362
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
INFORMATIKA FANINI O‘QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN
FOYDALANISH
Raximova Tozagul Sobirovna
Urganch shahridagi Jaloliddin Manguberdi nomidagi
harbiy-akademik litseyining informatika fani o‘qituvchisi
Tel: +998 88 517 64 34. E-mail:
https://doi.org/10.5281/zenodo.14633227
Annotatsiya. Ushbu maqola informatika fanini o‘qitish jarayonida samaradorlikka va
yuqori natijalarga erishish maqsadida turli interfaol metodlardan foydalanish va uning
afzalliklari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Kalit so‘zlar: Interakt, Interfaol o‘qitish, “Aqliy hujum” metodi, «FSMU» metodi, “BBB”,
“Bumerang” texnologiyasi, “Zinama-zina” texnologiyasi, Venn diagrammasi, “Klaster” metodi.
USE OF INTERACTIVE METHODS IN TEACHING COMPUTER SCIENCE
Abstract. This article contains information about the use of various interactive techniques
and its advantages in order to achieve efficiency and high results in the process of teaching
informatics.
Keywords: interact, interactive teaching, "Mental attack" method, "FSMU" method,
"BBB", "Boomerang" technology, "Zinama-zina" technology, Venn diagram, "Cluster" method.
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИНТЕРАКТИВНЫХ МЕТОДОВ В ОБУЧЕНИИ
ИНФОРМАТИКЕ
Аннотация. В статье содержится информация об использовании различных
интерактивных методов и их преимуществах для достижения эффективности и высоких
результатов в процессе обучения информатике.
Ключевые слова: Interact, Интерактивное обучение, Метод «Мозговой штурм»,
Метод «FSMU», «BBB», Технология «Бумеранг», Технология «Шаг за шагом», Диаграмма
Венна, Метод «Кластер».
Hozirgi davrda o‘sib kelayotgan avlodni mustaqil fikrlaydigan qilib tarbiyalash vazifasi
muhimdir. Ushbu masalaning hal etilishi ko‘p jihatdan o‘qitishning interfaol metodlarini
qo‘llashga bog‘liq.
Interfaol so‘zi inglizcha “Interakt” so‘ziga mos kelib, “Inter – o‘zaro”, “akt – ish ko‘rmoq,
ishlamoq” degan ma`nolarni anglatadi.
Interfaol o‘qitish – muloqotli o‘qitish bo‘lib, jarayonning borishida o‘qituvchi va o‘quvchi
orasida o‘zaro ta`sir amalga oshiriladi. Interfaol o‘qitishning mohiyati o‘quv jarayonini shunday
tashkil etishdan iboratki, unda barcha o‘quvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo‘lib, erkin
363
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
fikrlash, tahlil qilish va mantiqiy fikr yuritish imkoniyatlariga ega bo‘ladilar. Darslardagi interfaol
faoliyat o‘zaro tushunishga, hamkorlikda faoliyat yuritishga, umumiy, lekin har bir ishtirokchi
uchun ahamiyati nazorat topshiriqlarini birgalikda echishga olib keladigan muloqotli aloqani
tashkil etish va rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Interfaol metodlardan foydalaniladigan o‘quv
jarayonida o‘quvchilar tanqidiy fikrlashga, shart-sharoitlarini va tegishli axborotni tahlil qilish
asosida murakkab muammolarni echishga, alternativ fikrlarni chamalab ko‘rishga va asosli
ravishda qarorlar qabul qilishga, bahslarda ishtirok etishga, boshqalar bilan muloqot qilishga
o‘rganadilar. Buning uchun darslarda individual, juftli va guruhli ishlar tashkil etiladi, izlanuvchi
loyihalar, rolli o‘yinlar, ijodiy ishlar qo‘llaniladi, hujjatlar va axborotning turli manbalari bilan ish
olib boriladi. Interfaol o‘qitish tashkilotchilari uchun, sof o‘quv maqsadlaridan tashqari quyidagi
jihatlar ham muhimdir:
- guruhdagi o‘quvchilarning o‘zaro muloqotlar jarayonida boshqalarning qadriyatlarini
tushunib etishi;
- boshqalar bilan o‘zaro muloqotda bo‘lish va ularning yordamiga muhtojlik zaruratining
shakllanishi;
- o‘quvchilarda musobaqa, raqobatchilik kayfiyatlarini rivojlantirish
Interfaol usullar bo‘yicha o‘qitish tashkil etish jarayonida o‘qituvchining bergan
topshiriqlari mazmuni o‘quvchining tafakkurini rivojlantirish uchun kuchli vositadir. Ushbu
topshiriqlar turli xil murakkablik darajalarida bo‘lib, o‘quvchilarni fikr yuritish, o‘ylash, tasavvur
qilish, yaratish yoki sinchiklab tahlil etishga undovchi bo‘lishi lozim.
