Authors

  • Madinabonu To’xtayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.60327

Keywords:

Tasviriy san’at mahobatli rangtasvir badiiy jarayon.

Abstract

Mavzuning dolzarbligi shu bilan belgilanadiki, unda mahobatli rangtasvir san’atining shakllanishida muhim hissa qo‘shgan Chingiz Axmarov ijodi tahlil qilinadi. O‘zbekiston monumentalist rassomi ijodi va uning uslublari o‘rganib chiqildi. Mazkur mavzuni to‘liq yoritishga qaratilgan bu maqola bo‘lajak mahobatli rangtasvir rassomlar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar haqida yoritilgan, shuningdek, amaliy ishlashga o‘rgatish usullari kabi masalalarga qaratilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

172

MAHOBATLI RANGTASVIR SAN’ATI USTA VAKILI CHINGIZ AXMAROV IJODI

VA UNING RANGTASVIR TARAQQIYOTIDAGI XIZMATLARI

To’xtayeva Madinabonu Olimovna

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti

Mahobatli rangtasvir mutaxassisligi 1-kurs magistri.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14632342

Annotatsiya.

Mavzuning dolzarbligi shu bilan belgilanadiki, unda mahobatli rangtasvir

san’atining shakllanishida muhim hissa qo‘shgan Chingiz Axmarov ijodi tahlil qilinadi.

O‘zbekiston monumentalist rassomi ijodi va uning uslublari o‘rganib chiqildi. Mazkur

mavzuni to‘liq yoritishga qaratilgan bu maqola bo‘lajak mahobatli rangtasvir rassomlar

o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar haqida yoritilgan, shuningdek, amaliy ishlashga

o‘rgatish usullari kabi masalalarga qaratilgan.

Kalit so‘zlar:

Tasviriy san’at, mahobatli rangtasvir, badiiy jarayon.

ТВОРЧЕСТВО МАСТЕРА МОНУМЕНТАЛЬНОЙ ЖИВОПИСИ ЧИНГИЗА

АХМАРОВА И ЕГО ЗАСЛУГИ В РАЗВИТИИ ЖИВОПИСИ

Аннотация.

Актуальность темы определяется тем, что в ней анализируется

творчество Чингиза Ахмарова, внесшего значительный вклад в становление

монументальной живописи. Было изучено творчество узбекского художника-

монументалиста и его стили. В этой статье, призванной полностью осветить эту тему,

рассказывается об информации, которую должны усвоить будущие художники-

монументалисты, а также рассматриваются такие вопросы, как методы обучения

практической работе.

Ключевые слова:

Изобразительное искусство, монументальной живописи,

художественный процесс.

THE WORK OF THE MASTER OF MONUMENTAL PAINTING CHINGIZ

AKHMAROV AND HIS CONTRIBUTIONS TO THE DEVELOPMENT OF PAINTING

Annotation.

The relevance of the topic is determined by the fact that it analyzes the work

of Chingiz Akhmarov, who made a significant contribution to the formation of monumental

painting. The work of the Uzbek muralist and his styles were studied. This article, designed to fully

cover this topic, describes the information that future muralists should learn, as well as discusses

issues such as methods of teaching practical work.

Keywords:

Fine art, monumental painting, artistic process.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

173

Tasavvur qilinadiki, san’at borlig’ining har bir shakli-rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika,

rasm-dunyoni o’zlashtirishda faqat ungagina tushunarli bo’lgan imkoniyatlar va iste’dodlarni

to’liq ochib bergandagina mustaqil usul va tur bo’ladi va bu faqat rivojlanishning ma’lum

bosqichida, ma’lum sharoitlardagina yuz beradi. San’at tarixi uning usullari va turlarining

shakllanish tarixi kabi madaniyatni o’rganishning qiziq va zarur sohasidir.

Ma’lum tarixiy rivojlanish yo’lini bosib o’tgan san’at turi-tasviriy san’atdir. Mahobatli

rangtasvir – tasviriy san’atning shunday bir turidirki, unda rang eng asosiy o’rinni egallaydi.

1990 yillargacha bo‘lgan mahobatli rangtasvir “Mahobatli targ‘ibot rejasi”, deb

nomlanuvchi mafkura hukmronligi asosida shakllandi. Aynan shu, ya’ni tasviriy san’atning bir

muncha siyosiylashtirilgan qobig‘ida ishlash hammadan ko‘ra rassomlar uchun qiyin kechdi. Ular

uslubi bir taxlitda bo‘lib, plakat tilida bayon qilishga undovchi topshirilgan mavzu asosida asar

yaratishga majbur edi. Lekin, bu davrda rassomlarning ichki dunyosini namoyon etuvchi haqiqiy

va badiiy yorqin asarlar yaratildi. Ular orasida, so‘zsiz Ch.Axmarov, B.Jalolov va boshqa

rassomlar tomonidan yaratilgan mahobatli rangtasvir asarlari mavjud.

Mahobatli rangtasvir san’ati ustida olib borilgan

tadqiqot ishlari shuni tasdiqlaydiki, O‘zbekistonda

hozirda ham uning ko‘pgina turlari saqlanib qolgan. Bu

vaqtga kelib, shuningdek, vitraj san’ati asarlari, shisha,

sopol

va

kandakorlik

buyumlarida

ishlangan

bo‘rtmalarda makoniy kompozitsiyalar yaratish, koshinli

namoyonlar va bezakli plastika san’ati shakllandi.

San’atning barcha turlari bu davrda keng ko‘lamda

rivojlanishiga qaramay, mahobatli rangtasvirda badiiy

jarayon birmuncha qiziqarli va serharakatlik bilan

kechdi.

991-2001 yillardagi O‘zbekiston mahobatli

rangtasviri o‘z rivojiga ko‘ra yangi bosqichni egallaydi. Uslubiy loyihada miniatyura

rangtasvirining ta’siri ahamiyatli o‘rin egallaganligi; vatanimizning tarixiy va madaniy o‘tmishi

bilan bog‘liq bo‘lgan mavzularga murojaat etilishi zamonaviy mahobatli rangtasvir san’atining

alohida xususiyatlari bo‘lib qoldi. San’atning bu turining kelgusidagi rivojida mahobatli rangtasvir

ustalarining ijodiy g‘ayrati va zamonaviy bosqichda talabchan harakatlari kafolat bo‘lib qoladi.

1

1

library.ziyonet.uz


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

174

O’zbekiston maxobatli rangtasvirida Ch.Axmarov, A.Aliqulov, B.Jalolov samarali ijod

etgan. Mazkur maxobatli rangtasvirchilarning xar biri uziga xos ijodiy uslubga, turli

mavzularning uziga xos badiiy yechimiga egadirlar. Ularning ijodlari milliy maxobatli

rangtasvirda aloxida uringa ega. O’zbekiston tasviriy sanʼatida miniatyuraga xos ajoyib rang

polotnolar yaratib milliy sanʼatimizning rivojlanishiga ulkan xissa qo’shgan Chingiz

Abduraxmonovich Axmarov o’z ijodiy yo’li va sanʼat maktabi mavjud. U yoshlik yillaridanoq

Qarshi, Samarqand shaxridagi sharqona meʼmorchilik obidalari, amaliy sanʼat sirlari bilan

astoydil tanishadi. Chingiz Axmarov o’zbek xalqining tarixi, uning anʼanaviy sanʼat merosiga

qiziqadi.

2

Uz ijodida miniatyura anʼanalarini maxorat bilan

qo’llay olgan maxobatli rangtasvir ustasi Ch.G.Axmarovning

“Zulfiya” (1965), “A.Navoiy shogirdlari bilan” (1968),

“Nodira” (1975), “Buxoro raqsi”, “X.Nosirova Shirin rolida”

kabi asarlari dastgoxli asarlari bilan bir qatorda, Alisher

Navoiy nomidagi Davlat opera va balet teatri, Beruniy

nomdagi Davlat Sharqshunoslik instituti, O’zbekiston Milliy

teatri, O’zbekiston metropolitenidagi bekatlar va boshqa bir

qator maskanlarning devorlarida maxobatli rangtasvir

naʼmunalari mavjud.

Chingiz Axmarov butun umri davomida maxoabtli

asarlari uchun xisobsiz chizmatasvir, kartina, eksizlar xamda

tasodifiy qoralamalar yaratgan. Karton, mato kabi anʼanaviy materiallar bilan bir qatorda

Ch.Axmarov yog’och taxtachalarda bir qator portret asarlar, kafelda tasvirli lavxalar yoki sopol

va chinni buyumlarga suratlar xam

yaratgan.

Ular bugungi kunda muzeylarda,

rassom

va

shogirdlarning

shaxsiy

kolleksiyalarida, yoki rassom tomonidan

sovg’a qilingan shaxslarning to’plamlarida

saqlanmoqda. Ularning aksariyati devoriy

2

Н.Ойдинов. Узбекистон тасвирий санъати тарихидан лавхалар. - Тошкент: “Укитувчи”

1997 - Б.94. 51 б.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

175

surat, badiiy film, kitob illyustratsiyalarga eskizlar bo’lib, rassomning qiymati baland va original

asarlari xisoblanadi. Akbar Xakimovning izlanishlari natijasida Ch.Axmarovning Toshkentdagi

turli shaxsiy kolleksiyalarda saqlanuvchi 300 dan ortiq asarlari foto lavxalarga muxrlanib,

annotatsiya yozib chiqilgan. Jumladan, rassomning yaqin shogirdlaridan biri, rassom Sodiq

Raxmonning tuplamidan 100 dan ortiq ishlar, Chingiz Axmarov bilan tushilgan fotosuratlar va

xatlar, musavvirning tutingan nevarasi Shaxnoza Abdullayevadan 60 dan ortiq ishlar (ular

orasida Ch.Axmarovning Sharq go’zallarini suratini ishlagan ikkita sopol idishlar), yana bir

shogirdi Javlon Umarbekovning shaxsiy kolleksiyasidan 43 ta kartina va chizmatasvirlar,

Buxorodagi devoriy suratlarni ishlashda assistentlik qilgan, rassomning shogirdi Akmal

Ikromjonovning to’plamidan to’rtta asarni topishga muvaffak bo’lingan.

Bu topilmalar musavvir ijodini obyektiv tarzda kengroq taxlil qilishga yordam beradi.

Akbar Xakimov tomonidan topilgan artefaktlar muzeylardagi (Toshkent, Samarqand, Buxoro),

O’zbekiston Badiiy Akademiyaning Badiiy ko’rgazmalar direksiyasida saqlanuvchi

kolleksiyalardagi asarlar va nashr etilgan manbalar Chingiz Axmarov ijodi, uning janrlar doirasi,

plastik va texnologik usullari xamda turli ijodiy bosqichlari xaqida fikr yuritishga asos bo’ldi.

Chingiz Axmarovning maxobatli asarlari avvaldan tadqiqotchilarning eʼtibor markazida

bo’lgan. Rassom 1930 yillarning boshlaridan Samarqanddagi mashxur “Izofabrikada”

“izorabotnik” sifatida yangi sotsialistik xayotni tasvirlashdagi maxobatli tashviqot devoriy

suratlar yaratish jarayonida qatnashgan. Biroq, mazkur davrdagi ishlari saqlanib qolmagan.

Chingiz Axmarovning eng erta maxobatli ishlaridan biri xamda rassomning ijodiy taqdiri katta

axamiyatga ega bo’lgan asarlardan biri 1944-1947 yillarda yaratilgan Toshkentdagi Alisher

Navoiy nomidagi Opera va balet teatri devoriy suratlari xisoblanadi.

Afsuski, mazkur devoriy suratlarni yaralish jarayonidagi bosqchlarni o’rganish uchun

juda kam manbaa, katta miqdordagi eskizlardan bir nechtasigina saqlanib qolgan. Shu eskizlar

xam to’rtta asosiy suratning kompozitsiya va syujet yechimi qay tarzda o’zgarib borganligini

namoyon etadi.

Chingiz Axmarov ijodining salmoqli merosini maxbatli rangtasvir asarlari tashkil etadi

va tabiiyki rassom ijodiga eʼtirof xam aynan mazkur asarlar orqasidandir. Biroq, aksariyat

devoriy suratlarning bugungi kundagi saqlanish holati xar qanday kishida xavotir xissini

uyg’otadi. Masalan, milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi, A.Navoiy nomidagi Adabiyot

muzeyi, Sharqshunoslik institutidagi ishlarning axvoli qonikarli emas. Angren yaqinidagi

Tashkent kabel zavodi oromgoxi joylashgan Lashkerek maskanidagi devoriy suratlarning xolati


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

176

ayanchli ahvolda. Rassomning maxobatli asarlarini o’rganish, ularni tadqiq etish natijasida

mazkur muammolarning topilishi xam kelgusida bu masalalarning yechimini topishga eʼtibor

qaratishga undaydi.

Chingiz Axmarov tomonidan qoldirilgan ko’p sondagi dastgohli va maxobatli ishlardan

iborat merosdagi obraz va syujetlar hayratlanarli darajadagi garmonik ansamblni tashkil qiladi.

Ularning barchasi badiiy nuqtai nazardan juda qiziqarlidir. Rassom obrazlari olamidagi

bo’lib bo’lmas yakdillik bir savolni paydo qiladi - rassom uchun nima muhim, dastgohli kartina

yoki mahobatli rangtasvir. Biroq, rassom qalamiga mansub rangtasvirning xar ikkala

ko’rinishidagi asarlarini tomosha qilar ekansiz, nozik chizmatasvir maxorati va sezgir kolorist

malakasisiz maxobatli devoriy suratlar yaratib bo’lmasligiga guvoh bo’lish mumkin.

Va, aksincha, Ch.Axmarovning monumentalist sifatidagi keng panoram tafakkuri, uning

majmuaviy yechim topish mahorati va mavzuni masshtabda ko’ra olish iqtidorisiz musavvirning

nozik chizmatasvir va nafis uslubga ega dastgohli asarlari yaratilmagan bo’lar edi. Rassom

ijodiga mansub asarlarni qurishdan saqlar ekanmiz, ularni kelajak avlodga yetkazish,

umrboqiyligini taʼminlash yo’lida maʼsuliyatni xam zimmamizga olishni unutmasligimiz zarur.

REFERENCES

1.

Abdullayev N. O’zbekiston san’ati tarixi. – T.: O’zbekiston faylasuflar ilmiy jamiyati,

2007. - 236 б.

2.

Н.Ойдинов. Узбекистон тасвирий санъати тарихидан лавхалар. - Тошкент:

“Укитувчи” 1997 - Б.94. 51 б.

3.

Zarifova Dilfuza Omon qizi., “Ranglarning fazoviy birikmalari va xususiyatlari”.

Educational Research in Universal Sciences. T.: 2023.

4.

“Р.Ҳасанов, “Тасвирий санъат асослари”, Тошкент, 2009 й. 11 б

5.

Ўзбекистон миллий энциклопедияси. – Т.: Давлат миллий наширёти, 2006.

References

Abdullayev N. O’zbekiston san’ati tarixi. – T.: O’zbekiston faylasuflar ilmiy jamiyati, 2007. - 236 б.

Н.Ойдинов. Узбекистон тасвирий санъати тарихидан лавхалар. - Тошкент: “Укитувчи” 1997 - Б.94. 51 б.

Zarifova Dilfuza Omon qizi., “Ranglarning fazoviy birikmalari va xususiyatlari”. Educational Research in Universal Sciences. T.: 2023.

“Р.Ҳасанов, “Тасвирий санъат асослари”, Тошкент, 2009 й. 11 б

Ўзбекистон миллий энциклопедияси. – Т.: Давлат миллий наширёти, 2006.