ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
519
XALQARO TERRORIZM: XALQARO JINOYAT SIFATIDA HUQUQIY
JAVOBGARLIK VA GLOBAL HAMKORLIK
Qambarov Diyorbek
Toshkent Davlat Yuridik Universiteti,
Jinoiy Odil Sudlov fakulteti 1-kurs A-potok 1-guruh talabasi.
ORCID: 0009-0004-3115-7008
https://doi.org/10.5281/zenodo.14226114
Annotatsiya
. Ushbu maqola xalqaro terrorizmni global xavfsizlik uchun tahdid sifatida
ko‘rib chiqadi va unga qarshi kurashish uchun global hamkorlikning zarurligini ta’kidlaydi.
Tadqiqot terrorizmni zo‘ravonlik va qo‘rquv orqali siyosiy o‘zgarishlarga erishishga
qaratilgan jinoyat sifatida tasniflaydi. Tadqiqotda BMT va Yevropa Ittifoqi kabi xalqaro
tashkilotlar tomonidan qabul qilingan hujjatlar va qarorlar, terrorizmga qarshi xalqaro
hamkorlik choralari, shuningdek, axborot almashinuvi va iqtisodiy choralar orqali milliy
xavfsizlik manfaatlariga tahdidlarni kamaytirish yo‘llari o‘rganiladi. Natijalar mintaqaviy
hamkorlikning samaraliroq ekanligini ko‘rsatib, davlatlararo axborot almashish tizimini
yaxshilash zarurligini isbotlaydi. Undan tashqari, muhokama xalqaro qonunchilik mexanizmlarini
zamonaviylashtirish va terrorizmga qarshi yangi texnologiyalarni qo‘llash zaruratini ta’kidlaydi.
Kalit so‘zlar
: xalqaro terrorizm, terrorizmga qarshi kurash, xalqaro hamkorlik, global
xavfsizlik, xavfsizlik siyosati, integratsiya, tahdidlar, chora-tadbirlar.
INTERNATIONAL TERRORISM: LEGAL RESPONSIBILITY AND GLOBAL
COOPERATION AS AN INTERNATIONAL CRIME
Abstract
. This article examines international terrorism as a threat to global security and
emphasizes the need for global cooperation to combat it. The study defines terrorism as a crime
aimed at achieving political change through violence and fear. It explores documents and
resolutions adopted by international organizations such as the UN and the European Union,
measures for international cooperation against terrorism, and ways to reduce threats to national
security through information sharing and economic measures. The findings demonstrate the
effectiveness of regional cooperation and highlight the necessity of improving interstate
information exchange systems. Furthermore, the discussion stresses the need to modernize
international legal mechanisms and apply new technologies in the fight against terrorism.
Keywords
: international terrorism, counter-terrorism, international cooperation, global
security, security policy, integration, threats, measures.
МЕЖДУНАРОДНЫЙ ТЕРРОРИЗМ: ЮРИДИЧЕСКАЯ ОТВЕТСТВЕННОСТЬ И
ГЛОБАЛЬНОЕ СОТРУДНИЧЕСТВО КАК МЕЖДУНАРОДНОЕ ПРЕСТУПЛЕНИЕ
Аннотация.
В данной статье рассматривается международный терроризм как
угроза глобальной безопасности и подчеркивается необходимость глобального
сотрудничества для борьбы с ним. Исследование определяет терроризм как преступление,
направленное на достижение политических изменений с использованием насилия и страха.
Анализируются документы и резолюции, принятые международными организациями,
такими как ООН и Европейский Союз, меры международного сотрудничества в борьбе с
терроризмом, а также способы снижения угроз национальной безопасности через обмен
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
520
информацией и экономические меры. Результаты показывают, что региональное
сотрудничество является более эффективным, и подтверждают необходимость
улучшения системы обмена информацией между государствами. Кроме того, обсуждение
подчеркивает важность модернизации международных правовых механизмов и
применения новых технологий в борьбе с терроризмом.
Ключевые слова:
международный терроризм, борьба с терроризмом,
международное сотрудничество, глобальная безопасность, политика безопасности,
интеграция, угрозы, меры.
I.
Kirish
A.
