ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
238
AHOLI XONADONLARINING ISSIQLIK TA’MINOTI TIZIMIDA YASSI QUYOSH
KOLLEKTORIDAN FOYDALANIB, AN’ANAVIY YOQILG‘I SARFINI
KAMAYTIRISH IMKONIYATLARI
Dusyarov Akmal Sa’dullayevich
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot
instituti, texnika fanlari nomzodi, professor vazifasini bajaruvchi.
Jo‘rayev Bekzod Faxriddin o‘g‘li
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, 1-bosqich magistrant.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14633751
Annotatsiya.
Ushbu maqolada yassi quyosh kollektorlari orqali aholi yashash binolarini
isitish va issiq suv ta’minotini samaradorligini oshirish masalasi o‘rganiladi. Tadqiqotda
kollektor yuzasining o‘zlashtirgan issiqlik energiyasi, termosifon va majburiy sirkulyatsiyali (bir,
ikki va ko‘p konturli) isitish tizimlarining ishlashi va yoqilg‘i tejash imkoniyatlari tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar
: Yassi quyosh kollektorlari, isitish tizimlari, issiq suv ta’minoti, energiya
samaradorligi, yoqilg‘i tejash.
ВОЗМОЖНОСТИ СНИЖЕНИЯ ПОТРЕБЛЕНИЯ ТРАДИЦИОННОГО ТОПЛИВА
ЗА СЧЕТ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ПЛОСКИХ СОЛНЕЧНЫХ КОЛЛЕКТОРОВ В
СИСТЕМЕ ТЕПЛОСНАБЖЕНИЯ ЖИЛЫХ ДОМОВ
Аннотация.
Данная статья посвящена исследованию способов повышения
эффективности систем отопления и горячего водоснабжения жилых зданий с
использованием плоских солнечных коллекторов. В ходе исследования анализируется
количество тепловой энергии, поглощаемой поверхностью коллектора, а также
оценивается производительность систем отопления с естественной (термосифонной) и
принудительной циркуляцией теплоносителя (одноконтурных, двухконтурных и
многоконтурных). Кроме того, в статье рассматриваются возможности сокращения
потребления традиционных видов топлива.
Kлючевые слова.
Плоские солнечные коллекторы, системы отопления, горячее
водоснабжение, энергоэффективность, экономия топлива.
POSSIBILITIES TO REDUCE TRADITIONAL FUEL CONSUMPTION BY USING
FLAT-PANEL SOLAR COLLECTORS IN THE HEAT SUPPLY SYSTEM OF
RESIDENTIAL HOUSES
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
239
Absrtact
. This article examines the issue of increasing the efficiency of heating and hot
water supply of residential buildings using flat-plate solar collectors. The study analyzes the
thermal energy absorbed by the collector surface, the thermosiphon circulation and forced
circulation (single, double and multi-circuit) heating systems, and fuel saving opportunities.
Key words:
Flat-plate solar collectors, heating systems, hot water supply, energy
efficiency, fuel saving.
KIRISH
Bugungi kunda zamonaviy texnika va texnologiyalar shiddat bilan rivojlanmoqda va shu
bilan bir qatorda energiyaga bo‘lgan talab ham asosiy muammo darajasiga ko‘tarilishda davom
etyapti.
Yoqilg‘i energetika sanoatida
asosiy yoqilg‘i turlari sifatida 1. Gaz 2. Ko‘mir. 3. Neft va
neft mahsulotlari 4. Mazut. 5. Yog‘och 6. Yadro yoqilg‘i (Uran, Plutoniy) foydalaniladi bu turdagi
yoqilg‘ilar an’anaviy ya’ni qayta tiklanmaydigan manbalar. Yaqin 100 yillar davomida ishlab
chiqarish, transport va sanoat miqyosida an’anaviy yoqilg‘ilardan noo‘rin foydalanish natijasida
ularning zaxirasi cheksiz emasligi va yoqish natijasida ulardan ajralib chiqqan issiqxona gazlari
(CO
2,
CH
4,
N
2
O) ko‘plab ekologik muammolarni yuzaga keltirib chiqarishi tufayli global muammo
darajasiga aylandi. Shu sababli yoqilg‘i resurslarni tejash va kelgusi avlodga yetkazish maqsadida
ularga muqobil sifatida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan (quyosh, shamol, gidroenergiya,
biomassa, geotermal, to’lqin, yashil vodorod kabilar) foydalanishning dolzarbligi ortib bormoqda.
