Authors

  • Mohinur Xudaybergenova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.53800

Keywords:

Sun’iy intellect raqamli texnologiyalar blokchain electron hujjatlar kiberxavfsizlik onlayn sud jarayonlari robototexnika.

Abstract

Ushbu tadqiqotda yuridik xizmatlarni ko‘rsatishda robototexnika va avtomatlashtirishning imkoniyatlari, afzalliklari va kamchiliklari o‘rganiladi. Shuningdek, hozirda bu sohani rivojlantirish uchun olib borilayotgan islohotlar tahlil qilinadi. Yurtimizda bu soha qanchalik rivojlanayotgani, buning natijasida nimalar sodir bo‘layotgani va bu sohani yanada rivojlantirish uchun qanday islohotlar amalga oshirishimiz kerakligi haqida ham so‘z yuritiladi. Va oxirida, ayni paytda bu texnologiyalar orqali sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarning statistic tahlil tendensiyalari bilan ham tanishishingiz mumkin. Huquqiy xizmatlarni ko‘rsatishda robototexnika va avtomatlashtirish bilan bog‘liq qonunchiligimizga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida qanday takliflar kiritishimiz mumkinligi haqida ham aytib o‘tiladi.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

267

HUQUQIY XIZMATLARNI KO‘RSATISHDA ROBOTOTEXNIKA VA

AVTOMATLASHTIRISH IMKONIYATLARI

Xudaybergenova Mohinur Temurovna

Toshkent davlat yuridik universtiteti “Jinoiy odil sudlov” fakulteti,

1-kurs V-potok 1-guruh talabasi.

mohinurtemurovna@tsul.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14435833

Annotatsıya. Ushbu tadqiqotda yuridik xizmatlarni ko‘rsatishda robototexnika va

avtomatlashtirishning imkoniyatlari, afzalliklari va kamchiliklari o‘rganiladi. Shuningdek,
hozirda bu sohani rivojlantirish uchun olib borilayotgan islohotlar tahlil qilinadi. Yurtimizda
bu soha qanchalik rivojlanayotgani, buning natijasida nimalar sodir bo‘layotgani va bu
sohani yanada rivojlantirish uchun qanday islohotlar amalga oshirishimiz kerakligi haqida
ham so‘z yuritiladi. Va oxirida, ayni paytda bu texnologiyalar orqali sodir bo‘layotgan
o‘zgarishlarning statistic tahlil tendensiyalari bilan ham tanishishingiz mumkin. Huquqiy
xizmatlarni ko‘rsatishda robototexnika va avtomatlashtirish bilan bog‘liq qonunchiligimizga
o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida qanday takliflar kiritishimiz mumkinligi haqida ham
aytib o‘tiladi.

Kalit so‘zlar: Sun’iy intellect, raqamli texnologiyalar, blokchain, electron hujjatlar,

kiberxavfsizlik, onlayn sud jarayonlari, robototexnika.

OPPORTUNITIES OF ROBOTICS AND AUTOMATION IN THE PROVISION OF

LEGAL SERVICES

Abstract. This study examines the potential, advantages, and disadvantages of robotics and

automation in the provision of legal services. Also, the reforms currently being carried out for the
development of this sector are analyzed. It is also discussed how much this industry is developing
in our country, what is happening as a result, and what reforms we need to implement in order to
further develop this industry. And at the end, you can get acquainted with the trends of statistical
analysis of the changes taking place through these technologies. How we propose to amend and
add to our legislation related to robotics and automation in the provision of legal services it is
also mentioned that it is possible.

Keywords: Artificial intelligence, digital technologies, blockchain, electronic documents,

cyber security, online litigation, robotics.

ВОЗМОЖНОСТИ РОБОТЕХНИКИ И АВТОМАТИЗАЦИИ ПРИ

ПРЕДОСТАВЛЕНИИ ЮРИДИЧЕСКИХ УСЛУГ

Аннотация. В данном исследовании рассматриваются потенциал, преимущества

и недостатки робототехники и автоматизации в предоставлении юридических услуг.

Также анализируются реформы, проводимые в настоящее время для развития

данного сектора. Также обсуждается, насколько эта отрасль развивается в нашей
стране, что в результате происходит и какие реформы нам необходимо реализовать,
чтобы и дальше развивать эту отрасль. И в конце вы сможете ознакомиться с
тенденциями статистического анализа изменений, происходящих благодаря этим
технологиям. Как мы предлагаем внести изменения и дополнения в наше
законодательство, связанное с робототехникой и автоматизацией при оказании


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

268

юридических услуг также упоминается, что это возможно.

