CONCEPT OF IDEOLOGY AND FORMATION OF IDEOLOGICAL IMMUNITY IN YOUTH STUDENTS.

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Ikromova, S. . (2023). CONCEPT OF IDEOLOGY AND FORMATION OF IDEOLOGICAL IMMUNITY IN YOUTH STUDENTS. Modern Science and Research, 2(6), 1223–1226. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/21601
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

This article talks about the main concepts and topical aspects of the concept of ideology and the formation of ideological immunity in young students. Thoughts and comments are mentioned throughout the article.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1223

TALABA YOSHLARDA MAFKURA TUSHUNCHASI VA MAFKURAVIY

IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISH

.

Ikromova Sitora Akbarovna

Osiyo xalqaro universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi assistenti

https://doi.org/10.5281/zenodo.8078748

Annotatsiya.

Ushbu maqolada talaba yoshlarda mafkura tushunchasi va mafkuraviy

immunitetni shakllantirish bo’yicha asosiy tushunchalar va dolzarb tomonlari haqida so’z boradi.
Maqola davomida fikr va mulohazalar keltirib o’tilgan.

Kalit so’zlar:

Mafkura, mafkuraviy immunitet, malaka, ko’nikma.

CONCEPT OF IDEOLOGY AND FORMATION OF IDEOLOGICAL

IMMUNITY IN YOUTH STUDENTS

.

Abstract.

This article talks about the main concepts and topical aspects of the concept of

ideology and the formation of ideological immunity in young students. Thoughts and comments
are mentioned throughout the article.

Key words:

Ideology, ideological immunity, competence, skill.

ФОРМИРОВАНИЕ ИДЕОЛОГИЧЕСКОГО ПРЕДСТАВЛЕНИЯ И

ИДЕОЛОГИЧЕСКОГО ИММУНИТЕТА У СТУДЕНТОВ.

Аннотация.

В данной статье говорится об основных понятиях и актуальных

аспектах концепции мировоззрения и формирования идеологического иммунитета у
студенческой молодежи. Мысли и комментарии упоминаются на протяжении всей
статьи.

Ключевые слова:

Идеология, идеологический иммунитет, компетентность,

мастерство.


MAFKURA (arab. – fikrlar majmui) – muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat,

davlat manfaatlari, orzu-istak va maqsad-muddaolari ifodalangan g‘oyaviy-nazariy qarashlar va
ularni amalga oshirish tizimi. Unda manfaatlar ifodalanayotgan kuch va qatlamlarning o‘tmishi,
bugungi kuni va istiqboli o‘z ifodasini topadi. Insoniyat tarixida turli-tuman mafkuralar bo‘lgan.
Turli xalqlar va ijtimoiy kuchlarning g‘oyaviy rahnamolari, mutafakkir va arboblari, o‘zlarining
manfaat va maqsadlaridan kelib chiqib, mafkuraviy ta'limot va dasturlar ishlab chiqqanlar.
Mafkura muayyan diniy, falsafiy ta'limot asosida yaratiladi, ma'lum ilmiy qarash va axloqiy
tamoyillarga tayanadi. Mafkuralar o‘z mohiyati va ta'sir kuchiga ko‘ra, jamiyatni birlashtirishi
yoki uni bir-biriga qarama-qarshi taraflarga bo‘lib yuborishi, davlatning jahondagi obro‘ va
mavqeini oshirishi yoki tushirishi, xalqlarni yuksaklikka ko‘tarishi yoki tanazzulga duchor etishi
mumkin. Yuksak maqsadlar, bunyodkor g‘oyalarga asoslangan mafkura ijtimoiy - iqtisodiy
taraqqiyotga turtki bo‘ladi, ma'naviyatni yuksaltiradi, insonlarni ulug‘vor ishlarga safarbar etadi.
Ozodlik, erkinlik, mustaqillik, tinchlik, hamkorlik g‘oyalari asosida shakllangan, ezgu
maqsadlarga xizmat qiladigan mafkura bunyodkorlik xususiyatiga ega bo‘ladi.

