ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
599
RAQAMLI AXBOROTLARNI TA’LIM JARAYONIDA QO‘LLASH. AXBOROT
KODLASH
Mahkamova Maftuna Odiljon qizi
Andijon viloyati Baliqchi tuman 1-son kasb-hunar maktabi o‘qituvchisi
Namangan muhandislik-qurilish instituti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14531603
Axborot bu barcha sezgi a’zolarimiz orqali ( ko‘rish, eshitish, hid bilish, tam bilish, sezish)
borliqning ongimizdagi ta’sirini, bog‘liqlik darajasini tushunamiz. Axborot inson hayotining
ajralmas bo‘lagidir. Biz tinimsiz ravishda atrof-muhitdan turli xil axborotlarni qabul qilamiz..
Axborot nazariyasi asoschilaridan bo‘lmish amerikalik Klod Shennon axborotni narsa haqidagi
bilimlarimizdagi noaniqlikning bartaraf etilish deb e’tirof etadi. Yoshimiz ulg‘aygani sari atrofdagi
narsalar haqida bilgan axborotlarimizni yanada boyitib boramiz. Ammo inson hayoti davomida
faqat o‘zi uchun kerakli deb bilgan axborotlarni eslab qolishga harakat qiladi.
Inson axborotlarni yig‘adi, saqlaydi, qayta ishlaydi va uzatadi. Ushbu jarayonni qulay va
qisqa ko‘rinishda bo‘lishi uchun turli belgilashlardan foydalaniladi. Bunga tovushlarni harf va
raqamlar orqali, musiqiy tovushlarni notalar orqali, matematik, fizik qonuniyatlarni formulalar
orqali ifodalanishini misol qilishimiz mumkin. Qadimgi odamlar qoya toshlarga hayvonlarni, ov
jarayonlarini tasvirlashgan bu ham axborotlarni belgilashning bir turidir.
Axborot ustida amallar bajarish qulay bo‘lishi uchun aniq bir qoidalarga asosan boshqa
ko‘rinishga o‘tkazish jarayoni axborotlarni kodlash deyiladi. Kod bu axborotlarni taqdim etish
uchun qo‘llaniladigan belgilar tizimi.
Multimediadan foydalanish axborotni o‘zlashtirishning o‘ziga xos hususiyatlarini
maksimal darajada hisobga olishga imkon beradi, bu pedagog tomonidan ta’lim oluvchiga
kompyuter vositasida o‘quv axborotlarini yetkazib berishda juda ham muhimdir.
Yaratilayotgan ko‘pchilik elektron ta’lim resurslari axborotlarning turli-tuman
ko‘rinishlari bilan ishlashga yo‘naltirilgan. Ular tasvirlar, tovush, animatsiya, video bo‘lishi
mumkin. Bunday ma’lumotlar bilan ishlash dasturlarga AudioMASTER, Adobe Premiere, Adobe
Photoshop, Adobe Flash, 3D Max kabi dasturlar kiradi.
O‘quv audio (tovush) materiallarini yaratish va ishlov berish. Audio – tovush
texnologiyasiga ta’luqli bo‘lib, tashuvchilarga yozilgan tovush, bundan tashqari tovush bilan
ishlash tizimi va texnologiyalari tushuniladi. Multimediali axborotning audio komponenti tovushli
ma’lumotlarni uzatish uchun xizmat qiladi. Multimedianing audio komponenti tarkibiga ko‘ra
musiqaviy tovush va nutq tovushiga klassifikatsiyalanadi. Tovushli fayllarga maxsus dasturlar
yordamida ishlov berish mumkin. Quyida ulardan ba’zi birlari keltiriladi.
AudioMASTER. Bu har qanday audiofayllar bilan ishlashga imkon beradigan
AMS Software ishlab chiqaruvchisining dasturiy ta’minotidir. U oddiy, intuitiv interfeysga
ega. AudioMASTERda musiqani tahrir qilish, mikrofondan ovozni yozib olish, kompozitsiyalarga
turli effektlarni qo‘llash, iPhone yoki Android telefonida kerakli tovushlardan yuqori sifatli
ohanglarni tezda tayyorlash, ohanglarni ixtiyoriy formatga o‘zgartirish mumkin.
Dasturning afzalliklari: qulay interfeys; audio fayllarni qirqish, birlashtirish, aralashtirish,
videodan audio yozib olish va ajratib olish mumkin; ovoz effektlarini qo‘shish mumkin.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
600
Sound Forge. Sound Forge Sony Creative Software kompaniyasining professional ravishda
foydalanishi uchun yo‘naltirilgan raqamli tovush tahrirlovchisidir. Sound Forge tovush fayllarini
tez va yuqori aniqlik bilan tahrirlash va tovush fayllarini yaratish imkonini beradi. Sound Forge
yordamida audioni tahlil qilish va tahrirlash (kesish, bo‘laklarga qirqish, filtrlarni joylashtirish,
effektlar vahokazo) tovushli tuynuklar hosil qilish, raqamli remasterning ishlab chiqish va eski
yozuvlarni tozalash, mediafayllarni akustik obrazlarini yaratish mumkin.