Ключевые слова: Sun’iy intellect, raqamli texnologiyalar, blokchain, electron hujjatlar,

kiberxavfsizlik, onlayn sud jarayonlari, robototexnika.


KIRISH.

Bugungi kunga kelib, texnologiyalar jadal sur’atda rivojlanib bormoqda. Xususan, huquq

sohasini tobora osonlashtirish maqsadida yuridik xizmat ko‘rsatishni robotlashtirish va
avtomatlashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda.

Klaus Schwab

- "To'rtinchi sanoat inqilobi" asarida texnologiyalarning, jumladan,

robototexnika va avtomatlashtirishning huquqiy xizmatlarga ta'sirini ta'kidlaydi. U, bu
texnologiyalar huquqiy jarayonlarni samarali va tezkor o'tkazishga yordam berishini ta'kidlaydi.

Schwab ta’kidlaganidek, huquqiy texnologiyalar bizga ko‘plab imkoniyatlar kalitini ochib

bermoqda. Bu maqolada siz ushbu imkoniyatlar bilan qisman bo‘lsa ham tanishasiz va bu
sohaning afzalliklari va kamchliklarini ham bilib olishingiz mumkin. Aytib o‘tganimdek, bu
sohaning afzalliklari ko‘p bo‘lib men sizga ulardan bir qanchasini keltirib o‘taman. Avvalo,
huquqiy xizmat ko‘rsatishning qator imkoniyatlari haqida gaplashamiz.

1.

Huquqiy xizmatlarni raqamlashtirib, elektron shaklda taqdim etish. Bu qog'ozbozlikni

kamaytirish, jarayonlarni tezlashtirish va samaradorlikni oshirish imkonini beradi.

2.

Huquqiy xizmatlar jarayonlarini optimallashtirish va avtomatlashtirish. Buning uchun

jarayonlar tahlil qilinib, takrorlangan operatsiyalar va qog'ozbozlik tugunlari aniqlanadi hamda
ularni avtomatlashtirish orqali samaradorlik oshiriladi.

3.

Huquqiy xizmatlarni Internet orqali uzatish va mijozlar bilan o'zaro aloqani

raqamlashtirish. Bu mijozlarning xizmatlarni osonroq va tezroq olishlariga, huquqshunoslar esa
maʼmuriy yuklamani kamaytirishi imkonini beradi.

4.

Hujjatlar aylanishi, mijozlar bilan aloqa, topshiriqlarni bajarish oqimi, moliyaviy

hisobotlar va boshqa jarayonlarni integratsiya qilingan axborot tizimiga birlashtiriladi.

Ko‘rib turganingizdek, huquqiy xizmatlarni ko‘rsatishni avtomatlashtirish orqali ko‘plab

yengilliklar paydo bo‘ladi. Ammo bu huquqiy texnologiyaning kamchiliklari yo ‘q degani emas.

Masalan,

Richard Susskind

- U avtomatlashtirish jarayonida insoniy faktorning

yo'qolishi, ya'ni muloqot va empatiya yetishmasligi muammosini ta'kidlaydi. U, huquqiy
masalalar murakkab va noaniq bo'lishi sababli, insoniy yondashuv zarurligini ko'rsatadi.

Mark

Cohen

esa, avtomatlashtirish jarayonida ma'lumotlar xavfsizligi va maxfiylik masalalariga e'tibor

qaratadi.

Avtomatlashtirilgan tizimlar shaxsiy ma'lumotlarni saqlaganda, bu ma'lumotlarning

himoyasi va xavfsizligi muhim ahamiyatga ega. Bu ikki mulohazani ham to‘g‘ri deb hisoblaymiz
va men bu sohaning boshqa bir qator kamchiliklarini ham sanab o‘taman.

1.

Insoniy yondashuvning yo'qolishi:

Ya’ni avtomatlashtirish jarayonida mijozlar bilan shaxsiy aloqalar kamayadi, bu esa huquqiy

masalalarni hal qilishda muloqot va empatiya yetishmasligiga olib kelishi mumkin.

2.

Ehtimoliy xatolar:

Bunda dasturiy ta'minotdagi xatolar huquqiy qarorlarning to'g'riligiga ta'sir qilishi mumkin,


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

269

bu esa noxush oqibatlarga olib keladi.

3.

Ma'lumotlar xavfsizligi:

Afsuski, avtomatlashtirilgan tizimlar shaxsiy ma'lumotlarni saqlashda xavfsizlik

muammolarini keltirib chiqarishi mumkin.

4.

Texnologiyaga bog'liqlik:

Agarda avtomatlashtirilgan tizimlar ishlamay qolsa yoki nosozlik yuzaga kelsa, bu huquqiy

xizmatlarning davomiyligiga ta'sir qiladi.

