Authors

  • Dilorom Savriyeva
  • U.U Ilxomov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.60241

Abstract

Mazkur maqola Emil Dyurkgeymning deviant xulq-atvor nazariyasini yoritishga bag‘ishlangan bo‘lib, u jamiyatdagi ijtimoiy me’yorlardan chetga chiqish holatlarining sabablari, shakllari va funksiyalarini tahlil qiladi. Dyurkgeym deviantlikni ijtimoiy hayotning ajralmas qismi sifatida tushuntirib, uning jamiyatdagi me’yorlarni mustahkamlash, ijtimoiy birdamlikni ta’minlash va ijtimoiy o‘zgarishlarga turtki berish kabi muhim funksiyalarini ko‘rsatadi. Maqolada anomiya tushunchasi alohida tahlil qilinib, ijtimoiy me’yorlar zaiflashgan paytda deviant xulq-atvor kuchayishi tushuntirilgan. Dyurkgeym nazariyasining zamonaviy jamiyatdagi ahamiyati ham yoritilgan bo‘lib, bu yondashuv ijtimoiy nazorat va deviantlikning oldini olish choralarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlanadi.

background image

2025

JANUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 1

10

EMIL DYURKGEYMNING “DEVIANT XULQ-ATVOR” NAZARARIYASI

Savriyeva Dilorom Sirojiddin qizi

Mirzo Ulug’bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti

Ijtimoiy fanlar fakulteti Sotsiologiya yo‘nalishi 1-kurs talabasi

E-mail:

savriyevadilorom2@gmail.com

Ilxomov.U.U

Ilmiy rahbar, O‘zbekiston Milliy universiteti o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14608492

Annotatsiya.

Mazkur maqola Emil Dyurkgeymning deviant xulq-atvor nazariyasini

yoritishga bag‘ishlangan bo‘lib, u jamiyatdagi ijtimoiy me’yorlardan chetga chiqish holatlarining

sabablari, shakllari va funksiyalarini tahlil qiladi. Dyurkgeym deviantlikni ijtimoiy hayotning

ajralmas qismi sifatida tushuntirib, uning jamiyatdagi me’yorlarni mustahkamlash, ijtimoiy

birdamlikni ta’minlash va ijtimoiy o‘zgarishlarga turtki berish kabi muhim funksiyalarini

ko‘rsatadi. Maqolada anomiya tushunchasi alohida tahlil qilinib, ijtimoiy me’yorlar zaiflashgan

paytda deviant xulq-atvor kuchayishi tushuntirilgan. Dyurkgeym nazariyasining zamonaviy

jamiyatdagi ahamiyati ham yoritilgan bo‘lib, bu yondashuv ijtimoiy nazorat va deviantlikning

oldini olish choralarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlanadi.

Kalit so‘zlar:

Emil Dyurkgeym, deviant xulq-atvor, anomiya, ijtimoiy me’yorlar,

jinoyatchilik, ijtimoiy o‘zgarishlar, sotsiologik nazariya.

ТЕОРИЯ «ДЕВИАНТНОГО ПОВЕДЕНИЯ» ЭМИЛЯ ДЮРКГЕЙМА

Аннотация

. Данная статья посвящена теории девиантного поведения Эмиля

Дюркгейма, в которой рассматриваются причины, формы и функции отклонений от

социальных норм в обществе. Дюркгейм объясняет девиантное поведение как

неотъемлемую часть социальной жизни, подчеркивая его важные функции, такие как

укрепление норм, обеспечение социальной солидарности и стимулирование социальных

изменений. Особое внимание уделено понятию аномии, которое возникает при ослаблении

социальных норм и ведет к росту девиантного поведения. Также проанализирована

актуальность теории Дюркгейма в современном обществе, где данный подход играет

важную роль в формировании мер по социальному контролю и профилактике девиантного

поведения.

Ключевые слова:

Эмиль Дюркгейм, девиантное поведение, аномия, социальные

нормы, преступность, социальные изменения, социологическая теория.


background image

2025

JANUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 1

11

“DEVIANT BEHAVIOR” THEORY OF EMILE DURKHEIM

Abstract.