Binobarin, mamlakatimizda ham ,,Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik
quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida’’gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 09.09.2022 yildagi PF-220-
sonida ham qayta tiklanuvchi energiya manbalari va qurilmalaridan foydalanishni davlat siyosati
darajasida ko‘tarish va energiya tejamkor qurilma va jihozlarni o‘rnatgan shaxslarni hukumat
tomonidan qo‘llab quvvatlash keltirib o‘tilgan [4].
Yer yuzidagi barcha energiya manbalarining asosi - quyosh energiyasi eng barqaror va
ekologik toza foydalanish uchun qulay manba. Respublikamiz quyosh energiyasidan foydalanish
uchun qulay iqlimiy mintaqada (37º va 45º shimoliy kenglik oralig‘ida) joylashgan bo‘lib, yiliga
o‘rtacha 300 kun quyoshli kun (2800÷3100 soat) ni tashkil etad. Yil davomida Respublikamizning
har bir kvadrat metr gorizontal yuzasiga tushadigan quyosh radiatsiyasining miqdori 5900÷6300
MJ (1650÷1750 KWsoat) ga teng bu esa 200÷215 kg shartli yoqilg‘i yonishidan ajraladigan
issiqlik miqdoriga teng.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
240
Respublikamizda quyosh energiyasining texnik potensiali 290 mln tonna shartli yoqilg‘iga
teng bo‘lib bu mavjud energiyadan samarali foydalanish mamlakatimiz iqtisodi va energetik
salohiyatini oshiruvchi va qolaversa ekologik vaziyatni barqarorlashtiruvchi resurs va
yechimlardan biri sanaladi [1].
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Aholi xonadonida issiq suv va isitish tizimi ta’minotida quyosh issiqlik energiyasidan
foydalanish uchun quyosh kollektorlaridan foydalanish eng samarali va energiya tejamkor
yo‘llardan biri sanaladi. Dunyoning ko‘plab davlatlarida hozirgi kunda yassi quyosh kollektorlari
(1-rasm) va vakuum trubkali kollektorlardan (2-rasm) ijtimoiy obyektlar, sanoat ishlab chiqarish
va yashash binolarida keng foydalanish joriy etilmoqda.
1- rasm. Yassi quyosh kollektori konstruktiv sxemasi.
1-quyosh nuri, 2-shisha qatlam, 3-kollektor korpus qismi, 4 – issiqlik qabul qilgich
(absorber), 5- izolatsiya qatlam, 6 - asosga mahkamlash qismi, 7- to‘lqin uzunligi (xususiy)
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
241
2-rasm. Vakuum trubkali kollektor.
1 – Suv uchun bak; 2 – bakning tashqi qatlami; 3 – bakning ichki qatlami; 4 – tashqi
mahkamlagich; 5 – vakuum trubkalar; 6 – suv uchun bak qopqoqlari; 7 – rezinali mahkamlagich;
8 – tayanch osti rama, material – galvanik qoplamali po‘lat yoki zanglamaydigan po‘lat; 9 –
akslantiruvchi plastina – qo‘shimcha variant; 10 – avariya holatida havo klapani; 11 – kontroller
datchigi [5].
