ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
21
AKADEMIK LITSEYLARDA QATTIQ JISMLAR FIZIKASINI O‘QITISH
Ergasheva Maxfuza Saliyevna
Farg‘ona davlat universiteti akademik litseyi “Aniq fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14605851
Annotatsiya.
Mazkur maqolada akademik litseylarda qattiq jismlar fizikasiga doir
tushunchalarning o’ziga xos jihatlari tahlil qilingan hamda qattiq jismlar fizikasiga doir semenar
mashg’ulotlarini o’tkazish, masalalar yechish, labaratoriya mashg’ulotlari orqali o’quvchilarni
bilimini ruvojlantirish metodikasi ko’rsatib o’tilgan.
Kalit so‘zlar:
Qattiq jismlar fizikasi, akademik litsey, krassvord metodi, qattiq jismlar,
masala yechish usullari.
TEACHING SOLID STATE PHYSICS IN ACADEMIC LYCEUMS
Abstract.
This article analyzes the specific aspects of concepts in solid state physics in
academic lyceums and shows the methodology for conducting seminars on solid state physics,
solving problems, and developing students' knowledge through laboratory exercises.
Keywords:
Solid state physics, academic lyceum, crossword method, solids, problem-
solving methods.
ПРЕПОДАВАНИЕ ФИЗИКИ ТВЕРДОГО ТЕЛА В АКАДЕМИЧЕСКИХ ЛИЦЕЯХ
Аннотация.
В статье анализируются особенности концепций физики твердого
тела в академических лицеях, а также показана методика проведения семинарских
занятий по физике твердого тела, решения задач и формирования знаний учащихся
посредством лабораторных работ.
Ключевые слова:
Физика твердого тела, академический лицей, метод кроссворда,
твердые тела, методы решения задач.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning taʼlim va ilm-fan, davlatning
yoshlarga doir siyosatini amalga oshirish, taʼlimning yangi, zamonaviy usullarini, jumladan,
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sohasidagi ishlar ahvoli tanqidiy nuqtai
nazardan qaralib, taʼlim muassasalarida ilm-fanni yanada rivojlantirish borasida asosiy
vazifani bajarish lozimligi taʼkidladi. Oʼzbekiston Respublikasining rivojlanish strategiyasi
birinchi navbatda jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy qayta qurishning yoʼnalishlari bilan belgilanadi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
22
Аna shunday qayta qurish sharoitida uzluksiz taʼlimni amalga oshirish masalasini
muvaffaqiyatli xal etish maqsadida “Taʼlim toʼgʼrisida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy
Dasturi” xamda koʼplab tegishli meʼyoriy xujjatlar qabul qilindi.
Yuqorida aytilgan chora-tadbirlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun yetuk
mutaxassislar tayyorlashda boshqa fanlar singari fizika xam katta axamiyatga ega. Shuningdek,
iqtisodiy, maʼnaviy, texnikaviy masalalarni yechishda ham fizikaning roli beqiyosdir.
Fizika taʼlimi yoshlarga fundamental taʼlim asoslarini, uning amaliy yoʼnalishlarini
oʼrgatish, fizik qonun va tushunchalarni ishlab chiqarishga bogʼlab oʼqitish eng dolzarb
muammolardan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, taʼlim sifatini taʼminlashda fanning maʼlum
boʼlimlari yoki muhim ahamiyatda ega boʼlgan mavzular yoʼnalishida oʼquv qoʼllanmalar
yaratish ham katta ahamiyat kasb etadi. Bunday oʼquv qoʼllanmalar uzluksiz taʼlim tizimida
tarqoq holda aks etgan boʼlimlar yoki mavzular yaxlit, toʼlaqonlik aks etadi, shu bilan birga, ularni
mustaqil oʼzlashtirish sinov savollari, testlar, turli pedagogik va axborot kompyuter
texnologiyalari orqali taʼminlangan boʼladi. Fizika fanidan oʼrganilishi zarur boʼlgan shunday
boʼlimlar sirasiga “Qattiq jismlar fizikasi” ham kiradi.
Qattiq jismlar fizikasi, qattiq jismlar turlari, qattiq jismlarning yonishi, erishi va
qotishi, qattiq jismlarning elektr oʼtkazuvchanligi va elektr qarshiligi, yarim oʼtkazgichlar,
ularning texnikadagi oʼrni va hokazolarni yagona va yaxlit oʼqitishda hamda asosiy
tushunchalarni shakllantirishda ham oʼquv qoʼllanma katta axamiyatga ega boʼladi. Ikkinchi
tomondan xozirgi davr talabi boʼlgan masofadan oʼqitishni tashkil qilish hamda mustaqil
taʼlimga boʼlgan talab ham shunday qoʼllanma yaratilishini taqozo qilmoqda.[3]
Fizika o’quv fanidan talim berishning II bosqichida akademik litseylarida va kasb - hunar
kollejlarida amaliy ta’lim predmet sifatida o’qitiladigan fizika kursining maqsadi umumiy o’rta
ta’lim negizida fizikadan fundamental bilim berish fizik hodisalarni va olamning fizik
manzarasini ilmiy asosda tushuntirish orqali o’quvchilarning ilmiy dunyo qarashini va falsafiy
mushohoda yuritish qobiliyatini rivojlantirish, nazarya va amalyotning dialektik bog’liqligini
ochib berish, tabiatda va texnikadagi fizik jarayonlarni idrok etish salohiyatlarni oshirish, olgan
bilimlarni ijtimoiy hayotga va xalq xo’jaligidagi faoliyatlar uchun tayyorlash, ta’lim olishni
davom ettirish uchun zamin yaratishni ta’minlashdan iborat.
