Authors

  • Alisher Bolibekov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.59941

Keywords:

Pedagogik o‘yin texnologiya jarayon zamonaviy pedagogik texnologiyalar shakl metod.

Abstract

Maqolada maktabgacha ta’lim tizimida pedagogik o‘yinlarning shakllari va amalga oshirish metodlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida uni amalga oshirish yo‘llari yoritilgan.

background image

2025

JANUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 1

93

MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA PEDAGOGIK O‘YINLARNING SHAKLLARI

VA AMALGA OSHIRISH METODLARI

Bolibekov Alisher Abdusalomovich

GULDPI Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi dotsenti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14619217

Annotatsiya. Maqolada maktabgacha ta’lim tizimida pedagogik o‘yinlarning shakllari va

amalga oshirish metodlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida uni amalga oshirish yo‘llari

yoritilgan.

Kalit so‘zlar: Pedagogik o‘yin, texnologiya, jarayon, zamonaviy pedagogik texnologiyalar,

shakl, metod.

Аннотация. В статье описаны формы и методы реализации педагогических игр в

системе дошкольного образования, способы их реализации в организациях дошкольного

образования.

Ключевые слова: Педагогическая игра, технология, процесс, современные

педагогические технологии, форма, метод.

Abstract. The article describes the forms and methods of implementation of pedagogical

games in the system of preschool education, ways of their implementation in organizations of

preschool education.

Keywords: Pedagogical game, technology, process, modern pedagogical technologies,

form, method.

Pedagogik ijrochilik o‘yinlarini bola uch yoshdan boshlab o‘zlashtira boshlaydi. Shu

yoshga kelib bola odamlar o‘rtasidagi munosabatlar bilan tanisha boshlaydi, hodisalarning ichki

va tashqi tomonlarini ajrata boshlaydi, o‘zida ichki kechinmalarni seza boshlaydi. Ularga

munosabat bildiradi.

Metodika – bu tarbiyachi mehnatining professional texnologiyasi bo‘lib, tarbiyachi uni

egallagan bo‘lishi va bolalarga rahbarlik qilish usullarini to‘xtovsiz takomillashtirib borishi kerak.

Maktabgacha yoshda bolalar o‘yin faoliyatini o’zlashtira borib ijtimoiy qadrli va ijtimoiy

baholanuvchi faoliyatga tayyorlana boshlaydilar. Maktabgacha ta’lim tizimida qo‘llaniladigan

pedagogik o‘yinlarning quyidagi turlari mavjud:

1.

Bolalar kayfiyatini ko’taruvchi.

2.

Hamkorlikka chorlovchi.

3.

Bolalarni o‘zligini namoyon etishga chorlovchi.


background image

2025

JANUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 1

94

4.

Bolalarda o‘ziga ishonch hissini shakllantiruvchi, jismoniy va intellektual muammolarni

yo‘qotishga qaratilgan.

5.

Maktabgacha bolalar xatti-harakatidagi cheklanishlarni tavsiflovchi (diagnosika).

6.

Bolalar shaxsi srukturasiga ijobiy korrektsiyalar beruvchi.

7.

Millatlararo bag’rikenglikni shakllantiruvchi.

8.

Bolalarda ijtimoiy, jamoaviy munosabatlarni shakllantiruvchi o‘yinlar.

Pedagogik o‘yinlarni quyidagicha tasniflash mumkin.

Faoliyat turlariga qarab

: ijtimoiy intellektual, mehnat, ijtimoiy va psixologik o‘yinlar.

Pedagogik jarayonlarning xarakteriga qarab

: ta’lim-tarbiyaviy, rivojlantiruvchi,

mahsulotli, ijodiy, psixotexnik o‘yin lar.

O‘yinlar metodlariga qarab:

predmetli, syujetli, badiiy rolli, hodisalarni tasavvur etuvchi

va drammalashtiruvchi o‘yinlar.

Predmetlar asosidagi o‘yinlar

: matematik, ekologik, musiqali, texnikaviy, jismoniy

tarbiyalovchi, iqtisodiy tejamkorlik va ishbilarmonlik, tadbirkorlikni rivojlantiruvchi o‘yinlar.

O‘yin vositalari bo’yicha

: o‘yin vositalari (koptok, piramida, kub va boshq.) bilan amalga

oshiriladigan o‘yinlar va o‘yin vositalarisiz amalga oshiriladigan o‘yinlar xontaxta usida, xonada

va dalada o‘ynaladigan o‘yinlar, kompyuter va televizor o‘yinlari kabi texnik vositalar.

