FORMATION OF IDEOLOGICAL IMMUNITY TO DESTRUCTIVE INFORMATION IN TEENAGERS

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Ikromova, S. (2023). FORMATION OF IDEOLOGICAL IMMUNITY TO DESTRUCTIVE INFORMATION IN TEENAGERS. Modern Science and Research, 2(5), 1009–1014. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20484
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the issues of forming ideological immunity to destructive information in teenagers are discussed in detail. Reasonable opinions and comments within the scope of the topic are cited throughout the article. Conclusions and suggestions are given at the end of the article.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1009

OʼSMIRLARDA DESTRUKTIV AXBOROTLARGA NISBATAN MAFKURAVIY

IMMUNITET SHAKLLANTIRISH

Ikromova Sitora Akbarovna

Osiyo xalqaro universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi assistenti

https://doi.org/10.5281/zenodo.7967520

Annotatsiya.

Mazkur maqolada oʼsmirlarda destruktiv axborotlarga nisbatan

mafkuraviy immunitet shakllantirish masalalariga atroflicha to’xtalib o’tilgan. Maqola davomida

mavzu doirasidagi asosli fikr va mulohazalar keltirib o’tilgan. Maqola so’nggida xulosa va

takliflar keltirilgan.

Kalit so’zlar:

mafkuraviy immunitet shakllantirish, destruktiv axborotlar, oʼsmirlar.

FORMATION OF IDEOLOGICAL IMMUNITY TO DESTRUCTIVE

INFORMATION IN TEENAGERS

Abstract.

In this article, the issues of forming ideological immunity to destructive

information in teenagers are discussed in detail. Reasonable opinions and comments within the

scope of the topic are cited throughout the article. Conclusions and suggestions are given at the

end of the article.

Key words:

formation of ideological immunity, destructive information, teenagers.

ФОРМИРОВАНИЕ ИДЕОЛОГИЧЕСКОГО ИММУНИТЕТА К

ДЕСТРУКТИВНОЙ ИНФОРМАЦИИ У ПОДРОСТКОВ

Аннотация.

В данной статье подробно рассмотрены вопросы формирования

идеологического иммунитета к деструктивной информации у подростков. Обоснованные

мнения и комментарии в рамках темы цитируются на протяжении всей статьи. Выводы

и предложения даны в конце статьи.

Ключевые слова:

формирование идеологического иммунитета, деструктивная

информация, подростки.

Mustaqillikni mustahkamlashning muhim shartlaridan biri bu g`oyaviy tarbiyani

kuchaytirishdan iboratdir. Bu borada kishilarimizda yot va zararli g`oyalarga qarshi kurashish

uchun mafkuraviy immunitetni shakllantirish zarur. Albatta, mafkuraviy immunitetni

shakllantirish kishilar ongiga bir xil

G

`

OYANI

zo`r berib tiqishtirish emas, balki odamlarda

oqqorani ajratish, zararli g`oyalarga qarshi hushyor va ogoh bo`lish xususiyatlarini tarbiyalash

demakdir. 1999 yil fevral, 2004 yilning martidagi Buxoro va Toshkent shahrida sodir etilgan

terroristik voqyealardan to`gri xulosa qilish muhim. Har bir davlat, jamiyatning qudrati uning


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1010

ichki xavfsizligi va barqarorligiga tayanadi. Ya`ni jamiyat, millat o`z royasida mustahkam tursa,

ikkilanmasa, har qanday dushman qo`llashi mumkin bo`lgan g`oyaviy tahdidlardan qo`rqmasa,

bunday millatni yengish mumkin emas. Aksincha, jamiyat ichida g`oyaviy parokandalik

bo`linishlar bo`lsa (bunga tarixda misollar ko`p) dushmanlarga, ularning yot mafkuralariga yo`l

ochib beradi. Bunday millatni yengish, mustamlaka qilish oson kechadi (bunga ham tarixda

misollar ko`p). Bu haqda A.Oripov:

Turkistonning bolalari, maktovimga kuloq, tutmang,

Gina kilsam chidang, ammo gaplarimni xech unutmang.

O`t ketsin u kora kunga — birovlarga kul bo`ldingiz,

Shark Garbning o`rtasida oyok osti yo`l bo`ldingiz.

degan edi. Shunday ekan, barqarorlik va xavfsizlik — jamiyatning ongliligiga, anglangan

to`g`ri tushuncha va bilimlarga faol amal qilishiga, fikriy, g`oyaviy birligiga, bular esa xavfsizlik

ma`rifatiga tayanadi.

