Authors

  • Nazokat Jumatova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.60289

Keywords:

lirika meros tarixiy asar devon tarjima mirob tetralogiya matnshunoslik xonliklar davri tadqiqot.

Abstract

Ushbu maqolada XIX asr adabiyoti yorqin vakili, tarixshunos, tarjimon, shoir va davlat arbobi Muhammad Rizo Ogahiyning asarlari yurtimiz bo‘ylab o‘rganilishi, olib borilgan va davom etayotgan tadqiqotlar haqida so‘z yuritilgan.

background image


Yanvar, 2025-Yil

167

OGAHIY IJODI O‘RGANILISHI: TADQIQOT XARAKTERLARI

Jumatova Nazokat Gulimbatovna

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent

davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

Matnshunoslik va adabiy manbashunoshlik mutaxassisligi 1-kurs magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14635186

Annotatsiya. Ushbu maqolada XIX asr adabiyoti yorqin vakili, tarixshunos, tarjimon,

shoir va davlat arbobi Muhammad Rizo Ogahiyning asarlari yurtimiz bo‘ylab o‘rganilishi, olib

borilgan va davom etayotgan tadqiqotlar haqida so‘z yuritilgan.

Kalit so‘zlar: lirika, meros, tarixiy asar, devon, tarjima, mirob, tetralogiya, matnshunoslik,

xonliklar davri, tadqiqot.

ИЗУЧЕНИЕ ОСОЗНАННОГО ТВОРЧЕСТВА: ХАРАКТЕРИСТИКИ

ИССЛЕДОВАНИЯ

Аннотация. В данной статье изучается творчество Мухаммада Резы Огахи –

видного представителя литературы XIX века, историка, переводчика, поэта,

общественного и государственного деятеля всей нашей страны.

Ключевые слова: лирика, наследие, историческое произведение, деван, перевод,

мироб, тетралогия, текстоведение, ханская эпоха, исследования.

THE STUDY OF CONSCIOUS CREATIVITY: CHARACTERISTICS OF RESEARCH

Abstract. This article discusses the study of the works of Muhammad Riza Ogahiy, a

prominent representative of 19th-century literature, historian, translator, poet, public and

statesman, throughout our country, and the research that has been and is being conducted.

Key words: lyrics, heritage, historical work, divan, translation, mirab, tetralogy, textual

studies, khanate period, research.

Bizning diyorimiz buyuk allomalar, ulamo-yu shoirlar, yozuvchi va olimlar yurtidir.

Mamlakatimiz o‘zining boy madaniy va adabiy merosiga ega bo‘lib, jahon adabiyoti

durdonalarining kattagina qismini tashkil qiladi. Sharq mumtoz adabiyoti deganda Navoiy,

Fuzuliy, Lutfiy, Muqimiy kabi buyuk mutafakkirlar hayolimizda gavdalanadi. Ularning jahon

adabiyot xazinasiga qo‘shgan hissalari beqiyosdir. Mana shunday arboblardan biri, XIX asrning

yorqin vakili Muhammad Rizo Ogahiy o‘zbek adabiyoti osmonida yorqin iz qoldirgan yulduzdir.

Muhammadrizo Ogahiy (1809-1874) yurtimiz tarixidagi eng sermahsul ijodkorlardan

biridir.


background image


Yanvar, 2025-Yil

168

U tarixchi, shoir va tarjimon sifatida oltita tarixiy asar, bitta devon va o‘n to‘qqizta

tarjima asarlarni meros sifatida qoldirgan. Ogahiy Xiva xonligidagi tarjima maktabi asoschisi

edi. U ijodini fors tilidan tarixiy asarlarni tarjima qilishdan boshlagan va mahorati oshib

borgan sayin badiiy asarlarni nazmdan nasrga o‘girgan. Bugungi kunga kelib Ogahiy hayoti va

ijodining salmoqli qismi yaxshi o‘rganilgan. Ammo adibning tarjima asarlari hamda tarixiy

asarlarini zamonaviy talablar asosida tadqiq qilishga ehtiyoj sezilmoqda. Ogahiyning lirikasi

ham hali to‘laligicha o‘rganilgan emas. “Hali bu xassos san’atkorning lirik va liro-epik tasvir

usullari, uning rang-barang she’riy san’atlardan bezavol badiiy obidalar yaratishda foydalanish

mahorati, Ogahiy aruzining o‘ziga xos qirralari, shoir asarlarining ohanglar jilosi sirlari zarur

darajada yoritilganicha yo‘q”