5.

O'qitish va adaptatsiya:

Vaholanki yangi texnologiyalarni qabul qilish va ularga o'rganish jarayoni murakkab bo'lishi

mumkin, bu esa vaqt va resurslarni talab qiladi.

6.

Mijozlarning ishonchsizlik hissi:

Ba’zi hollarda avtomatlashtirish jarayonida mijozlar xizmatlardan foydalanishda

ishonchni yo'qotishi mumkin.

Huquqiy xizmatlarni ko‘rsatishda avtomatlashtirishning ahamiyati, afzalliklari va

kamchiliklarini qisman bo‘lsa tushuntirib bera oldim deb o‘ylayman va keling endi yuridik
xizmatlarni ko‘rsatishda robototexnikaning o‘rni haqida gaplashamiz.

Robototexnika nima?

Robototexnika robotlar, mashinalar va qurilmalarni loyihalash, yaratish va amalda

qo'llash bilan shug'ullanadi. Huquqiy hujjatlarni avtomatlashtirish uchun turli robotlar va
mashinalar qo'llaniladi - hujjatlarni optik ko'chirish, tahlil qilish,

hujjat loyihalashtirish va boshqalar.Huquqiy hujjatlarni avtomatlashtirish va

robototexnika texnologiyalari bir necha o'n yillar davomida taraqqiy etib kelgan. Ilk namunalari
1970-80-yillarda paydo bo'lgan bo'lsa, hozirda ulardan ko'plab sohalarda, shu jumladan huquqiy
xizmatlarda keng foydalanilmoqda.

1

Huquqiy xizmatlarda qo‘llanilishining asosiy sababi shundaki, biz bu texnologiya orqali

quyidagi bir qator imkoniyatlarga erishmoqdamiz.

-

Ish unumdorligini oshirish va xarajatlarni qisqartirish – robotlar va avtomatlashtirilgan

tizimlar insonlarga qaraganda tezroq va arzonroq ishlaydi.

-

Xatolarni kamaytirish - avtomatlashtirilgan tizimlar insoniy xatoliklar va charchash

omillarini bartaraf etadi.

-

Tezkor va doimiy xizmat ko'rsatish - robotlar kunning istalgan vaqtida, doimiy ravishda,

xatoliksiz xizmat ko'rsata oladi.

-

Ma'lumotlarga tezkor va istiqbolli kirish

-

avtomatlashtirilgan tizimlar ulkan

ma'lumotlar bazasiga tezkor va samarali kirishni ta'minlaydi.

-

Qabul qilish jarayonini tezlashtirib, mijozlar mamnuniyatini oshirish.

Ko‘rganingizdek huquqiy xizmatni robotlashtirish orqali bir qator imkoniyatlarga sazovor

bo‘lmoqdamiz.

Elizabeth MacDonald

- "Legal Technology and the Future of Law" asarida

aytganidek, “Robototexnikaning huquqiy xizmatlarga kirishini osonlashtirishi va murakkab
jarayonlarni soddalashtirish imkoniyatlarini ko'rsatadi”.

1

Richard Susskind - "The Future of the Law"


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

270

Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, hozirgi kunda bir qator huquqiy texnologiyalar rivojlanib

bormoqda. Huquqiy texnologiyalar kelajakda huquqiy xizmatlarni yanada samarali, arzon va
qulay qilishda muhim rol o'ynaydi. Ular huquqiy jarayonlarni soddalashtirish, mijozlarga xizmat
ko'rsatishni yaxshilash va yuridik firmalarning ish samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Richard Susskind

ham "The Future of the Law" asarida huquqiy texnologiyalarni kelajakda

huquqiy xizmatlarni yanada samarali va qulay qilish uchun zarur deb ta'kidlaydi. Susskind,
avtomatlashtirish va sun'iy intellekt yordamida huquqiy masalalarni hal qilishning yangi
imkoniyatlarini ko'radi. Endi esa sizga bir qancha huquqiy texnologiyalar haqida ham ma’lumot
taqdim qilib o‘tmoqchiman.

1. Sun'iy intellekt (AI):

Huquqiy tadqiqotlar va hujjatlarni tahlil qilishda sun'iy intellektdan

foydalanish, yuridik firmalarga samaradorlikni oshirishda yordam beradi. AI yuridik maslahatlar
va ish jarayonlarini tezlashtirishi mumkin.