Bir qator interfaol metodikalarning tavsifiga nazar tashlasak:
“Aqliy hujum” metodi
- biror muammo bo‘yicha ta’lim oluvchilar tomonidan bildirilgan
erkin fikr va mulohazalarni to‘plab, ular orqali ma’lum bir yechimga kelinadigan metoddir. “Aqliy
hujum” metodining yozma va og‘zaki shakllari mavjud. Og‘zaki shaklida ta’lim beruvchi
tomonidan berilgan savolga ta’lim oluvchilarning har biri o‘z fikrini og‘zaki bildiradi.
364
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
Ta’lim oluvchilar o‘z javoblarini aniq va qisqa tarzda bayon etadilar. Yozma shaklida esa
berilgan savolga ta’lim oluvchilar o‘z javoblarini qog‘oz kartochkalarga qisqa va barchaga
ko‘rinarli tarzda yozadilar. Javoblar doskaga (magnitlar yordamida) yoki «pinbord» doskasiga
(ignalar yordamida) mahkamlanadi. “Aqliy hujum” metodining yozma shaklida javoblarni
ma’lum belgilar bo‘yicha guruhlab chiqish imkoniyati mavjuddir. Ushbu metod to‘g‘ri va ijobiy
qo‘llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o‘rgatadi. “Aqliy hujum” metodidan
foydalanilganda ta’lim oluvchilarning barchasini jalb etish imkoniyati bo‘ladi, shu jumladan ta’lim
oluvchilarda muloqot qilish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi. Ta’lim oluvchilar
o‘z fikrini faqat og‘zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr
yuritish ko‘nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligi ta’lim oluvchilarda turli
g‘oyalar shakllanishiga olib keladi. Bu metod ta’lim oluvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish
uchun xizmat qiladi. “Aqliy hujum” metodi ta’lim beruvchi tomonidan qo‘yilgan maqsadga qarab
amalga oshiriladi:
1. Ta’lim oluvchilarning boshlang‘ich bilimlarini aniqlash maqsad qilib qo‘yilganda, bu
metod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi.
2. Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bog‘lash maqsad qilib
qo‘yilganda –yangi mavzuga o‘tish qismida amalga oshiriladi.
3. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qo‘yilganda-mavzudan so‘ng, darsning
mustahkamlash qismida amalga oshiriladi.
«FSMU» metodi.
Texnologiyaning maqsadi: Mazkur texnologiya ishtirokchilardagi
umumiy fikrlardan xususiy xulosalar chiqarish, aqqoslash, qiyoslash orqali axborotni o‘zlashtirish,
xulosalash, shuningdek, mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Mazkur texnologiyadan ma’ruza mashg‘ulotlarida, mustahkamlashda, o‘tilgan mavzuni
so‘rashda, uyga vazifa berishda hamda amaliy mashg‘ulot natijalarini tahlil etishda foydalanish
tavsiya etiladi.
365
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
“BBB”
yoki “Bilaman. Bilib oldim. Bilishni xohlayman” metodi.
Sinf o‘quvchilari beshta guruhga bo‘linadilar, guruhlar nomlanadi. Yozuv taxtasi uch
qismga ajratiladi. Birinchi bandning yuqori qismiga “Bilaman”, ikkinchi bandning yuqori qismiga
“Bilib oldim”, uchinchi bandning yuqori qismiga esa “Bilishni xohlayman” degan so‘zlar yoziladi.