Mavzuning Muhimligi
Xalqaro terrorizm butun dunyoni tashvishga solayotgan global muammo bo‘lib, unga
qarshi kurashish tabiiyki davlatlar va xalqaro tashkilotlardan global miqyosdagi hamkorlikni talab
qiladi. Bruce Hoffmanning ta’kidlashicha, "Terrorizm – bu qo‘rqitish va siyosiy o‘zgarishlarga
erishish uchun zo‘ravonlik yoki zo‘ravonlik tahdidi orqali qo‘rquv yaratish va undan
foydalanishdir" (Hoffman, 2017). Bu ta’rif terrorizmning asosiy maqsadini aniq ifodalaydi va
uning ijtimoiy-siyosiy mazmunini ochib beradi. Terrorchilar, odatda, davlatlar va xalqlarning
tinchligiga rahna solish maqsadida qo‘rquv yaratish orqali o‘zlarining maqsadlariga erishishni
ko‘zlashadi. Bunday tahdidlar global tinchlikka va xalqaro xavfsizlikka zarar yetkazmoqda,
natijada dunyo davlatlari va xalqaro tashkilotlar terrorizmga qarshi birgalikda kurashishga majbur
bo‘lmoqda.
B.
Xalqaro Hujjatlar
Buni ta’minlash uchun xalqaro tashkilotlar, davlatlar miqyosida turli konvensiya va
xalqaro kelishuvlar imzolangan bo‘lib, bular xalqaro terrorizmga nisbatan qo‘llaniladigan
javobgarlik va global hamkorlikning asoslari hisoblanadi. Birlashgan millatlar tashkilotining
asosiy vazifasi dunyo bo‘ylab tinchlik va osiyishtalikni ta’minlash ekanligini uning asosiy
nizomida beligilab qo‘yilgan (United Nations, 1948). Shu sababli u tomonidan qabul qilingan
xalqaro shartnomalar, undan tashqari davlatlaro imzolangan kelishuvlarni biz bunday hujjatlar
qatorida keltirishimiz mumkin. Biroq, shu va boshqa kelishuvlar amalga oshirilganligiga qaramay,
terroristik xurujlar dunyo miqyosida sodir bo‘lishda davom etmoqda. Ushbu holat xalqaro
terrorizmga qarshi kurashning dolzarbligini va bu yo‘nalishda global miqyosda yanada kengroq
hamkorlik zarurligini ko‘rsatadi. Shu sababli, ushbu tadqiqotda xalqaro terrorizm xalqaro jinoyat
sifatida ko‘rib chiqilib, unga qarshi global miqyosdagi hamkorlikning o‘ta muhimligi va uni
mustahkamlash yo‘llari muhokama qilinadi.
II.
Uslubiyat:
A.
Yondashuvlar
Ushbu maqola xalqaro terrozimni jinoyat sifatida ko‘rib chiqishda normativ-huquqiy va
analatik tahliliy yondashuvlardan foydalanadi. Tadqiqot davomida BMTning terrozimga qarshi
kurashish bo‘yicha konvensiyalari, Yevropa ittifoqi va boshqa mintaqaviy xalqaro tashkilotlar
tomnidan qabul qilingan qarorlari, shuningdek xalqaro miqyosdagi tashkilotlar tomonidan taqdim
etiladigan statistikalar tahlil qilinadi. Ushbu yondashuv terrorizmga qarshi kurashda qabul qilingan
chora-tadbirlar va ularning milliy qonunchilikka ta’sirini chuqurroq tushunishga imkon beradi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
521
Shuningdek, jinoyatni oldini olish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdagi huquqiy
vositalarning ahamiyati yoritiladi.
B.
Ma’lumot Manbalari
Ma’lumot manbalari sifatida BMT konvensiyalari, mintaqaviy shartnomalar, milliy
qonunchilik tizimlari, ilmiy kitob, tahliliy hisobotlar va tadqiqotlardan foydalaniladi. Asosan
2001-yildan keyingi xalqaro terrorizmga qarshi qabul qilingan chora-tadbirlar qamrab olinib,
qiyosiy va statistik tahlil usullari orqali davlatlararo hamkorlikning samaradorligi baholanadi.
Shuningdek, xalqaro qonunchilikdagi javobgarlik choralarining kuchayish sabablari ham
o‘rganiladi. Bu yondashuv tadqiqotga chuqurroq bilim va ko‘rsatkichlar kiritishga xizmat qiladi.
C.
