Authors

  • Sitora Ikromova
  • Maftuna. Ziyodullayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.48128

Keywords:

Deviant xulq-atvor jinoyatchilik giyohvandlik yoshlar hayoti yolg'onchilik dangasalik odob - axloq me'yorlari.

Abstract

Ushbu maqolada bugungi kuning dolzarb muammolaridan biri bo'lgan deviant xulq-atvorning salbiy oqibatlari, kelib chiqish sabablari ketirib o'tilgan.

background image


Noyabr, 2024-Yil

576

DEVIANT XULQ-ATVOR.

Ikromova Sitora Akbarovna

Osiyo Xalqaro Universiteti o’qituvchisi

Ziyodullayeva Maftuna.

Osiyo Xalqaro Universiteti Pedagogika yo'nalishi 2p23 guruh talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14229725

Annotatsiya.

Ushbu maqolada bugungi kuning dolzarb muammolaridan biri bo'lgan

deviant xulq-atvorning salbiy oqibatlari, kelib chiqish sabablari ketirib o'tilgan.

Kalit so'zlar:

Deviant xulq-atvor, jinoyatchilik, giyohvandlik, yoshlar hayoti, yolg'onchilik,

dangasalik, odob - axloq me'yorlari.

DEVIANT BEHAVIOR.

Abstract.

This article examines the negative consequences, causes, and origin of deviant

behavior, which is one of the current pressing problems of our time.

Keywords:

Deviant behavior, delinquency, drug addiction, youth life, lying, laziness,

decency—ethics standards.

ДЕВИАНТНОЕ ПОВЕДЕНИЕ.

Аннотация.

В данной статье рассматриваются негативные последствия,

причины и происхождение девиантного поведения, которое является одной из актуальных

проблем современности.

Ключевые слова:

девиантное поведение, делинквентность, наркомания,

молодежная жизнь, ложь, лень, порядочность — этические нормы.

Bugungi kunda keng tarqalib borayotgan va bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri

bo'lgan deviant xulq-atvor psixalogiyasi haqida so'z yuritamiz.

Deviant, ya'ni normadan og'ishgan xulq - atvor butun bir jamiyat tanazzuliga sabab bo'ladi.

Ba'zi oilalarda bola tarbiyasidagi xato va kamchiliklar jamiyatimizda deviant xulq-atvor

shakllanishiga sabab bo'lmoqda. Ayrim oilalardagi janjallar, nizolar, o'zaro xusumat kabi holatlar

o'smir psixikasiga o'z ta'sirini ko'rsatmoqda va natijada deviant xulq-atvor shakllari vujudga

kelmoqda. Oiladagi bunday nizolar, janjallar natijasida bola kelajakdagi shaxsiy hayotda ham

muvaffaqiyatsizlikka va ota - onalikning noto'g'ri qiyofasini shakllantirishga olib keladi. "Qush

inida ko'rganini qiladi" deganlaridek bola ham oilada qanday muhitda voyaga yetsa, bu bola xulq-

atvorida ham o'z aksini topadi.


background image


Noyabr, 2024-Yil

577

Deviant xulq-atvorli bolalarning ota-onalariga beriladigan tavsiyalardan biri shuki,

ularning yoshlarini, qiziqishlarini, inobatga olgan holda ular bilan do'stona suhbatlar olib borishlari

kerak bo'ladi. Keyin ularning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda ularni biror - bir kasb yoki

hunarga yo'naltirishlari lozim bo'ladi.

Bundan tashqari deviant xulq-atvorga quyidagicha ta'rif berish mumkin: Bu shaxsning

birmuncha muhim ijtimoiy me’yorlardan og'uvchi, jamiyat yoki uning o'ziga real zarar

yetkazuvchi, shuningdek, uning ijtimoiy moslashmaganligi bilan birga boruvchi turg'un axloqdir.

Jinoyatchilik - muayyan davlatda o'rnatilgan qonun va me’yorlarga nisbatan ayrim

shaxslarning salbiy munosabati jinoyat, mazkur shaxs esa jinoyatchi hisoblanadi.

