MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA INKLYUZIV TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH JARAYONINING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK JIHATLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Abstract

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim tushunchasini rivojlantirish jarayonining pedagogik-psixologik jihatlari tahlil qilingan. Maqolada inklyuziv ta’limning maqsadlari, tamoyillari va uning o‘quvchilarning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ta’lim jarayonida qo‘llanilishi ko‘rib chiqilgan. O‘rganish jarayonida inklyuziv ta’limni qo‘llashda duch kelinadigan asosiy muammolar va ularni hal qilish bo‘yicha takliflar bayon etilgan.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Avlayeva, G., & Eshmanov, O. (2025). MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA INKLYUZIV TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH JARAYONINING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK JIHATLARINI TAKOMILLASHTIRISH. Modern Science and Research, 4(1), 228–235. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/60541
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim tushunchasini rivojlantirish jarayonining pedagogik-psixologik jihatlari tahlil qilingan. Maqolada inklyuziv ta’limning maqsadlari, tamoyillari va uning o‘quvchilarning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ta’lim jarayonida qo‘llanilishi ko‘rib chiqilgan. O‘rganish jarayonida inklyuziv ta’limni qo‘llashda duch kelinadigan asosiy muammolar va ularni hal qilish bo‘yicha takliflar bayon etilgan.


background image

228

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA INKLYUZIV TA’LIMNI

RIVOJLANTIRISH JARAYONINING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK JIHATLARINI

TAKOMILLASHTIRISH

Avlayeva Gulhayo Xalil qizi

Iqtisodiy va pedagogika universiteti NTM magistranti

Eshmanov O.U.

IPU NTM Pedagogika va o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti v.b., p.f.f.d. (PhD)

https://doi.org/10.5281/zenodo.14630709

Annotatsiya.

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim

tushunchasini rivojlantirish jarayonining pedagogik-psixologik jihatlari tahlil qilingan. Maqolada

inklyuziv ta’limning maqsadlari, tamoyillari va uning o‘quvchilarning individual ehtiyojlarini

hisobga olgan holda ta’lim jarayonida qo‘llanilishi ko‘rib chiqilgan. O‘rganish jarayonida

inklyuziv ta’limni qo‘llashda duch kelinadigan asosiy muammolar va ularni hal qilish bo‘yicha

takliflar bayon etilgan.

Kalit so‘zlar:

inklyuziv ta’lim, integratsiya, ta’lim-tarbiya, imkoniyati cheklangan bolalar,

tug‘ma nuqsonli bolalar.

IMPROVING THE PEDAGOGICAL-PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF THE PROCESS

OF DEVELOPING INCLUSIVE EDUCATION IN PRESCHOOL EDUCATIONAL

ORGANIZATIONS

Abstract.

This article analyzes the pedagogical and psychological aspects of the process of

developing the concept of inclusive education in preschool educational organizations. The article

examines the goals and principles of inclusive education and its application in the educational

process, taking into account the individual needs of students. The main problems that arise when

applying inclusive education in the learning process and proposals for their solution are

described.

Key words:

inclusive education, integration, education, children with disabilities, children

with birth defects.

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ПЕДАГОГИКО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИХ АСПЕКТОВ

ПРОЦЕССА РАЗВИТИЯ ИНКЛЮЗИВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ В ДОШКОЛЬНЫХ

ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ

Аннотация.

В данной статье анализируются педагогические и психологические

аспекты процесса разработки концепции инклюзивного образования в дошкольных

образовательных организациях. В статье рассматриваются цели и принципы

инклюзивного образования и его применение в образовательном процессе с учетом

индивидуальных потребностей учащихся. Описаны основные проблемы, возникающие при


background image

229

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

применении инклюзивного образования в процессе обучения, и предложения по их решению.

Ключевые слова:

инклюзивное образование, интеграция, образование, дети с

ограниченными возможностями, дети с врожденными дефектами.

Kirish.