Audio va video konverter dasturlar. Ko‘pincha audio va video fayllar bilan ishlash
jarayonida bir xil fayllar formati biz ishlatayotgan dasturga tushmasligi mumkin. Shunda bu faylni
dasturga tushadigan formatga o‘tkazish uchun konvertor dasturlardan foydalaniladi. Audio va
video konverterlarning asosiy vazifasi bu video yoki audio fayllarning formati-kengaytmalarini
o‘zgartirishdan iboratdir. Quyida foydalangan ba’zi konvertorlar imkoniyatlari keltiriladi.
Movavi Video Suite. Bu dastur - video bilan ishlash uchun ko‘p funksiyali “kombayn”
dasturdir. Barcha Apple mahsulotlarini qo‘llab-quvvatlaydi, iTunes orqali o‘zgartirilgan
videofayllarni yuklab olish imkoniyati mavjud. Dasturning interfeysi to‘q fonda yaratilgan, ammo
konvertordan foydalanish juda oddiy va qulay. Asosiy afzalliklari: turli formatdagi fayllarni
qo‘llab-quvvatlash va konvertatsiya qiladi: 3GP, MP3, MP4, AVI, MPG, WMV, MPEG, FLV,
HD, DVD, M2TS va boshqalar.
Bundan tashqari, dastur bu vazifani tezda bajaradi; o50 dan ortiq mashhur qurilmalarni
qo‘llab-quvvatlaydi: Apple TV, Archos, BlackBerry, Cowon, Creative Zen, Dell Axim X51
Family, Explay Flash Player
Family, Google Nexus One, HP, HTC Touch, iPad, iPhone va boshqalar; ovideofayllar
hajmini oshirish qobiliyati;
yangi boshlovchilarga
qanday
parametrlarni o‘rnatish kerakligini
ko‘rsatadigan sozlash ustasi mavjud; o‘zida video pleyri mavjud;
videodan keraksiz qismlarni olib tashlash mumkin; oommaviy konvertatsiyaniqo‘llab-
quvvatlaydi (bir nechta kliplarni bittaga
birlashtirish mumkin).
Video-Master konverter dasturi. Ushbu dastur turli formatdagi videofayllar bilan ishlash
uchun eng qulay dasturlardan biri. Alohida videolarni ham, bir nechta videolarni ham bir vaqtda
o‘zgartirishga imkon beradi. Dastur videoni tahrirlashning qulay imkoniyatiga ega: hech qanday
maxsus bilimga ega bo‘lmasdan ham uning sifatini yaxshilash mumkin. Masalan, yorqinlikni,
to‘yinganlikni, qismlarga bo‘lish kabi amallarini bajarish mumkin. Asosiy afzalliklari:
videolarni qo‘llab-quvvatlash va juda ko‘p formatga o‘zgartirish; ovideoni kesish, ulash,
kadrni aylantirish, chetlarini qirqish va hk.; orang bilan ishlash mumkin (to‘yinganlik, yorqinlik
va boshqalar); ovideoni tezlashtirish, sekinlashtirish, sifatni yaxshilash mumkin (avtomatik
filtrlar);
har qanday pleyrda ijro etish uchun to‘liq DVD-disk yaratish qobiliyati; oGIF faylini
(animatsiya) yaratish mumkin; odastur barcha mashhur Windows-da ishlaydi: XP, 7, 8, 10 (32 |
64 bit).
FormatFactory dasturi. Agar fayl formatini o‘zgartirish kerak bo‘lsa, ko‘pchilik
foydalanuvchilar aynan FormatFactory dasturiga murojaat qilishadi. Buning sababi, ushbu dastur
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
601
konvertor dasturlari, instrumentlari va foydalanuvchilarga qulay standart interfeysi bo‘yicha eng
ommabop hisoblanadi.
Format Factoryda audio yoki video formatni o‘zgartirish oson amalga oshiriladi. Jumladan,
dastlab oynaning o‘ng tomonidagi tegishli (Audio, Video, Foto kabi) bo‘limga o‘tiladi. Keyin
uning ichidagi lozim bo‘lgan fayl formati tanlanib o‘girilishi kerak fayl mos papkadan yuklanadi
va oynaning yuqori qismidagi “ Start” piktogrammasi bosiladi.
Axborotlarni kodlashning asosiy uch usuli mavjud:
1.
Raqamli usul- axborotlar raqamlar yordamida kodlanadi.
2.
Simvolli usul- axborot matn alifbosidagi simvollar yordamida kodlanadi.
3.
