Noyabr, 2024-Yil
567
UMUMTA’LIM MAKTABI O‘QUVCHILARINING KOMPETENSIYAVIY
YONDASHUV ASOSIDA TARIXIY ONGNI NAZARIY ASOSLANISHI
Shadibekova Dildora Fazildjanovna
O‘zMU “Tabiiy va aniq fanlar”ga ixtisoslashtirilgan S.H.Sirojiddinov nomidagi respublika
akademik litseyi tarix fani o‘qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14217085
Annotatsiya.
Mazkur maqolada o‘tmishni bilish, tarixiy ongining yangicha fikrlash bilan
aloqadorligi, tarix tajribasi samaradorligiga erishish xususiyatlari, rivojlanish jihatlari mazmuni,
uni rivojlantiruvchi ta‘limiy-o‘quv vositalari asosida hosil bo‘lgan amaliy ko‘nikmalar sintezi,
kompetensiyaviy yondashuv shuningdek, pedagog, sotsiolog, metodist olimlar hamda
psixologlarning ilmiy qarashlari tahlil qilinib, ularga shaxsiy munosabat bildirilgan.
Kalit so‘zlar:
Ijtimoiy taraqqiyot, yangicha fikrlash, o‘tmish, tarixiy ong, mustaqil shakl,
o‘ziga xos xususiyatlari, o‘z-o‘zini anglash,o‘z-o‘zini rivojlantirish, tarixiy tushunchalar va
islohotlar mazmuni, konseptual asos, komponent, rivojlantiruvchi ta’limiy-o‘quv vositalar,
amaliy ko‘nikmalar sintezi.
THEORETICAL SUBSTANTIATION OF HISTORICAL AWARENESS OF
SECONDARY SCHOOL STUDENTS BASED ON A COMPETENCY-BASED
APPROACH
Abstract.
In this article, the knowledge of the past, the connection of historical
consciousness and historical thinking with new thinking, the characteristics of achieving the
effectiveness of historical experience, the content of development aspects, the synthesis of practical
skills formed on the basis of educational and training tools that develop it, as well as the scientific
views of pedagogues, sociologists, Methodist scientists and psychologists were analyzed and a
personal attitude was expressed to them.
Keywords:
Social development, new thinking, past, historical consciousness, independent
form, historical thinking, specific features, self-awareness, self-development, content of historical
concepts and reforms, conceptual basis, component, synthesis of developmental educational tools,
practical skills.
ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ИСТОРИЧЕСКОГО СОЗНАНИЯ ШКОЛЬНИКОВ
НА ОСНОВЕ КОМПЕТЕНТНОСТНОГО ПОДХОДА
Аннотация.
В данной статье рассматриваются познание прошлого, связь
исторического сознания и исторического мышления с новым мышлением, особенности
достижения эффективности исторического опыта, содержание аспектов развития,
Noyabr, 2024-Yil
568
синтез практических умений, формируемых на основе образовательного и были
проанализированы развивающие его средства обучения, а также научные взгляды
педагогов, социологов, ученых-методистов и психологов и выражено личностное
отношение к ним.
Ключевые слова:
Социальное развитие, новое мышление, прошлое, историческое
сознание, самостоятельная форма, историческое мышление, особенности, самосознание,
саморазвитие, содержание исторических концепций и реформ, концептуальная основа,
компонент, синтез развивающих образовательных средств, практические навыки.
O‘quvchilarda tarixiy ongni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.Tarixiy ong ijtimoiy
ongning mustaqil shakli sifatida alohida ajralib turadi (bu muqobil nuqtai nazarni istisno qilmaydi,
ya’ni u ijtimoiy ongning asosiy shakllari - huquqiy, diniy, ilmiy, axloqiy, estetik va ijtimoiy
ongning vaqt bo'lagini ifodalaydi.). Tarixiy ongni keng ma’noda A.V. Leopa o‘rganib quyidagicha
yondashadi:“...tarixiy jarayonning tarixiyligini, jamiyat taraqqiyotidagi o‘zgaruvchanlikva
uzluksizlikning birligini aks ettiruvchi” ijtimoiy meros funksiyasi bilan ajralib turadi
1
.
5-7- sinf
o‘quvchilarining tarixiy ongini rivojlantirishda birinchi navbatda ularning fikrlash qobiliyatini
va idrok qilish xususiyatini o‘stirish maqsadga muvofiq.
