqliy faoliyati orqali yaratgan intellektual mulkni internetda e'lon qilishi, tarqatishi mumkin. Afsuslanarli holat shuki, internetda chop etilgan ko‘plab ma'lumotlarni muallifning ruxsatisiz foydalanish, tarqatish, muallifni shu intellektual mulkni egasi sifatida e'tirof etmasdan yoki referal bermasdan foydalanish holatlari koʻp uchrayapti. Tarixga nazar solsak bu kabi holatlar oldinlari ham sodir boʻlgan biroq texnologiya va internetning rivojlanishi orqali bu kabi holatdan aziyat chekkanlar soni yanada koʻpaydi. Bu mavzuda tahlil olib borishdan sabab esa bugungi kunda nafaqat Oʻzbekistonda balki butun dunyoda bu kabi holatlar sodir boʻlishini va fuqorolarning huquqlari buzilishini oldini olishdir. Chunki muallif intellektual mulkni yaratishga qanchadan-qancha mehnat qiladi kimdir buni muallifning ruxsatisiz foydalanishi adolatsizdir.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

472

MUALLIFLIK HUQUQINI BUZILISH HOLATLARI

Izzatbek Jobborov

Toshkent Davlat Yuridik Universiteti

Jinoiy Odil Sudlov fakulteti 1-kurs talabasi.

izzatbekjobborov2006@gmail.com

ORCID: 0009-0006-5076-9813.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14214554

Annotatsiya.

Ushbu maqolada mualliflik huquqining kelib chiqishi, uning ahamiyati, unga

zamonaviy texnologiyalarning ta’siri haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, maqolani yozishda bir
nechta internet manbalaridan foydalanilgan. Ma’lumotlarning ishonchliligini aniqlashda SIFT
uslubidan foydalanildi.

Bugungi kunda har kimda axborotdan erkin foydalanish va axborotni erkin

tarqatish huquqi bor lekin qonunda belgilangan hollar bundan mustasno. Internetning
rivojlangani sababli har kim bugungi kunda oʻz aqliy faoliyati orqali yaratgan intellektual mulkni
internetda e'lon qilishi, tarqatishi mumkin. Afsuslanarli holat shuki, internetda chop etilgan
ko‘plab ma'lumotlarni muallifning ruxsatisiz foydalanish, tarqatish, muallifni shu intellektual
mulkni egasi sifatida e'tirof etmasdan yoki referal bermasdan foydalanish holatlari koʻp
uchrayapti. Tarixga nazar solsak bu kabi holatlar oldinlari ham sodir boʻlgan biroq texnologiya
va internetning rivojlanishi orqali bu kabi holatdan aziyat chekkanlar soni yanada koʻpaydi. Bu
mavzuda tahlil olib borishdan sabab esa bugungi kunda nafaqat Oʻzbekistonda balki butun
dunyoda bu kabi holatlar sodir boʻlishini va fuqorolarning huquqlari buzilishini oldini olishdir.

Chunki muallif intellektual mulkni yaratishga qanchadan-qancha mehnat qiladi kimdir

buni muallifning ruxsatisiz foydalanishi adolatsizdir

.

Kalit So‘zlar:

Intellektual mulk, SIFT uslubi, miqdoriy uslub, plagiat, huquqiy targ‘ibot.

INSTANCES OF COPYRIGHT INFRINGEMENT

Abstract.

This article discusses the origin of copyright, its importance, and the impact of

modern technologies on it. Also, several internet sources were used in writing the article. The
SIFT method was used to determine the reliability of the data. Today, everyone has the right to
free access to information and free dissemination of information, except in cases established by
law. Due to the development of the Internet, anyone can publish and distribute the intellectual
property created by their intellectual activity on the Internet today. It is a regrettable fact that
there are many cases of using and distributing a lot of information published on the Internet
without the permission of the author, without acknowledging the author as the owner of this
intellectual property or giving a referral. If we look at history, such situations have happened
before, but with the development of technology and the Internet, the number of people suffering
from such situations has increased. The reason for conducting an analysis on this topic is to
prevent similar situations and violations of citizens' rights not only in Uzbekistan, but throughout
the world. Because no matter how hard an author works to create intellectual property, it is unfair
for someone to use it without the author's permission.

Keywords:

Intellectual property, SIFT method, quantitative method, plagiarism, legal

promotion.

СЛУЧАИ НАРУШЕНИЯ АВТОРСКИХ ПРАВ


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

473

Аннотация.