So‘ngra o‘qituvchi o‘quvchilardan mavzu yuzasidan qanday ma'lumotlarga ega ekanliklarini
so‘raydi va bildirilgan fikrlarni «Bilaman »nomli bandga yozib qo‘yadi. Ushbu xarakat guruhlar
tomonidan fikrlar to‘la bayon etilganga qadar davom etadi. Mazkur jarayonda guruhlarning barcha
a'zolari faol ishtirok etishlariga ahamiyat berish zarur. O‘quvchilar tomonidan bildirilayotgan
noto‘g‘ri fikrlar ham inkor etilmasligi zarur (zero bunday harakat o‘quvchilarning faolligiga salbiy
ta'sir ko‘rsatadi).
Keyingi bosqichda o‘quvchilarga mavzuga oid matnlar tarqatiladi Ushbu matn mavzu
bo‘yicha eng asosiy tushunchalarni o‘z ichiga oladi. O‘quvchilar matn bilan tanishib chiqqandan
so‘ng fikr yuritishlari hamda mavzuga oid yana qanday ma'lumotlarni o‘zlashtiriganliklarini
366
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
aniqlashlari lozim. O‘quvchilar o‘z xulosalari asosida fikrlarini bayon etadilar, ushbu fikrlar «Bilib
oldim» nomli ustunga yozib boriladi. So‘ngi bosqichda o‘qituvchi o‘quvchilaridan yangi mavzu
bo‘yicha qanday ma'lumotlarni o‘zlashtirish istagida ekanliklarini so‘raydi va o‘quvchilarni yana
o‘ylashga da'vat etadi. Guruhlardan navbati bilan fikr so‘raladi. O‘quvchilar tomonidan bildirilgan
fikrlar «Bilishni xohlayman»nomli ustunga yozib boriladi.
Masalan: Matn o‘quvchilarga tarqatiladi. O‘quvchilar yakka tartibda (7 minut) matn bilan
tanishadilar. So‘ngra guruhlarda yuqorida qayd etilgan jadvalni to‘ldiradilar.
“
Bumerang” texnologiyasi
Ushbu metod o‘quvchilarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar
bilan ishlash, o‘rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so‘zlab berish, fikrini erkin holda bayon
eta olish, qisqa vaqt ichida ko‘p ma’lumotga ega bo‘lish hamda dars mobaynida o‘qituvchi
tomonidan barcha o‘quvchilarni baholay olishga qaratilgan.
Metodning maqsadi: O‘quv jarayoni mobaynida tarqatilgan materiallarning o‘quvchilar
tomonidan yakka va guruh holatida o‘zlashtirib olishlari hamda suhbat-munozara va turli savollar
orqali tarqatma materiallardagi matnlar qay darajada o‘zlashtirilganligini nazorat qilish va
baholash jarayoni mobaynida har bir o‘quvchi tomonidan o‘z baholarini egallashiga imkoniyat
yaratish.
Metodning qo‘llanishi: Amaliy mashg‘ulotlar hamda suhbat-munozara shaklidagi
darslarda yakka tartibda, kichik va jamoa shaklida foydalanilishi mumkin.
Mashg‘ulotda foydalaniladigan vositalar: O‘quvchi dars jarayonida mustaqil o‘qishlari,
o‘rganishlari va o‘zlashtirib olishlari uchun mo‘ljallangan tarqatma materiallar (o‘tilgan mavzu
yoki yangi mavzu bo‘yicha qisqa matnlar, suratlar, ma’lumotlar).
Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi:
Ushbu metod bir necha bosqichda o‘tkaziladi:
• o‘quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi;
• o‘quvchilar darsning maqsadi va tartibi bilan tanishtiriladi;
• o‘quvchilarga mustaqil o‘rganish uchun mavzu bo‘yicha matnlar tarqatiladi;
367
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
• berilgan matnlar o‘quvchilar tomonidan yakka tartibda mustaqil o‘rganiladi;
• har bir guruh a’zolaridan yangi guruh tashkil etiladi;
• yangi guruh a’zolarining har bir guruh navbati bilan mustaqil o‘rgangan matnlari bilan
axborot almashadilar, ya’ni bir-birlariga so‘zlab beradilar, matnni o‘zlashtirib olishlariga
erishadilar;
• berilgan ma’lumotlarning o‘zlashtirilganlik darajasini aniqlash uchun guruh ichida ichki
nazorat o‘tkaziladi, ya’ni guruh a’zolari bir-birlari bilan savol-javob qiladilar;
• yangi a’zolar dastlabki holatdagi guruhlariga qaytadilar;
• darsning qolgan jarayonida o‘quvchilar bilimlarini baholash yoki to‘plagan ballarini
hisoblab borish uchun har bir guruhda “guruh hisobchisi” tayinlanadi.