O‘quvcilarga tarixiy ongni kognitiv bilish usullari orqali ularning tarix bilan bog‘liq
bilimlar majmui baholash imkonini beradi.Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tarix faniga doir
o‘quv matarialini mustaqil ravishda idrok etish ma’lumot va axborotlarni tizimlashtirish hamda
ularni taqqoslash imkoniyatini yaratish lozim. Shu bilan birga, tarixiy ongni rivojlantirish
jarayonda fikrlash qobiliyatini o‘sish natijalarini nazorat qilishni taqoza etadi.
Tarixiy ongni rivojlatirish bo‘yicha ilmiy izlanish olib borgan tadqiqotchilardan biri
E.I. Bankerova “Tarixiy ong madaniyatning aqliy mohiyatini ifodalovchi doimiy narsadir, shuning
uchun uni o‘rganish bugungi muammoni aniqlab berishi va kelajak uchun mumkin bo‘lgan
tendentsiyalarni aniqlashi mumkin degan nuqtai nazar
2
”. “Ma’lumotlarni qayta ishlash va
avtomatik boshqarish masalalarini tizimli yondashuv asosida yechish usullari insoniyat
faoliyatining barcha soha mutaxassislariga zaruriy etiyojdir. Ularning barchasi ilmiy va texnik,
ma’lumotlarni qayta ishlash jarajonida bu usullarga murojaat qiladilar”
3
.
1
Леопа А.В. Историческое сознание в условиях социокультурного кризиса: монография. - Красноярск: изд-
во Сибирского федерального университета. - 2011. - С. 23.
2
Банкерова Е.И. Историческое сознание в системе общественных отношений // Вестник ИрГТУ. - №1 (72). -
2013. - С. 200.
3
Т.М. Magrupov, В.М. Vlirshaxodjayev. Tizimli yondashuv asoslari.-Т.: «Fan va texnologiya», 2019, 172 bet.
Noyabr, 2024-Yil
569
N.Ya. Danilevskiyning fikricha, tarixiy ongning shakllanishi taraqqiyoti individual
madaniy jamoalar doirasida milliy tamoyillar negizi mohiyatida muhim madaniy xususiyatlarini
aks ettirishi kerak deb hisoblaydi. N.Ya. Danilevskiyning fikricha, tarixiy ongning shakllanishi
taraqqiyoti individual madaniy jamoalar doirasida milliy tamoyillar negizi mohiyatida muhim
madaniy xususiyatlarini aks ettirishi kerak deb hisoblaydi
4
. Tarixiy ong mohiyatini
shakllantirishning madaniy jihatdan o‘ziga xosligini uning sivilizatsiyasining qiymat-semantik
mohiyatini tushunishi mumkin. Davlat hamjamiyatining barqaror yashashi va rivojlanishi
ta’minlanadigan ma’naviy jamiyat darajasini shakllantirishda birlik va yaxlitlik xususiyatlariga
ega bo‘lgan tarixiy ong hayotiy ahamiyatga ega. Binobarin, o‘quvchuilarning tarixiy ong bo‘yicha
fikrlashi va yondashuvlarini rivojlantirishni ta’minlashda ularning ma’naviy-axloqiy birlik
darajasiga ega bo‘lishi uchun uning birligi va yaxlitligiga erishish kerak.O‘tmish, hozirgi va
kelajak bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, rivoji darajasini belgilash bilan hamohangdir. O‘tmishni tarixiy
ongsiz tasavvur qilish bilan uyg‘unlikda amalga oshadi, "Hozirgi zamonning
institutsionalizatsiyasi" ijtimoiy va madaniy rollarni o‘zgartirish shaklida "o‘z-o‘zini rivojlantirish
mexanizmi"ni saqlab qolish uchun javobgardir. Nihoyat, kelajakni institutsionallashtirish milliy-
davlat tizimining barcha elementlarining umidlari va intilishlari, qadriyatlari, maqsadlari va
ideallarini amalga oshirish uchun "ijtimoiy istiqbollar" xavfsizligi uchun javobgardir .