Kollektorlarda ishchi moddaning harakati erkin (termosifon) va majburiy konveksiya
hodisasi asosida boradi. Erkin konveksiyada quyosh energiyasi kollektorning shisha qatlamidan
o‘tib (asosan kichik to‘lqinli nurlar) absorber yordamida so‘riladi va hosil bo‘lgan yuqori harorat
ishchi moddaga uzatiladi va ishchi moddada haroratlar farqi sabab bosimlar farqi yuzaga keladi
natijada qizigan suv yoki antifiriz-suv (1-jadval) sovuq tarkibli qismiga tabiiy yo‘naladi. Majburiy
konveksiyada esa oqim tezligini orttirish uchun (oqim tezligi yuqori bo‘lsa issiqlikni tashish va
berish shunchalik yuqori bo‘ladi) nasos va ventilyator (havo isitish kollektorlari uchun) ishlatishni
talab etadi.
Foydalanish sharoiti va mavsumga bog‘liq holda kollektorlarni bir, ikki va ko‘p konturli
(aktiv isitish tizimlari) tizimlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Qish oylarida termosifon
tizimli kollektorlardan foydalanish bir qancha muammolarni yuzga keltirishi ya’ni ishchi
moddaning harakati sekinlashi yoki muzlab qolishi natijada qurilma jihozlari shikastlanishi kabi
noxush holatlar kuzatiladi. Bularni oldini olish uchun ikki va ko‘p konturli aktiv tizimlardan
foydalansak jarayon samaradorligi tushib ketmaydi.
Issiqlik tashuvchi suv va antifiriz aralashmaning xarakteristikalari.
1-jadval
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
242
Ishchi modda
Muzlash
harorati ºC
50 ºC haroratda
issiqlik
o‘tkazuvchanlik
ko‘rsatkichi, Vt
(m· ºC)
50ºC haroratda
issiqlik sig‘imi,
J(kg ºC)
20ºC haroratda
kinematik
qovushqoqligi
(mm
2
/s)
Suv
0
0,64
4180
1,004
Suv-glikol
arashmasi
60%/40%
nisbatda
-27
0,44
3850
4,3
Quyosh kollektorlari issiq suvga bo‘lgan talabni qoplashda maishiy va aholi ehtiyojini
qondirishda muhim rol o‘ynaydi. Yassi quyosh kollektorlaridan asosan ishchi moddaning
temperaturasi 100 ºC dan oshmagan hollarda qo‘llaniladi. Ishchi modda sifatida suv va antifiriz
(suv bilan aralashgan glikol) ishlatiladi 1-jadval.
3-rasm. Quyosh suv isitish kollektorining tarkibiy sxemasi (bir konturli).
1-kollektor, 2- bak-akkumulyator, 3-jo‘mrak
O‘zbekiston sharoitida yoz mavsumida 1m
2
yassi kollektorning samaradorligi kuniga (60-
65) litr (65-70)º C temperaturali issiq suvni tashkil etadi. Yassi kollektorning FIK 50-55 % dan
zamonaviy qurilmalarniki 60-80% gacha bo‘lib, u quyosh energiyasining oqimi zichligiga (yillik
va fasllarga bog‘liq holda o’zgaradigan), atrof-muhit temperaturasiga bog‘liq bo‘ladi [2].
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
243
4-rasm. Bino issiqlik ta’minotida o‘rnatilgan kombinatsiyalashgan tizim.
1-quyosh yorug‘lik energiyasi, 2-nasos, 3-kontroller, 4-saqlash idishi, 5-issiq suv, 6-
qo‘shimcha isitish (qozon), 7-uch tomonlama ventil, 8-isitish radiatori, 9-issiq pol.
Quyida zamonaviy yassi quyosh kollektori orqali quyosh energiyasining o‘zlashtirilgan
miqdori va organik yoqilg‘ilarni tejash imkoniyatini ko‘ramiz. Yuzasi S
k
= 2 m
2
, hajmi V
k
= 200 l
bo‘lgan yassi quyosh kollektorining kunlik issiqlik unumdorligini hisoblash formulasi:
Q
k =
Q
q.r
·
F
k
·
η
k
[1],
(1)
Q
q.r
– quyosh radiatsiyasining
kunlik miqdori, MJ/m
2
kun; F
k
- kollektor yuzasi, m
2
; η
k
=
0.6÷0,8 quyosh kollektorining FIK (zamonaviy kollektorlar).