Dasturning asosiy vazifalari:
- akademik litseylarida fizika kursining o’qitilish izchiligini ta’minlash;
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
23
- fizik tushunch hodisa va qonunlarining uqtirish ketma-ketligida oddiydan murakkablikka
qarab borish tizimini saqlash;
- o’qituvchilar ta’lim berish jarayonining bir me’yorda bo’lishiga erishish;
- o’qituvchining ish rejalarini tartibga tushirish;
- oliy o’quv yurtiga kirish uchun zaruriy bilim, ko’nikma va malakalar bilan
qurollantirishdan iboratdir.
Fizika fanini akademik litseylarda o’qitish tizmini takomillashtirish istiqbollari mavzusida
muommolarni ochib berish ko’pchilik o’qtuvchilarning ham taklifidir. Xaqiqatdan ham fizika
fanini yosh avlodga o’rgatish, o’qitish va qiziqtirish ayrim muammolarga uchraymiz.
Shunday ekan “fizika” fanini o’qitishning muammolarini barchamiz birgalikda hal
qilishimiz mumkun.Umuman olganda yangi qurilgan akademik litseylarda “fizika fanini
o’quvchilarga mukammal o’rgatishda, barcha shart-sharoitlar yetarlidir. Davlat talim
standartida belgilab qo’yilgandek o’quv reja bo’yicha ham o’quv soatlari va tajriba soatlari
yetarli darajada ajratilgan. O’quv xonalari xam, tajriba o’tkazish xonalari ham zamonaviy
jihozlari va o’quv adabiyotlari bilan taminlangan. Barcha zarur bo’lgan o’quv anjomlar
yetarli darajada bo’lsa, qanday o’qitishning samarasini oshirmasligimiz mumkun.[4] Hozirgi
kunda fizika matematika fanlariga iqtisoslashgan maxsus Akademik litseylarda fizika fanining
“Qattiq jismlar” fizikasi bo’limini o’qitishga jami 40 soat ajratilgan bo’lib, unda qattiq
jismlar haqida umumiy ma’lumot, qattiq jismlarning mexanik, termodinamik va elektr
xossalari o’quvchilarga o’rgatiladi. Bu ajratilgan 40 soatning 20 soati nazariy mavzu, 12
soati amaliy (masalalar yechish) mavzu va qolgan 8 soatiga laboratoriya darsi ajratilgan. Bu
ajratilgan mavzularni o’qitishni takomillashtirish uchun Akademik litseylarda darsni tashkil
etishni quyida ko’rsatilgan sxema orqali amalga oshirsa maqsadga muvofiq bo’lgan bo’lar
edi (1-sxema).
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
24
Bu dars turlarini tashkillashtirishni zamonaviy pedagogik texnologiyalar va axborot
kommunikatsion texnologiyalaridan foydalangan holda tashkillashtirish maqsadga muvofiq
bo’lgan bo’lar edi.
Akademik litseylarda “Qattiq jismlar fizikasi”ni o’qitishni takomillashtirish uchun
ko’rsatmalar.
1. Har bir mavzuga oid animatsion video roliklarni tayyorlash va dars jarayoniga tadbiq
qilish.
2. Dars mavzularining ko’rgazmaligini demastratsion tajribalar yordamida takomillashtirish
va materiallarning ko’rgazmalilik darajasini oshirish.
3. Qattiq jismlar tuzilishining boshqa moddalar tuzilishidan farqini va o’xshash tamonlarini
ko’rsatuvchi animatsion vidro rolik tayyorlash.
4. Har bir mavzuga oid xayotiy masalalaeni taxlil qilishga oid masalalardan yechib borish.
5. Masala yechish darslarida o’rgatilayotgan masala mazmunini insoniyat taraqqiyoti bilan
bevosita bog’lab borish.
6. Onlayn o’quv qo’llanma va onlaen materiallarni tayyorlash.
7. Har bir mavzuni insoniyat hayoti bilan bog’lagan holda mavzudagi kattaliklarning foydali
va zararli tamonlarini insoniyat hayotidagi axamiyatinini ifodalovchi materiallarni hayotiy
misollar yordamida tushuntirish.
8. O’quvchi yoshlarning faolligini zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida oshirish
o’quvchilarning mustaqil fikrlashlarini rivojlantirish.
9. Imkon qadar animatsion video rolik va animatsion dasturlarni telefon versiyasini
tayyorlansa maqsadga muvofiq bo’lgan bo’lar edi.