Mamlakatimizning xavfsizligi, barqaror taraqqiyoti hech bir o`zbekistonlikni befarq

qoldirmasligi kerak. Chunki ular o`z Vatanining qanday mashaqqatli, azobli asrlarni o`tkazib,

mustaqillikka erishganligini yaxshi biladilar. Shunday ekan, har bir O`zbekistonlik millatidan,

dinidan, tug`ilgan joyidan, kasbu yoshidan qat`iy nazar Vatan posboni bo`lishi lozim. Demak

mamlakatimizning xavfsizligi uchun eng birinchi kafolat — o`zbekistonliklarning milliy istiqlol

g`oyasi atrofidagi jipsligidir. Shu tariqa milliy g`oya bizni o`tmishimiz, hozirgi hayotimiz va

kelajagimiz bilan boglab turadi. Shu sababli O`zbekiston xalqining milliy istiqlol g`oyasiga

asoslangan immuniteti — Vatan xavfsizligi darajasining muhim ko`rsatkichlaridan biriga

aylanadi.

Milliy istiqlol

G

`

OYASI

xalq farovonligi, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, ijtimoiy hamkorlik

millatlararo totuvlik dinlararo bag`rikenglik komillikka tayanar ekan, ana shu g`oyalarga qarshi

qaratilgan xatti-harakatlar tashqi va ichki tahdidlarning oldini oladi. Tashqi tahdidlar

O`zbekistonning davlat chegarasidan tashqaridan kirib keluvchi, ichki tahdidlar esa O`zbekiston

davlati, mamlakatning ichidan chiqayotgan tahdidlardir. Biz ko`p asrlar ana shu ichki tahdidlar

tufayli mustamlakalikda yashab keldik.

Ichki tahdidlar — o`z Vataniga, vatandoshiga, vatandoshlariga zarar yetkazishga qaratilgan

g`oya,

fikr,

xattiharakatlardir.

Nosoglom

mahalliychilik

yonidagilarni

mensimaslik

vatandoshlarning haqqiga xiyonat qilish, "ma`naviy emigrasiya" (baxtini o`z vatanidan emas,

o`zga joylarda qidirish), odamlarni boy kambag`alga bo`lib muomala qilish, poraxo`rlik

korrupsiya, qo`pollik ashaddiy millatchilik merkantilizm, ortiqcha moldunyoga hirs qo`yish,


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1011

befarqlik loqaydlik o`zligini anglamaslik va boshqa illatlar bilvosita ichki tahdidlar vazifasini

bajaradi. Ular qancha keng tarqalsa, o`zbekistonliklarning g`oyaviy birligiga shuncha ko`p zarar

yetkazadi, parokanda qiladi, hamjihatlik bo`lmaydi. G`oyaviy birligi mo`rt millatning davlat

xavfsizligi ham mo`rt bo`ladi.

Barcha zamon va makonlarda ma`naviyati kuchli, ishonch va e`tiqodi mustahkam millat

bir jonu bir tan bo`lib, muammolarni tez va soz yechgan, peshqadam bo`lgan. Mafkuraviy birligi

ichidan yoki tashqaridan buzilgan millatlar esa, mag`lub bo`lib, mustamlakaga aylangan. Buning

tarixiy misolini Bilga xoqonning turk xalqiga bundan 1266 yil oldin toshga bitilgan murojaatida

ham ko`ramiz. Bu bitik mafkurasizlikning ayanchli oqibatlarini tasvirlaydi. Bilga xoqon turk

elining adashuvi natijasida uning boshiga kanchalar falokat yogilganini kuyinib aytadi. «Tabgach

xalki suzi shirin, nafis ipaklar bilan aldab, yirok xalkni shunay yakinlashtirar ekan… shirin suziga

, nafis ipakligiga aldanib, kup turk xalki, ulding. Ey, turk xalki, ulding..»

Inson biror kasallikka chalinsa, uni davolash mumkin. Millat ma`naviyatining zaifligi,

uning xarakteridagi xafsalasizlik befarqlik gayratsizlik o`zaro ichki munosabatlarda aldamchilik

qo`pollik johillik xudbinlik yalqovlik va boshqa nuqsonlarda namoyon bo`ladi. Demak hozirgi

o`zimizni o`zimiz barkamol qilipshmizga to`yeqinlik qilayotgan ma`naviy jarohatlarimizni

davolashimiz uchun masalaga aniq, ya`ni real milliy xarakterni o`rganish va o`zgartirish omili

sifatida yondashmog`imiz zarur.

Natijada, millatning o`z ahvoliga o`zining munosabati, ijobiy jihatlarni oshirish va

qusurlarni ma`rifiy yo`l bilan davolab, kuchlantirib, jahonning ilgor millatlari safiga qo`shilishi

mumkin.

Jamiyatning o`z ertasi va kelajagiga ishonchi o`zo`zidan hosil bo`lmaydi. Buning zamirida

millat baxt saodati yo`lida, demak har bir fuqaro manfaatidan kelib chiquvchi maxsus faoliyat —

g`oyaviy tarbiya yotadi. Mafkuraviy tarbiya deganda gap, "kishilar dunyoqarashini boshqarish

xaqida emas, balki odamlarning tafakkurini boyitish, uni yangi ma`no va mazmun bilan

to`ldirish"ni anglatadi.

