ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
494
SUN’IY INTELLEKTNING HUQUQIY ASPEKTLARI: INTELLEKTUAL
MULK HUQUQI
Javohir Mamirxo’jayev
Toshkent Davlat Yuridik Universiteti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14225905
Annotatsiya.
Sun’iy intellekt texnologiyalarining rivojlanishi bilan birgalikda, u
tomonidan yaratilgan intellektual mulk obyektlarining huquqiy maqomi dolzarb masalaga
aylanmoqda. O‘tgan asrda sodir bo‘lgan misli ko‘rilmagan kashfiyotlar va sun’iy intellektning
rivojlanishi bugungi kunda nafaqat ilm-fan va texnologiyalar sohasini, balki huquqiy tizimni ham
o‘zgartirmoqda. Sun’iy intellektning o‘zi mustaqil ravishda internetdagi mavjud ma’lumotlar
asosida ixtirolar yaratishi, asarlar yozishi va tasviriy san’at asarlarini yaratishi natijasida, ushbu
texnologiya tomonidan ishlab chiqarilgan asarlarni mualliflik huquqi bilan himoya qilish
masalasi yuzaga kelmoqda. Maqolada sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan intellektual mulk
huquqi obyektlarining huquqiy maqomini belgilashdagi murakkabliklar, jahon qonunchiligi va
amaliyotidagi tafovutlar hamda bu texnologiyaning iqtisodiy va ijtimoiy foydalari ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, maqolada mazkur muammoni hal qilish uchun zarur bo‘lgan qoidalar va huquqiy
tartibotlarning shakllanishi yuzasidan tavsiyalar beriladi.
Kalit so’zlar:
Sun’iy Intellekt, Intellektual Mulk, Huquqiy Qiyinchiliklar, Jahon
Qonunchiligi.
LEGAL ASPECTS OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE: INTELLECTUAL
PROPERTY LAW
Abstract.
Together with the development of artificial intelligence technologies, the legal
status of intellectual property objects created by it is becoming an urgent issue. Unprecedented
discoveries of the last century and the development of artificial intelligence today are changing
not only the field of science and technology, but also the legal system. As a result of artificial
intelligence itself independently creating inventions, writing works and creating works of visual
art based on information available on the Internet, the issue of copyright protection of works
produced by this technology is arising. The article examines the complexities of determining the
legal status of objects of intellectual property rights created by artificial intelligence, the
differences in world legislation and practice, and the economic and social benefits of this
technology. Also, the article provides recommendations on the formation of rules and legal
procedures necessary to solve this problem.
Keywords:
Artificial Intelligence, Intellectual Property, Legal Challenges, World
Legislation.
ПРАВОВЫЕ АСПЕКТЫ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА: ЗАКОН ОБ
ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНОЙ СОБСТВЕННОСТИ
Аннотация.
Вместе с развитием технологий искусственного интеллекта
актуальным вопросом становится правовой статус создаваемых им объектов
интеллектуальной собственности. Беспрецедентные открытия прошлого века и развитие
искусственного интеллекта сегодня меняют не только сферу науки и техники, но и
правовую систему. В результате того, что искусственный интеллект самостоятельно
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
495
создает изобретения, пишет произведения и создает произведения изобразительного
искусства на основе информации, доступной в сети Интернет, возникает вопрос об
охране авторских прав произведений, созданных с помощью этой технологии. В статье
рассматриваются сложности определения правового статуса объектов прав
интеллектуальной собственности, созданных с помощью искусственного интеллекта,
различия мирового законодательства и практики, а также экономические и социальные
преимущества этой технологии. Также в статье даются рекомендации по формированию
правил и юридических процедур, необходимых для решения данной проблемы.
Ключевые слова:
искусственный интеллект, интеллектуальная собственность,
правовые проблемы, мировое законодательство.