2. Blockchain:

Huquqiy hujjatlarni ishonchli va o'zgarmas tarzda saqlashda blockchain

texnologiyasi qo'llanilmoqda. Bu, masalan, mulk huquqlari va shartnomalarni tasdiqlashda muhim
rol o'ynaydi

3. Elektron hujjatlar:

Elektron imzolar va raqamli hujjatlar yuridik jarayonlarni

soddalashtirib, vaqt va xarajatlarni kamaytiradi.

4. Kiberxavfsizlik:

Huquqiy ma'lumotlarning himoyasi uchun kiberxavfsizlik choralarining

kuchaytirilishi zaruriyati oshmoqda. Bu, maxfiylik va ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlashga
yordam beradi.

5. Onlayn sud jarayonlari:

COVID-19 pandemiyasi davrida onlayn sud jarayonlari

ommalashdi. Bu sud tizimiga kirishni osonlashtiradi va jarayonlarni tezlashtiradi.

6. Raqamli qonunchilik:

Raqamli iqtisodiyot va texnologiyalar rivojlanishi bilan yangi

qonunlar va normativ hujjatlar ishlab chiqilmoqda, bu esa texnologik o'zgarishlarga moslashishga
yordam beradi.

Sun’iy intellect.

Sun’iy intellect – bu zamonaviy kompyuterlarda amalga oshiriladigan va insonning real

intellekti, uning fikrlash faoliyati, psixikasi xususiyatlari, ya’ni avval jamlangan axborotlar
asosida maqsadga muvofiq qarorni tanlash qobiliyatini modellashtirish uchun mo‘ljallangan
sun’iy yaratilgan tizimdir. Sun;iy intellect muammosi - kishilik tarixida insoniyat oldida turgan
eng murakkab ilmiy-amaliy muammolardan biridir.

Huquq sohasidagi materiallar hajman shu qadar katta va mazmunan shu qadar

murakkabki, intellectual, shu jumladan ekspert tizimlarini yaratish nafaqat mumkin, balki
zarurhamdir. Intellektual tizimlar va texnologiyalar qonun hujjatlari sohasiga ham kirib
kelmoqda. Bir qator mamlakatlarda davlat va huquq sohasiga intellectual texnologiyalar va
tizimlarni joriy etishning maxsus dasturlari qabul qilingan. Jumladan, Yaponiyaning Bosh
politsiya boshqarmasida maslahat punktlariga voyaga yetmaganlar jinoyatchii muammolari
bo‘yicha yordam ko‘rsatish tizimi, yirik iqtisodiy jinoyatlarni tergov qilish tizimi va boshqa
shunga o‘xshash tizimlar ishlab chiqilgan.

Dastlabki eng soda intellectual tizimlar sobiq SSSRda 60- va 70-yillarda yaratilgan.
Bunday tizimlar kompyuter yordamida murakkab faktlarning tarkiblarini tasniflash

imkonini berga. 60-yillarda huquqni qo‘llash sohasini modellashtirish masalalari akademik


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

271

V.N.Kudryavsev

ning diqqat markazida bo‘lgan. V.N.Kudryavsev turli yuridik qoidalar,

institutlar, alohida normalar birgalikda va ayri holda ko‘plab har xil algortimlarga ega ekanligini
qayd etadi. Ammo ular haddan tashqari umumiy xususiyatga ega. Shunga qaramay,yuridik
ahamiyatga ega bo‘lgan harakatlarni tasniflash jarayonini tartibga soluvchi dasturlar yaratilishi
mumkin. 1979-yili N.V.Kudryavsev vazifasi jinoyatlarni tasniflashda huquq normalarining
qo‘llanilishi jarayonining evristik xususiyatlarini o‘rganishdan iborat bo‘lgan psixologik
eksperiment o‘tkazdi. Eksperiment natijasida ko ‘pgina holatlarda vazifalarining yechimi ikki
qismdan: vazifaning tipini aniqlash algoritmini tuzish va undan foydalanish hamda algoritmdan
so‘zning o‘z ma’nosida foydalanishdan iborat ekanligi aniqlandi. Vazifaning tipini aniqlashning
maqsadi yechimni qaysi sohadan izlash zarurligini taxminan aniqlashdan iborat. Unga muvofiq
tasniflashning asosiy algoritmi ham qayta tuzildi.

"Artificial Intelligence and Legal Services"

asarida sun'iy intellektning huquqiy

hujjatlarni avtomatlashtirishdagi o‘rni quyidagilar orqali ta'riflanadi:

Hujjatlarni tayyorlash:

Sun'iy intellekt huquqiy hujjatlarni, masalan, shartnomalar yoki da'vo arizalarini tez va aniq
tayyorlashga yordam beradi.

Avtomatik shablonlar va ma'lumotlarni tahlil qilish orqali jarayonlarni soddalashtiradi.