Maktabgacha ta’lim jamiyat taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi, chunki bu bosqich

bolalarning asosiy ko‘nikmalarini shakllantiradi. Inklyuziv ta’lim esa barcha bolalar, jumladan,

jismoniy yoki psixologik rivojlanishda nuqsonlari mavjud bolalar uchun teng imkoniyatlarni

yaratishni maqsad qiladi. So‘nggi yillarda inklyuziv ta’lim jarayonini takomillashtirishga e’tibor

oshmoqda, ammo bu jarayon o‘ziga xos pedagogik va psixologik muammolarni keltirib chiqaradi.

Ushbu maqola inklyuziv ta’limni rivojlantirishda duch kelinadigan qiyinchiliklarni

aniqlash va pedagogik-psixologik yondashuvlarni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan

takliflarni taqdim etishga qaratilgan.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili va tadqiqot metodoligiyasi.

Mazkur tadqiqot

mavzusi doirasida bir qancha olimlar, xususan, xorijiy tadqiqotchilar

T.A.Vlasova, M. S.

Pevzner, V. I. Lubovskiy, T. V. Yegorova, K. S. Lebedinskaya, N. A. Nikashina, K. K. Mamedov,

T B. Shoumarov, N. A. Sipina, R. D. Triger va boshqalar inklyuziv taʼlim bo‘yicha tadqiqotlar

olib

borgan.

S.V.Alexinaning

fikricha,

“inklyuziya

-

ijtimoiy

munosabatlarni

insonparvarlashtirish va imkoniyati cheklangan shaxslarning birgalikda sifatli ta’lim olishga

huquqlarini tan olish maqsadlarini tushunishning bir xil ma’noda boʻlishini nazarda tutuvchi

ijtimoiy konsepsiya” hisoblanadi. T.But va M.Eynskouning fikrlaricha, “oʻtkaziladigan islohotlar

va oʻzgartirishlarning asosi hisoblanadi .., hamkorlikda ishlash gʻoyalariga qoʻshilishadigan,

oʻzining barcha ishtirokchilari rivojlanishini ragʻbatlantiradigan ..., xavfsiz va murosali jamoani

yaratishga yordam beradi, ta’lim va oʻqitish siyosati va amaliyotini oʻzgartiradi”. P.f.n, dotsent

R.Shomaxmudova “Nogiron va maxsus ehtiyojli ta’lim oluvchilar o‘rtasidagi to‘siqlarni bartaraf

etish, maxsus ta’limga muhtoj bolalar va o‘smirlarni rivojlanishidagi nuqsonlar yoki iqtisodiy

qiyinchiliklardan qat’iy nazar, oilaning faol ishtirokida, xususan bolaning ehtiyojini qondirishga

va ijtimoiy hayotga moslashtirish va umumta’lim tizimiga to‘liq qo‘shishni ifodalovchi ta’lim

tizimidir”-deb ta’rif berib o‘tgan. L.SH.Nurmuhammedovaning “Oilada nogiron farzandni

tarbiyalashning pedagogik xususiyatlari” ilmiy tadqiqotlari doirasida oilada nogiron farzandi bor

ota-onalarning o‘ziga xos xususiyatlari, qiyinchiliklari va ijtimoiy-pedagogik, psixologik

ko‘rsatmalarga muhtojligi tahlil qilingan va bir qator ilmiy natijalar olingan.

Usullar. Tadqiqotda quyidagi usullar qo‘llanildi:

Adabiyotlar sharhi: Mavjud ilmiy maqolalar, normativ hujjatlar va inklyuziv ta’lim

sohasidagi xalqaro tajribalar o‘rganildi.


background image

230

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Sotsiologik so‘rovnoma: 150 nafar maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglari va

psixologlari ishtirokida so‘rov o‘tkazildi.

Amaliy kuzatish: 10 ta maktabgacha ta’lim muassasasida inklyuziv ta’lim jarayoni

kuzatilib, bolalarning rivojlanishidagi o‘zgarishlar tahlil qilindi.

Eksperimental metod: Muayyan inklyuziv metodikalarni joriy etish orqali bolalarning

rivojlanish natijalari baholandi.

