ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
142
KICHIK GIDROELEKTROSTANSIYALAR VERTIKAL AGRAGATLARINING
VIBRATSIYASINI TAHLIL QILISH
Saburov Aybek Maksetbayevich
Toshkent davlat Texnika Universiteti 1-kurs magistri.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14617703
Annotatsiya.
Ushbu
maqolada
kichik
Gidroelektrostansiyalarning
energetika
tizimimizdagi
tutgan
o’rni
va
ahamiyatini,
kichik
gidroelektrostansiyalardagi
gidroagregatlardagi vibratsiyalar tahlili, ularning kelib chiqishi va oldini olish choralarini tahlil
qilishni ko’rib chiqamiz. Vertikal gidroagregatlarning ishlash prinsipi va energiya ishlab
chiqarishdagi foydali taraflarini ham ko’rib chiqamiz.
Kalit so’zlar: Kichik Gidroelektrostansiya, Vertikal gidroturbina, turbinalardagi
vibratsiyala, texnologik, gidravlik, mexanik omillar.
ANALYSIS OF VIBRATION OF VERTICAL UNITS OF SMALL HYDROELECTRIC
POWER PLANTS
Abstract. In this article, we will consider the role and importance of small hydroelectric
power plants in our energy system, the analysis of vibrations in hydroelectric units in small
hydroelectric power plants, their origin and preventive measures. We will also consider the
operating principle of vertical hydroelectric units and their advantages in energy production.
Keywords:
Small hydroelectric power station, vertical hydraulic turbine, vibration,
technological, hydraulic, mechanical factors in turbines.
АНАЛИЗ ВИБРАЦИИ ВЕРТИКАЛЬНЫХ АГРЕГАТОВ МАЛЫХ ГЭС
Аннотация. В этой статье мы рассмотрим роль и значение малых ГЭС в нашей
энергосистеме, анализ вибраций гидроагрегатов малых ГЭС, их возникновение и меры
предотвращения. Также мы рассмотрим принцип работы вертикальных гидроагрегатов
и их преимущества при производстве энергии.
Ключевые слова: Малая ГЭС, вертикальная гидротурбина, вибрационные,
технологические, гидравлические, механические факторы в турбинах.
KIRISH
Kichik Gidroelektrostansiyalar (KGES) yurtimizda energetika tizimining muhim
qismlaridan biri bo’lib, ular qayta tiklanuvchi energiya manbalari sifatida foydalaniladi. KGES
larning katta GESlardan bir qancha afzalliklari borligi uchun ham ommaviylashib bormoqda.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
143
Masalan, KGES larni qurish uchun katta tog’onlar, suv omborlari, yuqori naporli daryolar
shart emas, shu sababli mablag’lar talab qilinmaydi va atrof muhitga ham yomon ta’siri deyarli
yo’q deb hisoblasa ham bo’ladi. “O’zbekgidroenergo” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 9 sentabrdagi “Energiya tejovchi
texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini
rivojlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-220-son Farmoniga asosan,
gidroenergetikaga tegishli bandlar o’rganib chiqilib, tadbirkorlarni jalb qilish orqali mikro va
kichik GESlarni qurish uchun ishchi guruhlar tuzilib, reja asosida Farg’ona, Toshkent, Samarqand,
Qashqadaryo va Surxandaryo viloyatlarida targ’ibot tadbirlari amalga oshirildi.
Gidroelektrostansiyalarda vertikal agregatlarning vibratsiyasini tahlil qilish va uning oldini
olish chora tadbirlarini ko’rish juda muhim bir jarayon bo’lib, bu agragatlarning samarali
ishlashini va uzoq muddatli xizmat ko’rsatishini ta’minlashda muhim ahamiyatga egadir. Vertikal
gidroagregatlar odatda yuqori quvvatli gidroelektrostansiyalarda yuqori bosim ostida ishlashga
mo’ljallabgan. Bu turbinaning vertikal tartibda joylashishi unung boshqa turbinalarga qaraganda
ishlash prinsipiga ko’ra boshqachaligi va joylashish hajmining kichikligi katta afzallik beradi.
Kichik Gidroelektrostansiyalarning vertikal gidroagregatining ishlash prinsipi oddiy.
Gidroagregat generator va turbinadan iborat. Suv turbinani aylantiradi va generator
suvning kinetik energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradi.
•
Vertikal turbinada rotorning o’zi vertikal yo’nalishda aylanadi, bu esa gidroagregat
tizimining vertikal holatda joylashishiga olib keladi. Bu turbinaning maksimal darajada
samaradorligini ta’minlash uchun suv oqimini to’g’ri boshqarish lozim.