Ma'lumotlarni tahlil qilish:

AI tizimlari katta hajmdagi huquqiy ma'lumotlarni, sud

qarorlarini va boshqa hujjatlarni tahlil qilishda foydalaniladi. Bu huquqshunoslarga muhim
xulosalar chiqarishga yordam beradi.

2

Risksiz tahlil:

Sun'iy intellekt, muayyan huquqiy hujjatlar yoki shartnomalardagi

potentsial muammolarni aniqlash orqali, yuridik xavflarni kamaytiradi.

3

Yuridik maslahatlar:

AI platformalari foydalanuvchilarga yuridik masalalarda maslahatlar

berish imkonini taqdim etadi, bu esa huquqshunoslarning ish yukini yengillashtiradi.

Ish jarayonlarini optimallashtirish:

Avtomatlashtirish jarayonlari orqali yuridik firmalar

ish jarayonlarini yanada samarali va tezkor qilib, mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilayd

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, huquq ijodkorligida kompyuter va intellectual

texnologiyalardan foydalanish bu jarayonni yanada Yuqori darajaga olib chiqish imkonini beradi.

Shu bilan birga qonun hujjatlarini yaratish juda murakkab ijodiy jarayon ekanligi ham

hisobga olinishi lozim. Bu jarayonni to‘liq algoritmlashtirib bo‘lmaydi. Kompyuter qonun
loyihasini “yaratish”ga qodir.

4

Metodologiya.

Huquqiy xizmatlar avvalgi davrlarda asosan huquqshunoslar va advokatlar tomonidan

ko‘rsatilgan. Mijozlar bilan bevosita muloqot, hujjatlarni qo‘l bilan tayyorlash va sud
jarayonlarini yuritish muhim o‘rin tutardi. Huquqiy xizmatlar ko‘pincha juda formal va ko‘p vaqt
talab qiluvchi jarayonlar bo‘lgan. Buning oldini olish uchun esa bu soha yo‘lga qo‘yildi ya’ni
yuridik xizmatlarni ko‘rsatishda robototexnika avtomatlashtirish. Bu texnologiya yurtimizga

2

Daniel Katz - "Data-Driven Law"

Mark Cohen - "The Future of Legal Services"

3

Rebecca Sandefur - "Access to Justice"

Bobby Balachandran - "Legal Technology and the Future of Law"

4

Susan Nevelow Mart - "The Law Librarian's Dilemma: A Guide to Automation"


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

272

kirib kelganidan keying o‘zgarishlarni ko‘radigan bo‘lsak, avtomatlashtirish natijasida huquqiy
xizmatlar ko‘rsatish tezligi 30-50% ga oshdi.

5

Misol uchun, hujjat tayyorlash jarayoni 2-3

kun o‘rniga 1-2 soat ichida amalga oshirilishi mumkin, yuridik xizmatlardan foydalanuvchilar
orasida qoniqish darajasi o‘rtacha 80% dan yuqori bo‘lishi kuzatilmoqda, bu esa avvalgi davrlar
bilan solishtirganda sezilarli darajada yuqori, avtomatlashtirish orqali huquqiy xizmatlarning
xarajatlari 20-30% ga kamaydi. Bu, xizmatlar narxining pasayishiga va ko‘proq odamlarning
huquqiy xizmatlardan foydalanishiga olib keldi, avtomatlashtirilgan xizmatlar orqali yuridik
xizmatlardan foydalanish 2018-yildan 2023-yilgacha 40% ga o‘sgan. Shunday bo‘lishiga
qaramay, O‘zbekistonda huquqiy xizmat ko ‘rsatishda robototexnika va avtomatlashtirish
darajasi boshqa davlatlarnikiga nisbatan pastroq. Masalan, Qozog‘iston va Rossiya kabi
davlatlarda bu sohada yanada rivojlangan texnologiyalar va innovatsiyalar qo‘llaniladi. Buning
sababi esa yurtimizda malakali kadrlar yetishmasilgi va asosan iqtisodiy resurslar, texnologik
infratuzilma bilan chambarchas bog‘liq deb o‘ylayman. Bu holatga yechim topadigan bo‘lsak,
huquqiy texnologiyalarga davlat byudjetidan ko‘proq mablag‘lar ajratishimiz, yangi kadrlarni
tayyorlashimiz va kadrlarni qayta tayyorlashimiz kerak va shart deb o‘ylayman

Natijalar.