G`oyaviy tortishuvlarda tahdid soluvchi ham, o`zini himoya qiluvchi ham g`oyani

ommalashtirish uslublaridan foydalanadi. Bu mafkuraviy tarbiya uslublaridir. Demak qaysi

tomonning yengishini, pirovard natijada, ilmga asoslangan targibot va tashviqot hal qiladi. Shu

tariqa mafkuralar tortishuvi targibot va tashviqotlar tortishuviga aylanadi, deyish mumkin. Shu

sababli "Milliy istiqlol mafkurasi tom ma`nodagi milliy mafkuraga aylanishi uchun qator

talablarga javob berishi zarur. Ana shunday talablardan biri — har qanday yovuz g`oyaga qarshi

javob bera olishidir».


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1012

Jamiyatga yot mafkuraviy g`oyalar birdaniga kira olmaydi. Ular, avvalo, mahv qilinishi

kerak bo`lgan millat azaldan ishonib kelgan narsalarga ishonchini, umidini so`ndiradi. Buning

uchun millat ishonib kelgan narsalar yomonlanadi, obro`sizlantiriladi. Natijada, mafkuraviy

immunitetni sindirishning birinchi bosqichi amalga oshadi — millat o`zi ishonib kelgan g`oyalar,

qadriyatlarga befarq munosabatda bo`la boshladi. Azaliy qadriyatlarga amal qilinmay qo`yiladi,

odamlarda ularga amal qilmayotganlarga loqayd munosabat urf bo`ladi. Qadriyatlar, g`oyalar

qadrsizlanadi, ahamiyatsiz narsalarga aylanib qoladi. Bo`shliq ana shunday yaratiladi, "ochib

olinadi".

G`oyaviy bo`shliq ochib olingach, endi uning o`rnini to`ldirish uchun o`z g`oyasini jozibali

qilib tasvirlay boshlanadi. Buzg`unchi toyaga xos "yangilik" va u berayotgan va`dalar odamlar

qulog`i hamda ko`zi orqali ong va qalbiga kira boshlaydi. Mafkuraviy bo`shliq shu tariqa to`ldira

boshlanadi. Yolg`on roya odamlar ongiga kirsa, u ham katta kuchga aylanadi.

Hozirgi fan va texnologiyalar ravnaqi davrida boshqa kishilarning ongi va qalbiga yashirin,

garaz maqsad bilan ta`sir ko`rsatishni ifodalashda manipulyasiya (tapiz — qo`l) so`zi, ya`ni

«obyekt ustidan biror maqsadda ish olib borish» ma`nosida ishlatilmoqda. Bunda chaqqonlik

mahorat talab qiliyushsh ko`zda tutiladi. Shu sababli, "manipulyasiya"ni ko`chma ma`noda

"odamlar bilan obyekt sifatida munosabatga kirishish" deb ham tushunish mumkin. 1969 yil Nyu

Yorkda chop qilingan "Zamonaviy sosiologiya lug`ati"da bu haqda "boshqalarga bildirmasdan, asl

maqsadni yashirin tutgan holda boshqalar ustidan hukmronlik qilib, o`zi istagan xulqatvorni

shakllantirish" deyiladi.

Biz uchun muhim jihati shundaki, ushbu vaziyatda shaxs va uning mafkuraviy

immunitetiga ta`sir ko`rsatish jarayoni manipulyasiya tushunchasida aks etadi. Chunki,

"da`vatchi"ning ta`siri birinchidan shaxsga nisbatan zo`rlik kuch ishlatilmaydi, balki ma`naviy,

psixologik xususiyatga ega; ikkinchidan, bu ta`sirda asl maqsad yashirin qoladi. Shuning uchun

ham "islom dini niqobida" degan ibora ishlatiladi; uchinchidan, g`oyaviy manipulyasiya, zimdan

ta`sir ko`rsatuvchidan mahorat va bilimni talab qiladi. Shunday ekan, g`oyaviy manipulyasiyani

mafkuraviy kurash, yot mafkuralar tomonidan qo`llanilayotgan ta`sir texnologiyasining tarkibiy

kismi, deb atash mumkin. Ya`ni manipulyasiya odamni u yoki bu ishni qilishga emas (targibot va

tashviqotdan farqli ), balki shu ishni qilishga xohish, istak uyg`otishga qiladi.

