ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
322
ASOSIY VOSITALAR HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH
Saidaliyeva Nozimaxon Ulug’bek qizi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Buxgalteriya hisobi yo’nalishi magistri
https://doi.org/10.5281/zenodo.14646652
Annotatsiya. Mazkur maqolda asosiy vositalar hisobini takomillashtirish masalalariga
bag‘ishlangan. Bugungi kundagi iqtisodiy muhitda korxonalarning moliyaviy holatini to‘g‘ri aks
ettirishda asosiy vositalar hisobining muhimligi ortib bormoqda. Tadqiqotning asosiy maqsadi –
amaldagi hisob tizimini takomillashtirish orqali asosiy vositalarning hisobga olinishi va ulardan
samarali foydalanishni ta’minlash, moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini oshirishga
erishishdir.
Kalit so’zlar: moliyaviy hisobot, buxgalteriya hisobi, xalqaro standartlar, asosiy vosita,
qayta baholash.
СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ СЧЕТА ОСНОВНОГО ОБОРУДОВАНИЯ
Аннотация. Данная статья посвящена вопросам совершенствования учета
основных средств. В современных экономических условиях возрастает значение учета
основных средств для правильного отражения финансового положения предприятий.
Основная цель исследования – обеспечить учет основных средств и их эффективное
использование путем совершенствования действующей системы учета, добиться
повышения достоверности финансовой отчетности.
Ключевые слова: финансовая отчетность, бухгалтерский учет, международные
стандарты, основные средства, переоценка.
IMPROVEMENT OF FIXED ASSETS ACCOUNTING
Abstract. This article is devoted to the issues of improving fixed assets accounting. In
today's economic environment, the importance of fixed assets accounting in accurately reflecting
the financial condition of enterprises is increasing. The main goal of the study is to ensure the
effective accounting and use of fixed assets by improving the current accounting system, and to
increase the reliability of financial statements.
Keywords: financial reporting, accounting, international standards, fixed assets,
revaluation.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
323
Har qanday korxona yoki tashkilotning moliyaviy holatini boshqarishda asosiy vositalar
muhim ahamiyat kasb etadi. Asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayonining uzviy qismi bo‘lib, ular
mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va boshqa xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirish
uchun zarurdir. Shunday ekan, asosiy vositalarning to‘g‘ri hisobga olinishi, ulardan samarali
foydalanishni ta’minlash va boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonida ularga oid
ma’lumotlardan to‘g‘ri foydalanish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Hozirgi iqtisodiy sharoitda korxonalar oldida asosiy vositalarni yangilash, ularni samarali
boshqarish va ishlab chiqarish salohiyatini oshirish kabi vazifalar turibdi. Bu esa, o‘z navbatida,
asosiy vositalar hisobi tizimini takomillashtirishni talab etadi. Amaliyotda asosiy vositalarni
hisobga olishda yuzaga keladigan qiyinchiliklar va kamchiliklar korxonalar moliyaviy
hisobotlarining ishonchliligi va aniq bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi. Shu sababli, mazkur mavzuning
dolzarbligi bevosita asosiy vositalar hisobi jarayonlarini takomillashtirish bilan bog‘liqdir.
Korxonalarda asosiy vositalar hisobi tizimini takomillashtirish bo‘yicha nazariy va amaliy
asoslarni ishlab chiqish hamda ular yordamida hisob tizimining samaradorligini oshirishga
qaratilgan takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqishdir. Mazkur maqsadga erishish uchun quyidagi
vazifalar belgilangan:
•
asosiy vositalarning mohiyati va ularning iqtisodiy jarayondagi o‘rnini o‘rganish.
•
asosiy vositalar hisobining xalqaro standartlar va milliy qonunchilik talablari bilan
muvofiqligini tahlil qilish.
•
amaliyotda mavjud asosiy vositalar hisobining holatini o‘rganish va aniqlangan
muammolarni tahlil qilish.
