Authors

  • Muxabbat Matkarimova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.59726

Keywords:

Yosh kasb hunar qiziquvchanlik xususiyat kelajak maqsad metodika.

Abstract

Bu maqolada yoshlarimizning kasb-hunarga yoʻnaltirish borasida ilmiy-tadqiqot ishlari bilan birgalikda amaliy mashgʻulotlar jarayonida da ham har bir kelajagimiz egasi sifatida ishonch bildirib katta umidlar ila orzu qilayotgan qaldirgʻochlarimizining oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda kasb tanlashlariga yordam beruvchi metodikalar haqida maʼlumotlar berilgan.

background image

155

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

YOSHLARNI PEDAGOGIK KASBGA YO‘NALTIRISHNING

IJTIMOIY

-

PSIXOLOGIK MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Matkarimova Muxabbat

Qaraqalpaqstan Respublikasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14613612

Annotaciya. Bu maqolada yoshlarimizning kasb-hunarga yoʻnaltirish borasida ilmiy-

tadqiqot ishlari bilan birgalikda amaliy mashgʻulotlar jarayonida da ham har bir kelajagimiz

egasi sifatida ishonch bildirib katta umidlar ila orzu qilayotgan qaldirgʻochlarimizining oʻziga

xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda kasb tanlashlariga yordam beruvchi metodikalar haqida

maʼlumotlar berilgan.

Kalit soʻzlar: Yosh, kasb, hunar, qiziquvchanlik, xususiyat, kelajak, maqsad, metodika.

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИХ МЕХАНИЗМОВ

НАПРАВЛЕНИЯ МОЛОДЕЖИ В ПЕДАГОГИЧЕСКУЮ ПРОФЕССИЮ

Аннотация. В данной статье представлена информация о методах, помогающих

нашей молодежи выбрать профессию, исходя из уникальных особенностей наших

ласточек, которые с большими надеждами мечтают стать хозяевами нашего будущего,

вместе с научно-исследовательской работой, а также в процессе практического обучения.

Ключевые слова: Возраст, профессия, ремесло, интерес, характеристика, будущее,

цель, методика...

IMPROVING SOCIAL-PSYCHOLOGICAL MECHANISMS OF DIRECTING YOUTH

TOWARDS THE TEACHING PROFESSION

Abstract. This article provides information about methods that help our youth to choose a

profession based on the unique characteristics of our swallows, who dream with great hopes as

the owners of our future, together with scientific and research work, as well as in the process of

practical training.

Key words: Age, profession, craft, interest, characteristic, future, goal, methodology.

Davlatimiz rahbari o‘tgan yili mamlakatimizda birinchi marta o‘tkazilgan O‘zbekiston

yoshlari forumida ishtirok edi etib, forum ishtirokchilariga: «Biz yurtimizda qanday islohotlarga

qo‘l urmaylik, avvalo, siz kabi yoshlarga, sizlarning kuch-g‘ayratingiz, azmu shijoatingizga

suyanamiz. Barchangiz yaxshi bilasiz, bugun o‘z oldimizga ulkan marralar qo‘yganmiz. Ona

Vatanimizda Uchinchi Renessans poydevorini yaratishga kirishdik. Biz oila, maktabgacha ta’lim,

maktab va oliy ta’limni hamda ilmiy-madaniy dargohlarni bo‘lg‘usi Renessansning eng muhim

bo‘g‘inlari deb hisoblaymiz», deb ta’kidlagan. Kasb hunarli bo'lish inson uchun zarur bir ehtiyoj

ekanligini buyuk avlodlarimiz o'z asarlarida aytib o'tganlar.


background image

156

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Kaykovus o'zining "Qobusnoma" asarida shunday yozadi "Bas, agar aqling bo'lsa hunar

oʻrgang il, nedinkim hunarsiz aql-boshsiz tan, suratsiz badandekdür... Ey farzand, ogoh bo'lki,

hunarsiz kishi hamisha foydasiz bo'lur va hech kishiga naf ep ko'rmas."[2.] Hozirda o'sib

kelayotgan yoshlar o'z qiziqishlaridan kelib chiqib minglab kasblar ichidan o'zi uchun qiziqarli

bo'lgan kasbni tanlab olishlari va o'z hayotlarini mazmunli, yaxshi o'tkazishlari uchun inti- ladilar.

Ularga bu kasblarni tanlashlarida kasb psixologiyasining o'rni va ahamiyati juda katta.