Endi esa statistic tahlilga o‘tamiz. Bunda huquqiy texnologiyalarning 2024- yildagi raqamli

tendensiyalari bilan tanishib chiqamiz. 2024-yilda huquqiy xizmatlar sohasida robototexnika
yordamida hayotimizda va avtomatlashtirishning qo‘llanilishi sezilarli darajada oshdi. Huquqiy
texnologiyalar (LegalTech) bozorining o‘sishi: 2024-yilda global LegalTech bozorining hajmi
25% ga oshib, 20 milliard AQSh dollariga yetdi. Bu o‘sish huquqiy xizmatlarni avtomatlashtirish
va robototexnika texnologiyalarining keng qo‘llanilishi bilan bog‘liq. Sun'iy intellekt (AI)
asosidagi huquqiy xizmatlar: Yirik yuridik firmalarning 60% dan ortig‘i AI texnologiyalarini
hujjatlarni tahlil qilish, huquqiy tadqiqotlar va kontraktlarni boshqarish jarayonlarida
qo‘llamoqda. Bu esa ish samaradorligini oshirish va xarajatlarni kamaytirishga yordam
bermoqda. Robot jarayonlarni avtomatlashtirish (RPA): Huquqiy xizmat ko‘rsatuvchi
kompaniyalarning 45% i RPA texnologiyalarini ma'muriy vazifalarni avtomatlashtirishda
qo‘llamoqda. Bu esa inson resurslarini murakkab huquqiy masalalarga yo‘naltirish imkonini
bermoqda. Virtual huquqiy yordamchilar: 2024-yilda virtual huquqiy yordamchilar orqali
mijozlarga xizmat ko‘rsatish 35% ga oshdi. Bu texnologiyalar mijozlarga 24/7 rejimida tezkor va
samarali huquqiy maslahatlar olish imkonini bermoqda.

Bundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, bu texnologiyalari yordamida insoniyat

ko‘plab imkoniyatlar va yutuqlarga erishmoqda.

Muhokama.

Statistik tahlil ma’lumotlariga qaraganda, O‘zbekistonda ham bu soha ancha rivojlanib

5

Huquqiy axborot texnologiyalari. M.S.Yunusova, J.O ‘.Muxammadiyev. – Toshkent: Toshkent Davlat

yuridik universtiteti, 2022. – 192 bet.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi statistika ma'lumotlari.
Yuridik xizmatlar bo‘yicha tadqiqotlar va maqolalar.
Onlayn yuridik platformalar va ularning foydalanuvchi tahlillari.
Huquqiy yordam tashkilotlarining hisobotlari.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

273

bormoqda, ammo bu ko‘rsatkichni xorijiy mamlakatlar holati bilan solishtiradigan bo‘lsak,
O‘zbekiston ancha orqada ekanligini ko‘ramiz. Buning oldini olish maqsadida yurtimizda ham
yangi islohotlar olib borilmoqda. Bunga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.10.2024
yildagi PQ-358- sonli qarorini misol qilib olsak bo‘ladi.

Bu qaror quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida sun’iy

intellekt texnologiyalarini joriy qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizning
sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanuvchi dunyoning yetakchi davlatlari qatoriga
kirishiga erishish, shuningdek,

“Raqamli O‘zbekiston — 2030”

strategiyasida belgilangan

maqsad va vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida:

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030- yilga qadar

rivojlantirish strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

a) Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish bo‘yicha erishish lozim

bo‘lgan maqsadli ko‘rsatkichlar, shu jumladan:

sun’iy intellekt asosida yaratilgan dasturiy mahsulotlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmini

1,5 milliard AQSh dollariga yetkazish;

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida sun’iy intellekt asosida ko‘rsatilayotgan

xizmatlar ulushini 10 foizga yetkazish;

sun’iy intellekt yo‘nalishida faoliyat yurituvchi ilmiy laboratoriyalar sonini 10 taga yetkazish

hamda yuqori quvvatli hisoblash serverlarini ishga tushirish; Hukumatning sun’iy intellektga
tayyorlik indeksida (Government AI Readiness Index) O‘zbekiston Respublikasining birinchi 50
ta o‘rindagi davlatlar qatoriga kirishiga erishish;

b) Sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor maqsad va vazifalar:

sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani

shakllantirish, sohada standartlarni takomillashtirish va xalqaro hamkorlik aloqalarini
mustahkamlash;

ma’lumotlarni qayta ishlash hamda sun’iy intellektga asoslangan loyihalarni ishga

tushirish uchun texnik infratuzilma yaratish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida mazkur
yo‘nalishdagi ustuvor loyihalarni amalga oshirish;

sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha aholining bilim va

ko‘nikmalarini oshirish, kadrlar salohiyatini rivojlantirish.

Bu qarordan kelib chiqadiki, yurtimizga bu soha kengroq talqinda kirib kelishi uchun

ko‘plab harakatlar amalga oshirilmoqda.