В данной статье рассматривается возникновение авторского права,

его значение и влияние на него современных технологий. Также при написании статьи
использовалось несколько интернет-источников. Для определения достоверности данных
использовался метод SIFT. Сегодня каждый имеет право на свободный доступ к
информации и свободное распространение информации, за исключением случаев,
установленных законом. Благодаря развитию Интернета сегодня каждый может
публиковать и распространять в Интернете интеллектуальную собственность,
созданную его интеллектуальной деятельностью. Вызывает сожаление тот факт, что
имеется множество случаев использования и распространения большого количества
информации, опубликованной в сети Интернет, без разрешения автора, без признания
автора владельцем этой интеллектуальной собственности или предоставления ссылки.
Если мы посмотрим на историю, такие ситуации случались и раньше, но с развитием
технологий и Интернета число людей, страдающих от таких ситуаций, увеличилось.
Причиной проведения анализа по данной теме является предотвращение подобных
ситуаций и нарушений прав граждан не только в Узбекистане, но и во всем мире. Потому
что как бы усердно автор ни работал над созданием интеллектуальной собственности,
несправедливо, чтобы кто-то использовал ее без разрешения автора.

Ключевые слова:

интеллектуальная собственность, метод SIFT, количественный

метод, плагиат, легальная пропаганда.

I.

Kirish

A.

Mualliflik Huquqining Kelib Chiqishi

Mualliflik huquqini kelib chiqishiga e’tibor bersak, bu miloddan avvalgi 500-yillarda

Qadimgi Yunoniston hududida vujudga kelgan. U paytda jamiyatda ishlab chiqarishni
rivojlantirish va mamlakatda innovatsiya keng qamorovda himoya qilqish maqsadida o‘sha
kashfiyotni ishlab chiqqan odamga ma’lum muddatga qo‘shimcha huquqlar berilgan. Buni biz
hozirgi kundagi patentga qiyoslashimiz mumkin. Ammo birinchi marta mualliflik huquqini qonun
bilan qo‘riqlanish holati 1421-yil Florensiya Respublikasida bo‘ldi. Bunda arxitektor Filipo
Bruneleski va boshqa kashfiyochilarning o‘z intellektual mulklariga bo‘lgan huquqlari tan olindi.

Birinchi davom etadigan patent 1474-yil Qadimgi Venetsiya Respublikasining qonuni

bilan himoyalandi. Vanihoyat kashfiyotchilarning huquqlari himoya qilindi va mualliflik huquqini
buzganga kompensatsiya ham belgilandi. 1710-yil “Annaning qonunlari” hujjati qabul qilindi va
olimlarning aytishicha bu zamoaviy mualliflik huquqining birinchi himoyalovchi qonun edi. Bu
qonunda, asarni yaratgan shaxs 14 yilgacha mualliflik huquqidan foydalanishi ya’ni shu asarga
bo‘lgan mualliflik oraqali moliyaviy daromadlar qilishi mumkin edi.[1]

B.

Mualliflik Huquqini Buzish Muammo Darajasiga Ko‘tarilganiga Sabab

"Mualliflik huquqi to‘siq emas. Uni qanday boshqarishni tushunish kerak, va biz buni iloji

boricha oson va tushunarli qilishni xohlaymiz." deb Treysi Armstrong aytib o‘tgan edi[2]. U si

Shu yerda nima uchun degan savol tug‘ilishi mumkin. Agar mualliflik huquqi davlat

tomonidan muhofaza qilinmasa, hech him innovatsiya va kashfiyot qilgan shaxsni hurmat
qilmasdan uning yaratgan narsasidan shunchaki foydalanaveradi. Albatta boshqalardan olqish yoki
yaratgan asari uchun hech qanday moliyaviy foyda olmasa har kimni ham yangilik qilishdan


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

474

ko‘ngli soviydi. Natijada jamiyatda innovatsiyalar soni kamayib ketadi, boshqa davlatlardan
orqada qolishiga sabab bo‘ladi va iqtisodiyotni zavolga yuz tutishiga olib keladi. Chunki
rivojlangan ko‘plab mamlakatlardagi fuqarolar o‘zlarining aqliy mehnat faoliyati natijasida
intellektual mulklar yaratib undan foyda olmoqda. Misol uchun AQSH dagi kasblarning 27.7 foizi
intellektual mulkni ko‘p talab qiladigan sohalarga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, AQSH yalpi ichki
mahsulotining 38.2 foizini intellektual mulk bilan bog‘liq sohalardan undirilgan summa tashkil
qiladi. Mualliflik huquqi “Butunjahon intellektual mulk tashkiloti” tomonidan muhofaza
etiliganligi ham uning muhimligidan dalolat beradi. Tashkilot faoliyat yuritishdan asosiy maqsad
intellektual mulk bilan bog‘liq huquqbuzarlik sodir bo‘lishini oldini olish va unga barham berish
hisoblanadi.[3]

1.

