ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
963
AYOLLAR HUQUQLARI DAVLAT MUHOFAZASIDA
Radjapova Sabohat bobirovna
(PhD).
TerDUTarixfakulteti Jahon tarixi kafedrasi o’qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14601917
Annotatsiya. Ushbu maqolada so’ngi yillarda mamlakatimizda gender tenglik yuzasidan
olib borilgan islohatlar va ularning natijalari haqida so’z boradi. Shuningdek, BMT tomonidan
gender tenglik masalalari yuzasidan olib borilgan amaliy ishlar jamlangan.
Kalit so’zlar: gender tenglik, BMT samiti, xotin-qizlar huquqlari.
WOMEN'S RIGHTS IN STATE PROTECTION
Abstract. This article discusses the reforms carried out in our country in recent years on
gender equality and their results. It also summarizes the practical work carried out by the UN on
gender equality issues.
Keywords: gender equality, UN summit, women's rights.
ПРАВА ЖЕНЩИН ЗАЩИЩАЕТ ГОСУДАРСТВО
Аннотация. В данной статье рассказывается о реформах, проводимых в сфере
гендерного равенства в нашей стране за последние годы и их результатах. Также
подытожена практическая работа, проводимая ООН по вопросам гендерного равенства.
Ключевые слова: гендерное равенство, саммит ООН, права женщин.
Jahonda yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ayollarning jamiyatdagi mavqeiga ham
ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. XX asrning ikkinchi yarmida boshlangan mazkur holat dunyodagi
ayollarning rolini sezilarli darajada o‘zgartirdi, ayollarning huquqiy maqomida tub siljishlar ro‘y
berdi va gender tengligi g‘oyasi odamlar ongini zabt eta boshladi.
Ko‘pgina davlatlarda ayollarning roli boshqa ko‘plab asrlarga nisbatan sezilarli darajada
o‘zgargan. Shu boisdan xotin-qizlarning gender tengligi tamoyiliga asoslangan holda faoliyat
yuritishiga keng imkoniyatlar yaratib berish maqsadida BMTning 1979-yil 18-dekabrdagi Xotin-
qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi, 1997-yil 30-avgustdagi
Xotin-qizlarning siyosiy huquqlari to‘g‘risidagi, bir xil qiymatga ega bo‘lgan mehnat uchun
erkaklar va xotin-qizlar tengligi to‘g‘risidagi konvensiyalar qabul qilinib, ular o‘z mamlakatlari va
insoniyatning ravnaqi uchun ayollarning salohiyatini to‘la ochib berishlarini ta’minlashga
qaratilgan. Mazkur jarayon xotin-qizlarning jamiyatda tutgan o‘rnini chuqur tadqiq etishni taqozo
etmoqda.
Dunyoda tarixan shakllangan iqtisodiy tizimlarda ayollarning ijtimoiy mavqei va rollarini
retrospektiv tahlil qilish, o‘tish davri iqtisodiyotida ayollarning ijtimoiy roli funksiyalarini amalga
oshirishning asosiy yo‘nalishlarini aniqlash, yaqin kelajakda ayolning ijtimoiy roli
funksiyalarining rivojlanish istiqbollarini prognoz qilish, zamonaviy jamiyatda gender tadqiqotlari
holatini baholash, ayollar muammolari paydo bo‘lishining ijtimoiy-iqtisodiy jihatlarining o‘ziga
xos xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Shuningdek, BMT miqyosida jamiyat hayotida xotin-qizlarning siyosiy-ijtimoiy
huquqlarini ta’minlash borasida hujjatlarni qabul qilish, xotin-qizlarni himoya qilish borasida har
bir hudud doirasidagi ijtimoiy muhitdan kelib chiqqan holda chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish,
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
964
davr talabidan kelib chiqqan holda ularga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish orqali
takomillashtirib borish kabi ishlar amalga oshirilmoqda.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda qabul qilingan Taraqqiyot strategiyasida xotin-qizlarni
yanada kengroq ijtimoiy himoya qilish maqsadida gender tenglik tamoyiliga asoslangan holda
dunyoning rivojlangan davlatlari tajribalaridan kelib chiqib, barcha sohalarda xotin-qizlar va
ularning huquq va erkinliklariga alohida e’tibor berilmoqda. Shuningdek,“...mamlakatimizda
xotin-qizlarning huquq manfaatlarini, gender tengligini ta’minlash, oila, onalik va bolalikni
himoya qilish, ayollar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, ular uchun yangi ish o‘rinlarini
yaratish, mehnat hamda turmush sharoitlarini yaxshilash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga
aylandi”
1
. Bu borada hududlarda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha xotin-qizlarning ijtimoiy, iqtisodiy
faolliklarini oshirish borasida qilinayotgan ishlarni hamda madaniy hayotdagi o‘zgarishlarda
ayollarning tutgan o‘rnini ilmiy tahlil qilish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-
quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-5325 son, 2019-yil 22-fevraldagi “Sotsiologik tadqiqotlarni
o‘tkazishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-5667 son,
2019-yil 7-martdagi “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va
tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-4235 son
Qarori, 2020-yil 18-fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla
institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi
darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-5938 son farmoni, 2021-yil 28-mayda
qabul qilingan 2030-yilga qadar “O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish
strategiyasi"
2
, bundan tashqari mazkur tadqiqot ishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2022-yil 28-yanvarda qabul qilgan" 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning
Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida" gi 60-son Farmoni
3
, 2022-yil 1 martdagi "Oila va xotin-qizlar
bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida" gi PQ-146-son qarori hamda sohaga oid boshqa me’yoriy-huquqiy
hujjatlarda belgilanganvazifalarni amalga oshirishda mazkur tadqiqot ishi muayyan darajada
xizmat qiladi. Shuningdek, O‘zbekiston tarixida ilk marotaba parlamentda xotin-qizlar soni BMT
tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos darajaga yetib, parlamentdagi xotin-qizlar soni qariyb 32
foizga yetdi va dunyodagi 190 ta parlament orasida 37-o‘ringa ko‘tarildi. Boshqaruv lavozimidagi
xotin-qizlar ulushi 27 foizga, partiyalarda 44 foizga, oliy ta’limda 40 foizga, tadbirkorlikda 35
foizga yetdi. Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz
ayollarning o‘qish to‘lovlarini qoplab berish tizimi joriy etilib, oliy o‘quv yurtlariga qabul qilishda
ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar soni ikki baravarga ortdi.
1
Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2021. – B. 247.
2
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021 yil 28 maydagi SQ-129-IV-son Qarori
https://lex.uz./docs/5466673
3
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60- son //SQ-129-IV-son
https://lex.uz./docs/5841063
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
965
BMT Bosh Assambleyasining 2015-yilning sentyabrida Barqaror rivojlanish bo‘yicha
o‘tkazilgan sammitida 70-son rezolyutsiyasi qabul qilinib, mamlakatimiz uchun dolzarb
hisoblangan 16 ta milliy maqsadga erishish bo‘yicha 125 ta maqsadli vazifa hamda 206 ta indikator
ishlab chiqilgan.
Xulosa qilib shuni alohida ta’kidlab o’tishimiz lozimki, bugungi kunga kelib
mamlakatimizda ayollar huquqlari har tomonlama muhofaza qilingan.
REFERENCES
1.
Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2021. – B. 247
2.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021 yil 28 maydagi SQ-129-IV-son
Qarori https://lex.uz./docs/5466673
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60- son //SQ-
129-IV-son https://lex.uz./docs/5841063
