Authors

  • Xusan Bobonorov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.60039

Keywords:

Kompetentlik kasbiy kompetentlik kompetensiya bilim ko‘nikma malaka pedagogic jarayon.

Abstract

Ushbu maqola kasbiy kompetentlikni rivojlantirish muammosiga bag‘ishlangan. Xorijiy va mahalliy tajribalar asosida “kompetentlik” tushunchasining asosi va umumlashtirilgan tizimi metodologik tahlil qilingan. “Kompetensiyalar asosidagi ta’lim” ning bosqichlari, turlari, kompetensiyalarini rivojlantirishga ko‘maklashuvchi usullar haqida ma'lumotlar keltirilgan.

background image


Yanvar, 2025-Yil

82

BOʻLAJAK OʻQITUVCHILARNI KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH

Bobonorov Xusan Tolibjonovich

Navoiy davlat pedagogika instituti mustaqil izlanuvchisi.

Telefon: +99891 941 33 83; E–mail:

x.bobonorov91@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14623333

Annotatsiya. Ushbu maqola kasbiy kompetentlikni rivojlantirish muammosiga

bag‘ishlangan. Xorijiy va mahalliy tajribalar asosida “kompetentlik” tushunchasining asosi va

umumlashtirilgan tizimi metodologik tahlil qilingan. “Kompetensiyalar asosidagi ta’lim” ning

bosqichlari, turlari, kompetensiyalarini rivojlantirishga ko‘maklashuvchi usullar haqida

ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar: Kompetentlik, kasbiy kompetentlik, kompetensiya, bilim, ko‘nikma, malaka,

pedagogic jarayon.

РАЗВИТИЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ БУДУЩИХ

УЧИТЕЛЕЙ

Аннотация. Данная статья посвящена проблеме развития профессиональной

компетентности. На основе зарубежного и отечественного опыта методологически

проанализированы основа и обобщённая система понятия «компетентность» Приведены

сведения об этапах, видах «Образования на основе компетенций» методах,

способствующих развитию компетенций.

Ключевые слова: Компетентность, профессиональная компетентность,

компетентность, знания, навыки, квалификация, педагогический процесс.

DEVELOPING PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS

Abstract. This article is dedicated to the problem of developing professional competence.

Based on foreign and domestic experience, a methodological analysis of the basis and generalized

system of the concept of “competence” has been conducted. Information is provided on the stages,

types, and methods of “competency-based learning” that contribute to the development of

competencies.

Keywords: Competence, professional competence, competence, knowledge, skills,

qualifications, pedagogical process.

Vatanimiz mustaqillikka erishgan kundan e’tiboran xalqimizning ma’naviy ruhiy olamini

yangilash borasidagi ahamiyati davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Bu meros O‘zbekistonning

rivojlanish xarakatlar strategiyasida o‘z ifodasini topar ekan.


background image


Yanvar, 2025-Yil

83

“Kompetentlik” tushunchasi hozirgi kun pedagogini tarbiyalashda eng muhim omil

hisoblanadi. Ushbu termin lotincha “Competo” (erishyapman, munosibman, loyiqman) u yoki bu

sohadagi bilimlar, tajriba degan ma’nolarni anglatadi. Kompetentlilik – bilimdonlik, kasbiga

moslik, malakalilik, tajribalilik, mas’uliyatlilik kabi boshqa xislat va fazilatlar tushuniladi. Ushbu

vaziyatdan chiqishning yagona yo‘li – oliy ta’limda yangicha, ya’ni kompetent yondashuvni joriy

etishdir. Kompetent yondashuv tinglovchidan bilim va ko‘nikmalarni alohida–alohida emas, balki

yaxlitlikda egallashni talab etadi. Mazkur talab bilan bog‘liqlikda, o‘z navbatida, o‘qitish

metodlarini tanlash tizimi ham o‘zgarishga uchraydi. O‘qitish metodlarini tanlash va amaliyotda

qo‘llash ta’lim jarayonida qo‘yiladigan talablarga muvofiq keladigan kompetensiya va

funksiyalarni takomillashtirishni talab etadi.