Richard Daygdeygl fikricha, "Ba'zi jinoyatkorona xulq - atvor shakllanishi uchun xos

bo'lgan mayllar doim avloddan-avlodga o'tib turadi", - deb ta'kidlaydi.

Jinoyatchilik - jinoiy huquq normalarining buzilishi bo'lib, qonunda javobgarlik belgilab

qo'yilgan.

Giyohvandlik - giyohvand yoki unga tenglashtirilgan vositalarga doimiy ruju qo'yish va

tibbiy ko'rsatmalarsiz iste'mol qilish.

Bugungi kunda yoshlar jamiyatning asosi va uning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb

etadigan kuch hisoblanadi albatta. Yoshlarning ma'naviy va jismonan barkamolligi davlat

qudratining muhim belgisi sanaladi.

Deviant xulq-atvor shakllanishi da bugungi kundagi shiddat bilan avj olib borayotgan

ijtimoiy tarmoqlarning ham roli katta ahamiyat kasb etadi.

Ijtimoiy tarmoqlarning salbiy g'oyalari yoshlar ongida singdirilmoqda va o'z ta'sirini

ko'rsatmoqda va natijada yoshlar ongida salbiy o'zgarishlar va xatti - harakatida og'ishlarni

vujudga keltirmoqda. Eng katta qamrovga ega boʻlgan deviant xulq-atvor shular jumlasidandir.

Merton deviant xulq-atvorga quyidagicha ta'rif beradi: "Deviant xulq-atvor jamiyatda e'lon

qilingan qadriyatlar va rasmiy xulq-atvor standartlari bilan alohida xulq-atvor mativlarini hamda

mavjud imkoniyatlarining bir - biriga mos kelmay qolishi natijasidir" - deb ta'riflaydi.

Atrof-muhitning ta'siri deviant xulq-atvorning vujudga kelishida katta rol o'ynaydi. Chunki

har bir individ shaxs bo'lishi uchun atrof - muhit bilan bevosita bog'lanib turadi va shaxslararo

munosabatlar orqali moslashadi.

Shu kabi omillar deviant xulq-atvor shakllanishida muhim ahamiyatga ega ekanligi bilan

ajralib turadi.

Zamonaviy rus sotsiologi Igor Semionovich Kon ham o'zining yoshlik fanini rivojlantirish

uchun o'z hissasini qo'shgan.


background image


Noyabr, 2024-Yil

578

Deviant xulq-atvor - jamiyatda o'rnatilgan qonun - qoidalariga muomala jihatdan mos

kelmaydi.

Xulqi og'ishgan - jamiyatda o'rnatilgan ijtimoiy me’yorlarga axloq jihatdan mos kelmaydi.

Delikivent xulq-atvor - quyidagi turlarga bo'linadi:

1.Agressiv xulq-atvor.

2.G'arazli xulq-atvor.

3.Giyohvand.

Agressiv xulq-atvor: haqoratlash, o't qo'yish kabilar kiradi.

G'arazli xulq-atvor: kichik o'g'riliklar, ta'magirlik, avto ulovlarga zarar yetkazish va

moddiy daromad olish maqsadida gi boshqa mulkiy tajovuzlar.

Giyohvand: giyohvand moddalarni yetishtirish va tarqatishda ishtirok etish.

Shunday qilib, deviant xulq-atvorli jamiyat a'zolarini tarbiyalash o'zining murakkabligi

bilan ajralib turadi. Yuqorida keltirib o'tilgan xulq - atvorning oldini olishga yordam beradi deb

o'ylayman.

REFERENCES

1.

Ikromova, SA (2024). PSIXOLOGIK XIZMATLAR ASOSLARI.

PEDAGOG

,

7

(5), 670-

676.

2.

Akbarovna, IS (2024). TA'LIMDA PEDAGOGIK BOSHQARMANING AHAMIYATI.