Qarshi shahri sharoitida quyosh radiatsiyasining intensivligi, 20,34 MJ/m
2
kun [6]
Q
k
= 20,34
·
2
·
0,6 = 24,408 MJ/kun,
issiqlik energiyani o‘zlashtira olish mumkin 2 m
2
yuzaga ega va FIK 60% bo‘lgan yassi
quyosh kollektori orqali. 24,408 MJ = 24408000 J issiqlik energiyasi orqali 200 l hajmdagi suvni
necha gradusgacha oshishini hisoblaymiz.
Q = c
· m · Δt
,
(2)
Q – yutilgan yoki ajratilgan issiqlik miqdori, J yoki KJ;
c – moddaning issiqlik sig‘imi, 4,18 kJ/kg ºC = 4180 J (suv);
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
244
m – moddaning massasi, 200 l = 200 kg;
Δt - (haroratning o‘zgarishi) - moddaning boshlang‘ich – t
1
va yakuniy harorati – t
2
orasidagi farqni bildiradi,
Δt = (t
2
- t
1
),
(3)
Δt =
Q
𝑐·𝑚
=
24408000J
4180 𝐽·200
≈ 29,2
º
C ,
Qarshi sharoitida suv tarmoqlaridagi yil davomida suvning temperaturasi o‘rtacha
t
sovuq.suv
=17 ... 20 ºC oraliqda o‘zgaradi, issiq suvning ruxsat etilgan minimal temperaturasi
t
is.suv
=60º C etib belgilangan [1].
(t
2
- 17
º
C) = 29,2
º
C
t
2
=29,2 +17 = 46,2 ºC
ekanligini hisobga olsak u holda t
2
–suvning oxirgi chiqishdagi harorati 46.2 ºC (26-dekabr
2024) ni ko‘rsatdi.
4 kishilik oila uchun kunlik o‘rtacha 200-240 l (Har bir oila a’zosi bir sutkada 60-70 l),
minimal temperaturasi 60 ºC lar atrofida bo’lgan suvga ehtiyoji mavjudligini hisobga oladigan
bo‘lsak yassi quyosh kollektri (2 m
2
yuza va 200 l hajmga ega) zarur issiqlikning 68 % ini qoplash
imkoniyatiga ega (qish mavsumida)
.
Iste’mol normasidagi 60 ᵒC haroratli suvni to’liq ta’minlash
imkoniyati bo’lmaganda albatta qo’shimcha suv isitish qurilmalaridan foydalanish zarur.
Q
is.s
= 4180
· 200 · 43
= 36 MJ
(60
ᵒ
C li suv uchun kerak bo‘lgan energiya).
NATIJALAR VA MUHOKAMA
Ushbu hisoblar asosida yoqilg‘i sarfini hisoblash:
G
s
=
𝐐.is
𝐐.yi·𝛈.i
(4)
G
s
– sarflangan yoqilg‘i miqdori, (kg, litr, m
3
);
Q
is
– zarur issiqlik energiyasi, (J, kJ, MJ);
Q
yi
– quyi yonish issiqligi, tabiiy gaz – 38 MJ/m
3
, ko’mir – 12 MJ/kg, mazut – 39 MJ/kg
[7] (MJ/m
3
, MJ/kg);
η
i
– isitish qozonining samaradorlik ko’rsatkichi – 0,85-0,9 (%).
Tabbiy gaz sarfini hisobi – kollektor orqali o‘zlashtirgan issiqlik energiyasiga nisbatan
G
s.gaz
=
24408000
38000000·0.85
≈ 0,76 m³,
G
s.ko’mir
=
24408000
12000000·0.85
≈ 2,4 kg,
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
245
G
s.mazut
=
24408000
39000000·0.85
= 0,74 kg.