1

Taniqli shoir, yozuvchi Akademik G‘afur G‘ulom “Mamlakatimizning boshqa xalqlari

kabi o‘zbek xalqi ham o‘zining asrlar davomida yaratilgan boy, o‘ziga xos madaniyatiga ega. Bu

yerdan fan, adabiyot va san’atning qator ulug‘ arboblari yetishib chiqqanlar. Shuni aytib o‘tish

kerakki, keyingi yillarda hech qanday asossiz Lutfiy, Atoyi, Sakkokiy, Bobur, Mashrab, Turdi,

Munis, Ogahiy, Feruzlarning ijodi o‘rganilmayotir, biz faqat Navoiy, Muqumiy, Furqat,

Zavqiy, Avaz kabi shoirlar ijodini o‘rganish bilan cheklanib qolganmiz” –degan edi. Shundan

keyin “Ogahiyshunoslik” fani vujudga keldi, 1958-yilda Xivaga Toshkentdan Subutoy

Dolimov kelgan. 1959-yilda G‘afur G‘ulom, Ibrohim Mo‘minov, Qori Niyoziy, Zulfiya, Uyg‘un,

Ayyomiy, Subutoy Dolimov, Egam Rahim, Quvomiddin Munirov kelgan. Ogahiy va Munis

qabrlari Qiyot qishlog‘idagi Shayx Mavlono Bobo mozoridan Subutoy Dolimov, E.Samandar

va O.Pirnazarovlarning hamkorligi asosida topiladi. Shundan keyin Ogahiy bog‘i, qabri tiklandi.

Filologiya fanlari doktori Subutoy Dolimov Ogahiy hayoti va ijodiga kattahissa qo‘shgan

olimlardan biridir. Subutoy Dolimov 1962-yilda “Ogahiyning hayoti va ijodiy faoliyati”

mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi va ijodining mahsuldorligi hamda asarlarining

badiiy go‘zalligi nuqtai nazaridan Ogahiy o‘zbek adabiyotining buyuk vakili Alisher Navoiydan

keyingi eng zabardast vakili, degan ilmiy xulosaga keldi. 1970-yilda Subutoy Dolimov va

professor G‘ulom Karimov hamkorlikda Ogahiyning 6 jildlik asarlar majmuasini nashrga

tayyorlashga kirishib, bu ishni 1980-yilda muvaffaqiyatli tugatdilar. Majmuaning 1-2 jildlari

Ogahiyning lirik devoni “Ta’viz ul oshiqin”ni, 3-4 jildlari shoirning tarjima asarlarini, 5-6 jildlari

esa Ogahiyning tarixiy asarlarini o‘z ichiga oladi.

1

Anvar Xojiahmedov.Ogahiy dahosining olmos qirralari.3.:1999


background image


Yanvar, 2025-Yil

169

1991-yilda Subutoy Dolimov Ogahiy tomonidan tarjima qilingan Kaykovusning

“Qobusnoma” asarini tabdil qilib, nashrga tayyorlagan.Ogahiy haqida izlanishlar olib borgan

keyingi iqtidorli olim Nuryog‘di Toshevdir. Nuryog‘di Toshev “Jome ul-voqeoti sultoniy”ning