Grafikli usul- axborot rasm yoki belgilar yordamida kodlanadi. [3]
Axborotni kodlash nafaqat axborot ustida amallar bajarish balki axborotni maxfiy saqlash
va ulashish uchun ham qo‘llaniladi. Insoniyat qadimdan kodlashdan foydalanishgan. Misol
uchun, urush davrlarida maxfiy axborotlar bayon qilingan maktublarni dushman qo‘liga
tushmasligi uchun maktubdagi axborot kodlangan va uni dushman o‘qiy olmagan. Birinchi
kodlashni qo‘llagan inson qadimgi Gretsiya sarkardasi Lisandro bo‘ladi. U axborotlarni maxfiy
saqlash uchun “Ssital” tayoqchasini o‘ylab topadi. Kodlashning bu usuli o‘rin almashtirish usuli
hisoblanadi. Ya’na bir bizga ma’lum va mashhur kodlash usulidan biri bu Morze kodlash usulidir.
Morze kodlash usulida ikki belgi ya’ni nuqta va tiredan foydalanib axborot kodlanadi. Shu o‘rinda
savol tug‘iladi: “Kodlangan axborotni qanday qilib dastlabki ko‘rinishga keltirish mumkin?”.
Ushbu savolning javobi dekodlashdir.
Ya’ni kodlangan axborotni birlamchi ko‘rinishga o‘tkazish dekodlash deyiladi.
Kodlashning ikki xil usuli mavjud. Bular quyidagilar:
1.
Notekis kodlash usuli kodlashda belgiga mos qo‘yiladigan kod uzunligi turlicha
bo‘ladi.
2.
Tekis kodlash usuli kodlashda belgiga mos qo‘yiladigan kod uzunligi bir xil
bo‘ladi.
Ko‘rib turganimizdek, axborotlarni kodlash hayotimizning har bir jabhasida qo‘llaniladi.
Hisoblash mashinalarining ham asosi aynan axborotlarni kodlash bilan bog‘liq. Biz hayotimiz
davomida o‘nlik sanoq sistemasidan foydalanamiz va ushbu sanoq sistemada amallar bajarishni
mukammal bilamiz. Ammo ikkilik, sakkizlik, o‘n oltilik va boshqa sanoq sistemalarida ishlash
bizga qiyinchilik tug‘diradi. Hech o‘ylab ko‘rganmisiz kompyuterga biron bir axborotni kiritsak
kompyuter ushbu axborotni qanday saqladi. Kompyuter axborotlar bilan ishlashda binar ya’ni
ikkilik sanoq sistemasi( ikkilik sanoq sistemasi ikki belgidan 0 va 1 lardan iborat)dan foydalanadi.
Biz kompyuter biror axborotni kompyuterga kirgizsak kompyuter uni juda qisqa vaqt davomida
qayta ishlab axborotni ikkilik sanoq sistemasi bo‘yicha kodlaydi. Agar kirgizgan axborotimizni
qayta ekranga chiqarmoqchi bo‘lsak kompyuter dekodlashni amalga oshirib ikkilik sanoq
sistemasidagi kodlangan raqamli axborotni asl holatiga keltiradi. Xulosa qilib aytganda, kodlarsiz
raqamli texnologiyalarni tasavvur qilish juda qiyin. Raqamli texnalogiyalarda axborot va
kodlashning o‘rni beqiyosdir.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
602
REFERENCES
1.
Fayziyeva M. R. va boshqalar.Informatika va axborot texnologiyalari: 7-sinf uchun darslik
/ Toshkent : Respublika ta’lim markazi, 2021. – 160 b
2.
QOSIMOV.S.S – Axborot texnologiyalari./Toshkent shahri/ Aloqachi nashriyoti 2006 y
3.
4.
Tillaev A.I. Creation and use of pedagogical software with the use of information
technologies. Abstracts of the international conference "Modern problems of applied
mathematics and information technologies - al-Khorezmi 2018", 2018. Tashkent, P. 208.
5.
Fayziyeva M. Creating an information and educational environment using webtechnology.
International scientific review of the problems of the technical sciences, mathematics and
computer science. Volume-1, P. 17-20.
6.
Tillayev A.I. Create an e-textbook for the Animation Program course. Proceedings of the
International Scientific-Practical Conference "Modern problems of applied mathematics
and information technology". Tashkent. 9– 10 November 2019 y., P. 264.
7.
Musayeva, S. I. (2024). ADVANTAGES AND DISADVANTAGES OF INTERACTIVE
METHODS
INTRODUCING
THE
СLT (СOMMUNIСATIVE LANGUAGE
TEACHING) APPROACH. World Scientific Research Journal, 32(1), 217-219.
8.
угли Наркулов, А. К. (2022). Патрулирование-основа обеспечения общественного
порядка. Science and Education, 3(11), 1334-1339.
9.
Tillayev A.I. Use of multimedia software in teaching information technology. Proceedings
of the International Scientific-Practical Conference "Modern problems of applied
mathematics and information technology". Tashkent. 9– 10 November 2019 y. P. 261-262.