Asosiy qism. Tahlil va natijalar

. O‘zbekiston Respublikasida 1996-yildan boshlab

maxsus ta’limga alternativ tarzda inklyuziv maktablar tashkil etila boshlandi. Ushbu maktablar

turli soha vakillari va hamjamiyat ishtirokchilarining birgalikdagi sa’y-harakatlari natijasida

shakllandi. Bu sa’y-harakatlar alohida e’tiborga muhtoj bolalarning abilitatsiyasi va

reabilitatsiyasi darajasini oshirishda, shuningdek, mavjud muammolarni erta aniqlab korreksiya

qilish orqali ularning ijtimoiy moslashuvini tezlashtirishda ijobiy natijalar bermoqda. Shuningdek,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-

yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Farmonida inklyuziv ta’limni

rivojlantirish umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’limni isloh qilishning ustuvor

yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan [1]. Bu esa mamlakatimizda ushbu yo‘nalishga alohida

e’tibor qaratilayotganini yana bir bor tasdiqlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan

takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston

Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida

belgilangan vazifalar doirasida, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan

chora-tadbirlarning samarali yechimlarini amalga oshirishga xizmat qilayotganini ko‘rishimiz

mumkin. 2020-yil 19-may kuni O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi tomonidan yangi

tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi, unda ilk bor inklyuziv (uyg‘unlashgan)

ta’lim tushunchasi kiritildi [2]. Ushbu qonun loyihasi O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi va

mutaxassislar tomonidan inklyuziv ta’lim tamoyillariga muvofiqlik nuqtayi nazaridan tahlil

qilindi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, qonunda inklyuziv ta’lim nogironligi bo‘lgan bolalarga

nisbatan har qanday kamsitishni istisno qiluvchi ta’lim shakli sifatida belgilanganiga qaramay,

uning mazmuni inklyuziya tamoyillariga to‘liq mos kelmasligi aniqlangan. Inklyuziv ta’lim

dastlab oliy ta’lim tizimida I va II guruh nogironlari uchun ikki foizlik kvota ajratilishi orqali joriy

etilgan. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari yoshidagi jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsonlari

bo‘lgan, shuningdek, uzoq muddatli davolanishga muhtoj bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan

ta’lim muassasalarida, uy sharoitida individual tartibda yoki statsionar sharoitda ta’lim olish

imkoniyatini tashkil etish tartibi belgilandi.


background image

231

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-

4860-son Qaroriga muvofiq, “O‘zbekiston Respublikasining 2020-2025-yillarda Xalq ta’limi

tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish Konsepsiyasi” tasdiqlandi. Ushbu Konsepsiya inklyuziv

ta’limni rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini belgilab berdi. Ushbu Konsepsiya nogironligi

bor insonlarning barcha darajalarda ta’lim olish huquqini tan olishni, hech qanday kamsitishlarsiz

va teng imkoniyatlar asosida uzluksiz inklyuziv ta’lim olishlarini ta’minlashga qaratilgan

majburiyatlarni belgilaydi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-

yil 13-oktabrdagi PQ-4860-sonli “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya

berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori [3] hamda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-sonli “Alohida

ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash

to‘g‘risida”gi Qarorining 1-ilovasi – “Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’limni

tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi hujjatlarda inklyuziv ta’lim va boshlang‘ich tayanch korreksion

sinflarda faoliyat olib boradigan maxsus o‘qituvchilarning vazifalari aniq belgilangan. Ushbu

hujjatlarga muvofiq, maxsus o‘qituvchilar o‘quvchilarning individual ta’lim dasturlarini

o‘zlashtirishiga yordam ko‘rsatishi, ularning nuqsonlarini tuzatish (korreksiya) va bola

rivojlanishiga xos bo‘lgan o‘ziga xosliklarni bartaraf etishda ko‘maklashishi zarurligi

ta’kidlangan. Bundan tashqari, o‘qituvchilar barcha darslarda, sinfdan tashqari tadbirlarda va

boshqa faoliyatlarda ishtirok etib, ta’lim jarayonini yanada samarali tashkil etishi lozimligi

belgilangan.

BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida, 2017-yil sentyabr oyida, O‘zbekiston

Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan tashabbus asosida “Yoshlar huquqlari

to‘g‘risidagi Xalqaro Konvensiya” loyihasi ishlab chiqildi [4]. Ushbu tashabbus yoshlar

huquqlarini, eng avvalo, ularning tinch va sog‘lom hayot kechirish hamda ta’lim olish huquqlarini

ta’minlashga qaratilgan.Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodning

barkamol bo‘lib voyaga yetishi, sifatli va mukammal ta’lim olishini ta’minlash biz uchun har doim

ustuvor vazifa hisoblanadi”. Bu taklif yoshlarning huquq va imkoniyatlarini mustahkamlash

yo‘lida muhim qadamdir.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasi hamda Yangi tahrirdagi

“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 5-moddasi qoidalariga asosan ta’lim olishda barcha teng

huquqlidir. Bu qonun inklyuziv (uyg‘unlashgan) ta’lim tushunchasi kiritilganligi bilan ham

avvalgi tahriridan farqlanib turadi va bu qonunga muvofiq inklyuziv ta’lim sohasidagi vakolatli

organ etib Vazirlar Mahkamasi belgilangan. Shu nuqtai nazardan mamlakatimizda ta’limning

inklyuziv shaklini ham birdek rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.


background image

232

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

2020-yil 19-may kuni O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi tomonidan yangi

tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Ushbu qonunda ilk bor inklyuziv

(uyg‘unlashgan) ta’lim tushunchasi kiritildi. Mazkur qonun loyihasi O‘zbekiston nogironlar

assotsiatsiyasi va mutaxassislar tomonidan inklyuziv ta’lim tamoyillariga muvofiqligi nuqtayi

nazaridan tahlil qilindi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim tushunchasini rivojlantirish

jarayonining pedagogik-psixologik jihatlarini takomillashtirish har bir bolaning ta’lim olish

huquqini ta’minlash va ularning individual ehtiyojlariga moslashtirilgan yondashuvlarni joriy

etishni talab qiladi. Inklyuziv ta’lim, avvalo, o‘quv dasturlarini moslashtirish va har bir bolaning

rivojlanish xususiyatlarini inobatga olishni talab etadi. Bu esa o‘quv materiallarini oddiy va

maxsus ehtiyojli bolalarning o‘zlashtirish imkoniyatlariga mos tarzda ishlab chiqishni taqozo

qiladi. Shu bilan birga, o‘qituvchilarning zamonaviy pedagogik yondashuvlarni egallashi,

differensial ta’lim va interaktiv texnologiyalardan samarali foydalanishi zarur. Inklyuziv

ta’limning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun maxsus ehtiyojli bolalar bilan ishlashga

mo‘ljallangan o‘qituvchilarni tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda maxsus

o‘qituvchilar o‘quvchilarning individual ta’lim dasturlarini o‘zlashtirishiga yordam ko‘rsatish,

ularning rivojlanishidagi nuqsonlarni korreksiya qilish va bola rivojlanishiga xos o‘ziga

xosliklarni bartaraf etish bilan shug‘ullanishlari kerak. Shu bilan birga, sinfda ijobiy ijtimoiy

muhitni yaratish, bolalar o‘rtasida bir-birini hurmat qilish va birgalikda ishlash madaniyatini

shakllantirish ham inklyuziv ta’limning muhim qismi hisoblanadi [5]. Psixologik jihatdan esa

bolalarning psixologik holatini tahlil qilish va ularga mos psixologik qo‘llab-quvvatlash

xizmatlarini tashkil etish talab etiladi. Bu jarayonda maktab psixologlari motivatsion

mashg‘ulotlar va stressni kamaytirishga qaratilgan faoliyatlar orqali bolalarning ta’lim jarayoniga

moslashuvini ta’minlashlari zarur. Shu bilan birga, ota-onalarni inklyuziv ta’lim jarayoniga jalb

qilish va ularga ta’lim tizimining o‘ziga xosliklari haqida tushuncha berish, shuningdek, maxsus

ehtiyojli bolalar uchun mo‘ljallangan texnik vositalar bilan ta’minlash va infratuzilmani

rivojlantirish ham muhim hisoblanadi.