Maktabgacha ta’limda yoshi kattalarning to’plagan tajribasini kichik yoshdagilarga

singdirish jarayonida o‘yinlar ta’lim metodi sifatida namoyon bo’ladi. O‘yin metodlariga qarab

maktabgacha ta’lim vazifalaridan kelib chiqib, predmetli, syujetli-ishchan, drammalashtirilgan

o‘yinlardan keng foydalaniladi.

Maktabgacha ta’limda rivojlantiruvchi pedagogik o‘yinlarni o‘quv tarbiya jarayonida

qo‘llash quyidagi o‘ziga xos xarakterga ega bo‘ladi. Birinchidan, rivojlantiruvchi pedagogik

o‘yinlar maxsus topshiriqlar majmuasidan iborat bo‘ladi. Ikkinchidan, o‘yin faoliyatidagi

topshiriqlar rangli kublar, g‘ishtchalar, kvadratlar, plastilin, karton qog‘ozlar, konsruktor-mexanik

majmualarida turli rasm va jimjimador predmetlar vositasida amalga oshiriladi. Uchinchidan,

topshiriqlar mustaqil bajarilishini ta’minlash maqsadida ularni osondan qiyinga tomon, aniq vaqt

oralig‘ida sifatli bajarilishini ta’minlash darkor.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida interfaol o‘yinlardan foydalanish ijobiy natijalarga

olib keladi. Bu o‘yinlar jarayonida bola passiv ob’yektdan faol sub’yektga aylanadi.

Tarbiyachining asosiy vazifasi esa o‘yinni tashkil etish, bolalar ijodiga sharoit yaratishdan iborat.

Interfaol o‘yinlar jarayonida bola mustaqil fikrini to‘g‘ri bayon etishga, boshqalarni

tinglashga o‘rganadi, boshqacha qilib aytganda interfaol o‘yinlar orqali kelajakda har bir bola


background image

2025

JANUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 1

95

uchun zarur bo‘lgan ijobiy sifatlar shakllantiriladi. Interfaol o‘yinlarni samarali o‘tkazish uchun

quyidagi qoidalarga e’tibor berish lozim:

1.

Mashg’ulot oldidan bolalar o‘yin qoidalari va mazmunini qay darajada tushunganliklarini

aniqlash.

2.

Bolalarning yosh xususiyatlari va bir-birlariga bo‘lgan munosabatlarini hisobga olish.

3.

Har bir bolaning qobiliyati va psixologik xususiyatlarini e’tiborga olish.

4.

O‘yin jarayonida bolalarga qiziq bo‘lgan materiallardan foydalanish.

5.

Diqqat va e’tiborni jalb etadigan uslublarni izlab topish.

6.

Bolalarga rollarni to‘g‘ri taqsimlash.

7.

O‘yindan qanday maqsadda foydalanish mumkinligini bilish.

8.

O‘yinning asosiy bosqichlari haqida tasavvurga ega bo’lish va natijalarini prognoz qilish.

Xulosa qilib aytganda, pedagogik nuqtai nazardan to‘g‘ri tashkil etilgan o‘yin bolaning

axloqiy, irodaviy xususiyatlarini shakllantirish bilan birga unda bilim olishga, atrofdagi olam

sirlarini ochishga qiziqish uyg‘otadi. Shuning uchun maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘yin

texnologiyalaridan keng foydalanish kerak.

REFERENCES

1.

Maktabgacha pedagogika F. R. Qodirova, Sh. Q. Toshpo'latova, N.M. Kayumova, M.

N. A'zamova “Tafakkur" Nashriyoti Toshkent – 2019

2.

Polat E.S. Ta’lim tizimidagi zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari - M .:

"Akademiya" nashriyot markazi, 2008 y.

3.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING ILK VA MAKTABGACHA YOSHDAGI

BOLALAR RIVOJLANISHIGA QO‘YILADIGAN DAVLAT TALABLARI. – T.,

2018.

References

Maktabgacha pedagogika F. R. Qodirova, Sh. Q. Toshpo'latova, N.M. Kayumova, M. N. A'zamova “Tafakkur" Nashriyoti Toshkent – 2019

Polat E.S. Ta’lim tizimidagi zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari - M .: "Akademiya" nashriyot markazi, 2008 y.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING ILK VA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR RIVOJLANISHIGA QO‘YILADIGAN DAVLAT TALABLARI. – T., 2018.