"Men kelajakda kim bo'laman?", "Yaxshi yashashim uchun qaysi kasbni tanlashim

kerak?", "Mendagi iqtidor shunga yetadimi?", "Kelajagimdan qoniqamanmikan?" degan ko'plab

savollar yoshlarni o'ylantiradi. Bu savollarga javob olish uchun ular atrofdagilarni kuzatadilar,

hayotdan ma'lum bir malakalar olishga intiladilar. Bu bo'yicha mamlakatimizda birqancha

psixologlar " 9-10-11 siniflar uchun Kasbiy yo‘nalganlikni aniqlash so‘rovnomasi" ni ham ishlab

chiqishgan:

1) Qaysi kasb turi Sizni ko‘proq qiziqtiradi va nima uchun?

2) Bu kasb boshqalaridan nimasi bilan afzal?

3) Bu kasb soha vakillarini taniysizmi, ular kimlar?

4) Bu kasb vakillarining majburiyatlari?

5) Tanlagan kasbingizning mehnat mahsulini ko‘rganmisiz?

6) Nima deb o‘ylaysiz, tanlagan kasbingizni egallash jarayonida qanday qiyinchiliqlarga

uchraysiz?

7) Bu kasbni o‘zlashtirish uchun nimalar qilasiz?

8) Ota-onangiz qaysi kasbni tanlashingizni istashadi?!

Ayrim yoshlar nazariy jihatidan tez o'zlashtirsalar ayrimlari amaliyotda tez va yaxshi

o'zlashtirib boradilar. Kasb tanlashda ham ayrimlar o'z maqsadlarini yaxshi anglamaganligi tufayli

kasb tanlay olmaydi. Ayrimlarga qaysi kasb bo'lsa ham baribir, ular kasblarni yaxshi bilmaydilar.

Kasb psixologiyaning obyekti bo'lgan "inson-kasb" munosabatlari yuz beradigan

o'zgarishlarni diqqat - e'tiborga olishi zarur va bular bu sohadagi muvaffaqiyat yoki

muvaffaqiyatsizlikni vujudga keltiradi. Bu o'zgarishlarni N.D. Levitov ko'rsatganidek uchta

guruhga birlashtirish mumkin;

1. Birinchi guruh - motivatsion komponentlar boʻlib, bu ijtimoiy ahamiyatlilik bilan bog'liq

bo'ladi. Motivlarda insonni ma'lum bir kasbni egallashni xohlashi yoki xohlamasligi bilan bog'liq

tomonlar ochib beriladi. Motivlarning shakllanishi esa kasbni jamiyatdagi ijtimoiy ahamiyatliligi,

ahloqiy tomonlarini hurmatlashi kabi tomonlar bilan oʻlchanadi. Shu bilan birga motivga

mehnatga beriladigan haq, kasbiy va kasbdan tashqaridagi hayot obrazi va shu kabilar ta'sir etadi.


background image

157

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Bundan tashqari motiv bo'lib oilasini ta'minlanganlik darajasi, tengdoshlarini fikrlari, ish

joyini yaqin va uzoqligi, ota onasining fikrlari va shu kabilar kiradi. Albatta motivga insonni o'zini

mehnatidan oladigan qoniqish ham kiradi.

2. Ikkinchi guruhga klassifikatsiya komponentlari kiradi. Deyarli hamma kasblar oldindan

tayyorgarlik ko'rishni talab qiladi. Bilish va uddalash qanday tarzda sodir bo'lishidan qat'i nazar,

o'qish orqali yoki amaliyotda egallanadimi u kasbga bo'lgan munosabatda va unga bo'lgan

layoqatda ko'rinadi. Insonni mehnatga bo'lgan layoqati uning psixofiziologik imkoniyatlaridan,

o'zining xohishidan, ehtiyoj va manfaatlaridan kelib chiqadi. Inson har qanday kasbni egallay

olishi uchun eng avvalo unda layoqat bo'lishi, o'zida bilimga va malakaga ehtiyoj sezishi

muhimdir.