Toshkent nusxasi: “Ogahiy dastxatimi?” maqolasida: “Muhammadrizo Ogahiy haqli ravishda

eng sermahsul va serqirra qalamkashlar qatorida e’tirof etiladi. U yirik she’riy devon va tarixga

oid 6 ta asar bitgan, bundan tashqari, 19 ta badiiy, tarixiy va boshqa janrlardagi asarlarni

fors tilidan, bitta asarni usmonli turk tilidan eski o‘zbek tiliga o‘girgan. Sanalgan 27 ta

asardan 23 tasi ko‘plab nusxalarda bizgacha yetib kelgan”, deb yozadi. Xiva xonligi tarixnavisligi

bo‘yicha mutaxassis Nuryog‘di Toshev Ogahiy tarixiy asarlarini yozishda xat

yozishmalardanham foydalanganligini qayd qiladi hamda Xivaning tarixiy xronologiyalarida

mirob atamasi, ko‘pincha, harbiy ish va kampaniyalar munosabati bilan tilga olinganligini ham

aniqlaydi. Bundan tashqari Toshev Ogahiy umri oxirigacha miroblik vazifasida qolgan deb, asos

sifatida beshta dalil ham keltirib o‘tadi. Yirik olim Yu.Bregel Ogahiy tarjima asarlarining yillar

ketma-ketligini aniqlashga qiynalgan edi. Ammo ogahiyshunos olim Toshev bu xronologiyani

shoir o‘z devonida ketma-ketlikda berganini aniqlagan. Jumaniyoz Sharipov, Subutoy Dolimov,

Gʻaybulla Salomov tadqiqotlari Ogahiy ijodini o‘rganishning tamaltoshi hisoblansa, Vahob

Rahmon, Najmiddin Komilov singari yirik olimlarimiz tomonidan tarjima nazariyasining

umumiy xususiyatlari va qonuniyatlari tavsiflangan. Rahmat Majidiy “Ogahiy lirikasi”

(1963) asari bilan, Quvomiddin Munirov “Xorazmda tarixnavislik” asari orqali, Jumaniyoz

Sharipov “Xorazm” tetralogiyasi bilan, Anvar Xojiahmedov “Ogahiy dahosining olmos

qirralari” asarlari orqali ogahiyshunoslik faoliyatiga ulkan va sezilarli darajada hissa qo‘shishdi.

Taniqli dotsent, tarjimashunos Xayrullo Hamidovning “Ogahiyning tarjimonlik faoliyati

(Jumaniyoz Sharipov tadqiqotlari asosida)” nomli ilmiy risolasi ham yosh tarjimashunoslar,

ogahiyshunoslar uchun asosiy qo‘llanma sifatida xizmat qilyapti. Hozirgi kunda Muhammad Rizo

Ogahiy faoliyatini o‘rganuvchi yoshlar, ogahiyshunoslar, talabalar ko‘paymoqda.

Mamlakatimiz bo‘ylab Ogahiy faoliyatini o‘rganish tadqiq qilish uchun turli ma’naviy-

ma’rifiy tanlovlar bo‘lib o‘tmoqda.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Ogahiy hayoti va ijodi har jihatdan mukammal

o‘rganilgan bo‘lsa-da ochilmagan qirralari, borilmagan sarhadlari to‘la. Biz matnshunoslar oldida

turgan ulkan vazifalardan biri bu durdonalarning yoritilmagan tomonlarini aniqlab, kelajak

avlodga bus-butun holida yetkazishdir.


background image


Yanvar, 2025-Yil

170

REFERENCES

1. A.Xojiahmedov.Ogahiy dahosining olmos qirralari. T.:1999.

2. A.Abdugʻafurov. Muhammad Rizo Ogahiy. – T.: 1999.

3. Q.Munirov. Xorazmda tarixnavislik. – T.: 2002

4. S.Dolimov. Ogahiyning hayoti va ijodi. – T.: 1963.

5. N.Komilov. Ogahiyning tarjimonlik mahorati. – T.: 1970.

References

A.Xojiahmedov.Ogahiy dahosining olmos qirralari. T.:1999.

A.Abdugʻafurov. Muhammad Rizo Ogahiy. – T.: 1999.

Q.Munirov. Xorazmda tarixnavislik. – T.: 2002

S.Dolimov. Ogahiyning hayoti va ijodi. – T.: 1963.

N.Komilov. Ogahiyning tarjimonlik mahorati. – T.: 1970.