Vayronkor g‘oyalar asosida shakllangan mafkuralar esa, jamiyat taraqqiyotiga g‘ov

bo‘ladi, millat va xalqlarni asoratga soladi. Bunday mafkura o‘z mazmun–mohiyatiga ko‘ra,
hukmron, mustabid, tajovuzkor, bosqinchilik, ekstremistik, aqidaparastlik shakllarida namoyon
bo‘ladi. Sobiq ittifoq davrida mafkuraga umuminsoniy qarash shakllanmagan, bunga yo‘l
qo‘yilmagan edi. Unga to‘g‘ri va xolisona baho berish imkoni mustaqillik tufayli ochildi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1224

O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezident I.Karimovning asarlari, jumladan, “Tafakkur”
jurnali bosh muharriri va “Fidokor” gazetasi muxbiri savollariga bergan javoblarida Mafkuraga
chuqur ilmiy ta'rif berilgan. «Mafkura» tushunchasi- har qanday nazariya yoki ta'limot bir tizimga
solingan g‘oyalar majmuidan iborat bo‘ladi. Dunyoqarashning negizini va muayyan ishonch-
e'tiqodning asosini ham g‘oya tashkil etadi. Odamlar, ijtimoiy sinf va qatlamlarning, millat va
davlatlarning manfaat hamda maqsadlari ham g‘oyalarda ifoda etiladi. O‘z oldiga qo‘ygan
maqsadi, qanday jamiyat qurmoqchi ekani, bunga qanday yo‘l va vositalar bilan erishmoqchi
bo‘layotgani haqidagi g‘oyalar tizimi har bir millat, xalq va jamiyat milliy g‘oyasining asosini
tashkil etadi. Mafkura — muayyan ijtimoiy guruh yo qatlamning, millat yoki davlatning
ehtiyojlarini, maqsad va intilishlarini, ijtimoiy-ma'naviy tamoyillarini ifoda etadigan g‘oyalar,
ularni amalga oshirish usul va vositalari tizimidir.

Turli ijtimoiy tuzumlar, jamiyatdagi har xil tabaqa va qatlamlarning mafkurasi turlicha

bo‘lishi tabiiy. Buning asosida manfaatlarning turlichaligi, ularni qondirish imkoniyatlari va
uslublarining har xilligi yotadi. Sinfiy qutblashuv kuchaygan, sinfiy kurash avj olgan (yoki sun'iy
ravishda keskinlashtirilgan) tuzumlarda mafkura o‘ta siyosiylashadi, aholini o‘zaro qarama-qarshi
qilib qo‘yadi. Ijtimoiy hamkorlikka asoslangan, erkin demokratik jamiyat barpo etishni ko‘zlagan
davlatlarda milliy g‘oya aholining barcha qatlamlarini jipslashtirishga, umummanfaat va yagona
maqsad yo‘lida birlashishga chorlaydi. Bunday mafkuralarda ziddiyatli jihatlar emas,
umuminsoniy tamoyillar kuchayib boradi. O‘zbekiston xalqining milliy g‘oya jamiyatni
jipslashtirishga, buyuk kelajak yo‘lida hamjihatlik bilan harakat qilishga, barpo etilayotgan erkin
fuqarolik jamiyatida har bir yurtdoshimizning o‘ziga xos o‘rni bo‘lishiga erishishga safarbar etadi.

MAFKURAVIY IMMUNITET — shaxs, ijtimoiy guruh, millat, jamiyatni turli zararli

g‘oyaviy ta'sirlardan himoya qilishga xizmat qiladigan g‘oyaviy-nazariy qarashlar va qadriyatlar
tizimi. Immunitet (lot. immunitaq - ozod bo‘lish, qutilish) tibbiy tushuncha bo‘lib, organizmning
doimiy ichki muayyanligini saqlashi, o‘zini turli ta'sirlardan, tashqi infeksiyalar kirib kelishidan
himoya qilishga qodir bo‘lgan reaksiyalar majmui tushuniladi. Sodda qilib aytganda, immunitet -
kishi organizmining turli kasalliklardan himoya qila olish qobiliyatidir. Yuqoridagidan farqli
o‘laroq insonning umumiy immunitet tizimi tug‘ma bo‘lsa, mafkurani shakllantirib borish zarur.
Ikkinchidan, u har bir avlod uchun o‘ziga xos xususiyatga ega. Uchinchidan, immunitet tizimi
shakllangandagina jamiyatda mafkuraviy daxlsizlikni ta'minlash mumkin. Mafkuraviy
immuninitet tizimining, asosiy va birinchi elementi bu bilim. Ammo, bilimlarning turi ko‘p. Buyuk
davlatchilik shovinizmi yoki agressiv millatchilik mafkurasi tarafdorlari ham muayyan
“bilim”larga tayanadilar, albatta. Shunday ekan, mafkuraviy immuninitet tizimidagi bilimlar
ob'ektiv bo‘lishi, voqelikni to‘g‘ri va to‘liq aks ettirishi, inson ma'naviyatining boyitishi va jamiyat
taraqqiyotiga xizmat qilishi lozim. Ular, o‘z mohiyat e'tiboriga ko‘ra, Vatan va millat manfaatlari
bilan uzviy bog‘liq bo‘lmog‘i kerak. Mafkuraviy immuninitet tizimining ikkinchi asosiy elementi
ana shunday ilg‘or bilimlar zamirida shakllanadigan baholar, qadriyatlar tizimidir. Zero, bilimlar
qanchalik ob'ektiv va chuqur bo‘lsa, uning zamirida yuzaga kelgan qadriyatlar ham shunchalik
mustahkam bo‘ladi.

