Authors

  • Jamshid Zokirov
  • Xilola Zokirova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.48123

Keywords:

Mehnat qilish huquqi mehnat nizolari nizo jamoa shartnomasi mehnat muhofazasi.

Abstract

Ushbu maqolada xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish, mehnat nizolari tushunchasi va turlari, yakka mehnat nizolarini ko‘ruvchi organlar, yakka mehnat nizolarini ko‘rish va hal etish tartibi, jamoalarga doir mehnat nizolari haqida yoritilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

511

XODIMLARNING MEHNAT HUQUQLARINI HIMOYA QILISHNING NAZARIY

ASOSLARI

Zokirov Jamshid Toshpulatovich

Zokirova Xilola Xasanovna

Jizzax viloyati yuridik texnikum o‘quvchilari.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14226035

Annotatsiya.

Ushbu maqolada xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish, mehnat

nizolari tushunchasi va turlari, yakka mehnat nizolarini ko‘ruvchi organlar, yakka mehnat
nizolarini ko‘rish va hal etish tartibi, jamoalarga doir mehnat nizolari haqida yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

Mehnat qilish huquqi, mehnat nizolari, nizo, jamoa shartnomasi, mehnat

muhofazasi.

PROTECTION OF LABOR RIGHTS OF EMPLOYEES

Abstract.

This article covers the protection of the labor rights of employees, the concept

and types of labor disputes, the bodies that deal with individual labor disputes, the procedure for
examining and resolving individual labor disputes, collective labor disputes.

Key words:

Right to work, labor disputes, dispute, collective agreement, labor protection.

ЗАЩИТА ТРУДОВЫХ ПРАВ РАБОТНИКОВ

Аннотация.

В данной статье рассматриваются защита трудовых прав

работников, понятие и виды трудовых споров, органы, рассматривающие индивидуальные
трудовые споры, порядок рассмотрения и разрешения индивидуальных трудовых споров,
коллективных трудовых споров.

Ключевые слова:

Право на труд, трудовые споры, спор, коллективный договор,

охрана труда.


O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 7-bo‘limi “Xodimlarning mehnat

huquqlarini himoya qilish. Mehnat nizolarini ko‘rib chiqish”ga bag‘ishlangan bo‘lib, ushbu bobda
aynan “mehnat nizolari” tushunchasiga ta’rif berilmagan. Mehnat kodeksida mehnat nizolari ikki
turga bo‘linib, ya’ni yakka mehnat nizolari va jamoalarga doir mehnat nizolari har ikkalasiga
alohida ta’rif berilgan.

Shuni aytish joizki, mehnat huquqi nazariyasida mehnat nizolari tushunchasiga nisbatan

olimlar tomonidan turli ta’riflar berilgan bo‘lib, bu borada ular o‘rtasida turli fikr va mulohazalar
mavjud.

Ayrim mualliflarning fikricha, mehnat nizolari deganda ish beruvchi va xodim o‘rtasida

mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar, jamoa shartnomasi hamda mehnatga
oid boshqa shartnomalarni qo‘llash, shuningdek, yangi mehnat shartlarini belgilash yoki mavjud
shartlarni o‘zgartirish masalalari yuzasidan kelib chiqadigan kelishmovchiliklar tushuniladi.

Bu berilgan ta’rifni yakka va jamoa nizolariga berilgan ta’riflarning umumlashmasi sifatida

qabul qilish mumkin emas.

M.Usmanova va Y.Tursunovlar tomonidan yozilgan darslikda “mehnat nizosi”

tushunchasi umumiy jihatdan talqin qilinmagan va ular yakka mehnat nizolari, jamoalarga doir
mehnat nizolarini yoritib berganlar. Mehnat kodeksiga berilgan sharxlarda ham “mehnat nizosi”
tushunchasining o‘ziga xos ta’rifi mavjud emas.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

512

Mehnat nizolari tushunchasiga protsessualist olim M.M.Mamasiddiqov tomonidan ham

ta’rif berilgan bo‘lib, uning fikricha, mehnat nizolari – vakolatli organlar tomonidan hal
qilinadigan ish beruvchi bilan xodim o‘rtasida mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ
hujjatlar, jamoa shartnomasi va mehnatga oid boshqa shartnomalarni qo‘llash, shuningdek yangi
mehnat shartlarini belgilash yoki mavjud shartlarni o‘zgartirish masalalari yuzasidan kelib
chiqadigan kelishmovchiliklardir. Ushbu ta’rif mazmunan to‘liq berilgan bo‘lsada, uni nazariy
jihatdan kengaytirish lozim.

