09-01-2025
60-66
73
53
BOJXONAGA OID MAʼMURIY HUQUQBUZARLIK SODIR ETGAN TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI TOMONIDAN YETKAZILGAN MODDIY ZARARNING OʻRNINI QOPLASH, YOʻL QOʻYILGAN QONUNBUZILISHLARNI BARTARAF ETISH MASALALARI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-oktyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-4848-sonli Farmoniga asosan 2017-yil 1-yanvardan boshlab, moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirishda birinchi marta huquqbuzarliklar sodir etgan tadbirkorlik subyektlari va ularning xodimlari yoʻl qoʻyilgan qonunbuzarliklarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan va yetkazilgan moddiy zararni qoplagan taqdirda, insonning sogʻligʻi va hayotiga zarar yetkazilgan holatlar bundan mustasno, maʼmuriy va jinoiy javobgarlikdan, jarimalar va moliyaviy sanksiyalar (penyadan tashqari) qoʻllanilishidan ozod etilishi belgilangan.