I.Kirish
Yigirmanchi asrning oxirlaridagi ilm-fan va texnologiyadagi kashfiyotlar texnika sohasida
sezilarli o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Yaratish va ixtirochilik faqat insonga xos deb hisoblangan
bo‘lsa-da, sun’iy intellektning rivoji bu tushunchani o‘zgartirdi. Hozirda sun’iy intellekt mustaqil
ravishda qaror qabul qilish, ixtiro qilish va san’at asarlarini yaratish qobiliyatiga ega. Sun’iy
intellekt orqali yaratilgan texnik ixtirolar va ijodiy ishlar mualliflik huquqlarini himoya qilish
masalalarini keltirib chiqarmoqda. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida sun’iy intellekt
texnologiyalarining qo‘llanilishi ixtirochilik va ijodiy faoliyatga ta’sir ko‘rsatmoqda. Ammo,
sun’iy intellekt yordamida yaratilgan intellektual mulk huquqlari bo‘yicha qoidalar hali aniq
belgilanmagan. Butunjahon intellektual mulk tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yilda sun’iy
intellekt yordamida 340000 ga yaqin ixtiro patentlangan va 1.6 milliondan ortiq ilmiy nashrlar
e’lon qilingan.[1]. Bu sohadagi tez sur’atli rivojlanish intellektual mulk huquqi va uning
tijoratlashuvi bilan bog‘liq ko‘plab savollarni keltirib chiqarmoqda. Quyida bu masalalar
atroflicha muhokama qilinadi.
II.
Metodolagiya
Sun’iy intellekt texnologiyalari nafaqat yangi materiallarni loyihalash va ishlab chiqarish,
balki intellektual mulk huquqlarini boshqarish va ro‘yxatdan o‘tkazish kabi jarayonlarda ham keng
qo‘llanilmoqda. Vakolatli davlat tashkilotlari ushbu texnologiyani ixtirolarni texnik sohaga
tasniflash, tovar belgilari va xizmatlarni tasniflash, san’at asarlarini tarjima qilish va hujjatlarni
tekshirishda samarali vosita sifatida ishlatishmoqda.
Sun’iy intellekt inson aqli orqali bajariladigan vazifalarni avtomatik va mustaqil bajaruvchi
texnologiyadir. U qaror qabul qilish, musiqa yaratish va hatto bemorlarga tashxis qo‘yish kabi
aqliy funksiyalarni mustaqil ravishda amalga oshira oladi. Masalan,
JAMA Internal Medicine
jurnalidagi tadqiqotga koʻra
tibbiy maslahatlar sohasida ChatGPT shifokorlarni ortda qoldirib,
ko‘proq “batafsil va chin ko‘ngildan” ko‘rsatma bergan.[2]
U yuzaga keltirayotgan muammo shundaki u jismoniy shaxs sifatida munosabatga
kirishadimi yoki yuridik shaxs sifatida?
Ba’zi xorijlik olimlar, sun’iy intellektga nisbatan
hayvonlarga oid qoidalarni qo‘llash takliflarini ilgari suradilar[3]. Milliy qonunchiligimizda,
xususan Fuqarolik kodeksining 93-moddasida qonunchilikda boshqacha tartib belgilangan
bo‘lmasa, mol mulk to‘g‘risidagi umumiy qoidalar hayvonlarga nisbatan ham qo‘llaniladi, deb
belgilangan.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
496
Shuningdek, mazkur kodeksning 1002-moddasiga asosan uy hayvoni tomonidan
yetkazilgan zarar uchun uning egasi yoki hayvonning egaligi va foydalanishida umumiy asosda
javobgar bo‘lgan shaxs mas’ul hisoblanadi deb ko‘rsatilgan.
Boshqa guruh olimlarining talqiniga ko‘ra, sun’iy intellekt faoliyatiga yuridik shaxslar
faoliyatini tartibga soluvchi qoidalarga o‘xshash qoidalarni qo‘llash nisbatan samaraliroq bo‘ladi.
Yuridik shaxslar kabi, sun’iy intellekt ham sun’iy yaratilgan subyekt bo‘lib, maxsus
qoidalarga muvofiq faoliyat yuritishi mumkin. Sun’iy intellekt texnologiyasi model arxitekturasi,
algoritmlar va doimiy dasturiy ta’minot elementlariga asoslanadi.
III.
Natijalar
Sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan asarlarga mualliflik huquqi berish masalasi xalqaro
miqyosda turli munozaralarga sabab bo‘lmoqda.
Sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan asarlarga
mualliflik huquqini berish hech qachon maxsus norma bilan taqiqlanmagan. Biroq, ko‘plab
mamlakatlarning qonunlari inson tomonidan yaratilmagan intellekt mahsulini mualliflik huquqi
sifatida himoya qilish mumkin emasligi to‘grisidagi qoidalar mavjud.
AQShda mualliflik huquqi
faqat “aqlning ijodiy faoliyati natijasida yaratilgan” asarlarga beriladi[4].
Avstraliya amalyotida
(Acohs Pty MCHJ va Ucorp Pty MCHJ), sud kompyuterning aralashuvi bilan yaratilgan ishni
mualliflik huquqi bilan himoya qila olmasligi haqida qaror qabul qilgan, chunki u inson tomonidan
ishlab chiqarilmagan deya izohlangan[5].
Boshqa mamlakatlar, jumladan Buyuk Britaniya, Hindiston va Yangi Zelandiya, sun’iy
intellekt tomonidan yaratilgan asarlarga mualliflik huquqini dasturchiga berishni ko‘zda tutadi.
Buyuk Britaniya qonunchiligiga ko‘ra, kompyuterda yaratilgan asarlarning muallifi asarni
yaratish uchun zarur choralarni ko‘rgan shaxs hisoblanadi. Shu bilan birga, dasturchi yoki dastur
foydalanuvchisi orasidagi huquqiy noaniqlik mavjud.
Bu yondashuv Buyuk Britaniya mualliflik
huquqi, sanoat namunalari va patent huquqlari to‘g‘risidagi 1988-yilda qabul qilingan qonunining
9-moddasi 3-bandida shunday belgilangan[6]: “Kompyuterda yaratilgan adabiy, dramatik,
musiqiy yoki badiiy asarlarga nisbatan muallif asarni yaratish uchun zarur bo‘lgan tadbirlarni
amalga oshiradigan shaxs sifatida tan olinadi.”
O‘zbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari
to‘g‘risida”gi qonunida ixtironing subyektiga aniq ta’rif berilmagan. Biroq unda ixtiro muallifi
deb ko‘rsatib o‘tilgan. “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risda”gi qonuniga muvofiq
ijodiy mehnati bilan asar yaratgan jismoniy shaxs muallif bo‘la olishi mumkin, ya’ni ixtiro ham
faqatgina inson tomonidan amalga amalga oshirilganda patent talablariga mos hisoblanib, huquqiy
muhofaza berilishi mumkin.
Shu bilan birga sun’iy intellekt ishtirokida tovar belgilarining buzilishi bilan bog‘liq bir
necha sud amaliyotlari mavjud. Masalan, L’Oréal kompaniyasining ishi bunga yaxshi misol bo‘la
oladi. Bu ishda L’Oréal — Buyuk Britaniyada bir nechta milliy va Yevropa Ittifoqida jamoaviy
tovar belgilari bilan himoyalangan fransuz kosmetika kompaniyasi — eBay elektron platformasida
uning tovar belgilariga o‘xshash bir qator kontrafakt mahsulotlar sotilganini aniqlab, sudga
murojaat qilgan[7].
Ushbu kontrafakt mahsulotlar soni 17 ta bo‘lib, ular Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan
davlatlarda sotilgan.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
497
Mahsulotlardan 2 tasi L’Oréal ro‘yxatdan o‘tkazgan va guvohnomaga ega bo‘lgan tovar
belgilariga o‘xshash edi, qolganlari esa asosan Shimoliy Amerika bozoriga mo‘ljallangan holda
eBayda sotuvga qo‘yilgan edi. Sud qaroriga ko‘ra, eBay javobgarlikka tortilmagan. Sudning
izohiga ko‘ra, eBay axborot portali sun’iy intellekt asosidagi avtomatlashtirilgan tizim bo‘lib,
vositachi vazifasini bajaradi. Bu tizim odatda mijozlar tomonidan kiritilgan ma’lumotlarni qayta
ishlashga yo‘naltirilgan va ba’zi hollarda, sotuv takliflarini optimallashtirish yoki targ‘ib qilishga
yordam beradi.
