356
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
BIOLOGIYADAN STEAM TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH METODIKASI
Soxiba Maksudovna Xudayberganova
Chirchiq davlat pedagogika universiteti ATFO‘M (biologiya) yo‘nalishi I-bosqich magistranti
Murodxo‘ja Alisher o‘g‘li Abdiqodirov
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Genetika va evolutsion biologiya kafedrasi o‘qituvchisi,
b.f.f.d. (PhD).
https://doi.org/10.5281/zenodo.14633219
Annotatsiya. Ushbu maqolada real hayot talablaridan kelib chiqqan holda akademik
ilmiy-texnikaviy konsepsiya doirasida integratsiyalashgan holda o’qitish STEAM. Bu ta’lim tizimi
yangicha metodika va ishlanmalarga boy bo‘lgan tizim. Bu tizim bilan o‘quvchilarimizni
texnologiyalar bilan hamnafas bo‘lgan holda tarbiyalash, qiziqtirishini texnolgiya, muhandislik,
san’at, matematika fanlari bilan birga uyg‘un holatda o‘qitishni takomillashtirish bo‘yicha
ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so’zlar: STEAM, integratsiya, kreativ fikrlash, ilmiy savodxonlik, o’qitish
metodologiyasi, analitik va mantiqiy fikrlash.
IMPROVING THE METHODOLOGY OF USING STEAM TECHNOLOGY IN
TEACHING THE BIOLOGY SECTION
(IN CASE OF 9
TH
GRADE)
Abstract. This article, STEAM is an integrated education within the academic scientific
and technical concept based on the of real life. This educational system is rich in new methods
and developments to improve education in harmony with technology, engineering, art and
mathematics are presented.
Key words: STEAM integration, creative thinking, science teaching methods steracy,
analytical and logical thinking.
МЕТОДОЛОГИЯ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ТЕХНОЛОГИИ STEAM В БИОЛОГИИ
Аннотация. В данной статье рассматривается STEAM — комплексный подход к
обучению, основанный на реальных требованиях в рамках академической научно-
технической концепции. Эта система образования богата новыми методиками и
разработками. Эта система предоставляет информацию о том, как обучать наших
студентов в соответствии с технологиями и как улучшить преподавание в гармонии с
технологиями, инженерией, искусством и математикой.
Ключевые слова: STEAM, интеграция, творческое мышление, научная
грамотность, методика обучения, аналитическое и логическое мышление.
357
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
KIRISH
Bugungi kunda fan, texnologiya, muhandislik, san’at, matematikani anglatuvchi STEAM
ta’limi ijodkorlik, muammolarni yechish va innovatsiyalarni rag’batlantiradigan o‘rganishga
ko‘pfanli yondashuvdir. Shuningdek u o’quvchilarga XXI asr uchun muhim ko‘nikmalarni,
masalan, tanqidiy fikrlash, muloqot va hamkorlikni rivojlantirishga yordam beradi. Ushbu
ko‘nikmalar turli kasblarga va hayotlari davomida qo‘llanishi mumkin. STEAM darajasini
o‘rganish o‘quvchilarning og‘ir o‘quv yuklamasini boshqarish va motivatsiyasini saqlab qolish
qobilyatlarini ham namoyon etadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Hozirgi vaqtda o‘quvchilarni kelajakdagi karyeralarida muvaffaqiyat qozonishga
tayyorlashning kaliti bo‘lgan STEAM o’rganish an’anaviy fan sohalarida zarur bo’lganlardan
ancha yuqori ko’nikmalarni shakllantiradi. Bu ta’lim texnologiyasida hamkorlik, kollegialik va
umumiy bog‘lanishlarni shakllantirishda katta ahamiyatga ega va o‘quvchilar ancha faol bo’lib,
ularning ta’limga bo‘lgan intilishlariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Ojugo A. A., Osika, A tomonidan STEAM modelining qayta ko’rib chiqilgan talqinini
taklif qilingan taqdim etadi.Unda “inson” o’zgaruvchisi modelning juda muhim elementi sifatida
taqdim etildi.