Tadqiqot davomida quyidagi natijalar aniqlandi:

Pedagogik jihatlar: Maktabgacha ta’limda inklyuziv yondashuvga ega bo‘lgan pedagoglar

yetishmasligi aniqlangan.Inklyuziv ta’lim bo‘yicha o‘quv-metodik qo‘llanmalar yetarli darajada

ishlab chiqilmagani qayd etildi.

Psixologik jihatlar: Ko‘pchilik bolalar, jumladan, maxsus ehtiyojli bolalar, jamoadagi

faoliyatga moslashishda qiyinchiliklarga duch keladi. Ota-onalar va pedagoglar orasida inklyuziv

ta’limga nisbatan turli xil munosabatlar mavjud bo‘lib, ularning bir qismi bu jarayonni qo‘llab-

quvvatlamaydi.


background image

233

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Amaliy kuzatish natijalari: Maxsus tayyorlangan dars rejalarini qo‘llash orqali

bolalarning ijtimoiylashuvi yaxshilandi. Psixologik yordam dasturlari inklyuziv muhitni

rivojlantirishda ijobiy natijalar berdi.

Eksperiment natijalari: Inklyuziv ta’lim dasturiga yangi pedagogik texnologiyalarni

kiritish natijasida bolalarning o‘zaro muloqotga kirishish ko‘nikmalari oshdi. Maxsus trening va

seminarlar pedagoglarning inklyuziv ta’lim sohasidagi malakasini oshirishda samarali bo‘ldi.

Munozara

. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, maktabgacha ta’limda inklyuziv yondashuvni

samarali joriy etish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim:

Kadrlar malakasini oshirish: Pedagoglar va psixologlarni inklyuziv ta’lim sohasida

maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazish.

Metodik ta’minotni takomillashtirish: Inklyuziv ta’lim uchun mos dars ishlanmalari va

o‘quv materiallarini ishlab chiqish.

Jamoatni xabardor qilish: Ota-onalar va jamiyatda inklyuziv ta’limning ahamiyatini

tushuntirish va bu borada ijobiy muhit yaratish.

Resurslarni yaxshilash: Maxsus ehtiyojli bolalar uchun zarur jihoz va texnologiyalar bilan

ta’minlash.

Integratsion yondashuv: Psixologik va pedagogik xizmatlarni birlashtirgan holda

bolalarning individual ehtiyojlarini qondirish.

Xulosa va takliflar.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’limni rivojlantirish

uchun pedagogik va psixologik jihatlar muhim ahamiyatga ega. Ushbu tadqiqot natijalari shuni

ko‘rsatadiki, malakali pedagoglar tayyorlash, maxsus metodik materiallarni ishlab chiqish va

ijtimoiy xabardorlikni oshirish inklyuziv ta’lim samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim tushunchasini rivojlantirish jarayoni

ta’lim tizimini yanada adolatli va teng imkoniyatlarga asoslangan holda rivojlantirishga yordam

beradi.

Pedagogik-psixologik jihatlarni takomillashtirish jarayoni, maxsus ehtiyojli bolalarning

ta’lim olish huquqlarini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Inklyuziv ta’limning muvaffaqiyatli

amalga oshirilishi uchun o‘qituvchilar, psixologlar, ota-onalar va ta’lim tizimi mutaxassislarining

o‘zaro hamkorligi zarur. Adabiyotlarda inklyuziv ta’limning asosiy prinsiplari, pedagogik

metodlar va psixologik yondashuvlarning ahamiyati ko‘rsatilgan. Inklyuziv ta’lim jarayonida

bolalarning individual ehtiyojlariga mos yondashish, ta’limda tenglikni ta’minlash va

o‘quvchilarning rivojlanish xususiyatlarini inobatga olish kerak. Inklyuziv ta’limning pedagogik

jihatlari bolalarning o‘zaro munosabatlari va jamiyatga moslashishiga yordam beradi, shu bilan

birga, psixologik qo‘llab-quvvatlash maxsus ehtiyojli bolalar uchun ta’lim jarayonini

muvaffaqiyatli amalga oshirishga imkon yaratadi.