Intellektual Mulklarga Texnologiyaning Ta’siri

Texnologiyaning rivojlanishi kashfiyotchiga ham va undan foydalanadigan shaxslarga ham

birmuncha yengillik berdi. Misol uchun, kashfiyotchi xohlagan payti o‘zi yaratgan intellektual
mulkni ommaga tanishtirishi mumkin bo‘lsa, boshqalar undan ma’lumot olishi mumkin. Lekin
internetdan hamma ham to‘g‘ri foydalanmasligi bu achchiq haqiqat. Ya’ni internetda muallifning
huquqini buzib, u xatto hali e’lon qilmagan asarni e’lon qilish, “mualliflik huquqini o‘g‘irlash”
yoki plagiat holatlari bo‘ladi. Bunday holatlar har bir sohada bo‘ladi ayniqsa musiqa, fan va
zamonaviy texnologiyalarda. Bunga misol tariqasida ko‘plab holatlarni keltirish mumkin ulardan
biri, qo‘shiqchi Vanilla Ice 1990-yil “Ice Ice Baby” qo‘shiqini chiqargan lekin bu qo‘shiqdagi
ko‘plab qatorlar David Bowie va Queen ismli qo‘shqichilarning 1981-yilda chiqqan “Under
Pressure” nomli qo‘shiqida bo‘lgan. Vanilla Ice garchi buni rad etganiga qaramay David Bowie
va Queen uni sudga beradi va sudning natijasiga ko‘ra David Ice haqiqatdan ham mualliflik
huquqini buzgani isbotlanadi.[4]

II.

Uslubiyat

Bu maqolani yozish vaqtida ko‘plab ma’lumotlar o‘rganildi va o‘rgangan ma’lumotlar

yuzasidan tahlil olib borildi. Statistik ma’lumotlarni to‘plashda miqdoriy uslubdan foydalanildi.

Ya’ni raqamlar bilan bog‘liq bo‘lgan statistikalar internet saytlaridan olindi. Bu bilan birga,

son bilan bog‘liq bo‘lmagan balki insonlarning fikrini bilish bilan bog‘liq usuldan foydalanildi.

Ya’ni mualliflik huquqi to‘g‘risida boshqalarning shaxsiy fikri o‘rganildi. Tahlil davomida

ma’lumotlarning aniqligi yuzasidan SIFT uslubidan foydalanildi.[5] Biror ma'lumotni olishdan
oldin toʻxtab, manba haqiqatdan ham ishonchlimi yoki yoʻq degan savolga javob olgandan soʻng
ma'lumotdan foydalanildi. Keyin esa undanda ishonchli manba topib, asl muallif nega shu
ma'lumotni bayon qilganini bilish uchun toʻxtab tahlil qilindi. Ayrim muhim statistikalarni bilish
uchun esa miqdoriy uslubdan ya'ni sonlar bilan bogʻliq informatsiyalardan foydalanildi. Miqdoriy
ma'lumotlar yordamida mualliflik huquqini buzish holatlari kamaydimi yoki koʻpaydimi degan
savolga javob topildi.

A.

Ma’lumot To‘plashda Foydalinilgan Uslublar

Yuqorida aytilganidek muhim informatsiyalarning izlashda miqdoriy va miqdor bilan

bog‘liq bo‘lmagan uslublardan foydalanildi. Umuman, mavzu haqida ma’lumotlarni yig‘ishda
internet saytlaridagi maqola, qonun hujjatlari va statistikalar muhim ahamiyat kasb etdi. Bu
ma’lumotlar yordamida mavzu yuzasidan tug‘ilgan barcha savollarga javob oldim.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

475

Bundan tashqari jamiyatdagilarni fikrini bilish uchun, men kursdoshlarim, oila a’zolarim

va tanishlarim bilan suhbat qurdim. Ularning hammasini fikrini o‘rgandim va xulosaga keldim.

Ko‘pchilikning ayniqsa, huquqshunos kursdoshlarimning, fikricha mualliflik huquqi

haqiqatdan ham muhim chunki intellektual mulkni yaratgan muallifni bir muncha mehnati talab
etiladi. Lekin ba’zi bir tanishlarimning fikrini eshitish orqali bu mavzu ularga uncha muhim
emasligini bilib oldim. Suhbatdoshlarning fikrini o‘rganish davomida ulardan yaxshi tavfsiyalar
ham eshitdim.

B.

Ma’lumotning To‘g‘riligini Aniqlashda Foydalanilgan Uslub

.