This article is dedicated to Emil Durkheim's theory of deviant behavior, which

examines the causes, forms, and functions of deviations from social norms in society. Durkheim

explains deviant behavior as an integral part of social life, highlighting its important functions

such as strengthening norms, ensuring social solidarity, and stimulating social change. Special

attention is paid to the concept of anomie, which arises when social norms weaken and leads to

an increase in deviant behavior. The relevance of Durkheim's theory in modern society is also

analyzed, emphasizing its significant role in shaping measures for social control and preventing

deviant behavior.

Keywords:

Emil

Durkheim, deviant behavior, anomie, social norms, crime, social change,

sociological theory.

Kirish.

Deviant xulq-atvor – bu jamiyat tomonidan qabul qilingan ijtimoiy me'yorlardan

chetga chiqishdir. Emil Dyurkgeym, sotsiologiya fanining asoschilaridan biri sifatida, bu mavzuni

chuqur o‘rgangan va ijtimoiy anomiya tushunchasini ilgari surgan. U deviant xulq-atvorni ijtimoiy

hayotning tabiiy va ajralmas qismi sifatida ko‘rsatgan.

1. Deviant xulq-atvorning jamiyatdagi o‘rni

Dyurkgeymning fikriga ko‘ra, deviant xulq-atvor jamiyat uchun normal holatdir, chunki

har qanday jamiyatda me’yorlar buzilishi tabiiy jarayon. U deviant xulq-atvorning jamiyat uchun

quyidagi ijtimoiy funksiyalarini ko‘rsatib o‘tgan:

Me’yor va qadriyatlarni mustahkamlash: Deviant xulq-atvor orqali jamiyat

nimaning to‘g‘ri va nimaning noto‘g‘ri ekanini aniqlaydi va mustahkamlaydi. Masalan, jinoyatlar

sodir etilganda qonunlarning ahamiyati yana bir bor tasdiqlanadi.

Jamiyatni birlashtirish: Me’yorlarni buzgan shaxslar jamiyat a’zolarini birlashtiradi

va umumiy qadriyatlar atrofida birlashishga undaydi.

Ijtimoiy o‘zgarishlarni keltirib chiqarish: Ba’zi deviant xulq-atvorlar ijtimoiy

taraqqiyot va o‘zgarishlarga turtki beradi. Masalan, tarixda ba’zi normaga zid harakatlar

keyinchalik yangi ijtimoiy qadriyatlar va qonunlarga asos bo‘lgan.

2. Anomiya tushunchasi

Dyurkgeymning anomiya tushunchasi deviant xulq-atvorning asosiy tushuntirishlaridan

biridir.

Anomiya – bu jamiyatdagi me’yorlar va qadriyatlarning zaiflashuvi yoki

tushunarsiz bo‘lib qolishi holati.


background image

2025

JANUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 1

12

Anomiya odatda ijtimoiy o‘zgarishlar davrida yuzaga keladi: iqtisodiy inqirozlar,

urushlar, inqiloblar va sanoat rivojlanishi kabi jarayonlar.

Me’yorlarning yo‘qligi odamlarni qaysi xulq-atvor to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanini

anglay olmaydigan holatga olib keladi va bu deviant xulq-atvorning kuchayishiga sabab

bo‘ladi[2].

3. Deviantlik va jinoyatchilik

Dyurkgeym jinoyatchilikni ham ijtimoiy hayotning ajralmas qismi deb hisoblaydi. U

quyidagilarni ta’kidlaydi:

Jinoyatchilik butunlay yo‘qolishi mumkin emas, chunki har qanday jamiyatda

me’yorlarni buzadigan harakatlar bo‘ladi.

Jinoyatchilikning mavjudligi jamiyatdagi me’yorlarning doimiy ravishda

yangilanib borishini ta’minlaydi.

4. Dyurkgeym nazariyasining amaliy ahamiyati

Dyurkgeymning deviant xulq-atvor haqidagi qarashlari sotsiologiya va psixologiya

fanlarida katta ahamiyatga ega. Uning nazariyasi bugungi kunda:

Ijtimoiy nazorat va huquq-tartibot tizimlarini shakllantirish,

Yoshlar orasida deviant xulq-atvorning oldini olish,

Ijtimoiy integratsiyani kuchaytirish kabi sohalarda qo‘llaniladi

.