24408 000 J =24408 kJ yoki 24,408 MJ, elektr energiyaga o‘zgartirsak bu miqdorni 1
kWsoat = 3,6 MJ
24,408 MJ
3,6 MJ
= 6,78 kWsoat.
2-jadval.
26.12.2024 (bir kunlik o‘lchov natijalariga nisbatan).
XULOSA
Yassi quyosh kollektori TPF 2510/ H 200 l – markali quyosh qurilmasidan foydalanish
yo‘li bilan 24,408 MJ issiqlik energiyasi o‘zlashtirildi va zarur bo‘lgan 36 MJ energiyaning 68 %
qoplandi. Natijada 0,76 m
3
tabiiy gaz, 2,4 kg ko‘mir, 0.74 kg mazut va 6,78 kW·soat elektr
energiya miqdoriga teng issiqlik energiyasi tejashga erishildi (2-jadval).
Quyosh issiqlik qurilmalari va tizimlaridan foydalanish bizga ekologik toza va arzon
energiya yaratishga imkon yaratadi. Yuqoridagi ma’lumotlarga qo‘shimcha sifatida, yassi quyosh
kollektori orqali o‘zlashtirilgan issiqlik energiyasini issiq suv ta’minotidan tashqari binolarni
isitish tizimiga ham yo’naltirish mumkin. Misol, 4-rasmdagidek kollektor va an’anaviy isitish
tizimini kombinatsiyalashtirib bir vaqtning o‘zida issiq suv, radiatorli isitish va issiq pol
tizimlaridan foydalanib energiya samaradorlikni oshirish imkoniyatimiz mavjud.
0,76
2,4
0,74
6,78
0
0,5
1
1,5
2
2,5
3
3,5
4
4,5
5
5,5
6
6,5
7
tabiiy gaz (metr
kub)
ko'mir (kg)
mazut (kg)
elektr energiya
(kWsoat)
Yassi quyosh kollektoridan foydalanish orqali tejalgan yoqilg'i
(24,408 MJ/kun).
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
246
Binoning issiqlik energiyasiga bo‘lgan talabiga qarab kollektor yuzasi va joylashuvini
to‘g‘ri tanlash, issiqlik yo‘qotishlarni kamaytirish ya’ni bino va inshoatlarning issiqlik izolatsiya
darajasiga, qurilish materiallarning issiqlik o’tkazuvchalik qobiliyati kabilarga asosiysi e’tiborni
qaratish, mavjud energiyani akkumulyatsiya qilish kabi muammolarga yechim izlash muhim va
dolzarbdir.
REFERENCES
1.
G‘.N.Uzoqov, S.M.Xo‘jaqulov, Yu.G‘.Uzoqova ,,Muqobil energiya manbalaridan
foydalanish asoslari’’- O‘quv qo‘llanma. Toshkent. ,,Fan va texnologiya’’ 2017, 160 bet.
2.
S.Q. Qahhorov ,,Muqobil energiya manbalari’’- O‘quv qo’llanma. Toshkent. ,,Tafakkur
avlodi’’ 2022. 224 bet.
https://uz.khanacademy.org/science/physics/quantum-physics/photons/a/photoelectric-
© 2024 Khan Academy Course: Fizika. Unit 17. Lesson 1: Fotonlar
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni , 09.09.2022 yildagi PF-220-son.
5.
Yuldoshev I.A., Tursunov M.N., Shog‘o‘chqorov S.Q., Jamolov T.R. “Quyosh
energetikasi”. O‘quv qo‘llanma – Toshkent 2019 - 183 b.
https://globalsolaratlas.info/map?c=37.872685,65.473022,8&s=38.873929,65.791626&m
Global tilted irradiation at optimum angle GTI opta MJ/m2 per day (26.12.2024).
7.
R.A. Zohidov, M.M. Alimova, Sh.S.Mavjudova; ,,Issiqlik texnikasi’’ - O'quv qo‘llanma.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta ’lim vazirligi. Toshkent: ,,O‘zbekiston
faylasuflari milliy jamiyati’’, 2010. 200 bet.