Bugungi kunda biz ineternetdan xohlagan mavzuga doir axborot topish imkoniyatiga

egamiz. Lekin shu yerda bir savol tug‘iladi: bu ma’lumotlar qanchalik to‘g‘ri? Chunki har kim
ham internetga xohlagan axborotini yuklash huquqiga ega. Mazkur savolga javob izlab men SIFT
uslubidan foydandim. SIFT inglizcha so‘zlarning bosh harflari bo‘lib, biror bir axborotmi olishdan
oldin to‘xtab, manba ishonchliligiga amin bo‘lish. Keyin esa undanda ishonchli manba qidirish va
aynan nima uchun muallif shunday xulosaga kelganini aniqlash lozim ekanligini anglatadi. Tahlil
davomida mening o‘zin ham noto‘g‘ri ma’lumotlar bilan holatlarni guvohi bo‘ldim va SIFT usuli
yordamida xato axborot tarqalishini oldini oldim.

III.

Natijalar

Bu rasmda biz 2010-yildan to 2019-yilgacha bo‘lgan intellektual mulk bilan bog‘liq

holatlarni ko‘rish mumkin[6]. Bunda mualliflik huquqi va patentlash bilan bog‘liq
huquqbuzarliklar ortganini, mahsulot nomi bilan bog‘liq huquqbuzarik esa kamayganini ko‘rish
mumkin. Dunyo bo‘yicha intellektual mulk qattiq qo‘riqlanishiga qaramay, u bilan bog‘liq ko‘plab
huquqbuzarlik holatlarini ko‘rish mumkin. Mualliflik huquqini muhofaza qilish uchun
“Butunjahon Intellektual Mulk Tashkiloti”ga asos solingan, “Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza
qilish to‘g‘risida Bern konvensiyasi” kabi hujjat qabul qilingan. O‘zbekistonda muallilik huquqini
himoya qilish uchun esa Intellektual mulk departamenti faoliyat ko‘rsatadi. Bundan tashqari
“Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonun ham intellektual mulkni muhofaza
qiladi


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

476

Bu statistikani ko‘rish orqali qaysi qit’alarda mualliliflik huquqini buzish holatlari sodir

bo‘lishini ko‘rish mumkin[7]. Bunga ko‘ra Shimoliy Amerika qit’asi eng ko‘p mualliflik huquqi
bilan bog‘liq huquqbuzarliklar sodir bo‘lgan joy sifatida e’tirof qilingan. Avstraliya qit’asida esa
eng kam mualliflik huquqi bilan bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘lgan.

IV.

Muhokama

Mavzuni tahlil qilishdan maqsad - O‘zbekistonda fuqarolarning huquqiy ong va huquqiy

madaniyatini rivojlantirish, fuqarolarga kimningdir intellektual mulkidan foydalanishdan oldin
muallifning mehnatini hurmat qilgan holda uning ruxsati orqali foydalanish kerak ekanligi
fuqarolarga uqtirishdir. Mavzuni o‘rganish davomida mualliflik huquqini himoya qilish yuzasidan
bir necha g‘oyalar paydo bo‘ldi. Ulardan biri yuqorida aytganimdek, birinchi o‘rinda fuqarolarda
huquqiy ong va huquqiy madaniyatni rivojlanishi eng asosiy yechimdir. Chunki agar shaxs
birovning intellektual mulkidan foydalanish huquqbuzarlik ekanligini anglasa va undan
muallifning ruxsati bilangina foydalansa hech qanday huquqbuzarlik bo‘lmaydi. Buning uchun esa
jamiyatda huquqiy tartibot ishlarini olib borish kerak. Mamlakatdagi barcha fuqarolar o‘z
huquqlari va majburiyatlarini mukammal bilishi kerak bo‘ladi. Huquqiy targ‘ibot olib borish
yo‘llaridan biri sifatida sayyor qabullarini o‘tkazilishini misol keltirish mumkin. Bu orqali nafaqat
mualliflik huquqi balki fuqarolarning barcha huquqlarining buzilish holatlari kamayadi.

Ikkinchi taklif sifatida shuni aytish mumkinki, har kim ma’lum darajada kompyuter

savodxonligiga ega bo‘lishi lozim. Chunki bugungi kunda ko‘plab hollarda mualliflik huquqining
buzilishiga sabab muallif o‘z intellektual mulkini yetarli darajada himoya qila olmaganidir. Buning
uchun muallif bir asar yaratgandan so‘ng, asar unga tegishli ekanligini ma’lum qilib o‘sha asarga
ismini yozib qo‘yishi va asarini hakerlardan himoya qilishi yetarli hisoblanadi. Bu orqali qachonki
boshqalar o‘sha intellektual mulkdan foydalanganda muallifning ismi orqali mulk muhofaza
etiladi. Uchinchi taklif bu muallifning o‘z huquqini himoya qilish uchun kerakli huquq
normalaridan xabardor bo‘lishi lozim. Nafaqat o‘zimizning ichki qonunlarni o‘rganish bilan
cheklanmasdan balki xalqaro qonunlarni ham o‘rganish zarurdir.