[2]

Deviant xulq-atvor tashxisi

bola 8-10 yoshdan oshgandan keyin qo‘yiladi. Mutaxassislar

fikricha, ushbu patologiyaning dastlabki alomatlari 5-6 yoshdan boshlab ko‘zga tashlanadi.

Deviant xulqatvor o‘smirlik davrida yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu muammo klinik psixologlar,

psixiatrlar va, ayniqsa sotsial psixologlar uchun tadqiqot obʼyekti hisoblanadi. Shunday bo‘lsada,

bunday yoshlar ushbu mutaxassislarga emas, o‘zlarining antisotsial xatti-harakatlari bilan huquqni

muhofaza qilish organlari qo‘liga tushib qolishadiDeviant xulq-atvorning negativ va pozitiv turlari

farqlanadi. Negativ deviatsiyaga ahloqsiz ishlarga qo‘l urish, o‘ziga va boshqalarga qasddan tan

jarohati yetkazish, tajovuzkorlik, o‘g‘rilik, giyohvandlik, pornoqaramlik, spirtli ichimliklarga ruju

qo‘yish, o‘zgalar mol-mulkiga ziyon yetkazish kabi salbiy xatti-harakatlar kiradi. Keyinchalik

“xalqlar dohiysi” darajasiga yetgan Gitler, Stalin, Mussolini va Saddam Xusayin kabi shaxslarda

deviant xulq-atvorning negativ turi bo‘lgan. Pozitiv deviatsiyaga yoshlik davrida umumqabul

qilingan ijtimoiy meʼyorlarga sig‘maydigan aql-bovar qilmas g‘oyalar va ixtirolarga qo‘l uradigan

shaxslarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Masalan, buyuk fiziklar, kimyogarlar, fazogirlar,

ulamolar, shoirlar, musavvirlar, tabiblar va faylasuflarning o‘smirlik davriga nazar solinsa, ularda

deviant xulq-atvorning pozitiv turini kuzatamiz. Bunday shaxslar o‘z yoshiga va o‘zi yashayotgan


background image

2025

JANUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 1

13

davrga mos bo‘lmagan qobiliyatlari bilan kattalarni hayratga solishgan. Deviant xulq-atvorning

negativ turini mutaxassislar mukammal o‘rganishi lozim. Agar ularni erta korreksiya qilmasa,

kelajada Gitler, Stalin va Mussolini kabi psixopat rahbarlar davlat tepasiga kelib millionlagan

xalqlar boshiga musibatlar yog‘dirishi mumkin. Negativ deviatsiyaga ega o‘smirlar xulq-atvorini

erta psixokorreksiya qilib jamiyatni bunday shaxslardan himoya qilish har bir pedagog va

psixologning ishi! Oiladagi nosog‘lom muhit: ota-ona orasidagi janjallar, farzandlarni otasiz yoki

onasiz boqish, bolaga bemehr bo‘lish, ota yoki onaning uzoq muddat muxojirotda bo‘lishi, o‘gay

ota yoki o‘gay ona qo‘lida tarbiya ko‘rish, farzandlarga bir xil munosabatda bo‘lmaslik, yaʼni

birini yaxshi ko‘rish, boshqasini kamsitish, ularni o‘z holiga tashlab qo‘yish va nazorat qilmaslik,

myehnatga o‘rgatmaslik, ilmga qiziqtirmaslik.

Oiladagi nosog‘lom muhit Qashshoqlik

.

Oiladagi qashshoqlik, yaʼni o‘z farzandlarini vitaminlarga boy oziq-ovqatlar bilan

taʼminlay olmaslik, kiyim-kechak olib bera olmaslik, bolalar dam olish maskanlari va sport

to‘garaklari yubora olmaslik, teatr, kino va hiyobonlarga olib bora olmaslik, zarur kitob-daftarlar

bilan taʼminlay olmaslik, dunyoviy va diniy ilmlarni o‘zlashtirishga imkonsizlik. Demak, yaxshi

ota-ona bo‘lsa-da, o‘sib ulg‘ayib kyelayotgan bolani taʼminlashga va tarbiyalashga imkoni

bo‘lmasa, bunday farzandlarda xulq-atvorning negativ deviatsiyasi rivojlanishi mumkin. Oiladagi

qashshoqlik,Ota-onaning ahloqsiz bo‘lishi, giyohvand moddalar va spirtli ichimliklarga ruju

qo‘yishi, ruhiy kasalliklar bilan og‘riganligi, kattalar tomonidan nojo‘ya xatti-harakatlar bolalar

ko‘z o‘ngida namoyon bo‘ladi.