Taklif.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktabrdagi PQ-358-son qarori 1-

ilova 2-bobida shunday deyilgan:

2-bob. Mamlakatimizda sun’iy intellekt texnologiyalari rivojlanishining joriy holati

Sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-fevraldagi “Sun’iy intellekt
texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-4996-son qarori qabul qilingan. Mazkur qarorga muvofiq:

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab

15 ta oliy ta’lim

muassasasida

sun’iy intellekt

texnologiyalarining

iqtisodiyot tarmoqlari

hamda

davlat boshqaruvi

tizimida amaliy qo‘llanishi


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

274

bo‘yicha kurslar va fanlar joriy etildi;

Men bu qarorga qo‘shimcha kiritmoqchiman, ya’ni hozirgi kungacha faqat 15 ta oliy ta’lim

muassasasida sun’iy intellect texnologiyalarining iqtisodiyot tarmoqlari hamda davlat boshqaruvi
tizimida amaliy qo‘llanilishi bo‘yicha kurs va fanlar tashkil etilgan. Men mamlakatimizning
sanoqlari oliy ta’lim muassasalarida emas, balki barcha oliy ta’lim muassasalarida , nafaqat oliy
ta’lim, balki o‘rta ta’lim muassasalarida

sun’iy intellect

texnologiyalarining

huquq

tizimida

amaliy qo‘llanilishi bo‘yicha kurslar va fanlar joriy etilishini ta’minlash to‘g‘risida taklif
bildirmoqchiman. Bilamizki, ko‘plab rivojlangan davlatlarning avvalo huquqiy madaniyati
yuksak darajada rivojlagan bo‘ladi.Yurtimida esa huquqiy madaniyatning rivojlanishi anchagina
sust jarayon. Buning sababi huquqiy ong va tafakkurning zaifligida deb o‘ylayman. Buning oldini
olish uchun biz har bir insonga yoshligidan huquqiy bilimga ega bo‘lishi, o‘z huquqlaridan qanday
foydalanishi va amalga oshirishni bilishi va anglashi uchun shart-sharoitlar yaratib berishimiz
shart deb o‘ylayman. Bu yurtimizda huquqiy madaniyat rivojlanishiga sezilarli darajada ta’sir
ko‘rsatadi degan umiddaman.

Xulosa.

Ushbu tadqiqot yuridik xizmatlarni ko‘rsatishda robototexnika va avtomatlashtirishning

imkoniyatlari ya’ni afzalliklarini, kamchiliklarini o‘rganib chiqdi. Siz bu tadqiqotda so‘ngi
yillarda yurtimizda va xorijda yuridik xizmatlarni ko‘rsatishda robototexnika va
avtmatlashtirishning statistic holati bilan tanishib oldingiz degan umiddaman. Tadqiqot shuni
ko‘rsatadiki, bu sohani rivojlantirish orqali ko‘plab davlatlar bir qancha qulayliklarga ega
bo‘lmoqda. Lekin shuni ham aytish kerakki, bu sohada ham barcha sohalarga qaraganda
kamchiliklar ya’ni bo‘shliqlar mavjud. Ammo hamma sohada ham kamchiliklari bo‘lishi bu tabiiy
hol. Shuning uchun shunday texnologiyalarni rivojlantirishga yanada qattiqroq bel bog‘lasak,
kutilganidan ham ko‘proq natijalarga erishamiz deb o‘ylayman.

MUAMMOLAR:

YECHIMLAR:

1.

Etik muammolar ya’ni,

-

Sun'iy intellekt (SI) tomonidan

qabul qilinadigan qarorlarning

adolatliligi

-

Shaxsiy ma'lumotlarning xavfsizligi

-

Aniq etik kodekslar ishlab chiqish

-

Insonga yo'naltirilgan SI tizimlari

yaratish

-

Keng ko'lamli jamoatchilik va

mutaxassislarning ishtirokida nazorat

mexanizmlarini yaratish

2.

Huquqiy qoidalar va standartlar:

-

Robototexnika va SI uchun etarli

normativ bazaning yo'qligi

-

Texnologiyalarni tartibga soluvchi

qonunchilik mexanizmlarining

rivojlanmagan bo'lishi

-

Yangi texnologiyalarga

moslashuvchi moslashuvchan

qonunchilik yaratish

-

Xalqaro standartlar va reglamentlar

ishlab chiqish

-

Muntazam yangilanadigan normativ

hujjatlar tizimini shakllantirish


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

275

3.