1990-yillarda STEAM metodologiyasi paydo bo’ldi. Bu fanlararo integratsiya va amaliy
yondashuvdan kelib chiqqan holda o’qitish demakdir. Bunda oliy ta’limdagi ayrim fanlar san’at –
Liberal san’atga aylantirilgan va samarasi aniqlangan. Ojugo.A boshchiligidagi metodist olimlar
o’quvchilarning ijodiy darajasini belgilab berilgan. Ular olib borgan tadqiqot ishtirokchilari 9, 10-
sinf o’quvchilari bo‘lib, animatsion videolar uchun saundtrek yaratish taklif qilingan. Bu orqali
o‘quv jarayonidagi muammolarni hal qilishda o’quvchilarning ijodkorligini rivojlantirishga
xizmat qiladi.[11]
M.Abjalova umumta’lim maktablarida sinf-dars tizimidan loyihaviy faoliyatga tomon
o‘tish, fundamental bilimlarni funksional bilimlarga ko‘chirish, ularni amaliyotda faol qo‘llash
jarayoni orqali fanlar integratsiyasi, kesishmasida muammolar yechimining yangicha yo‘llarini
izlash, lozim topilsa, kashf etishga yo‘naltirish kabi vazifalarni qo‘yadi.Ta’lim jarayoniga STEAM
ta’lim tizimining joriy etilishi natijasida kelajakda innovatsion iqtisodiyotni yaratish uchun zarur
bo‘lgan kasblarni egallashga zamin yaratilishini namoyon etish va kreativlik mohiyatini anglatishi
aytib o’tilgan. [1]
D.Kojuxarova ta’limning mohiyati va unda axborot texnologiyalarining o’rni ko’rib chiqib,
axborot texnologiyalari bo’yicha dars o‘tish uchun taklif qilingan variant STEAM yondashuvi
orqali amalga oshirilganligi ta’kidlab o’tilgan.
358
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
Tahlil qilinganda bu ta’lim o‘quvchilarni ijodkorlikka va kreativ fikrlashga va
muammolarni hal qilishdagi strategiyalarni qo‘llanilishi loyihalar orqali aniqlangan.[3]
Aelterman, N., Vansteenkiste, M., Van Keer, H., Van den Berghe, L., De Meyer, J.,
&Haerens,L lar o‘quv jarayonlarida STEAM metodologiyasining hissasini aniqlash imkonini
beruvchi adabiyotlarni tizimli ko‘rib chiqishni PRISMA usuli qo‘llanilgan. Tahlil natijalari
ishning 4 ta yo’nalishini aniqlashga imkon bergan. Nazariy asoslari, usullari, metodologiyasining
o’quv fanlararo va o‘qitish kompetensiyalariga qo’shgan hissasi o’rganilgan.O’qituvchining
rag’batlantirishi vao’quvchilarning motivatsiya olishini diagnostika qilishgan.Motivatsiyani ikkita
guruhga ajratishgan(Avtonom va boshqariladigan).Motivatsiya va jalb qilish,faollik o’rtasidagi
bog’lanishni o’rganishgan. [5]
Mirzaeva.N -XXI asrda muhim ko’nikmalarni rivojlantirish uchun istiqbolli pedagogik
yondashuv sifatida fanlararo STEAM (fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika) o‘quv
dasturiga integratsiyalashuviga bag‘ishlangan [3]. Tizimli adabiyotlarni ko’rib chiqish va amaliy
misollarni tahlil qilish orqali dizayn tamoyillari, fanlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash
strategiyalari, o‘quvchilarning faolligi va motivatsiyasiga ta’siri hamda bu konteksda
o‘qituvchining yordamchi va yo‘l-yo‘riq sifatidagi roli o‘rganilgan. Bundan tashqari texnologiya
raqamli resurslardan foydalanib, STEAM fanlari o‘rtasidagi aloqlarni o‘rganish hamda
o‘qituvchilar va fanlar o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyati muhokama qilindi. Bu shuni
ko’rsatadiki, STEAM o‘quv dasturidagi fanlararo yondashuv ijodkorlik, tanqidiy fikrlash va
hamkorlik kabi ko’nikmalarni rivojlantirishga hizmat qiladi [4].