Xulosa

Xulosa sifatida aytish mumkinki, maqolada biz mualliflik huquqining kelib chiqishini va

ahamiyatini o‘rgandik. Hattoki eng mashhur shaxslar ham o‘zlari bilar-bilmas bu sohadada
huquqbuzarlik sodir qilib qo‘ygan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

477

Mualliflik huquqini buzilish holatlari afsuski hali hamon mavjud. Yuqoridagi statistika

ko‘rsatilganidek, bu bilan bog‘liq muammolar dunyoning barcha nuqtalarida sodir bo‘lmoqda.

Ammo biz buni oldini olishimiz yoki bunga qarshi zarba berishimiz mumkin. Yuqoridagi

takliflarni amaliyotda qo‘llansa mening fikrimcha, bu sohadagi huquqbuzarliklar birmucha
kamayadi. Umid qilamanki, bu kabi maqolalar ham huquqbuzarliklarni oldini olishda samarali
yordam beradi.


REFERENCES

1.

Moore, A., & Himma, K. (2022, August 18).

Intellectual property.

Stanford Encyclopedia

of Philosophy.

https://plato.stanford.edu/entries/intellectual-property/

2.

Tainter, M. (2019, April 23).

Celebrating World Copyright Day – 9 Quotes about Copyright

We

Loved

this

Year

.

Copyright

Clearance

Center.

https://www.copyright.com/blog/celebrating-world-copyright-day-quotes/

3.

Intellectual property

:

What do the statistics indicate?

. Corporate Research & Investigations

| CRI GroupTM. (2024b, January 15).

https://crigroup.com/intellectual-property-what-do-

the-statistics-indicate/

4.

Syed, A. (n.d.).

Queen & David Bowie v. Vanilla Ice | Music Copyright Infringement

Resource

. The George Washington University.

https://blogs.law.gwu.edu/mcir/case/queen-

david-bowie-v-vanilla-ice/

5.

Caulfield, M. A. (2024, August 7).

Library Guides: Evaluating Resources and

Misinformation:

The

SIFT

Method

.

Subject

Guides.

https://guides.lib.uchicago.edu/c.php?g=1241077&p=9082322

6.

Hampton, S. D., & Bailey, A. J. (2020, February 11).

Intellectual Property Case Filing

Trends

Over

the

Last

Decade

.

Hampton

IP

&

Economic

Consulting.

https://www.hamptonip.com/articles/post/intellectual-property-case-filing-trends-over-the-
last-decade/

7.

Research Gate. (n.d.).

Copyright Infringement Statistics by Continent [11] | Download

Scientific Diagram

.

https://www.researchgate.net/figure/Copyright-Infringement-Statistics-by-Continent-
11_fig1_352752631


References

Moore, A., & Himma, K. (2022, August 18). Intellectual property. Stanford Encyclopedia of Philosophy.

Tainter, M. (2019, April 23). Celebrating World Copyright Day – 9 Quotes about Copyright We Loved this Year. Copyright Clearance Center. https://www.copyright.com/blog/celebrating-world-copyright-day-quotes/

Intellectual property: What do the statistics indicate?. Corporate Research & Investigations | CRI GroupTM. (2024b, January 15). https://crigroup.com/intellectual-property-what-do-the-statistics-indicate/

Syed, A. (n.d.). Queen & David Bowie v. Vanilla Ice | Music Copyright Infringement Resource. The George Washington University. https://blogs.law.gwu.edu/mcir/case/queen-david-bowie-v-vanilla-ice/

Caulfield, M. A. (2024, August 7). Library Guides: Evaluating Resources and Misinformation: The SIFT Method. Subject Guides. https://guides.lib.uchicago.edu/c.php?g=1241077&p=9082322

Hampton, S. D., & Bailey, A. J. (2020, February 11). Intellectual Property Case Filing Trends Over the Last Decade. Hampton IP & Economic Consulting. https://www.hamptonip.com/articles/post/intellectual-property-case-filing-trends-over-the-last-decade/

Research Gate. (n.d.). Copyright Infringement Statistics by Continent [11] | Download Scientific Diagram.