Kompetent yondashuv oliy ta’limni modernizatsiyalash nuqtayi nazaridan yangi pedagogik

voqelik hisoblanadi. Mazkur yondashuv doirasida amaliy faoliyat tajribasi, kompetensiya va

kompetentlikni didaktik birliklar sifatida ko‘rib chiqish hamda ta’limning an’anaviy uch elementi

(triada) – “bilim – ko‘nikma – malaka”ni oltita birlik (sekstet) – “bilim – ko‘nikma – malaka –

amaliy faoliyat tajribasi – kompetensiya – kompetentlik” tarzida tahlil qilish talab etiladi. Dastlab

“kompetensiya” tushunchasining mohiyatini aniqlashtirib olish zarur. Kompetensiya (lotincha

so‘z bo‘lib, erishaman, to‘g‘ri kelaman ma’nolarini bildiradi) – sub’yektning maqsadni qo‘yish

hamda unga erishish uchun tashqi va ichki zaxiralarni samarali amalga oshirishga tayyorgarligi,

boshqacha qilib aytganda, bu subyektning muayyan faoliyat obyekti bilan bog‘liq muammolarni

muvaffaqiyatli hal etishga doir shaxsiy qobiliyatidir. Shuni alohida ta’kidlash lozimki,

“kompetensiya” tushunchasiga berilgan aksariyat ta’riflar kasbiy ta’lim, kasbiy faoliyat bilan

bog‘liqlikda bayon etilgan. Biroq umumiy o‘rta ta’lim bilan bog‘liqlikda mazkur tushuncha

innovatsiya tavsifiga ega bo‘lganligi sababli, uning mohiyatini aniqlashtirishga alohida ehtiyoj

mavjud.

Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning egallanishini

emas, balki har bir mustaqil yo‘nalish bo‘yicha integrativ bilimlar va harakatlarning

o‘zlashtirilishini nazarda tutadi. Shuningdek, kompetensiya mutaxassislik bilimlarini doimo

boyitib borishni, yangi axborotlarni o‘rganishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi

ma’lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o‘z faoliyatida qo‘llay bilishni taqozo etadi.

Kasbiy kompetentlik quyidagi holatlarda yaqqol namoyon bo‘ladi:

– murakkab jarayonlarda;

– noaniq vazifalarni bajarishda;

– bir–biriga zid ma’lumotlardan foydalanishda;


background image


Yanvar, 2025-Yil

84

– kutilmagan vaziyatda harakat rejasiga ega bo‘la olishda.

Kasbiy kompetensiya va kasbiy o‘zlikni anglash butun umr davom etadigan jarayon bo‘lib,

inson orzu qilish, sinash, tanlash hamda ularni amalga oshirish bosqichlaridanoq kasb–hunar

tanlaydi, so‘ngra kasb–hunarga kirishadi keyinchalik dunyodagi kasb–hunarlarni o‘zgarishiga,

o‘zidagi o‘zgarishga, mehnatga bo‘lgan munosabatini o‘zgarishiga bog‘lik ravishda kasbini yoki

mutaxassisligini o‘zgartiradi.

Kasbiy kompetentsiya deganda yana murakkab integral ta’lim, shu jumladan kasbiy

ahamiyatga ega bo‘lgan bilimlar to‘plami tushuniladi. Ko‘nikma va qobiliyatlar, shaxsiy fazilatlar,

fikrlashning muayyan usullari va o‘z harakatlari uchun muayyan darajada javobgarlik tushuniladi.

Biz har bir pedagogni ham kasbiy kompetentlikka to‘laqonli ega deb aytolmaymiz. Kasbiy

kompetentlikka ega bo‘lgan pedagog o‘z bilimlarini izchilllik bilan boyitib boradi, kreativlikka

intiladi, yangi axborotlarni tinimsiz ravishda o‘zlashtirib boradi, takrorlanmas bilimlarni izlab

topadi,davr bilan hamnafas yuradi, bilimlarni qayta ishlaydi va ularni amaliyotda qo‘llashning

samarali yo‘llarini o‘ylab topadi.