Shu sababli, sud platformani aybsiz deb topadi
IV.
Muhokama
Sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan intellektual mulk huquqi obyektlarining huquqiy
maqomi bo‘yicha turli yondashuvlar mavjud. Hozirgi qonunchilikda aniq yondashuv
shakllanmagan, ammo Buyuk Britaniya va Yangi Zelandiya kabi davlatlar sun’iy intellektga
tegishli ba’zi mexanizmlarni joriy etgan. Sun’iy intellektning yaratuvchi sifatida tan olinishi
hozircha ko‘pchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanmasa-da, bu masala kelgusida qayta ko‘rib
chiqilmoqda.
Qonunchilikda inson omili saqlanib, intellektual mulk huquqlari asosan insonlar –
dasturchilar yoki texnologiya egalari – uchun beriladi. Muhokama jarayonida sun’iy intellektni
intellektual mulk jarayonida ishtirokchi sifatida tan olish va yangi qonunchilik normalarini ishlab
chiqish zarurligi aniqlandi. Bu xalqaro darajada huquqiy muvofiqlik va javobgarlik choralari bilan
mustahkamlanishi kerak.
Xulosa
Sun’iy intellekt texnologiyalari tomonidan yaratilgan intellektual mulk huquqi obyektlarini
tan olish va himoya qilish dolzarb muammolarni keltirib chiqaradi, lekin bu sohaga ijobiy qadam
tashlash imkoniyatlarini ham yaratadi. Shu ma’noda, sun’iy intellektga oid qonunchilikni
rivojlantirish va yangilash zarurati ortib bormoqda. Buyuk Britaniya va Yangi Zelandiya kabi
davlatlar bunday yondashuvga asos yaratishga harakat qilmoqda. Sun’iy intellektning mustaqil
ravishda qaror qabul qilishi va inson aqliga o‘xshash funksiyalarni amalga oshirishi tufayli,
kelajakda ularning yanada murakkab jarayonlarni bajarishi ajablanarli hol emas. Bu esa
texnologiyani tartibga soluvchi qonunchilik tizimining muhimligini oshiradi.
Sun’iy intellekt tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar va ularning javobgarligini
belgilovchi normativ-huquqiy bazaning yaratilishi kerak. Shuningdek, sun’iy intellekt
yaratuvchilari va foydalanuvchilari o‘rtasida mulkiy huquqlarni taqsimlash masalalari, ijodiy
asarlarni yaratishda mualliflik huquqi mas’uliyatlarini aniqlash ham muhim ahamiyatga ega. Bu
qadamlar texnologiyaning xavfsiz va adolatli foydalanilishini ta’minlaydi.
REFERENCES
1.
WIPO. (2019).
WIPO Technology Trends 2019: Artificial Intelligence
. Geneva: WIPO.
2.
Ayers, J. W., Poliak, A., Dredze, M., et al. (2023). Comparing physician and artificial
intelligence chatbot responses to patient questions posted to a public social media forum.
JAMA Internal Medicine
. https://doi.org/10.1001/jamainternmed.2023.1838
3.
Bozorov, S. (2022). Sun’iy intellekt javobgarligining axloqiy va huquqiy taomillari.
Obshchestvo i Innovatsii
, 3(3), 48–56.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
498
4.
Feist Publications, Inc. v. Rural Telephone Service Co.
, 499 U.S. 340 (1991). Retrieved
from
https://supreme.justia.com/cases/federal/us/499/340/#344
5.
Acohs Pty Ltd v Ucorp Pty Ltd
[2012] FCAFC 16 (2 March 2012). Retrieved from
http://www8.austlii.edu.au/cgi-bin/viewdoc/au/cases/cth/FCAFC/2012/16.html
6.
UK Government. (1988). Copyright, Designs and Patents Act 1988, section 9(3). Retrieved
from
https://www.legislation.gov.uk/ukpga/1988/48/section/9
7.
L’Oréal
SA
v.
eBay
International
AG
.
(2011).
Retrieved
from
https://globalfreedomofexpression.columbia.edu/cases/loreal-sa-v-ebay-international-ag/