Cheklovlar
Mazkur tadqiqotda ba’zi davlatlarda terrorizmga oid ma’lumotlarni olish bo‘yicha mavjud
cheklovlar tufayli tadqiqot natijalarini talqin etishda ehtiyotkorlik talab etiladi. Shu bilan birga,
turli davlatlar tomonidan terrorizmning aniqlanishi va unga yondashuvdagi farqlar ham natijalarga
ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Ushbu cheklovlar tadqiqotning qamrovini toraytirishi mumkin bo‘lsa-
da, ma’lumotlarning to‘liq va adolatli yoritilishi uchun qo‘shimcha manbalar va tadqiqotlar
o‘rganilgan.
III.
Natijalar
A.
Xalqaro Tashkilotlar
Mazkur tadqiqot terrozimga qarshi kurashish dolzarb masala ekanligini takidlaydi. BMT
Terroristik portlashlarni yoʻq qilish boʻyicha xalqaro konvensiya asosida amalga oshirilgan
chora-tadbirlar xalqaro hamkorlikni kuchaytirishda muhim rol o‘ynagan (United Nations, 1996).
Jumladan, BMT Xavfsizlik Kengashining 1373-sonli Rezolyutsiyasi terrorizmga qarshi
iqtisodiy va moliyaviy choralarga e’tibor qaratib, davlatlarga terrorizmni moliyalashtirishga qarshi
kurashda qat’iy chora-tadbirlarni qo‘llashni tavsiya qildi(Security Council Resolution 1373,
2001). Ammo BMT matbuot bo‘limi xulosasiga ko‘ra davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik yetarli
darajada yo‘lga qo‘yilmaganligi tufayli hanuzgacha terrorizm aktlari uchrab turibdi (United
Nations press, 2018). Bu ushbu rezolyutsiya ijrosi to‘liq amalga oshmayotganligidan dalolatdir.
B.
Statistik Ma’lumotlar
Bundan tashqari, Global Terrorism Index ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda terrorizm
oqibatida dunyo bo‘ylab iqtisodiy zarar 52 milliard AQSh dollarini tashkil etgan, bu esa xalqaro
hamkorlikni kuchaytirish zaruriyatini ko‘rsatmoqda. Interpol va boshqa xalqaro tashkilotlarning
ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda terrorizmga qarshi choralarda axborot almashinuvi va
transmilliy hamkorlikning samaradorligi oshgan. Biroq, aksariyat davlatlar o‘rtasida hamon milliy
manfaatlar ustuvor bo‘lib qolayotgani xalqaro huquqiy mexanizmlar samaradorligini cheklab
kelmoqda (Interpol, 2023). Shu sababli, xalqaro terrorizmga qarshi huquqiy mexanizmlar doimiy
ravishda yangilanib, zamon talablariga javob beradigan shaklda rivojlantirilishi kerak.
Quyidagi jadvalda 2011-2022-yillarda terrorizmga ta’sir qilgan top 10 mamlakatlar
ko‘rsatib o‘tilgan (Institute for Economics & Peace, 2023). Ko‘rib turibmizki bu mamlakatlar
asosan Osiyo va Afrika mamlakatlari hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
522
IV.
Muhokama
A.
Milliy Xavfsizlik Manfaatlari
Tadqiqot natijalarining tahlili shuni ko‘rsatdiki, xalqaro terrorizmga qarshi kurashda global
hamkorlik sezilarli darajada rivojlangan bo‘lsa-da, hali ham bir qator muammolar mavjud. Eng
asosiy muammo davlatlar o‘rtasida axborot almashish tizimining mukammal emasligidir. BMT va
Interpol tomonidan terrorizmga qarshi kurashni samarali tashkil etish uchun turli platformalar va
mexanizmlar joriy etilganiga qaramay, milliy xavfsizlik manfaatlari davlatlarni axborotni to‘liq
almashishdan tiyilishga majbur qilmoqda. Bu esa terrorizmga qarshi samarali kurashda katta to‘siq
hisoblanadi. Masalan, ayrim davlatlar terrorchilik faoliyati bilan bog‘liq axborotlarni o‘zaro
ulashish masalasiga shubha bilan qaraydi, bu esa yirik terrorchilik hujumlarining oldini olishda
global tizimning zaifligini ko‘rsatadi.
B.
Terrorizmni Moliyalashtirish va Rezolutsiylar Ijrosi
Ikkinchidan, BMT Xavfsizlik Kengashining 1373-sonli Rezolyutsiyasi terrorizmni
moliyalashtirishni to‘xtatish uchun qator chora-tadbirlar ishlab chiqishni tavsiya qilgan bo‘lsa-da,
uning ijrosi barcha davlatlarda bir xilda bajarilmayotgani kuzatilmoqda. Ayrim davlatlarda bu
rezolyutsiyaning amaliyotga tatbiqi sust kechmoqda, natijada terroristik tashkilotlarning
moliyaviy manbalari to‘liq nazorat qilinmay qolmoqda. Global Terrorism Index ma’lumotlari ham
iqtisodiy zarar darajasining yuqoriligini tasdiqlagani, bu borada qo‘shimcha sa’y-harakatlar
zarurligining isbotidir. Shu sababli, terrorizmga qarshi kurashda iqtisodiy choralarning yanada
qat’iyroq joriy etilishi va davlatlar o‘rtasidagi moliyaviy ma’lumot almashinuvi mexanizmlarining
mustahkamlanishi talab etiladi.
C.
Mintaqaviy Hamkorlik Samaraliroq
Uchinchidan, terrorizmga qarshi kurashda mintaqaviy hamkorlik global hamkorlikka
nisbatan samaraliroq natija bermoqda. Buni biz BMT matbuot markazi tomonidan berilgan
xulosalarda ko’rishimiz mumkin.
Mintaqalardagi kuchli hamkorlik va doimiy axborot almashish mexanizmlarining
mavjudligi terrorizmga qarshi kurashda sezilarli natijalarga erishishga yordam bermoqda.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
523
Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar Global
miqyosda bu tajribani o‘rganib, yanada kuchli va integratsiyalangan mexanizmlarni ishlab chiqishi
lozim.
Mintaqaviy hamkorlikning yuqori samaradorligi xalqaro terrorizmga qarshi kuchliroq va
zamonaviy texnologiyalarga asoslangan global hamkorlik tizimlarini yaratish zaruratini
ko‘rsatadi.
Xulosa
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, xalqaro terrorizmga qarshi kurashishda mavjud
xalqaro huquqiy mexanizmlarni yanada takomillashtirish zarur. Xususan, davlatlararo axborot
almashish tizimini rivojlantirish, shuningdek, BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalarining
bajarilishi ustidan nazorat qilish mexanizmlarini kuchaytirish lozim. Buni amalga oshirish nafaqat
BMTning balki Xavfsizlik Kengashi a’zolarining ham zimmasida bo‘lishi kerak.
Mintaqaviy hamkorlik tajribasini global miqyosga ko‘chirish va uni yanada rivojlantirish
katta ahamiyatga ega ekanligi tadqiqot natijasida yaqqol namoyon bo‘ldi. Shu bilan birga,
terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashda xalqaro hamkorlikni kuchaytirish kerak, chunki
texnologiya rivojlangani sari jinoyatchilik ham rivojlanib boraveradi. Buni oldini olish uchun,
zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yechimlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Terrorizm xavfi yuqori bo‘lgan hududlarda profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish va bu
borada xalqaro hamjamiyatning yordamini jalb qilish ham dolzarb masala hisoblanadi. Umuman
olganda terrorizmga qarshi kurashish dunyo hamjamiyati uchun doimo aktual masala bo‘lib kelgan
va shunday bo‘lib qoladi.
REFERENCES
1.
Hoffman, B. (2017).
Inside Terrorism
(3th ed.). Columbia University Press.
Https://doi.org/10.7312/hoff17476-003
2.
United Nations. (1948, December 10).
Universal Declaration of Human Rights
. United
Nations.
https://www.un.org/en/about-us/universal-declaration-of-human-rights
3.
United Nations. (1996, December 17).
International Convention for the Suppression of
Terrorist
Bombings.
International
Law
Comission.
https://legal.un.org/avl////pdf/ha/icstb/icstb_ph_e.pdf
4.
United Nations.
(2001, September 28).
Security Council Resolution 1373
. United Nations
Security Council.
http://unscr.com/en/resolutions/1373
5.
United Nations press. (2018, October 4)
Cooperation, Collaboration between Countries
Crucial in Combating International Terrorism, Sixth Committee Speakers Stress, Hailing
'Code of Conduct'
. Meetings Coverage and Press Releases. Retrieved November 5, 2024,
from
https://press.un.org/en/2018/gal3567.doc.htm
6.
Interpol.
(2023).
Annual
report
.
Retrieved
November
6,
2024,
from
https://www.interpol.int/content/download/22267/file/INTERPOL%20Annual%20Report
%202023%20EN.pdf
7.
Institute for Economics & Peace. (2023).
Global Terrorism index 2023 briefing.
https://www.economicsandpeace.org/wp-content/uploads/2023/12/GTI-2023-Briefing-
web.pdf