Texnologik cheklovlar:

-

Murakkab vaziyatlarni to'liq baholash

qobiliyatining cheklangan bo'lishi

-

Kontekstni chuqur tushunishda

qiyinchiliklar

-

Adaptiv va o'rganuvchi SI

algoritmlarini yaratish

-

Insonga yo'naltirilgan dizayn

printsiplarini qo'llash

-

Ko'p sohali malakali

mutaxassislarni jalb etish

4.

Xavfsizlik muammolari:

-

Kiberhujumlar va ma'lumotlarni

buzib yuborish xavflari

-

Tizimlarning nostabilligiga oid

risklarni boshqarish

-

Kuchli kriptografik himoya

mexanizmlari

-

Doimiy monitoring va testlash

tizimini joriy etish

-

Kiberhimoya bo'yicha

mutaxassislarni muntazam o'qitish

5. Inson-texnika o'zaro ta'siri:

- Ishchi o'rinlarning qisqarishi

- Xodimlarning texnologiyalarga moslasha

olmaslik xavfi

- Qayta tayyorgarlash va malakasini

oshirish dasturlari

-

Yangi ish o'rinlarini yaratish

Xodimlarni texnologiyalar bilan hamkorlikda

ishlashga o'rgatish

6.

Huquqiy mas'uliyat:

-

Xatolardan kim javobgar bo'lishi

Javobgarlik chegaralarini belgilash

murakkabligi

-

Aniq huquqiy mexanizmlar ishlab

chiqish

-

Javobgarlikni tartibga soluvchi

normativ hujjatlar qabul qilish

Sug'urta tizimlarini takomillashtirish


REFERENCES

1.

Richard Susskind - "The Future of the Law"

2.

Daniel Katz - "Data-Driven Law"

3.

Mark Cohen - "The Future of Legal Services"

4.

Rebecca Sandefur - "Access to Justice"

5.

Bobby Balachandran - "Legal Technology and the Future of Law”

6.

Susan Nevelow Mart - "The Law Librarian's Dilemma: A Guide to
Automation"

7.

M.S Yunusova, J.O ‘.Muxammadiyev. – Toshkent: Toshkent davlat yuridik
universtiteti, 2022. – 192 bet

8.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi statistika ma'lumotlari.

9.

Yuridik xizmatlar bo‘yicha tadqiqotlar va maqolalar.

10.

Onlayn yuridik platformalar va ularning foydalanuvchi tahlillari.

11.

Huquqiy yordam tashkilotlarining hisobotlari.6. O 'zbekiston Respublikasi adliya
vazirligi hisobotlari

12.

Oliy sud statistika bo ‘limi ma’lumotlar

13.

Digital justice loyihasi monitoringi hisobotlari

14.

UNDP O ‘zbekiston vakolatxonasi tadqiqotlari


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

276

15.

Jahon banki “Doing business” hisoboti

16.

Thomson Reuters Legal Tech Report 2023

17.

European Legal Technology Association (ELTA) Annual Survey

18.

Gartner Legal Technology Market Analysis

19.

World Economic Forum Legal Tech Impact Study

20.

Legal Tech Asia Pacific Market Research

21.

LEX.UZ – O ‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi

https://lex.uz/

22.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktabrdagi PQ-358-son qarori

https://lex.uz/uz/docs/-7158604

References

Richard Susskind - "The Future of the Law"

Daniel Katz - "Data-Driven Law"

Mark Cohen - "The Future of Legal Services"

Rebecca Sandefur - "Access to Justice"

Bobby Balachandran - "Legal Technology and the Future of Law”

Susan Nevelow Mart - "The Law Librarian's Dilemma: A Guide to Automation"

M.S Yunusova, J.O ‘.Muxammadiyev. – Toshkent: Toshkent davlat yuridik universtiteti, 2022. – 192 bet

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi statistika ma'lumotlari.

Yuridik xizmatlar bo‘yicha tadqiqotlar va maqolalar.

Onlayn yuridik platformalar va ularning foydalanuvchi tahlillari.

Huquqiy yordam tashkilotlarining hisobotlari.6. O 'zbekiston Respublikasi adliya vazirligi hisobotlari

Oliy sud statistika bo ‘limi ma’lumotlar

Digital justice loyihasi monitoringi hisobotlari

UNDP O ‘zbekiston vakolatxonasi tadqiqotlari

Jahon banki “Doing business” hisoboti

Thomson Reuters Legal Tech Report 2023

European Legal Technology Association (ELTA) Annual Survey

Gartner Legal Technology Market Analysis

World Economic Forum Legal Tech Impact Study

Legal Tech Asia Pacific Market Research

LEX.UZ – O ‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi https://lex.uz/

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktabrdagi PQ-358-son qarori https://lex.uz/uz/docs/-7158604