Tahlil qilish uchun mehnat huquqi bo‘yicha tadqiqot olib borgan xorij olimlari tomonidan

berilgan ta’riflarga ham to‘xtalib o‘tish mumkin.

Rus olimi Yu.P.Orlovskiy tomonidan berilgan ta’rifga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, uning

nazarida mehnat nizolarini mehnat huquqi subyektlari o‘rtasida mehnat qonunchiligi, mehnat
to‘g‘risidagi shartnomalar normalarini qo‘llashdan va yangi mehnat shartlarini o‘rnatish yoki
mavjudlarini o‘zgartirish natijasida kelib chiqadigan kelishmovchiliklar deb tushunish kerak.

Yu.P.Orlovskiyning ta’rifidan mehnat nizolari mehnat qonunchiligini qo‘llash yuzasidan

har qanday kelishmovchilikni o‘z ichiga qamrab olar ekan degan xulosaga kelish mumkin.

Shuningdek, uning ta’rifida mehnat nizolari mehnat huquqi sub’yektlari o‘rtasida yuzaga

kelishi aks ettirilgan bo‘lib, bunda aynan kimlar nazarda tutilayotganligi mavhumligicha
qolmoqda.

Rus olimi A.I.Balashov mehnat huquqi nazariyasida mehnat nizolari tushunchasini mehnat

kelishmovchiliklaridan, shuningdek, mehnat huquqbuzarliklaridan farqlash lozim ekanligini
ta’kidlab, mehnat nizolari tushunchasiga o‘z ta’rifini bergan. Uning fikricha, mehnat nizolari
mehnat huquqi sub’yektlari o‘rtasida mehnat qonunchiligini qo‘llash yoki sherikchilik asosida
mehnatning yangi shartlarini o‘rnatish masalalari yuzasidan kelib chiqadigan, hal qilinishi
yurisdiksiyaviy organlarga taalluqli bo‘lgan kelishmovchiliklarni o‘zida aks ettiradi.

A.I.Balashov tomonidan ilgari surilgan ushbu ta’rif ham alohida e’tiborga loyiq bo‘lsada

“mehnat nizolari” tushunchasini keng miqyosda yoritmaydi. Shuningdek, u mehnat nizolarini hal
qilish yurisdiksiyaviy organlarga taalluqli ekanligini nazarda tutgan. Ammo, biz bilamizki, mehnat
nizolarini faqat yurisdiksiyaviy organlar emas, balki noyurisdiksiyaviy organlar ham ko‘rishi
mumkin. Bunda mehnat nizolari komissiyasi ham noyurisdiksiyaviy organ hisoblanishini
unutmaslik lozim.

Yu.P.Orlovskiy va A.I.Balashovdan farqli o‘laroq, rus olimi I.Ya.Kiselev ham mehnat

nizolari tushunchasiga o‘zining qisqa ta’rifini bergan. Ya’ni, mehnat nizosi – bu mehnat huquqiy
munosabatlari subyektlari o‘rtasidagi tartibga solinmagan (hal etilmagan) kelishmovchiliklardir.

I.Ya.Kiselev tomonidan berilgan ushbu ta’rifning mohiyatidan mehnat nizosi

tushunchasini anglab yetish juda qiyin bo‘lsada, har bir ilmiy tadqiqotchi ushbu ta’rifni
kengaytirish imkoniga ega.