background image

234

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Inklyuziv ta’limning samarali amalga oshirilishi uchun o‘qituvchilarning malakali

tayyorlanishi, maxsus ehtiyojli bolalar bilan ishlashda psixologik yondashuvlarning qo‘llanilishi

va ta’lim materiallarini moslashtirish zarur.

Takliflar:

Inklyuziv ta’limni amalga oshirishda o‘qituvchilarni maxsus ehtiyojli bolalar bilan

ishlashga tayyorlash uchun zamonaviy pedagogik metodlar va psixologik qo‘llab-quvvatlashni o‘z

ichiga olgan kurslar va treninglar tashkil etilishi kerak;

Inklyuziv ta’lim jarayonida maxsus ehtiyojli bolalar uchun psixologik qo‘llab-quvvatlashni

ta’minlash lozim;

Inklyuziv ta’limda ota-onalar o‘qituvchilar bilan yaqindan hamkorlik qilish;

Inklyuziv ta’limni samarali tashkil etish uchun maktablarda kerakli infratuzilma va

resurslar (maxsus texnik vositalar, moslashtirilgan darsliklar, maxsus jihozlar) ta’minlanishi

lozim;

Inklyuziv ta’limning samaradorligini muntazam ravishda monitoring qilish va baholash

tizimi ishlab chiqish.

REFERENCES

1.

О‘zbеkistоn Rеsрublikаsi Рrеzidеntining “О‘zbеkistоn Rеsрublikаsi Хаlq tа’limi tizimini

2030-yilgасhа rivоjlаntirish kоnsерsiyаsini tаsdiqlаsh tо‘g‘risidа” 2019-yil 29-арrеldаgi

РF-5712-sоn Fаrmоni.

2.

Оʻzbеkistоn Rеsрublikаsining 2020-yil 23-sеntаbrdаgi О`RQ-673-sоnli “Tа`lim

tо`g`risidаgi” Qоnuni. httрs://lех.uz/dосs/-5013007

3.

О‘zbеkistоn Rеsрublikаsi Рrеzidеntining 2020-yil 13-оktаbrdаgi РQ-4860- sоn

“О`zbеkistоn Rеsрublikаsining 2020-2025-yillаrdа Хаlq tа’limi tizimidа inklyuziv

tа’limni rivоjlаntirish Kоnsерsiyаsini tаsdiqlаsh tо’g’risidа”gi Qаrоri. httрs://lех.uz/dосs/-

5044711

4.

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. 2020 yil 23- sentyabr.

O‘RQ-637-son https://lex.uz/docs/5013007

5.

O‘zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ehtiyojmand

toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonuni 2016 yil 26 dekabrdagi PQ-415-

son

https://www.lex.uz/docs/3083192

6.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston

Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-

4947-son Farmoni.

https://lex.uz/docs/3107036


background image

235

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

7.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2017 yil 1 dekabrdagi “Nogironligi bo‘lgan

shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5270-sonli Farmoni. https://www.lex.uz/acts/3436192

8.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2007 yil 17 maydagi “Imkoniyati

cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari faoliyati to‘g‘risida”

2007 yil 17 maydagi PQ-100-son Qarori. https://lex.uz/docs/1203085

9.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2020 yil 13 oktyabrdagi “Alohida ta’lim

ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4860-son Qarori. https://lex.uz/docs/5044711

10.

2020-2025 yillarda Xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’lim Inklyuziv ta’limni rivojlantirish

Konsepsiyasi. O‘z.Res.Prezidenti. 13.10.2020y PQ 4860-son

11.