Bilamizki, pedagogik kompetentlik pedagogik jarayon asosida namoyon bo‘ladi. Qachonki

pedagogik jarayon to‘g‘ri vujudga kelsagina ta’lim beruvchi o‘z kompetentligini samarali qo‘llay

oladi. Xo‘sh, o‘zi pedagogik jarayon nima? Shu tushuncha haqida fikr yuritsak.

Pedagogik jarayon – zarur bo‘lgan bilimlar, amaliy ko‘nikma va malakalar, shaxs va

guruhning axloqiy–siyosiy, psixologik va jismoniy sifatlarini shakllantirish maqsadida insonlar

tomonidan (ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi) tashkil etilgan va yo‘naltirilgan faoliyat. Pedagogik

jarayon boshqa ijtimoiy jarayonlar bilan bog‘liq bo‘ladi.

REFERENCES

1.

Olimov Sh.Sh., Hasanova Z.D. Pedagogik texnologiyalarni o‘quv–tarbiya jarayoniga

qo‘llash. –Toshkent: Fan va texnologiya. 2014, –11 b.

2.

Akhmedov B.A., Askarova M.R., Xudayqulova F.B., Tojiboeva G.R., Artikova N.S.,

Urinova N.S., Omonova S.M. (2022). Pedagogical science education manegment in teaching

science of pedagogical sciences. Uzbek Scholar Journal, 10, 529–537.

3.

Safarova R.G. O‘quvchilarda kommunikativ kompetensiyani shakllantirish paramedian.

T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida

o‘tkazilgan “Raqamli texnologiyalar davrida tillarni intensiv o‘qitishning psixologik–

pedagogik jihatlari” mavzusidagi respublika ilmiy–amaliy konferensiyasi materiallar

to‘plami 42–47 betlar. https://doi.org/10.5281/zenodo.7991672


background image


Yanvar, 2025-Yil

85

4.

Safarova R.G. Tarixiy hamda zamonaviy tajribalarni uyg‘unlashtirgan holda qituvchining

kasbiy tafakkurini rivojlantirish ning madaniy modellari. O‘qituvchilar ta’limi bo‘yicha

xalqaro konferensiya “Zamonaviy ta’lim talablar shartida pedagogik ta’lim sifati”

mavzusidagi xalqaro konfrensiya: IFTE 2023: O‘zbekiston. http://IJRO.GOV.UZ Nukus–

2023–yil 29–30–may.

5.

Masharipova N.R. O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishning pedagogik

imkoniyatlari. Pedagogika ilmiy–nazariy va metodik jurnal. – Toshkent. 01/2023 son. 79–

82 b

References

Olimov Sh.Sh., Hasanova Z.D. Pedagogik texnologiyalarni o‘quv–tarbiya jarayoniga qo‘llash. –Toshkent: Fan va texnologiya. 2014, –11 b.

Akhmedov B.A., Askarova M.R., Xudayqulova F.B., Tojiboeva G.R., Artikova N.S., Urinova N.S., Omonova S.M. (2022). Pedagogical science education manegment in teaching science of pedagogical sciences. Uzbek Scholar Journal, 10, 529–537.

Safarova R.G. O‘quvchilarda kommunikativ kompetensiyani shakllantirish paramedian. T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida o‘tkazilgan “Raqamli texnologiyalar davrida tillarni intensiv o‘qitishning psixologik–pedagogik jihatlari” mavzusidagi respublika ilmiy–amaliy konferensiyasi materiallar to‘plami 42–47 betlar. https://doi.org/10.5281/zenodo.7991672

Safarova R.G. Tarixiy hamda zamonaviy tajribalarni uyg‘unlashtirgan holda qituvchining kasbiy tafakkurini rivojlantirish ning madaniy modellari. O‘qituvchilar ta’limi bo‘yicha xalqaro konferensiya “Zamonaviy ta’lim talablar shartida pedagogik ta’lim sifati” mavzusidagi xalqaro konfrensiya: IFTE 2023: O‘zbekiston. http://IJRO.GOV.UZ Nukus–2023–yil 29–30–may.

Masharipova N.R. O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari. Pedagogika ilmiy–nazariy va metodik jurnal. – Toshkent. 01/2023 son. 79–82 b