I.A.Kostyanning nazariyasiga ko‘ra, mehnat nizolari bir tarafdan xodimlar ikinchi tarafdan

ish beruvchilar o‘rtasida mehnat shartlarini o‘rnatish, o‘zgartirish, shuningdek mehnat huquqi
normalarini o‘z ichiga qamrab olgan qonunlarni va boshqa normativ huquqiy aktlarni, jamoa
kelishuvlari va shartnomalarini qo‘llash jarayonida paydo bo‘ladigan tartibga solinmagan
kelishmovchiliklardir.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

513

Yuqorida keltirilgan I.A.Kostyan tomonidan berilgan ta’rifni I.Ya.Kiselev ilgari surgan

ta’rifga nisbatan mazmunga boyligini e’tiborga olib uning qarashlarini to‘g‘ri deb qabul qilish
mumkin.

Boshqa mualliflar esa, mehnat nizolari deganda, faqatgina mehnat qonunchiligi bilan

belgilab qo‘yilgan mehnat shartlarini o‘rnatish va qo‘llash yuzasidan hodim yoki uning vakillik
organlari bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni tushunadilar.

Ammo, bilamizki mehnat nizolari faqatgina mehnat shartlarini o‘rnatish va uni qo‘llash

yuzasidan kelib chiqmasdan, balki biror bir shaxsning ish beruvchi bilan mehnat munosabatlariga
kirishmasdan avvalroq ham vujudga kelishi mumkin. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat
kodeksining 78-moddasiga ko‘ra, ish beruvchi tomonidan xodimning ishga qabul qilish haqidagi
talabi rad etilgan taqdirda ham kelishmovchiliklar yuzaga kelishi mumkin.

Bu holda xodim ishga qabul qilish rad etilganligi haqidagi ariza bilan sudga da’vo qilishi

mumkin. Mehnat kodeksining 269-moddasiga ko‘ra, bu nizo ham bevosita tuman (shahar)
sudlarida ko‘rilishi lozim bo‘lgan mehnat nizolari jumlasiga kiradi.

“Mehnat nizolari” tushunchasiga nafaqat mehnat huquqining nazariyotchi olimlari

tomonidan ta’riflar berilgan, shuningdek bir qancha yuridik lug‘atlar va ensiklopediyalarda ham
ushbu tushunchani mazmun va mohiyati bilan tanishishimiz mumkin.

A.B.Barixin tomonidan tuzilgan yuridik ensiklopediyada esa “mehnat nizosi”ga

quyidagicha ta’rif berilgan:

“Mehnat nizosi – xodimlar va korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyati (ish beruvchilar)

o‘rtasida mehnat haqidagi qonunchilik va boshqa normativ hujjatlarini, jamoa kelishuvlarini va
boshqa mehnat haqidagi shartnomalarni, shuningdek mehnat shartnomasi (kontrakti) shartlarini
qo‘llash masalasida yuzaga keladigan hal qilinmagan kelishmovchiliklardir.”

Ushbu yuridik ensiklopediyada berilgan ta’rif ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, bu

yerda mehnat shartlarini qo‘llashdan emas, aksincha mehnat shartnomasi shartlarini qo‘llash
yuzasidan kelib chiqadigan kelishmovchiliklarni nazarda tutgan.

Ingliz olimi Xyug Kollins mehnat nizolarini ish beruvchilar bilan xodimlar o‘rtasida,

ularning mehnat munosabatlari doirasida ish vaqtida va ish joyida vujudga keladigan har qanday
nizoni tavsiflaydi. Bunday nizolar tarkibiga mehnat shartnomasi tuzmasdan mehnat
munosabatlariga kirishayotgan xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi nizolarni ham kiritish kerakligini
ta’kidlaydi.

Ingliz olimi Simon Gannibal esa, mehnat nizolarini umuman o‘zgacha tasavvur qiladi.
Uning qarashlariga ko‘ra, yollanib ishlovchining mehnati bilan bog‘liq kelishmovchiliklar

har doim ham mehnat nizosi bo‘lavermaydi. Yollanib ishlovchi shaxs o‘zining huquq va
manfaatlarini himoya qilish maqsadida nizoni hal qiluvchi biror organga murojaat qilgandagina
mehnat nizosi vujudga keladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, biror bir kelishmovchilik mehnat nizosi
bo‘lishi uchun tegishli organda ko‘rilishi kerak ekan.