G`oyaviy manipulyasiya jarayonlari qanday kechadi? Avvalo, g`oyaviy manipulyator

(da`vatchi) ta`sir o`tkazmoqchi bo`lgan odam tasavvurlarini o`zgartirishga olib keluvchi bilimlar

bera boshlaydi. Natijada, obyekt (shaxs)ning dunyo qarashida qadriyatlari tizimida da`vatchi

manipulyator kutayotgan tartib paydo bo`ladi va yetakchilik qila boshlaydi. Bu esa shaxsning


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1013

xulqatvoriga ta`sir ko`rsatadi, shaxs o`z xarakteridagi o`zgarishlarni sezmaydi va "men to`g`ri yo`l

tutayapman, chunki ...", degan asosga ega bo`lib qoladi.

Jahon tajribasiga nazar tashlasak millatning mafkurasi bir emas, balki bir necha avlodning

umri davomida ishlab chiqilishi va takomilga erishuviga guvoh bo`lishimiz mumkin. Butun xalqni

birlashtiradigan bayroq bo`lmish milliy

ROYANI

shakllantirish ahamiyatini ifoda etuvchi fikrlar

insoniyat tarixining turli davrlarida bitilgan bitiklarda ham o`z ifodasini topgan, uning yorqin

ifodasini qadimgi Sharq va islom falsafasining buyuk namoyandalari ijodida ham uchratish

mumkin.

Insoniyat tarixida mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, bunga erishilmaganda bu

qanday fojialarga olib kelishi mumkinligi haqida bitiktoshlarda qoldirilgan millatga ogohlantirish

da`vatlari mavjud. Mana shulardan biri:

Samimiy, nosamimiyni ajratmaysan, kim krttik gapirsa, samimiyni xam tanimaysan.

O`shandayliging uchun tarbiyat silgan xokoningning so`zini olmayin nomnishonsiz ketding.

Kul tigin bitigi

"Azizim, sen dushman so`zlariga darhol ishonib qo`ya qolma, uning so`zlari hiyla va

aldovdan iborat bo`lib, u o`z maqsadiga erishish uchun o`zini nihoyatda muloyim qilib ko`rsatadi.

Ichki olamini tashqi olami bilan bo`yab ko`rsatadi. Seni gaflatda ko`rgach, tadbir o`qini maqsad

nishoniga uradi. U paytda sen uchun choratadbir ko`rish fursati o`tgan bo`lib, hasrat va nadomat

yordam bermaydi. Chunonchi aytadilar:

Dushman ishi avval xiylayu, nayrang

So`ng xujum boshlaydi kiladi garang.

Bu selning yo`llari to`silmasa gar,

Yuzlanar bexisob fitnayu zarar.

Fitna yo`lin bugun to`smasang maxrsam,

Ertaga kuchayar bo`lib mustaausam!

Xo`ja Samandar Termiziy

Xalqchil talqinda mafkuraviy tahdidni — da`vatchining suhbatdoshini o`ziga og`dirib olish

uchun qshshnadigan urinishlariga, mafkuraviy immunitetni esa shaxsning "og`masdan", o`zligida

sobit va sodiq tura olishiga o`xshatish mumkin. Shuning uchun o`z qarashiga, shaxsiy fikriga ega

bo`lmagan ogmachi odamlarni o`zbeklar "betuturiq", "subutsiz", "unga ishonib bo`lmaydi",

"ikkiyuzlamachi", "sotqin", "xoin" kabi so`zlar bilan ataydi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1014

REFERENCES

1.

Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy xususiyatlari, falsafiy va tarixiy ildizlari. Mas`ul

muharrir Q.Nazarov. Toshkent 2001 y.

2.

G`oya va mafkura. Mas`ul muharrir Q.Nazarov. Toshkent — 2001 y.

3.

Milliy istiqlol g`oyasini xalqimiz ongiga singdirish omillari va vositalari. Mas`ul

muharrir Q.Nazarov. Toshkent 2001 y.

4.

Markaziy Osiyo:

G

`

OYAVIY

jarayonlar va mafkuraviy tahdid. Mas`ul muharrir

Q.Nazarov. Toshkent — 2001 y.

5.

Milliy istiqlol g`oyasining amal qilish tamoyillari. Toshkent 2001 y.

6.

Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. Mas`ul muharrir Q.Nazarov.

Toshkent — 2001 y.

References

Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy xususiyatlari, falsafiy va tarixiy ildizlari. Mas`ul muharrir Q.Nazarov. Toshkent 2001 y.

G`oya va mafkura. Mas`ul muharrir Q.Nazarov. Toshkent — 2001 y.

Milliy istiqlol g`oyasini xalqimiz ongiga singdirish omillari va vositalari. Mas`ul muharrir Q.Nazarov. Toshkent 2001 y.

Markaziy Osiyo: G`OYAVIY jarayonlar va mafkuraviy tahdid. Mas`ul muharrir Q.Nazarov. Toshkent — 2001 y.

Milliy istiqlol g`oyasining amal qilish tamoyillari. Toshkent 2001 y.

Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. Mas`ul muharrir Q.Nazarov. Toshkent — 2001 y.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов