ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
5
UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA "ERITMALAR" MAVZUSINI O'QITISH
DIDAKTIKASI
Donayev Husniddin Tursunmuratovich
Denov tadbirkorlik va pedagokika instituti 1-bosqich talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14594414
Annotatsiya. Muallif ushbu maqolada "eritmalar" mavzusini o'qitish didaktikasini yoritib
bergan. Maktab darsliklarida o'qitiladigan eritmalar mavzusini o'qitishdagi kreativ yondashuv
yo'li bilan o'quvchilarning intuitsiyasini yanada oshirish maqsad qilib olingan. O'quvchilarni
yangi metodlar yordamida mantiqiy fikrlashlari hamda ularni kimyo faniga qiziqishlarini orttirish
maqsad qilib olingan.
Kalit so'zlar: Interfaol metodlar, "Tib qonunlari", "Mineralogiya", eritma massasi, eritma
konsentratsiyasi, Al-kimyo, Sels, S.N. Naumov, eritma hajmi, kreativ fikr, "karta metodi", Eyler
Venn diogrammasi.
DIDACTIC OF TEACHING THE TOPIC " SOLUTIONS " IN GENERAL
SCHOOLS
Abstract. In this article, the author highlighted the didactics of teaching the topic
"solutions". The goal is to further increase students' intuition through a creative approach to
teaching the topic of solutions taught in school textbooks.
The goal is to make students think logically using new methods and increase their interest
in chemistry.
Key words: Interactive methods, "Laws of medicine", "Mineralogy", solution mass,
solution concentration, Al-chemistry, Sels, S.N. Naumov, volume of solution, creative idea, "card
method", Euler Venn diagram.
ДИДАКТИКА ПРЕПОДАВАНИЯ ПРЕДМЕТА «РЕШЕНИЯ» В
ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ШКОЛАХ
Аннотация. В данной статье автор разъяснил дидактику преподавания темы
«решения». Цель состоит в том, чтобы еще больше повысить интуицию учащихся
посредством творческого подхода к преподаванию темы решений, изложенной в школьных
учебниках. Цель — заставить учащихся мыслить логически, используя новые методы, и
повысить их интерес к химии.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
6
Ключевые слова: Интерактивные методы, «Законы медицины», «Минералогия»,
масса раствора, концентрация раствора, Al-химия, Селс, С.Н. Наумов, объем решения,
творческое мышление, «карточный метод», диаграмма Эйлера-Венна.
Kirish.
Biz eritmalar mavzusi haqida gapiradigan bo'lsak bizga vaqtlar kamlik qiladi. Ammo hatto
maktabni 9-10-sinf o'quvchilaridan eritmalar haqida nimalarni bilishlari to'g'risida savol
berganimizda, deyarli hamma o'quvchilar atiga bir-ikki og'iz gapdan boshqa hech nima
deyisholmaydi. Buning sababi o'quvchularga bu mavzu haqida ma'lumotlari kam ekanligidir. Biz
ta'lim tizimidagi bu muammoni qanday halqilishimiz mumkin?
Bizning oldimizda turgan muammo o'quvchilarni eritmalar mavzusiga qiziqtirishimizni
qanday usul va metodlar orqali amalga oshirishimiz mumkin? Bularga batafsil to'xtalib o'tamiz.
Biz kimyo darsligidagi eritmalar mavzusini o'rganishimizda nafaqat 7-8- sinfdan, balki
boshlang'ich sinflardan o'qitiladigan Tabiat faniga ham kiritsak, o'quvchilarni kimyo faniga ham
qiziqtirgan bo'lamiz.
Har bir o'quvchi biror mavzuni yaxshi o'zlashtirishi uchun eng avvalo shu mavzu haqida
to'lliq ma'lumot olishlari, shu mavzuning tarixan kelib chiqishi haqida ma'lumotlari bo'lishi kerak.
Eritmalar qadimdan insonlar tomonidan o'zlari bilmagan holda shug'ullanib kelishgan.
Masalan, qadimgi Misrda bundan 3-4 mingyilliklar ilgari juda ko'p sohalarida eritmalardan
foydalanishgan. Bularga Misr ayollari bezanishlari uchun xar-xil turdagi xushbo'y bo'yoq va
moylardan o'zlariga eritmalar tayyorlashib, ulardan foydalanishgan. Misr koxinlari esa ba'zi bir
moddalardan eritma tayyorlashib o'zlariga mumiyo va turli-tuman dorilar tayyorlashgan.
Qadimgi Xitoyda ham eritmalardan keng miqyosda foydalanishgan. Qadimgi Xitoyliklar
eritmalar tayyorlash orqali matolarga xar-xil turdagi juda go'zal gullar chizishgan. Qadimga
Xitoyda tayyorlangan xar-xil turdagi idishlar tayyorlashda ham eritmalar orqali amalga
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
7
oshirishgan. Qadimgi Xitoyliklarning yozuvlarini yozishda ham bir qancha eritmalardan
foydalanishgan.
Qadimgi Arab xalqlari ham eritmalardan juda ko'p mahsulotlar tayyorlashgan. Masalan,
xar-xil moddalarni aralashtirib ichimliklar tayyorlashgan, ko'za va xumdonlar tayyorlashda ham
eritmalardan foydalanishgan.
Eritmalardan keyinchalik Yunon faylasufi va buyuk tibbiyot olimi Gippokrat juda ham ko'p
foydalangan. Gippokrat tibbiyot ilmiga qo'shgan barcha hissasida eritmalarning o'rni beqiyosdir.
Bundan tashqari eritmalardan G'arbda ham qadimda Sels keng miqyosda foydalangan. U
ham o'zining barcha tajribalarini eritma tayyorlash orqali amalga oshirgan.
Biz qadimgi O'zbekiston tarixini o'rganayotganimizda, davlatimiz rivojiga ham
eritmalarning hissasi ancha salmoqli. Binobarin vatanimiz tarixida sopol buyumlar, atlas va adras
matolarning tayyorlanishida eritmalardan foydalanishgan. Oq tuproqni suv bilan aralashtirib
tuproqni suvda eritish orqali kulolchilik sohasi, xar-xil matolarga gul va boshqa naqshlar bosish
orqali kashtado'zlik va matodo'zlik sohalari rivojlangan.
Abu Ali ibn Sino buyuk mutaffakkir, tabib va qomusiy olim. Ibn Sino kimyo va tibbiyot
faniga o'zining beqiyos hissasini qo'shdi. Uning "Tib qonunlari" kitobining 5-qismi eritmalar va
xar-xil murakkab dorilar tayyorlashga bag'ishlangan.
Abu Rayxon Beruniy ham eritmalar sohasiga o'zining katta hissasini qo'shdi. Xususan u
o'zining "Mineralogiya" asarida eritmalar haqida bir nechta bo'limlar mavjudligini ko'rishimiz
mumkin.
Al-kimyo davrida eritmalar sohasi o'zining eng yuqori cho'qqisiga yetdi. Bu davrdagi
olimlarning eritmalar bilan eng ko'p ishlaganlari Abu Bakr ar- Roziy va Paraselsdir.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
8
Bu olimlar xar-xil dori-darmon va shifobaxsh eliksirlar tayyorlash maqsadida minglab
eritmalarni tajrabada foydalanishgan. Natijada eritmalar sohasini anchagina rivojlantirib qo'ygan.
1920-1930- yillarda kimyo va eritmalarning rivojlanishiga katta hissa qo'shgan
O'zbekistonlik akademik S. N. Naumov va akademik N. I. Cheryakovlar alohida o'rin tutadi.
Respublikamizda kimyo talimi va eritmalar sohasini rivojlanishida 1925-1930- yillarda
O'zbekistonning poytaxti bo'lgan Samarqand shahrida 1927- yil 22-yanvarda ochilgan O'zbek
pedagokika instituti, 1961-yildan "A. Navoiy" nomidagi Samarqand davlat universiteti tarkibida
1933-yilda ochilgan kimyo fakulteti olimlarining o'z o'rni bor.
Eritmalar haqida ma'lumot.
Eritmalar - nisbiy miqdori keng ko'lamda o'zgara oluvchi ikki va undan ortiq komponent
tarkibiy qismlardan tashkil topgan qattiq yoki suyuq gamogen faza eritma deyiladi.
Barcha eritmalar erigan moddalar va erituvchidan tashkil topgan bo'ladi, bu muhitda
moddalar molekula yoki ionlar ko'rinishida bir tekis tarqaladi. Eritmada erigan modda
konsentratsiyasi yuqori bo'lganda konsentrlangan, kam bo'lganda esa suyultirilgan eritma deyiladi.
Massa ulushi- erigan modda massasi eritma massasi nisbatiga aytiladi:
Foizli konsentratsiya(S%) - 100g eritmada erigan moddaning grammlar sonini ko'rsatadi.
Agar eritmaning massasi uning zichligi (d) va hajmi(V) orqali ifodalansa
m eritma = d×v bo'lgani uchun
Molyar konsentratsiya (Cm)- 11(1000ml) eritmada erigan moddaning mollar sonini
ko'rsatadi.
Eritmalardan zamonaviy kimyoda kimyoda eng ko'p o'rgangan olimlar Van-Goff va
Rauldir.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
9
Xulosa:
Biz maktab o'quvchilariga eritmalar mavzusini o'rgatganimizda bir qancha metodlardan
samarali foylansak o'zining ijobiy ta'sirini o'tkazadi. Masalan "karta metodi". Bu metod 20 ta
kartaga o'qituvchi uyida javoblar yozib keladi. Va shu kartalarga mos ravishda savollar ham yozib
keladi. Dars vaqtida 5 ta o'quvchi darsda doskaga chiqariladi va ularga 4 tadan javob yozilgan 20
ta karta tarqatiladi. Va o'qituvchi o'zidagi 20 ta savolni birin ketin o'qiydi. Agar kimda o'qituvchi
o'qigan savolni javobi bo'lsa shu kartasini o'qituvchiga topshiradi. Oxxirida kimningdur qo'lida
karta qolib ketsa shu o'quvchi yutqazadi. Hamma 4 ta javob kartalarining savollarini topgan
o'quvchilar rag'batlantiriladi.
Bundan tashqari eritmalar mavzusini o'rganishda "Work page" metodi yoki Eyler Venn
diogrammasidan ham foydalansak maqsadga muvofiq bo'ladi.
Yana boshqa bir qancha yangi zamonaviy metodlardan ham foydalansak o'quvchilarning
darsga qiziqishlarini yanada orttiramiz va ularning mantiqiy fikrlashlarini ham ancha yaxshilagan
bo'lamiz.
REFERENCES
1.
N.A.Parpiyev, X.R.Raximov, A.G.Muftaxov.
2.
Organik kimyo asoslari.
3.
Toshkent "O'zbekiston" nashriyoti 2003 yil.
4.
Baqo Umarov, Tolib Niyazxonov.
5.
Kimyo tarixi kitobi.
6.
Toshkent "Navro'z" nashriyoti 2016 yil.
Fransik
7.
Organik kimyo kitobi.
8.
Virjiniya Universiteti "To'rtinchi" nashriyot 2012 yil.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
10
9.
X.R.Tuxtayev, A.T.Sharipov, S.N.Aminov. Noorganik kimyo. Darslik. – Toshkent.:
10.
“Fan va texnologiya”,2018-yil.
11.
Shriver va Atkins,
12.
Anorganik kimyo kitobi, "O'quvchi" nashriyoti, 2010-yil.
13.
Nodira Sharafiddinova
14.
Metodlar asosida o'qitish kitobidan.
15.
Toshkent "Yangi asr" nashriyoti 2022 - yil.