•
Generator vertikal turbinaning aylanishi natijasida kinetik energiyani mexanik energiyaga
aylantirib beradi. Generator rotorini turbinaning mexanik kuchlari aylantiradi va buning natijasida
elektr toki hosil bo’ladi.
Vibratsiyalar agregatlarning ishlash samaradorligini pasaytirishi, energiya ishlab
chiqarishini pasaytirishi, mexanik qismlarning tezroq eskirishini va ularning ishlash muddatini
kamaytirishi mumkin. Vibratsiyalarning davomiyligi agregatning buzlishiga olib keladi, bu esa
stansiyaning ish faoliyati to’xtashiga yoki agregatning ta’mir ta’lab bo’lishiga olib keladi.
Vertikal agregatlarning vibratsiyasi ko’plab mexanik va gidravlik omillar bilan bog’liq
bo’lishi mumkin:
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
144
•
Texnologik omillar: Agar turbinaning ishlab chiqarilishida yoki o’rnatilishida
nomutonosiblik bo’lsa, masalan, rotorning markazlashmasligi natijasida turbinada vibratsiyalar
hosil bo’lishi mumkin.
•
Gidravlik omillar: Suv oqimining bir tekis bo’lmasligi agregatni notekis aylantirishi
mumkin.
•
Mexanik omillar: Turbina va generatordagi mexanik qismlarning eskirishi, ularning
ishlashida notekisliklar ya’ni disbalanslar yuzaga keladi.
Biz vertikal gidroagregatlarning vibratsiyasini qanday holatlarda kelib chiqishi
mumkinligi va oldini olishni ko’rib chiqamiz. Vertikal gidroagregatlarning vibratsiyasi asosan
mexanik qismlarning nomutanosibligi, har xil nosozliklar yoki gidravlik impulslar, ya’ni katta
gidravlik bosimlar natijasida yuzaga kelishi mumkin. Vibratsiya agregatlarning ishlashini
susaytirishi va eskirishiga sabab bo’ladi. Eng avvalo vertikal gidroagregatlarning o’rnatilishidan
oldin uning dizaynini optimallashtirish kerak. Ya’ni joylashtirishda val, turbina, generator kabi
muhim qismlarning o’rnatilishida xatoga yo’l qoymaslik kerak. Agregatning har bir mexanik
qismi, shu jumladan turbinaning rotor va statori to’g’ri balanslashtirilishi kerak. Albatti,
mukammal joylashtirilgan tag’dirda ham baribir vibratsiya hosil bo’ladi. Agregatning to’g’ri
o’rnatilishi va yuqori sifatta ishlab chiqarilishi, sezilarli darajada uning nomutonosibligini va
vibratsiyani kamaytiradi.
Gidroelektrostansiyalardagi suv bosimi va oqimi turbinaning samarali ishlashida muhim
ro’l o’ynaydi. Oqimning noaniqligi yoki harakatning gorizontal va vertikal yo’nalishlardagi
o’zgarishi agregatning vibratsiyasini kuchaytirishi mumkin.
Shuning uchun Gidroelektrostansiyalarda suv oqimi tezligi va gidravlik bosimi doimiy
ravishda kuzatib borilishi kerak. Gidravlik bosim o’zgarishi, hattoki turbinaning parchalanishiga
ham olib kelishi mumkin.
Xulosa
Kichik Gidroelektrostansiyalar energetika tizimimizning eng asosiy qismlaridan biri va
so’ngi yillarda katta rivojlanishga erishmoqda. Gidroelektrostansiyalarda agregatlarni to’gri
tanlash va o’rnatish juda muhim qismidir. Vertikal agragatlarning vibratsiyalarini kamaytirish
gidroelektrstansiyalarining ishlash va energiya ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi.
Tizimdagi vibratsiyalarni aniqlash va tahlil qilishda zamonaviy texnologiyalar, monitoring
tizimlari va sifatli materiallardan foydalanish kerak.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
145
REFERENCES
1.
“O’zbekgidroenergetika” ilmiy-texnik jurnali, 2022 №3(15) 8-bet
2.
“Kichik Gidroelektrstansiyalar” B.U.Urishev-2020 yil
3.
“Гидроагрегаты” Вадейко В.С, Николаенко В.Л Белорусский Национальный
Технический Университет Минск
4.
“Kanaldagi Gidrotexnika inshootlaridan foydalanish” M.RBakiev, N.Rahmatov,
A.Ibraymov (Toshkent-2018)
5.
Muxammadiev M.M Jurayev S.R “Gidravlik va qayta tiklanuvchan manbalar asosidagi
energetic qurilmalar” Toshkent: ToshDTU, 2024yil