PSIXOLOGIYA VA SOTSIOLOGIYA ILMIY JURNALI

,

2

(4), 40-46.

3.

Akbarovna, IS (2024). PIXOLOGIK XIZMAT ASOSLARI.

PSIXOLOGIYA VA

SOTSIOLOGIYA ILMIY JURNALI

,

2

(4), 54-60.

4.

Akbarovna, IS (2024). PSIXOLOGIK MASLAHAT BOSQICHLARI.

PEDAGOG

,

7

(4),

328-334.

5.

Ikromova,

S.

A.

(2023).

FAKTORY

FORMIROVANIA

IMMUNITETA

K

DESTRUKTIVNYM IDEYaM U PODROSTKOV.

yevropalik tadqiqot

, (3 (81)), 47-49.

6.

Ikromova, S. (2024). PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA SHAKLLARI VA MAZMUNI.

Ko'p

tarmoqli Jurnal ning Fan va Texnologiya

,

4

(3), 918-924.

7.

Ikromova, S. (2024). PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA SHAKLLARI VA MAZMUNI.

Ko'p

tarmoqli Jurnal ning Fan va Texnologiya

,

4

(3), 933-939.

8.

Akbarovna, IS (2024). PEDAGOGIK MAKORAT ASOSLARINI O'ZLASHTIRISH.

Ko'p

tarmoqli Jurnal ning Fan va Texnologiya

,

4

(3), 882-887.


background image


Noyabr, 2024-Yil

579

9.

Akbarovna, IS (2024). PEDAGOGIK MAHORAT ASOSLARINI O'ZLASHTIRISH.

Ko'p

tarmoqli Jurnal ning Fan va Texnologiya

,

4

(3), 888-893.

10.

Akbarovna, IS (2024). MATEMATIK TUSHUNCHALARNI SHAKLLANISHNING

AHAMIYATI.

Ko'p tarmoqli Jurnal ning Fan va Texnologiya

,

4

(3), 912-917.

References

Ikromova, SA (2024). PSIXOLOGIK XIZMATLAR ASOSLARI. PEDAGOG , 7 (5), 670-676.

Akbarovna, IS (2024). TA'LIMDA PEDAGOGIK BOSHQARMANING AHAMIYATI. PSIXOLOGIYA VA SOTSIOLOGIYA ILMIY JURNALI , 2 (4), 40-46.

Akbarovna, IS (2024). PIXOLOGIK XIZMAT ASOSLARI. PSIXOLOGIYA VA SOTSIOLOGIYA ILMIY JURNALI, 2 (4), 54-60.

Akbarovna, IS (2024). PSIXOLOGIK MASLAHAT BOSQICHLARI. PEDAGOG , 7 (4), 328-334.

Ikromova, S. A. (2023). FAKTORY FORMIROVANIA IMMUNITETA K DESTRUKTIVNYM IDEYaM U PODROSTKOV. yevropalik tadqiqot , (3 (81)), 47-49.

Ikromova, S. (2024). PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA SHAKLLARI VA MAZMUNI. Ko'p tarmoqli Jurnal ning Fan va Texnologiya , 4 (3), 918-924.

Ikromova, S. (2024). PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA SHAKLLARI VA MAZMUNI. Ko'p tarmoqli Jurnal ning Fan va Texnologiya , 4 (3), 933-939.

Akbarovna, IS (2024). PEDAGOGIK MAKORAT ASOSLARINI O'ZLASHTIRISH. Ko'p tarmoqli Jurnal ning Fan va Texnologiya , 4 (3), 882-887.

Akbarovna, IS (2024). PEDAGOGIK MAHORAT ASOSLARINI O'ZLASHTIRISH. Ko'p tarmoqli Jurnal ning Fan va Texnologiya , 4 (3), 888-893.

Akbarovna, IS (2024). MATEMATIK TUSHUNCHALARNI SHAKLLANISHNING AHAMIYATI. Ko'p tarmoqli Jurnal ning Fan va Texnologiya , 4 (3), 912-917.