O‘quvchilar tomonidan barcha matnlar qay darajada o‘zlashtirilganligini aniqlash
maqsadida o‘qituvchi (yoki opponent guruh) o‘quvchilarga savollar bilan murojaat etadilar,
og‘zaki so‘rov o‘tkazadilar;
• savollarga berilgan javoblar asosida guruhlar to‘plagan umumiy ballari aniqlanadi:
• har bir guruh a’zosi tomonidan guruhdagi matn mazmunini hayotga bog‘lagan holda
bittadan savol tuziladi;
• guruhlar tomonidan tayyorlangan savollar orqali savol-javob tashkil etiladi («guruh
hisobchilari» berilgan javoblar bo‘yicha ballarni hisoblab boradilar);
• guruh a’zolari tomonidan to‘plangan umumiy ballar yig‘indisi aniqlanadi;
• guruhlar to‘plagan umumiy ballar guruh a’zolari o‘rtasida teng taqsimlanadi.
• darsni yakunlash, uyga vazifa berish.
“Zinama-zina” texnologiyasi.
Ushbu metod o‘quvchilarni o‘tilgan yoki o‘tilishi kerak bo‘lgan mavzu bo‘yicha yakka va
kichik jamoa bo‘lib fikrlash hamda xotirlash, o‘zlashtirilgan bilimlarni yodga tushirib, to‘plangan
fikrlarni umumlashtira olish va ularni yozma, rasm, chizma ko‘rinishida ifodalay olishga o‘rgatadi.
Bu metod o‘quvchilar bilan yakka holda yoki guruhlarga ajratilgan holda yozma ravishda
o‘tkaziladi va taqdimot qilinadi.
368
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
Metodning maqsadi: O‘quvchilarni erkin, mustaqil va mantiqiy fikrlashga, jamoa bo‘lib
ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlab ulardan nazariy va amaliy tushuncha hosil kilishga, jamoaga
o‘z fikri bilan ta’sir eta olishga, uni ma’qullashga, shuningdek, mavzuning tayanch
tushunchalariga izoh berishda egallagan bilimlarini qo‘llay olishga o‘rgatish.
Metodning qo‘llanishi: ma’ruza (imkoniyat va sharoit bo‘lsa), seminar, amaliy va
laboratoriya mashg‘ulotlarida yakka tartibda yoki kichik guruhlarda o‘tkazish hamda nazorat
darslarida qo‘llanilishi mumkin.
Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan vositalar: A-3, A-4 formatli qog‘ozlarda tayyorlangan
(mavzuni ajratilgan kichik mavzular soniga mos) chap tomoniga kichik mavzular yozilgan
tarqatma materiallar, flomaster (yoki rangli qalam)lar.
Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi:
• o‘qituvchi o‘quvchilarni mavzular soniga qarab 3-5 kishidan iborat kichik guruhlarga
ajratadi (guruhlar soni 4 yoki 5 ta bo‘lgani ma’qul);
• o‘quvchilar mashg‘ulotning maqsadi va uning o‘tkazilish tartibi bilan tanishtiriladi. Har
bir guruhga kog‘ozning chap qismida kichik mavzu yozuvi bo‘lgan varaqlar tarqatiladi;
• o‘qituvchi a’zolarini tarqatma materialda yozilgan kichik mavzular bilan tanishishlarini
va shu mavzu asosida bilganlarini flomaster yordamida kog‘ozdagi bo‘sh joyiga jamoa bilan
birgalikda fikrlashib yozib chiqish vazifasini beradi va vaqt belgilaydi;
• guruh a’zolari birgalikda tarqatma materialda berilgan kichik mavzuni yozma (yoki rasm,
yokio‘quvchizma) ko‘rinishida ifoda etadilar. Bunda a’zolari kichik mavzu bo‘yicha imkon
boricha to‘laroq ma’lumot berishlari kerak bo‘ladi.