Savol tug’ilishi mumkin akademik litseylarda Seminar mashg’ulotlarini tashkillashtirish
nima uchun kerak?[2] Seminar mashg’uloti odatda nazariy mavzuda olingan bilimlarni amaliyotda
qo’llashga o’rgatadigan mashg’ulot sirasiga kiradi. Shuning uchun ham semenar
mashg’ulotlarida o’quvchilar mustaqil fikrlashni yaxshiroq o’rganishadi. Yosh niholni qanday
tartibda parvarish qilsak, shunday tartibi ruvoj topadi. Biz ham yoshlarimizga qiziqarli,
mazmunli va hayotiy misollar bilan dars mashg’ulotlarini olib borsak, shunday darajada
shakillanib boradi. To’g’ri fizika fani tabiiy fan xisoblanadi shuning uchun bu fanni qiziqarli
darajada olib borish hayotiy misollar bilan bog’lash va har bir dars mashg’ulotlarida tabiiy
hodisalardan saboq berib borish maqsadga muofiqdir. Oddiy misol hozirgi vaqtda hammaning
qo‘lida uyali telefonlar mavjud, lekin uning 300 MGersli to’lqin chastatada ishlanishi
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
25
ko’pchilik anglab yetmaydi. Bunday masalalarning yechimi, hayotiyhodisalarning yechimi va
qolaversa fan texnikaning ruvoji ham “fizika” faniga bog’liqdir.Bu muloxazalardan kelib
chiqqan holda umumiy o’rta ta’lim maktabi va akademik litseylarda fizika fanining “Qattiq jismlar
fizikasi” bo’limini o’qitishda zamonaviy pedagogik va axborot kamunikatsion texnologiyalarini
kengroq qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi deb o’ylaymiz. Hozirgi kunda ixtisoslashgan
akademik litseylarda qattiq jismlar fizikasiga oid mavzular nazariy va amaliy(masalalar yechish)
darslar teng olib boriladi,chunki masalalar yechish orqali o’quvchilarni mantiqiy fikrlashlari
kengayadi, ijodiy qobiliyatlari rivojlanadi. Dars jarayonida o’quvchilarga masala yechishidan
oldin ularni qattiq jismlar fizikasiga oid nazariy malumotlar bilan krasvord metodidan
foydalaniladi.
Chunki sinflarda hamma o’quvchilarni bilimi bir xil emas shuning uchun bilim darajasi
pastroq o’quvchilarni qattiq jismlar fizikasiga qiziqtirish uchun ularni sinfda yoki uy vazifasi
qilib topshiriq berish orqali ularning bilimlarini takomillashtirish mumkin.
REFERENCES
1.
P.Habibullayev, A. Boydadayev, A. Bahramov Fizika, 8-9-sinf darsligi. T.2014
2.
M.X.O’lmasova “Mehanika va malekulyar fizika” 1-kitob,Toshkent 2004.
3.
M.X.O’lmasova “Elektradinamika asoslari” 2-kitob,Toshkent 2004.
4.
M.DJorayev. “Fizika o’qitish metodikasi” Toshkent 2015y.
5.
Qalandarov Ergash Qilichovich Nizomiy nomidagi TDPU f-m f.n, dotsent v.b.
6.
Atajanov Elyor Yusupboyevich Nizomiy nomidagi TDPU magistranti “AKADEMIK
LITSEYDA
QATTIQ
JISMLAR
FIZIKASIGA
OID
TUSHUNCHALARNI
TAKOMILLASHTIRISH” SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL
SCIENTIFIC JOURNAL 2022 № 1
7.
Ahmadaliyeva G. H. et al. YARIMO ‘TKAZGICH MODDALAR VA ULARNING
XARAKTERISTIKALARI //Евразийский журнал академических исследований. –
2022. – Т. 2. – №. 1. – С. 91-93.
8.
Yusubjanovna A. M. BIRINCHI TIBBIY YORDAMNING AHAMIYATI VA UNI
BAJARISHNING UMUMIY QOIDAIARI //PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC
RESEARCH AND MODERN EDUCATION. – 2023. – Т. 2. – №. 1.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
26
9.
Abdusubxon o’g’li U. S. et al. YURAK ISHEMIK KASALLIKLARI VA ULARNI OLDINI
OLISHNING ZAMONAVIY USULLARI //PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC
RESEARCH AND MODERN EDUCATION. – 2023. – Т. 2. – №. 6.
10.
Abdusubxon o’g’li U. S. et al. BUYRAK TOSH KASALLIKLARINI HOSIL BO'LISHIDA
GIPODINAMIYANING TA'SIRI //PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH
AND MODERN EDUCATION. – 2023. – Т. 2. – №. 6.
11.
Usmonov S., Alisherjonova F. INSON TANASIDA BO’LADIGAN ELEKTR
HODISALARI //Евразийский журнал академических исследований. – 2023. – Т. 3. –
№. 4 Part 2. – С. 200-203.
12.
Usmonov S., Isroilov S. CHAQALOQLARDA QORIN DAM BO’LISHINING
SABABLARI, DAVOLASH USULLARI //Евразийский журнал академических
исследований. – 2023. – Т. 3. – №. 4 Part 2. – С. 196-199.