3. Uchinchi guruhga-shaxsning individual-psixologik xususiyatlari kiradi. Albatta

motivlarni shakllanishida va uddalay olishda psixologik xususiyatlar muhim hisoblanadi. Lekin

uni alohida oʻrganish obyekti sifatida qarash kerak. Bir kishini ikkinchisidan ajratib turadigan

ko'plab belgilardan doimiy yuz beruvchilariga e'tiborni qaratish zarur bo'ladi. Bu belgilar asosan

biologik va tabiiyligiga bog'liq bo'ladi. Kasb psixologiyasining obyekti bo'lgan "inson -kasb"

munosabatlarida bu tomonlar uning oʻrganish predmeti sifatida katta ahamiyatga ega bo'ladi.

Shaxsga xos bo'lgan individ- ual psixologik xususiyatlar insonni o'ziga xos bo'lgan tomon- lari,

ya'ni temperamenti, xarakteri, qobiliyati, dunyoqarashi kabi tomonlar bilan bog'liqligini

koʻrsatadi.

O'z vaqtida Yan Amos Komenskiy (1592-1670y) o'qituvchiga yuksak baho berib, uni

"Quyosh ostidagi eng yuksak, unga teng kela oladigan narsa yo'qligini ko'rsatib o'tgan edi. Yan

Amos Komenskiy aholini o'qituvchiga hurmat bilan qarash kerakligini bir tomonlama talab qilgan

bo'lsa, ikkinchi tomonlama o'qituvchini ham jamiyat oldidagi vazifalarni anglash, o'z holatini

hissiy tarzda bilib turishi kerakligini uqtirdi. Asrlar osha Yan Amos Komenskiy insoniyat

jamiyatiga o'qituvchini qadrlash va ezozlash kerakligini ta'kidlab ketdi. O'qituvchi shaxsi haqida

gapirganda uning kasbiy yo'nalganligi muhim omillardan hisoblanib o'quvchilarni kasbga

yo'naltirishda pedagogning pedagogik faoliyati, shu faoliyat bilan band bo'lish qobiliyati,

shuningdek bu faoliyatga emotsional munosabatida (bolalarni va kasbni sevishida, undan

qoniqishida va boshq.) ko'rinadi. [1]Bolalarga o'z diqqatini qaratgan o'qituvchi har doim

o'quvchilarni o'zicha qaytarilmasligini va ulardagi individual qobiliyatlarni rivojlantirish

harakatida bo'ladi.

O'qituvchini kasbga yo'naltirishda shaxs sifatida ko'zga tashla- nadigan tomonlardan biri

bu uning o'z "Men" ligini anglaganlikda ham ko'rinadi. O'qituvchini kasbiy oʻz oʻzini anglaganligi

(Men konsepsiyasi) uning o'qituvchilik faoliyatida belgilanadi. Shuni ta'kidlash kerakki Men

konsepsiyasini shakllanishi ko'p hollarda o'z o'zidan (stixiyali) tarzda shakllanib boradi.[2]


background image

158

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Yetarli bo'lmagan metodik ta'minlanmaganligiga qaramay va pedagogik - psixologik

yo'nalishlarsiz o'qituvchi o'zining ichki subyektiv tomonlaridan kelib chiqqan holda o'z

faoliyatidan qoniqishi yoki qoniqmasligi mumkin bo'ladi, o'zining kuchiga ishonish yoki

ishonmaslik asosida o'z xatti-harakatlari tufayli o'qituvchida bir butun Men konsepsiyasi

shakllanib boradi. Bu unda o'ziga ishonish yoki ishonmaslik, o'zidagi qobiliyatlilik yoki

qobiliyatsizlik kabilarni har xil muammoviy sharoitlarda sinash, shu sharoitlardan chiqib keta

olishliklar asosida "Men konsepsiyasi" shakllanib boradi. O'qituvchi kasbga yo'naltirar ekan oʻz

pedagogik faoliyatining subyekti sifatida va o'quvchilar bilan ishlovchi shaxs sifatida quyidagi

psixologik talablarga javob berishi zarur:

-Bolalarga nisbatan mehrli bo'lish;

-Pedagogik faoliyatni sevish;

-Yetarli bilimlarga ega bo'lish;

-Keng eruditsiyaga ega bo'lish;

-Pedagogik intuitsiyaga ega bo'lish;

-Yuksak tafakkurga ega bo'lish;

-Yuksak rajadagi ahloqqa va madaniyatga ega bo'lish;

-Bolalarni tarbiyalashda va o'qitishda har xil ta'sirchan metodlarga ega bo'lish;