Ingliz olimi Devid Levisning fikricha, ish beruvchi shaxs va yollanib ishlovchi shaxslar

o‘rtasida vujudga kelgan va ular o‘zaro hal qilishi mumkin bo‘lgan kelishmovchiliklar hech
qachon nizo bo‘la olmaydi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

514

D.Levisning fikriga qo‘shilib bo‘lmaydi, chunki xodim va ish beruvchi o‘rtasida yuzaga

kelgan, xodimning mehnat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan kelishmovchiliklar nizo darajasiga
ko‘tarilishi uchun u o‘zaro hal qilinmagan bo‘lishi kerak degan qoida mavjud emas.

Shunday qilib, yuqoridagi ta’riflarni tahlil qilgan holda, “mehnat nizolari” tushunchasini

quyidagicha tavsiflash va uni yuridik adabiyotlarda qo‘llash mumkin degan xulosaga kelindi:

Mehnat nizolari – bu xodimlar yoki ularning vakillik organlari yoxud mehnat jamoasi bilan

ish beruvchilar yoki ularning birlashmalari o‘rtasida mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa
normativ hujjatlarni, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat shartlarini, jamoa
shartnomalari va shu kabi boshqa shartnomalarni qo‘llash yuzasidan kelib chiqqan va o‘zaro
muzokaralar o‘tkazish asosida yoki muayyan vakolatli organ tomonidan hal qilinishi qonunlarda
nazarda tutilgan kelishmovchiliklardir.

Mehnat nizolari va ularni ko‘rib hal etilishi bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar mehnat

munosabatlari jarayonida, balki xodim va ish beruvchi o‘rtasida mehnat shartlarini belgilash,
o‘zgartirish hamda bekor qilishdagi kelishmovchiliklar bo‘lib, mehnat-huquqiy aloqalarning
kelgusida davom ettirilishi yoki ettirilmasligiga bevosita ta’sir etadigan jarayon hisoblanadi.

Mehnat nizolari yuzaga kelishi o‘ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy-ishlab

chiqarishdagi o‘zgarishlar, innovatsion yangiliklar hamda mehnat taqsimotidagi yuzaga keladigan
o‘zgartirishlar hamda bo‘shliqlarga bog‘liq bo‘ladi.

Ayni paytda, xodim va ish beruvchi vakili bo‘lgan mansabdor shaxslar huquqiy ongi va

huquqiy bilimlari yetarli darajada emasligi, ular tomonidan o‘z mehnat huquqlarini suiiste’mol
qilinishi holatlari (huquqiy negilizm) ham mehnat nizolari vujudga kelishida muhim o‘rin tutishi
mumkin.

Xulosa qilib aytganda, bunday holatning sabablari sifatida joylarda huquqiy targ‘ibot va

tashviqot ishlarining qoniqarsiz va samarasiz ekanligi, yuridik xizmat organlari faoliyatida uchrab
turgan kamchilik va nuqsonlar (ushbu xizmatning malakali mutaxassis kadrlar bilan yetarli
ta’minlanmaganligi, ular faoliyatining sustligi, xodimlar bilan ishlashning yaxshi yo‘lga
qo‘yilmagani, mehnat qonunchiligi normalaridan yetarlicha xabardor bo‘lmaslik yoki umuman
bexabarlik va hokazolar)dan iborat ekanligini ko‘rsatib o‘tish mumkin.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 7-bo‘limi.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 49-moddasi.

3.

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi.

4.

O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuni.

5.

O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi Qonuni.

6.

Mehnat huquqi. Darslik. Mas’ul muharrir: prof. M.A.Usmanova. –T.: TDYuU nashriyoti,
2019. – 521 bet.

References

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 7-bo‘limi.

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 49-moddasi.

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi.

O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuni.

O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi Qonuni.

Mehnat huquqi. Darslik. Mas’ul muharrir: prof. M.A.Usmanova. –T.: TDYuU nashriyoti, 2019. – 521 bet.