Psixogenetik omillar:

Deviant xulq-atvorning shakllanishida ba’zan genetic omillar ham ahamiyatli ekanligi

ilmiy-tadqiqot ishlarida O‘z isbotini topgan.Masalan, psixopatizatsiya yoki schizoid tipga ega ota-

onalarning farzandlari va qarindoshlari orasida deviant xulq-atvorga ega bolalar yetishib

chiqadi.Mutaxassislar bu yerda genetic omillarga asosiy urg’uni beradi.

Bu mavzu hammani qiziqtirib qO‘ydi.

Emil

Dyurkgeym

ta’limoti

keyinchalik

sotsiologlar

tomonidan

O‘rganila

boshlandi.Ayniqsa,bu yO‘nalish sotsiolog olimlar L.Klages(1872-1956),Klayv S.Luis(1898-

1963),Robert Merton(1910-2003),Nil Smelzer(1930-2017) tomonidan deviantologiya bO‘yicha

tadqiqotlar olib borildi.Ular turli ijtimoiy guruhlarda tashqi omillarning xulq-atvor deviatsiyasiga

salbiy ta’siri bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borishdi,ilmiy asarlar yozishdi.


background image

2025

JANUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 1

14

Kelajak bugundan boshlanadi.

Bugungi kunda yoshlar ongiga bo‘layotgan internet hujumlar, jamiyatdagi

parchalanishlar,ijtimoiy tarmoqlarda ahloqsizlik,gomoseksualizm,pornoindustriya rivojlanib

borishi,ijtimoiy tarmoqlar orqali har bir xonadonga kirib kelishi,ijtimoiy tabaqalanish,ommaviy

migratsiyalar,davlatlararo urushlar deviantologiya oldiga yangi va yangi vazifalarni qO‘ymoqda

va yangi tadqiqotlar olib boorish zarurligini taqozo qilmoqda.

Deviant xulq-atvor belgilari.

Umumqabul qilingan ijtimoiy me’yorlarga va rasmiy qonun-qoidalarga zid xatti-

harakatlar qilish,O‘ziga va atrofdagilar mol-mulkiga ziyon yetkazish va bu holatning doimiy

ravishda rO‘y berib turishi,insonlarni haqorat qilish va doimo urush-janjallar markazida

bO‘lishi,yonida sovuq qurollar olib yurishga moyillik.

Ruhiy kasalliklar(shizofreniya vas hu kabilar) va ruhiyat buzilishi bilan namoyon

bO‘luvchi bosh miya kasalliklari bilan og’rimagan bO‘lishi,spirtli ichimliklar va giyohvand

moddalarga ruju qO‘ygan bO‘lishi,gomoseksualizm,pornoqaramlik,ahloqsiz xatti-harakatlarga

moyillik.

Ota-onasi,aka-ukalari,pedagoglar

va

boshqalarga

agressiv

munosabatda

bO‘lish,doimo

norozi

bO‘lib

yurish,minnatdorchilik

hissining

yO‘qligi,mehnatdan

qochish,yolg’on sO‘zlash.Maslahatlar bergan ota-onasi yoki ustozini yomon kO‘radi,biroq O‘zi

aql O‘rgatishni xush kO‘radi.

Hissiy

reaksiyalarning

noturg’unligitez-tez

affect

holatlarga

tushib

turish,kayfiyatning bir yomon bir yaxshi bO‘lib turishi(disforiya),tO‘g’ri maslahat bergan yoki

tanqid qilgan odamni yomon kO‘rib qolishi,kayfiyati buzilib jazavaga tushishi.

Hufiyona

hayotga

moyillik

.Bunday

O‘smirlar

yolg’izlikni

yaxshi

kO‘rishmaydi,xonasiga qamalib olib internetga qaram bO‘lib qolishadi,pornofilmlarga moyilligi

kuchli bO‘ladi,kO‘p dars qoldiradi,kO‘chaga chiqib bolalar bilan O‘ynamaydi,janjalkash odati

tufayli dO‘stlari bilan chiqishmaydi,nari borsa 1-2 ta bola bilan dO‘st tutishadi xolos.U ham

O‘ziga O‘xshagan bO‘ladi.

Deviant xulq-atvor psixoterapiyasi.

Deviant xulq-atvor psixotyerapiyasi uzoq

davom etadigan murakkab jarayondir. Asosan bixevioral psixoterapiya, psixodinamik terapiya va

gipnoterapiya qo‘llaniladi. Shuningdek, artterapiya, biblioterapiya, mehnat terapiyasi, sport

terapiyasi qo‘llaniladi. Albatta klinik psixolog bunday o‘smirlarning ota-onalari bilan ham

ishlashlari zarur. Uzoq davom etuvchi psixoreabilitatsiya klinik psixolog shug‘ullansa, ijtimoiy

hayotga adaptatsiyasi bilan sotsial psixologlar shug‘ullanishadi.


background image

2025

JANUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 1

15

Bugungi kunda maʼlumki, smartfon, planshet va noutbuklar yosh bolalardagi

fikrlash faoliyatining fiziologik va biologik qonunlarga mos ravishda riojlanishini izdan chiqarib

yubormoqda. Odam biologik muhitdan uzoqlashib, androidlar dunyosiga g‘arq bo‘lmoqda, u

ko‘proq robotlar dunyosiga qaram bo‘lib bormoqda. Bunday taraqqiyotning salbiy taʼsirlari bolada

hozirdan ko‘zga tashlanmoqda, ularda reaktiv nevroz, depressiya, apatiya, fobiya va hatto fikrlash

torayishi kabi patologik holatlar kuzatilmoqda. Katta yoshdagilarda uchraydigan psixosomatik

buzilishlar bolalar va o‘smirlarda ham ko‘payib bormoqda.

Deviant xulq-atvor profilaktikasi.

Deviant xulq-atvor profilaktikasi oiladan, yaʼni ota-

onalar tarbiyasidan boshlanadi. Turmush qurayotgan yoshlar tibbiy, genetik va psixologik

tekshiruvlardan o‘tishlari lozim. Bolalarda deviant xulq-atvor shakllanib bormasligi uchun yosh

ota-onalar tarbiyali bo‘lishi, iqtisodiy taʼminlangan bo‘lishi, bog‘cha va maktabda bolalar

diskriminatsiyaga uchramasligi, tibbiy-profilaktik tekshiruvlardan o‘tib turishi, maktab

psixologlari boladagi xulq-atvor buzilishlarini erta aniqlab ularni korreksiya qilish bilan tizimli

shug‘ullanib borishlari zarur. Davlat va jamiyat barkamol avlod tarbiyasi uchun barcha iqtisodiy

resurslarni ishga solishi, jamiyatda adolat hukmron bo‘lishi, bolalar haq-huquqlarini himoya qilib

kelinishi zarur[3].

XULOSA.

Emil Dyurkgeym deviant xulq-atvorni ijtimoiy hayotning tabiiy va muhim qismi sifatida

tushuntirgan.U anomiya tushunchasi orqali deviantlikning asosiy sabablarini kO‘rsatgan va

jamiyat taraqqiyotida uning O‘rnini aniqlab bergan.Uning qarashlari hozirgi zamon sotsiologiyasi

uchun ham katta ahamiyat kasb etgan.KO‘plab olimlar va sotsiologlar Emil Dyurkgeymning

Deviant xulq-atvor nazariyasini O‘rganishmoqda,chunki hozirgi davrda yoshlar orasida xulqi va

tarbiyasi buzilgan bolalarni ko‘plab uchratmoqdamiz.

REFERENCES

1.

Dyurkgeym.E. “The Division of Labor in Society”(1893)

2.

Ilmiy maqolalar: “Anomiya va deviant xulq-atvor nazariyalari”

3.

www.asab.uz

https://t.me/izrmed

4.

O‘zbekiston Milliy Kutubxonasi ma’lumotlar.