Bir so‘z bilan aytganda, qadriyatlar tizimi mafkuraviy immuninitetning imkoniyatlarini

belgilab beradi va zararli g‘oyalar yo‘lida mustahkam qalqon bo‘lib xizmat qiladi. Ammo bilimlar
va qadriyatlar tizimi mavjudligining o‘zi mafkuraviy immunitetning mohiyatini to‘liq ifoda eta
olmaydi. Zero, bu ikki element mafkuraviy immuninitetning uchinchi muhim elementi, ya'ni


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1225

ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy-ma'rifiy sohalardagi maqsadlar tizimi bilan bog‘liq. Ana
shunday aniq maqsadlar tizimi bo‘lmas ekan, inson, millat yoki jamiyat goh oshkora, goh pinhona
mafkuraviy tazyiqlarga duchor bo‘laveradi. Mafkuraviy immunitet va mafkuraviy profilaktika.
Mafkuraviy immunitet (lat. Ozod bo’lish) - mafkuraviy ta'sir, yot g’oyalarga qarshi tura olish
degani Immunitet tug’ma bo’ladi, mafkuraviy immunitet esa – shakllanadi. Mafkuraviy immunitet
tizimi: 1-bilim (ammo shovinizm ham bilimga tayanadi) 2-qadriyatlar tizimi 3-ijtimoiy –iqtisodiy,
siyosiy va madaniy ma'rifiy sohalardagi aniq mo’ljal va maqsadlar tizimi bilan bog’liq.
Mafkuraviy profilaktika – yot g’oyalarning kirib kelishining oldini olish va ularni yo’qotishga
qaratilgan chora – tadbirlar majmui, to’g’ri tashkil etilgan ta'lim- tarbiya tizimidir. Mafkuraviy
profilaktika ijtimoiy institutlar tomonidan amalga oshiriladigan turli shakllardagi g’oyaviy –
tarbiyaviy, ma'naviy –mafkuraviy ishlar majmui bo’lib, u butun g’oyaviy tarbiya tizimini qamrab
oladi. Mafkuraviy profilaktika g’oyaviy bo’shliqni tugatish mafkuraviy parokandalikni oldini
olish yoki biror-bir hudud, qatlam, guruhni yot va zararli g’oyalar ta'siridan xalos qilish maqsadida
amalga oshiriladi. Bugun dunyoning mafkuraviy manzarasida xulosa yasaydigan bo’lsak,
mafkuralarning globallashuvi jarayoni bormoqda.

“Immunitet” so‘zining ma'nosi O‘zbekiston milliy ensiklopediyasida quyidagicha

berilgan: (lot. - biron narsadan xalos, ozod bo‘lish, qutulish) - tirik mavjudotlarning o‘z butunligi
va biologik noyobligini buzuvchi yot omillardan himoyalanishi, qarshilik ko‘rsatishi, rezistentligi.
Yot omillarga bakteriya va ularning toksinlari, viruslar, zamburug‘lar, sodda jonivorlar,
gel'mintlar, ko‘chirib o‘tkazilgan a'zo va to‘qimalar, organizmning o‘zgargan o‘z hujayralari
(mas., o‘smasimon hujayralar) va b. kiradi. Bu omillar organizm uchun irsiy begona bo‘lgan
kimyoviy agentlar – antigenlarni tutib qoladi1.