N.Soroko muammoni shakllantirish zamonaviy dunyoda texnologiyalarning jadal
rivojlanishi ta’lim uchun yangi yo’l ochadi. Fan, texnologiya, muxandislik, san’at va matematika
integratsiyasi o‘zgaruvchan yondashuv sifatida alohida ahamiyatga ega. Fanlararo ta’limni
rivojlantirish va o‘quvchilarni bilimga asoslangan va raqamlashtirilgan jamiyat muammolariga
tayyorlash. An’anaviy yondashuvdan STEAM ta’limiga o’tish immersiv texnologiyalarni kiritish
bilan yanada jozibali bo’ladi. Texnik va ijodiy jihatlari birlashtirilgan ushbu yo’nalish virtual
reallik (VR), kengaytirilgan reallik (MR) taqdim etgan yangi imkoniyatlar va muammolarni
hisobga olgan holda ta’lim loyihalarini tashkil etishga innovatsion yondashuvni talab qiladi [6].
H.Jo Koreyada STEAM ta’limining dastlabki bosqichidan boshlab, kuzatishlar olib borib,
o‘quvchilardagi hamkorlik yanada kuchayganligi, yaratuvchanlik va ijodkorlik, hayotdagi
ko‘nikmalarni paydo qilishdagi muvaffaqiyatlari o’rganilgan. Baholash, o‘quvchilarni ijodiy
mahsulot yartishga undash paydo bo’lgan va bu bo’yicha syllabus ishlab chiqilgan [9].
K.Prasad Koirala STEAM ta’limini o’rta maktab fanlari o’quv dasturiga
integratsiyalashuvini o’rgandi. Ushbu STEAM ta’limining hozirgi holati, muammolari,
muvafaqiyatlari va istiqboldagi yo’nalishlari chuqur tahlil qilinadi. Maqola maktab darajasidagi
359
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
fanlarni o’qitishda STEAM ta’lim integratsiyasining afzalliklari haqida yaxlit fikr hosil qilinadi
[10]. Tadqiqot shuni ko’rsatganki, fan o‘qituvchilari o’z sinflarida loyihaga asoslangan STEAM
yondashuvini joriy etishgan. Bu juda yaxshi natija bergan, o‘quvchilar kreativ fikrlash va
muammoni hal qilish yo‘llarini tezroq topishgan berilgan topshiriqlarda. STEAM ta’limi
maktablarda nazariy bilim va amaliy qo’llash orasidagi tafovutni bartaraf etgan.
STEAM
-real hayot talablaridan kelib chiqqan holda akademik ilmiy-texnikaviy
konsepsiya doirasida integratsiyalashgan holda o‘qitishdir. Bu ta’lim tizimi yangicha metodika va
ishlanmalarga boy bo‘lgan tizim. Bu tizim bilan o‘quvchilarimizni texnologiyalar bilan hamnafas
bo‘lgan holda tarbiyalash, qiziqtirishini texnolgiya, muhandislik, san’at, matematika fanlari bilan
birga uyg‘un holatda o‘qitishni takomillashtirishdir. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining.
O‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish va jamoada ishlashni o‘z ichiga olgan
muhim o‘tkaziladigan ko‘nikmalarni o’rgatadi. Ushbu ko’nikmalar turli kasblarga va hayotlari
davomida qo’llanishi mumkin. STEAM darajasini o’rganish o’quvchilarning og’ir ish yuklamasini
boshqarish va motivatsiyasini saqlab qolish qobilyatlarini ham namoyon etadi.
Aniq tushunish
- o’quvchilar har bir biologik tushunchani chuqur tushuntirish va ularni
real hayotiy vaziyatlarda qanday qo‘llashni o‘rgatish juda muhimdir. Bunda mavzular asta-sekin
va ketma-ket o’rgatiladi, shunda o’quvchilar bir tushunchani to’liq anglab yetgandan keyin yangi
mavzuga o’tadilar.
Aniq va ketma-ketlik
(
Concrete-Pictorial-Abstract model
). Bu yondashuv biologiyani
o‘qitishda uch bosqichli modeldan foydalaniladi. 3-CPA Betakrorlik (Concrete) o‘quvchilar
amaliy ob’ektlar bilan ishlash orqali biologik tushunchalarni o’rganadilar. Vizual (Pictorial)
tushunchalar keyin diagrammalar, grafikalar yoki rasmlar yordamida o’rgatiladi. Bu esa mavzuni
yanada tushunarli qiladi. Abstrakt bosqichida o‘quvchilar biologik belgilar va ifodalar orqali
abstrakt fikrlashni o’rganadilar.
Muammolarni yechish orqali o’rganish
: o‘quvchilar real hayotda duch keladigan
biologik muammolarni yechishga o’rgatiladi. Bu jarayon ularni analitik va ijodiy fikrlashga
o’rgatadi. Muammolarni turli usullar bilan yechish o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobilyatini
kuchaytiradi va fanni chuqurroq tushunishga yordam beradi.
Barqarorlik va takrorlash (Mastery learning)
: Yana bir muhim jihat-o’quvchilarni
biologik tushunchalarni o’zlashtirishida shoshilmaslik, balki ularni to’liq tushunishlarini
ta’minlashdir. Bu yodashuvda o’quvchilar mavzualrni takror-takror qo’llab, avvalgi bilimlarini
mustahkamlaydilar. Har bir bosqichda tushunchalar chuqurlashtiriladi va ular orasidagi
bog’lanishlar tushuntiriladi.
O‘qitish jarayonida yuqori sifatli savollar (Effective questioning
). Fanlar metodikasi
yuqori darajada o‘ylangan savollar orqali o‘qituvchilar o‘quvchilarga muammoni turli yo‘llar bilan
360
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
ko’rishni o’rgatadi. Bu savollar o‘quvchilarning fikrlash jarayonini rag’batlantiradi va ularning
bilimlarini amaliyotda qo’llash qobilyatini rivojlantiradi.
Vizual ko’rsatmalar va diagrammalar
: Biologik tushunchalarni vizualizatsiya qilish
orqali o’quvchilarga mavzuni ko’rib va his qilish imkoniyati beriladi. Diagrammalar va grafikalar
o’quvchilarga murakkab tushunchalarni osonroq tushunishlariga yordam beradi.
STEAM yondashuvning afzalliklari
:
Tizimli va puxta bilim.
O’quvchilar bir mavzuni to‘liq o’zlashtirmasdan, keyingi
mavzuga o’tilmaydi. Bu tizimli yodashuv bilimlarning chuqur va barqaror bo’lishini ta’minlaydi.
Analitik va ijodiy fikrlash rivoji.
O’quvchilarga fanlardagi topshiriqlarni yechish orqali
yangi yo’llar va usullarni topishga undaydi, bu esa ijodiy va tahliliy fikrlashni kuchaytiradi.
Fanlardagi tushunchalarni real hayotga tatbiqi
. Fanlardan faqat nazriy bilim sifatida
emas, balki real hayotdagi muammolarni hal qilish vositasi sifatida ko’rishga o’rgatadi.
O’qituvchilarning roli.
Bu yondashuvda o’qituvchilar o’quvchilarni yo’naltirish,ularga
muammolarni yechishda yordam berish va mustaqil fikrlashlarini rivojlantirishga xizmat
qiladi.Fanlarni chuqurroq o’rganib,real dunyoda qo’llashni o’rganadilar [7].
XULOSA
Umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi yuqori sinf o’quvchilarini STEAM ta’lim
texnologiyalari Biologiyani boshqa fanlar bilan birlashtirib o‘qitishni ta'minlaydi. Bu orqali
o‘quvchilar biologik jarayonlarni tushunishda matematik va texnologik konsepsiyalarni qo‘llash
imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Genetika va seleksiya boblari mavzularini o'qitish jarayonida amaliy
va loyiha ishlarini bajarish orqali biologiyaning nazariy jihatlarini hayotga tatbiq etish imkoniyati
beriladi. Bu esa bilimlarni yanada chuqurroq tushunishga yordam beradi. STEAM yondashuvi
o‘quvchilarga tanqidiy fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirishda yordam berib, ularga genetik va
seleksion jarayonlar haqida to'g'ridan-to'g'ri fikr yuritishga imkon beradi. STEAM-o‘quvchilarda
ta’lim jamoada ishlash, muammolarni hal qilish, ijodkorlik va ijodiy fikrlash, tanqidiy tahlil,
tashabbuskorlik, muloqot va matematik savodxonlik kabi ko‘nikmalarini rivojlantiradi [6].
REFERENCES
1.
Abjalova. M See discussions, stats, and author profiles for this publication at:
https://www.researchgate.net/publication/349608205 STEAM ta'lim dasturi Presentation
· February 2021 DOI: 10.13140/RG.2.2.28787.66084
2.
Koirala, K. P., & Parajuli, K. P. (2024). Article Integrating STEAM education in the
school science teaching at Gorkha district. Forum for Education Studies, 2(3), 1430.
3.
Mirzayeva, N. A. (2020). Relevance and pedagogical basis development of
environmental competence in students.
Science and Education
,
1
(7).
361
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
4.
Mirzaeva, Nodira, Ecological Competence - Foundation of "Sustainable Development"
and Modern World, Eastern European Scientific Journal, 19-22 4.Uzbek Council, MVTV
and Mkkning 2005 y. 7-november. 242/33/79-Chernihiv 2add-on.
5.
Aelterman, N., Vansteenkiste, M., Van Keer, H., Van den Berghe, L., De Meyer, J., &
Haerens,L. (2012). Students’ objectively measured physical activity levels and
engagement a sa function of between-class and between-student differences in motivation
toward physical education.
Journal of Sport and Exercise Psychology
,
34
(4), 457-480
6.
Soroko, N. (2024). Особливости организаций навчальних steam-проектив из
використанням имерсивних технологий. Физико-математична освита, 39(2), 51–59.
7.
Kozhuharova, D. (2022). STEAM in Information Technology Education.
Педагогически Форум, 10(4), 22–28.
8.
Sousa, R. R. A. de. (2024). Teorizando o STEAM: como integrar projetos
interdisciplinares no currículo STEAM. Revista Interseção, 6(1), 315–341.
9.
Hunkoog Jo, Oksu Xong “An analysis of STEAM/STEM teacher education in Korea with
acase study of two schools from a community of practice perspective Eurasia Journal of
mathematics,science&
technology
education,
2016,1
http://iserjournals.com/journals/ejmste (6-13)
10. Koirala, K. P., & Parajuli, K. P. (2024). Article Integrating STEAM education in the
school science teaching at Gorkha district. Forum for Education Studies, 2(3), 1430.
11. Ojugo, A. A., Osika, A., Iyawa, I. J. B., & Yerokun, R. O. (2012). Information and
communication technology (Ict) integration into science, technology, engineering and
mathematic (Stem) in nigeria. West African Journal of Industrial and Academic Research,
4(1), 148-156.