• tarqatma materiallar to‘ldirilgach, guruh a’zolaridan bir kishi taqdimot qiladi. Taqdimot
vaqtida guruhlar tomonidan tayyorlangan material, albatta, auditoriya (sinf) doskasiga mantiqan
tagma-tag (zina shaklida) ilinadi;
o‘qituvchi guruhlar tomonidan tayyorlangan materiallarga izoh berib, ularni baholaydi va
mashg‘ulotni yakunlaydi.
Venn diagrammasi.
Venn diagramma-grafik ko‘rinishda bo‘lib, olingan natijalarni umumlashtirib, ulardan bir
butun xulosa chiqarishga, ikki va undan ortiq predmetni (ko‘rinish, fakt, tushuncha) tahlil qilish
va o‘rganishda qo‘llaniladi. Diagramma ikki va undan ortiq aylanani kesishmasidan hosil bo‘ladi.
Maqsad: ikki va undan ortiq predmet va tushunchalarni taqqoslashda, turli va umumiy
tomonlarini aniqlashda bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish.
369
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
Amalga oshirish bosqichlari:
1-bosqich. O‘quvchilar (sheriklari bilan) ikki doirani to‘ldiradilar, har bir doiraga ikki
tushuncha (predmet)ni e'tiborli tomonlari sanab o‘tiladi.
2-bosqich. O‘quvchilarni kichik guruhlarga (4-5 kishidan iborat) birlashtirib,
diagrammalarni taqqoslaymiz va to‘ldiramiz.
3-bosqich. Kichik guruh o‘quvchilariga bu tushunchalarning (predmet, ko‘rinishlarning)
umumiy xossalarini aniqlashni taklif etamiz.
4-bosqich. Biron bir guruh vakili har bir tushunchaning o‘ziga xos tomonlarini o‘qiydi.
Boshqalar zarurat bo‘lganda uni javobini to‘ldiradilar.
5-bosqich. Boshqa guruh vakillari ikki tushunchani birlashtiruvchi (umumiy)
xususiyatlarni o‘qiydi. Boshqalar zarurat paydo bo‘lganda bu javoblarni to‘ldiradilar.
“T-sxema” metodi. T- sxema metodida bahs davomida javoblarni (haG`yo‘q,
tarafdorG`qarshi kabi) yozib borishda universal grafik vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Besh minutdan so‘ng sxemaning chap tomonini to‘ldirish lozim. Unda besh minut
davomida o‘quvchilar mavzuga oid nechta kategoriya o‘ylab topishgan bo‘lsa, shuncha kategoriya
ko‘rsatiladi. Keyingi besh minutda o‘quvchilar sxemaning o‘ng tomonini to‘ldiradilar. Va nihoyat,
yana besh minut mobaynida o‘quvchilar o‘zlarining T- sxemalarini boshqa juftlik yoki kichik
guruhning T- sxemasi bilan taqqoslash imkoniga ega bo‘ladilar.
“
Klaster” metodi.
Klasterlarga ajratish – o‘quvchilarga biror mavzu bo‘yicha erkin va ochiq fikr yuritishga
yordam beradigan pedagogik strategiyadir.
370
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
Bu metod biror mavzuni chuqur o‘rganishdan avval o‘quvchilarning fikrlash faoliyatini
jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, o‘tilgan mavzuni
mustahkamlash, yaxshi o‘zlashtirish, umumlashtirish hamda o‘quvchilarni shu mavzu bo‘yicha
tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi.
Klasterlarga ajratish metodini qo‘llash quyidagicha amalga oshiriladi:
- tarqatma materialda mavzuga oid ochiq so‘z yoziladi;
- o‘quvchilar ushbu so‘z bilan bog‘liq xayollariga kelgan so‘z va jumlalarni uning atrofiga
yoza boshlaydilar;
- so‘zlarni yozish jarayoni o‘qituvchi tomonidan belgilangan vaqt tugaguncha yoki barcha
so‘z va qoidalar tugaguncha davom etadi.