“Kompetensiyaviy yondashuv o‘z mazmunida bugungi kunda ta’limda yuz berayotgan
innovasion jarayonlarni mujassam etadi. U rivojlangan mamlakatlarda qabul qilingan ta’lim
standartining umumiy konsepsiyasiga muvofiq bo‘lib, ta’lim mazmunini qayta qurish va uning
sifatini nazorat qilish tizimiga, yani kompetentlik tizimiga o‘tish lozimligini ko‘rsatadi"
5
. “Tarixiy
tafakkurni rivojlantirish milliy tarbiya asosiga qurilishi, shubhasiz.Ana shu jihatdan O‘zbekiston
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida milliy tarbiyani tashkil etishning ilmiy-pedagogik asoslarini ilk
bor tadqiq etgan olim M.Quronovning fikrlari diqqatga sazovordir. ”Milliy tarbiya” tushunchasi
ko‘p qirrali qamrovga egadir: milliy qadriyatlar asosida olib boriluvchi maqsadga yo‘naltirilgan
tarbiyaviy faoliyat; umuminsoniy tarbiyaning har bir xalqqa xos va mos betakror shakli;
xalq va uning madaniyatini saqlab qolish, tiklash va rivojlantirish (YUNESKO tamoyili)
vositasi; o‘quvchilarni axloqiy, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, g‘ozallik, iqtisodiy, ekologiya va
boshqa yo‘nalishlarda tarbiyalashning bosh tamoyili; millatlararo muloqot madaniyatini
4
Данилевский Н.Я.
Россия и Европа. - М.: Институт русской цивилизации, 2008. - 816 с.
5
Нажмиддинова Ё.Р.Коллеж ўқувчиларида касбий кўникмаларни шакллантириш методикасини
компетенсиявий ёндашув асосида такомиллаштириш ,Дисс (PhD).:.T. 2019-22 б.
Noyabr, 2024-Yil
570
tarbiyalash va buning natijasida O‘zbekistonda umumfuqaroviy totuvlikka erishishning
insonparvarlik yo‘li va vositasi; ijtimoiy tarbiya va maktab tarbiyasi uyg‘unligining pedagogik
sharti; insoniyatni umumbashariy uyg‘unlikka olib borishning pedagogik yo‘li; ijtimoiy-
ma’naviy jabhada milliy xavfsizlikni ta’minlashning strategik ob’ekti va vositasi; o‘quvchilarda
milliy (avto va getero) streotiplarni maqsadli shakllantirish, ma’naviy boyitish jarayoni ekanligi
shundan dalolat beradi
6
”. Umumta’lim maktabi o‘quvchilarining tarixiy ongini rivojlantirishda
quyidagi omillarga tayanish joiz deb bildik.Bular:
-
Dars jarayonini zamonaviy ilg‘or texnologiyalar va metodlar orqali tashkil qilish;
-
O‘quvchilarning tarixiy ongini rivojlantiruvchi ta’limiy vositalarni, o‘yinlar bilan olib
borilishi;
-
O‘quv darsligi va shu fanni o‘qitilishiga oid adabiyotlar tahlili bilan ishlash;
-
Dars davomida o ‘quvchilarning tarixni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini tahlil qilib,
ularga motivatsiya berish;
Demak, umumta’lim maktabi o‘quvchilarining tarixiy ong va shu asosida ma’naviy
tafakkurini rivojlantirish asnosida ularda kommunikartiv, aksiologik, integrativ yondashuvlar
o‘sib boradi, Bu esa ularni komillikka, barkamollikka yetaklaydi.
REFERENCES
1.
Банкерова Е.И. Историческое сознание в системе общественныхотношений // Вестник
ИрГТУ. - №1 (72). - 2013. - С. 200.
2.
Данилевский Н.Я.
Россия и Европа. - М.: Институт русской цивилизatsiи, 2008. - 816 с.
3.
Леопа А.В. Историческое сознание в условиях социокультурного кризиса:
монография. - Красноярск: изд- во Сибирского федерального университета. - 2011. -
С. 23.
4.
Т.М. Magrupov, В.М. Vlirshaxodjayev. Tizimli yondashuv asoslari.-Т.: «Fan va
texnologiya», 2019, 172 bet.
5.
Quronov M.Milliy tarbiya.-T.:Ma’naviyat,2007.-240 b.
6
Quronov M.Milliy tarbiya.-T.:Ma’naviyat,2007.-240 b.