Mafkuraviy immunitet ma'naviy, ma'rifiy, siyosiy, iqtisodiy bilimlarni oddiygina qabul

qilib olishini emas, balki ularni ongli ravishda tushunib yetishni, bu bilimlardan zamonaviy
ijtimoiy voqealarga mafkuraviy kurashlar voqeligidan kelib chiqib, munosabat bildirish
ko‘nikmalarini shakllantirish, ayrim nosog‘lom g‘oyalarga javob berish, uni qabul qilmaslik
holatidir.

Mafkuraviy immunitet muayyan g‘oyalar to‘qnashgan vaziyatlarda namoyon bo‘ladi.

Mafkuraviy immunitet fikriy jarayon natijasi bo‘lganligi tufayli u ilmiy asoslangan, dalillar
sistemasiga quriladi. Talaba mafkuraviy immunitetining tarkibini mafkuraviy bilim (vayronkor va
bunyodkor g‘oyalarning mohiyati, farqi haqidagi) (H) his-tuyg‘u, (I) iroda, (K) ko‘nikma va
malakalar (M)tizimi tashkil qiladi. Mafkuraviy ko‘nikmalar bilim, faoliyat va hatti-harakatlar
birligida namoyon bo‘ladi. Malakalar esa yot g‘oyalar ta'siriga qarshi qaratilgan avtomatlashgan
munosabat, adekvat yo‘l va usullardir. Shu tariqa mafkuraviy immunitetning formulasini
quyidagicha ifodalash mumkin:

1. Diniy aqidaparastlik va boshqa yot mafkuralar eng avvalo yoshlarning ayrim qismining

g‘oyaviy-siyosiy tajribasizligiga tayanadi. Yot mafkura va buzg‘unchi ta'sirlar bilan kurash
mafkuraviy tarbiyada loqaydlik, befarqlik kayfiyatining har qanday ko‘rinishlariga murosasizlikni
taqozo qiladi.

2. Qarshi targ‘ibot samaradorligining zaruriy tamoyillaridan biri - uning tezkorligida

bo‘lib, unda muayyan mintaqaviy sharoitlarni, kishilarning yosh xususiyatlarini, oliy o‘quv
yurtining u yoki bu muddatda hal qila olishi mumkin bo‘lgan mafkuraviy imkoniyatlarini hisobga
olish ko‘zda tutiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1226

3. Shaxsning mamlakat ichkarisida va tashqarisida sodir bo‘layotgan voqealarni mustaqil

tahlil qila olishi, mafkuraviy immunitetni mustahkamlaydi.

REFERENCES

1.

Karimov I.A. Qonun va adolat ustuvorligi faoliyatimiz mezoni bo‘lsin.
Surxondaryo viloyat xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida
so‘zlangan nutq. g‘g‘Xalq so‘zi, 2004 yil 2 iyun

2.

Karimov I.A. Vatanimizning tinchligi va xavfsizligi o‘z kuch-qudratimizga,
xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bog‘liq. -T.: “O‘zbekiston”, 2004.

3.

Azizxo‘jaev A.A. Mustaqillik: kurashlar, iztiroblar, quvonchlar. –T.: “Sharq”,
“Akademiya” 2001.

4.

Ozod Abbosxo‘jaev. Markazning g‘irrom o‘yinlari yoxud O‘zbekistonda qurilgan
bo‘rilar uyasining yakson qilinishi haqida. g‘g‘ Xalq so‘zi 8- avgust 2003 yil.

5.

Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. –T.: “Yangi asr avlodi”,
2001

References

Karimov I.A. Qonun va adolat ustuvorligi faoliyatimiz mezoni bo‘lsin. Surxondaryo viloyat xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so‘zlangan nutq. g‘g‘Xalq so‘zi, 2004 yil 2 iyun

Karimov I.A. Vatanimizning tinchligi va xavfsizligi o‘z kuch-qudratimizga, xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bog‘liq. -T.: “O‘zbekiston”, 2004.

Azizxo‘jaev A.A. Mustaqillik: kurashlar, iztiroblar, quvonchlar. –T.: “Sharq”, “Akademiya” 2001.

Ozod Abbosxo‘jaev. Markazning g‘irrom o‘yinlari yoxud O‘zbekistonda qurilgan bo‘rilar uyasining yakson qilinishi haqida. g‘g‘ Xalq so‘zi 8- avgust 2003 yil.

Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. –T.: “Yangi asr avlodi”, 2001

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов