ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
196
INGLIZ TILIDA SHAXS OTLARINING YASALISHIGA DOIR METODOLOGIK
YONDASHUVLAR
Babajonova Iqbol Salamaddinovna
https://doi.org/10.5281/zenodo.14632528
Annotatsiya.
Ushbu maqolada ingliz tilida shaxs otlarining qo’shimchalari va ularning
ahamiyati, nazariy metodologik jihatlari hususida fikr va mulohazalar yuritilgandir. Ingliz tili
grammatikasida shaxs otlarining yasalishi morfologik, sintaktik, prafmatik, semantic, kognitiv,
generativ usullariga doir nazariyalar ochib berilgan.
Kalit so’zlar:
morfologiya, fonetika, usul, qo’shimcha, ingliz tili, shaxs otlari, prefix, infix,
suffix va boshqalar.
METHODOLOGICAL APPROACHES TO THE FORMATION OF PERSONAL NOUNS
IN ENGLISH
Abstract.
This article discusses the affixes of personal nouns in English and their
significance, theoretical and methodological aspects. Theories on morphological, syntactic,
pragmatic, semantic, cognitive, generative methods of the formation of personal nouns in English
grammar are revealed.
Keywords:
morphology, phonetics, method, affix, English language, personal nouns,
prefix, infix, suffix, etc.
МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЕ ПОДХОДЫ К ОБРАЗОВАНИЮ ЛИЧНЫХ ИМЕН
СУЩЕСТВИТЕЛЬНЫХ В АНГЛИЙСКОМ ЯЗЫКЕ
Аннотация.
В статье рассматриваются суффиксы личных имен существительных
в английском языке, их значение, а также теоретические и методические аспекты.
Разработаны
теории
относительно
морфологических,
синтаксических,
прагматических, семантических, когнитивных и генеративных методов образования
личных существительных в английской грамматике.
Ключевые слова:
морфология, фонетика, метод, суффикс, английский язык, личные
существительные, префикс, инфикс, суффикс и т. д.
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda chet tillarni oʻqitish tizimi sifatini xalqaro standartlarga
muvofiq tarzda takomillashtirishga alohida eʼtibor qaratilayotgani mazkur maqolaning
dolzarbligini belgilab beradi. Taʼlim tizimida chet tili oʻqituvchilarini tayyorlash jarayoniga
Yevropa Kengashining “Chet tilini egallash umumevropa kompetensiyalari: oʻrganish, oʻqitish va
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
197
baholash”ning xalqaro meʼyorlari (CEFR – Common European Framework of Reference) tadbiq
etilayotganligi ham oʻz navbatida o’quvchilarda faol muloqot muhitini yaratish asosida ularning
muloqot madaniyatini rivojlantirishga erishishga imkon beradi. Shunga koʻra, OTMga kirishda
CEFR va IELTS (International English Language Testing System) mavjudligini inobatga olish
joriy etildi. “yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash, oliy taʼlim
muassasalarida kompetentli ilmiy pedagogik kadrlar zahirasini yaratish” ustuvor vazifa sifatida
belgilandi. Ushbu vazifani hal etish doirasida ingliz tili taʼlim sifatini yaxshilash, oʻqitish
samaradorligini oshirish bilan bir qatorda lingvistik, grammatik jihatdan yanada kengroq
tushuntirish hamda o’zbek tili bilan birgalikda taqqoslash, qiyosiy o’rganish ikki tilda ham
grammatik jihatdan o’rganish samaradorlik ko’rsatkichini anchayin darajada oshirib beradi.
Mamlakatimizda til o’rganishga e’tiborning ortishi natijasida bugungi kunga kelib bir qator
ilmiy ishlar amalga ooshirilgandir. Xususan ingliz va o’zbek tillarida shaxs otlarining yasalishiga
doir bir qator tadqiqotlar amalga oshirilgan. Xususan, Tilning generativ grammatikasi va
morfologiyasini o’rgangan olim N.Chomsky, Shaxs otlarining yasalishi va ularning sintaktik va
semantik jihatlarini izohlashda asosiy yondashuvlarni ishlab chiqqan.
"Syntactic Structures" (1957) G.Leech Semantika va pragmatika bo‘yicha hamda Shaxs
otlarining konnotativ va denotativ ma’nolari haqidagi tahlillarni o’rgangan. "Principles of
Pragmatics" (1983) J. Lyons Semantika va lingvistik falsafaga oid tadqiqotlari mashhur. Shaxs
otlarining semantik toifalari va ularning kontekstual qo‘llanilishini o‘rgangan. "Linguistic
Semantics: An Introduction" (1995) G.Yule Pragmatika bo‘yicha tadqiqot olib borgan hamda
Shaxs otlarining ijtimoiy muloqotdagi vazifasi va kontekstual moslashuvini o‘rgangan.
"Pragmatics" (1996). R.Lieber Ingliz tilidagi shaxs otlarini suffiksatsiya va kompozitsiya
orqali shakllanishini o‘rgangan. "Morphology and Lexical Semantics" (2004) O’zbek tilida
S.Rahmatullayev "O‘zbek tilining semantikasi" (2002), G’Mirzayev "O‘zbek tilining sintaksisi"
(1980), I.Meliyev "Tilshunoslik metodologiyasi" (2000), Sh.Sodiqov "O‘zbek tilining sintaksisi"
(1980) va boshqalar o’zbek tilida shaxs otlarining semantik va pragmatik jihatlari, ijtimoiy
konteksda qo’llanilishi shaxs otlarini yasalishida qo’shimchalarning ahamiyati haqida ilmiy
izlanishlar olib borganlar. Ingliz va o’zbek tillarida shaxs otlarining yasalishiga doir qiyosiy
o’rganishlar yuzasidan X.To’xtaboyev Shaxs otlarining shakllanishida milliy xususiyatlar va
umumiy jihatlarni o‘rgangan. O’.Umurzoqov Ingliz va o‘zbek tillarida semantik va pragmatik
jihatlarni taqqoslagan. N.Ergasheva Pragmatikaga oid qiyosiy o’rganishlar olib borgan.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
198
N.Yoqubova esa Ingliz va o‘zbek tillaridagi shaxs otlarining semantik va grammatik
jihatlarini qiyosiy tahlil qilgan. Ammo ingliz va o’zbek tillarida shaxs otlarining yasalishi semantik
va pragmatik xususiyatlarini lingvistik jihatdan izlanishlar yetarli darajada emasligi ishning
dolzarbligini ko’rsatib beradi.
Shaxs otlari lingvistik tahlilning muhim qismidir. Ular nafaqat so‘z yasalishi jarayonining
grammatik va semantik asoslarini aks ettiradi, balki tilning ijtimoiy va madaniy funksiyalarini ham
yoritib beradi. Shaxs otlarini o‘rganishda quyidagi nazariy yondashuvlar qo‘llaniladi:
Struktural yondashuv.
Bu yondashuv shaxs otlarining grammatik qurilishini va ularning
yasalish usullarini o‘rganadi. Morfologik tahlil: Shaxs otlarining hosil bo‘lishida prefiks, suffiks,
yoki qo‘shimcha kabi lingvistik vositalarni aniqlaydi.
Masalan:
Teach → Teacher (Ingliz tili)
,
Haydash → Haydovchi (O‘zbek tili).
Sintaktik rol: Shaxs otlarining gapda qanday vazifani bajarishini ko‘rsatadi. Ferdinand de
Saussure (Strukturalizm) Lev Shcherba (Morfologik yondashuv) nazariyalarida yoritib berilgan.
Masalan:
The teacher explained the lesson (Ingliz tili).
O‘qituvchi darsni tushuntirdi (O‘zbek tili).
Semantik yondashuv: Bu yondashuv shaxs otlarining ma’nosini, ular orqali ifodalanadigan
tushunchalarni va kontekstdagi ma’no o‘zgarishlarini o‘rganadi. John Lyons (Semantik nazariya)
va Geoffrey Leech (Denotativ va konnotativ semantika) asarlarida ochib berilgan.
Denotativ ma’no:
Shaxs otlarining asosiy lug‘aviy ma’nosi. Masalan:
Doctor
– tibbiyot
mutaxassisi.
Konnotativ ma’no:
So‘zning emotsional yoki ijtimoiy qo‘shimcha ma’nosi.
Masalan:
Hero (Ingliz tili)
– jasur inson;
Qahramon (O‘zbek tili)
– jasur yoki buyuk tarixiy shaxs.
Pragmatik yondashuv:
Pragmatik yondashuv shaxs otlarining muloqotdagi vazifasi, nutq
maqsadi va kontekstga bog‘liq qo‘llanilishini o‘rganadi. Muloqot vazifasi: Shaxs otlari muloqotda
axborotni qanday uzatishini tahlil qiladi.
Paul Grice (Pragmatik nazariya) George Yule (Nutqning
kontekstual analizi)
Masalan:
Mr. Smith, could you help me?
– Hurmat ifodasi.
Ustoz, yordam bering!
– Hurmatli murojaat.
Ijtimoiy va madaniy kontekst:
Shaxs otlarining qo‘llanilishida ijtimoiy mavqe, jins, yoki
madaniyatga bog‘liq o‘zgarishlar.
Masalan:
Chairman → Chairperson
(gender neytrallikka intilish, Ingliz tili).
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
199
Dehqonchi → Qishloq xo‘jaligi xodimi
(zamonaviy ifoda, O‘zbek tili).
So‘zning stilistik ko‘rinishi:
Salbiy yoki ijobiy baholash usullari.
Masalan:
Boss
(norasmiy);
Dangasa
(salbiy konnotatsiya).
Generativ grammatika yondashuvi: Generativ grammatika yondashuvi shaxs otlarining
hosil bo‘lishida kognitiv va qoidaviy tuzilmalarni o‘rganadi. Noam Chomsky (Generativ
grammatika) Rochelle Lieber (Morfologik tuzilmalar).
So‘z hosil qilish modullari:
Tilning ichki qoidalari orqali yangi shaxs otlarini hosil qilish.
Masalan:
Run → Runner (Ingliz tili)
,
Qurish → Quruvchi (O‘zbek tili).
Tilni o‘zlashtirish:
Shaxs otlarining til egallash jarayonida qanday shakllanishi va qabul
qilinishini o‘rganadi.
Kognitiv yondashuv: Kognitiv tilshunoslik shaxs otlarining ma’nosini inson fikrlash va
ong jarayonlari orqali o‘rganadi. George Lakoff (Kognitiv lingvistika) Gilles Fauconnier
(Kontseptual semantika)
Metafora va metonimiya:
Shaxs otlari boshqa tushunchalar asosida ma’no orttiradi.
Masalan:
Brain
– aqlli odam;
Eshon
– diniy sohada bilimdon shaxs.
Ma’no kengayishi va torayishi:
Shaxs otlarining semantik chegaralari kengayadi yoki
torayadi.
Xulosa qilib aytish mumkinki,
Shaxs otlarining yasalishi, semantik va pragmatik jihatlarini
o‘rganishda bir qancha nazariy yondashuvlar qo‘llaniladi. Struktural, semantik va pragmatik
yondashuvlar til tizimining ichki qonuniyatlarini tahlil qilishga yordam beradi. Generativ
grammatika va kognitiv yondashuvlar esa shaxs otlarining yasalishini inson fikrlash jarayonlari
bilan bog‘laydi. Lingvokulturologik va qiyosiy yondashuvlar esa shaxs otlarini milliy-madaniy va
xalqaro
kontekstda tahlil qilishga imkon yaratadi.
REFERENCES
1.
Begmatov E. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining leksik qatlamlari.–Toshkent: Fan, 1985.
2.
Saydaliev S. Chet til o’qitish metodikasidan ocherklar. - N. 2004.
3.
Sayidrahimova N., Qobulova U. Lingvokulturologiya – tilshunoslikning alohida sohasi //
O’zbek tili va adabiyoti, 2015.
4.
Safarov Sh. Semantika. – Toshkent: “O’zbekiston milliy yensiklopediyasi” Davlat ilmiy
nashriyoti, 2013.