Sh. Mirziyoyev. “Bilimli avlod - buyuk kelajakning, tadbirkor xalq - farovon hayotning,

do‘stona hamkorlik esa taraqqiyotning kafolatidir”. O‘zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimidagi

ma‘ruzasi. Xalq so‘zi gazetasi, 2018-yil 8- dekabr.

12.

Amirsaidova SH.M. “Maxsus pedagogika fani taraqqiyotida sharq mutafakkiri

g‘oyalarining o‘rni va roli” . Ped. fan. nom... diss. – T., 2006. -B.78.

13.

IIektra Spandagou, Cathy Little, David Evans, Michelle L. Inklusive Education in Schools

and Early. Childhood Settings.springer Springer Singapore. 2020.

14.

R.Shomaxmudova, D.Tulaganova, A.Berdieva. Jismoniy rivojlanishida muammolari

bo‘lgan bolalar bilan inklyuziv va maxsus ta’lim tizimida olib boriladigan korreksion

pedagogik ishlar. Toshkent: XT «Roziqov O.J». 2007 y.

15.

UNESCO. (2021). Inclusive Education: Principles and Practices.

References

О‘zbеkistоn Rеsрublikаsi Рrеzidеntining “О‘zbеkistоn Rеsрublikаsi Хаlq tа’limi tizimini 2030-yilgасhа rivоjlаntirish kоnsерsiyаsini tаsdiqlаsh tо‘g‘risidа” 2019-yil 29-арrеldаgi РF-5712-sоn Fаrmоni.

Оʻzbеkistоn Rеsрublikаsining 2020-yil 23-sеntаbrdаgi О`RQ-673-sоnli “Tа`lim tо`g`risidаgi” Qоnuni. httрs://lех.uz/dосs/-5013007

О‘zbеkistоn Rеsрublikаsi Рrеzidеntining 2020-yil 13-оktаbrdаgi РQ-4860- sоn “О`zbеkistоn Rеsрublikаsining 2020-2025-yillаrdа Хаlq tа’limi tizimidа inklyuziv tа’limni rivоjlаntirish Kоnsерsiyаsini tаsdiqlаsh tо’g’risidа”gi Qаrоri. httрs://lех.uz/dосs/-5044711

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. 2020 yil 23- sentyabr. O‘RQ-637-son https://lex.uz/docs/5013007

O‘zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonuni 2016 yil 26 dekabrdagi PQ-415-son https://www.lex.uz/docs/3083192

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni. https://lex.uz/docs/3107036

O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2017 yil 1 dekabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5270-sonli Farmoni. https://www.lex.uz/acts/3436192

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2007 yil 17 maydagi “Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari faoliyati to‘g‘risida” 2007 yil 17 maydagi PQ-100-son Qarori. https://lex.uz/docs/1203085

O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2020 yil 13 oktyabrdagi “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4860-son Qarori. https://lex.uz/docs/5044711

2020-2025 yillarda Xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’lim Inklyuziv ta’limni rivojlantirish Konsepsiyasi. O‘z.Res.Prezidenti. 13.10.2020y PQ 4860-son

Sh. Mirziyoyev. “Bilimli avlod - buyuk kelajakning, tadbirkor xalq - farovon hayotning, do‘stona hamkorlik esa taraqqiyotning kafolatidir”. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimidagi ma‘ruzasi. Xalq so‘zi gazetasi, 2018-yil 8- dekabr.

Amirsaidova SH.M. “Maxsus pedagogika fani taraqqiyotida sharq mutafakkiri g‘oyalarining o‘rni va roli” . Ped. fan. nom... diss. – T., 2006. -B.78.

IIektra Spandagou, Cathy Little, David Evans, Michelle L. Inklusive Education in Schools and Early. Childhood Settings.springer Springer Singapore. 2020.

R.Shomaxmudova, D.Tulaganova, A.Berdieva. Jismoniy rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalar bilan inklyuziv va maxsus ta’lim tizimida olib boriladigan korreksion pedagogik ishlar. Toshkent: XT «Roziqov O.J». 2007 y.

UNESCO. (2021). Inclusive Education: Principles and Practices.