Katta bo'lib borayotgan bolada havas paydo boʻladi. Kasbga nisbatan olganda bolani shu

kasbga qiziqishi, intilishi, mayli, xohish, istak va orzusi bo'lib ko'zga tashlanadi. Bu yo'lda bola

oʻziga tilak tilab shu kasbni egallashga bo'lgan intilishi sodir bo'ladi. Agarda bola o'z tilaklarini

xafsala bilan amalga oshirmasa, harakat qilmasa bu armon va orzu bo'lib qoladi. Shuning uchun u

zo'r ishtiyoq bilan harakat qilishi va armonlarini amalga oshirishi zarur bo'ladi. Ko'rinib turibdiki,

bu jarayonlar insonga xos bo'lgan psixologik jarayonlarni tashkil etib, insonning maqsadini

vujudga kelishining asosi hisoblanadi. Pedagog kasbi ham ayni damda insondan iroda kuchi ham

talab qiladi. Ishtiyoq bu zo'r istak, xohish hisoblanadi.Yoshlarning kelajakda yaxshi pedagog kadr

bo'lishi bu ularning bolalar bogʻchasidan boshlab,maktab payti, kolledj akademik litseylar va

yuqori oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilarining ularga berayotgan tarbiyasi va ta'limiga

toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliqdir.

REFERENCES

1.

F.R. Abduraxmonov, Z.E. Abduraxmonova.Kasb psixologiyasi. [Matn]: / -T.: "Barkamol

fayz media"nashriyoti, 2018, 352 bet.

2.

Umumiy Psixologiya F.XaydarovN.Xalilova


background image

159

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

3.

Bekpolatova A., Seitjanova Q. OPERA GENRE, ITS HISTORICAL DEVELOPMENT

AND ITS PLACE IN KARAKALPAK COMPOSING COMPOSITION TODAY //Galaxy

International Interdisciplinary Research Journal. – 2022. – Т. 10. – №. 5. – С. 92-96.

4.

Turumbetova Z., Abdiraxmanova D. INFLUENCE OF THE SOCIAL ENVIRONMENT

ON THE BEHAVIOR OF PRESCHOOL CHILDREN //Modern Science and Research. –

2024. – Т. 3. – №. 5. – С. 1196-1199.

5.

УЗБЕКИСТАН

С.

О.

Р.

КАРАКАЛПАКСКИЙ

ГОСУДАРСТВЕННЫЙ

УНИВЕРСИТЕТ КАфЕДРА ПЕДАГОГИКИ И ПСИхОЛОГИИ ЗЮ ТУРУМБЕТОВА.

– 2022.

6.

Turumbetova Z. Y. INTEGRATIVE APPROACH TO HIGHER EDUCATION AS A

PEDAGOGICAL

PROBLEM

//ИНТЕГРАЦИЯ

НАУКИ,

ОБЩЕСТВА,

ПРОИЗВОДСТВА И ПРОМЫШЛЕННОСТИ: ПРОБЛЕМЫ И ВОЗМОЖНОСТИ. –

2022. – С. 51-55.

References

F.R. Abduraxmonov, Z.E. Abduraxmonova.Kasb psixologiyasi. [Matn]: / -T.: "Barkamol fayz media"nashriyoti, 2018, 352 bet.

Umumiy Psixologiya F.XaydarovN.Xalilova

Bekpolatova A., Seitjanova Q. OPERA GENRE, ITS HISTORICAL DEVELOPMENT AND ITS PLACE IN KARAKALPAK COMPOSING COMPOSITION TODAY //Galaxy International Interdisciplinary Research Journal. – 2022. – Т. 10. – №. 5. – С. 92-96.

Turumbetova Z., Abdiraxmanova D. INFLUENCE OF THE SOCIAL ENVIRONMENT ON THE BEHAVIOR OF PRESCHOOL CHILDREN //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 5. – С. 1196-1199.

УЗБЕКИСТАН С. О. Р. КАРАКАЛПАКСКИЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ УНИВЕРСИТЕТ КАфЕДРА ПЕДАГОГИКИ И ПСИхОЛОГИИ ЗЮ ТУРУМБЕТОВА. – 2022.

Turumbetova Z. Y. INTEGRATIVE APPROACH TO HIGHER EDUCATION AS A PEDAGOGICAL PROBLEM //ИНТЕГРАЦИЯ НАУКИ, ОБЩЕСТВА, ПРОИЗВОДСТВА И ПРОМЫШЛЕННОСТИ: ПРОБЛЕМЫ И ВОЗМОЖНОСТИ. – 2022. – С. 51-55.