Klasterga ajratishda bir qator qoidalarga ham rioya qilish zarur. Ular quyidagilardan iborat:
1. Xayolga kelgan hamma narsani ularning mazmuniga e`tibor bermasdan yozib borish.
2. Orfografiya va boshqa omillarga e`tibor bermaslik.
3. Vaqt tugaguncha ko‘proq bog‘lanishlar hosil qilishga harakat qilish.
4. G`oyalar va so‘zlar sonini cheklab qo‘ymaslik.
Xulosa.
Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, informatika fanlarini o‘qitish
jarayonida interfaol metodlarni qo‘llash o‘quvchilar o‘quv – biluv faoliyatini faollashtirishga
yordam beradi va informatika fanlarini o‘zlashtirish darajasini ko‘tarilishiga olib keladi. Interfaol
metodlarni o‘quvchilarni guruhlarga bo‘lib o‘qitishda ham qo‘llash orqali ularning o‘quv – biluv
faoliyatini yuksaltirish va mustaqil fikrlay olish qobiliyatlarini rivojlantirish mumkin ekan. Ta’lim
jarayonini
tashkillashtirishda
axborot–kommunikatsiya
texnologiyalaridan
samarali
foydalanayotgan ko‘pgina rivojlangan mamlakatlar o‘quv jarayonini sifat jihatdan yangi
371
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
bosqichga ko‘tarishga erishayotganliklari hayotda o‘z tasdig‘ini topmoqda. Innovatsion
texnologiyalar joriy etish tajribasini o‘rganish va unga maqsadli yondashish, o‘quv jarayonini
insonparvarlashtirish, bunda talabani sust ob’ektdan faol sub’ektga aylantirish, bilish faoliyatining
aniq maqsadlarga yo‘nalganligini hamda o‘quv jarayonini ishlab chiqarish jarayoni kabi
takrorlanuvchanligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Mening fikrimcha, ta’limda ko‘plab innovatsion usullar samarali bo‘lib, ayniqsa ta’limda
aniq maqsad qo‘yish yoki fanlararo bog‘lash, aniq maqsadga erishish ko‘p foydali xisoblanadi.
“Maqsadli yondashuv” uslubi ta’limda o‘quvchilarni ijodiy fikrlashga, fanning mazmun mohiyati
va maqsadini o‘rgatadi. U nafaqat o‘quv-bilim faoliyatini tizimlashtiradi, jadallashtiradi, balki
ta’lim oluvchilarning umumiy madaniyatini yuksaltirishga ham xizmat qiladi.
REFERENCES
1.
B.J.Boltayev va boshqalar “Informatika va hisoblash texnikasi asoslari” Cho’lpon 2015-
yil.
2.
Farberman. B.L. “Ilg‘or pedagogik texnologiyalar”. T: 2001 y.
3.
Azizxodjaeva N.N. Pedagogicheskie texnologii i pedagogicheskoe masterstvo.
Ucheb.posobie.- Toshkent. TDPU 2003. - 192 s.
4.
Ta'lim jarayonidagi noan'anaviy shakllari (Metodik qo‘llanmalar. Tuzuvchilar: Tolipova J.
G‘ofurov A.T.) T, 1994 yil., 28-bet.
5.
Mamarajabov Mirsalim. Interfaol ta’lim metodlari asosida informatika darslarini
loyihalash va rejalashtirish amaliyoti. Informatika va uni o‘qitish metodikasi
dotsenti.TDPU.
6.
Shagazatova, B. K., & Alisherovna, K. N. (2023). Changes in the Incretin Levels After
Gastric Bypass. Central Asian Journal of Medical and Natural Science, 4(2), 446-450.
7.
https://znanio.ru/media/informatika-darslarida-talimning-interfaol-usullaridan-
foydalanish-va-ularning-ahamiyati-276980
8.
http://www.aci.uz/uz/news/uzaaa/article/110/
9.
Shagazatova, B. X., Artikova, D. M., Ahmedova, F. S., Mitxaydarova, F. S., & Ahmedova
Sh, A. (2023). ENDOKRINOLOGIYA MUTAXASSISLIGI BO'YICHA KLINIK
REZIDENTLARNI O'QITISHDA «CASE»-USULI (Doctoral dissertation, Ўзбекистон,
Тошкент).
10.