•
asosiy vositalar hisobi jarayonlarini avtomatlashtirish va raqamlashtirish bo‘yicha ilg‘or
tajribalarni o‘rganish.
•
asosiy vositalar hisobi tizimini takomillashtirishga qaratilgan uslubiy ko‘rsatmalar va
tavsiyalar ishlab chiqish.
Ilmiy yangiligi asosiy vositalar hisobini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy
yondashuvlar va amaliy tavsiyalar bilan bog‘liq bo‘lib, ular korxonalarning moliyaviy boshqaruv
tizimini yaxshilashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, tadqiqot natijalari buxgalteriya hisobi va audit
sohasida innovatsion yondashuvlarni joriy qilish orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkonini
beradi. Shunday qilib, ushbu ishda asosiy vositalar hisobi tizimini takomillashtirish orqali
korxonalarning moliyaviy barqarorligi va samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy va amaliy
masalalar yoritiladi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
324
Asosiy vositalar korxonaning moddiy-texnik bazasini shakllantiruvchi muhim resurslardir.
Ular ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash va korxonaning
barqaror rivojlanishini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada asosiy vositalar
hisobini takomillashtirish muammolari, ahamiyati va yechimlariga e’tibor qaratiladi.
Asosiy vositalarni hisobga olishda e’tibor beriladigan yana bir masala bu ularning qaysi
birlarini eskirish summasini ishlab chiqarilgan mahsulot tan-narxi tarkibiga kiritish yo’li bilan
qoplanadi-yu, qaysi birlarini qiymati foyda hisobidan koplanishini aniqlab olishdir. Bu masalalar
o’z navbatida asosiy vositalarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko’rsatish bilan bog’lik
xarajatlarni hisobga olishni to’g’ri aniqlash bilan ham bog’lik.
Demak, asosiy vositalarni hisobga olishda yuqoridagi aytib o’tilgan masa-lalar bilan
bog’liq quyidagi ikkita muammoni hal qilib olish lozim:
•
joriy hisobot davrida ular qiymatining qanday qismi hisobdan chiqariladi;
•
ularning balansda ko’rsatilgan qiymatini qoplanish summasi qanday hisoblanadi.
Bu muammolarni xal qilish, albatta, bir qator savollarga to’g’ri javob topishni taqozo qiladi.
Bular jumlasiga asosan quyidagilarni kiritish mumkin:
•
Asosiy vositalarning boshlang’ich qiymatini qanday aniqlash kerak?
•
Asosiy vositalarning bir qismini xarajatlarga qanday olib borish kerak?
•
Asosiy vositalarni ta’mirlash, texnik xizmat ko’rsatish va ulardan foydalanish bilan bog’liq
xarajatlar hisobini qanday olib borish kerak?
•
Hisobda asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning chiqib ketishini qanday ifodalash
kerak?
Asosiy vositalarga eskirish hisoblashning asosiy vazifasi - uzoq muddatda foydalanadigan
moddiy aktivlar qiymatini taxmin qilinayotgan xizmat muddati davomida qo’llaniladigan tizimli
va ratsional yozuvlar asosida taqsimlashdir. Bu erda quyidagi muhim holatlarga alohida e’tibor
berish lozim:
•
barcha uzoq foydalaniladigan aktivlar (erdan tashqari) cheklangan ishlatish (xizmat)
muddatiga ega bo’lib, ularning qiymati barcha ishlatilish muddati yillari davomida xarajatlarga
taqsimlanishi kerak. Aktivlarning xizmat muddatini cheklanganligining asosiy sabablari ularning
jismoniy va ma’na-viy eskirishidir. Asosiy vositalar ko’pincha jismoniy eskirishga ulgur-masdan,
ma’naviy eskirib qoladi. Buxgalterlar odatda jismoniy va ma’naviy eskirish o’rtasida farqni
ajratmaydilar, chunki ularni asosiy vositalarning foydalanish muddati qiziqtiradi;
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
325
•
buxgalteriya hisobida qo’llaniladigan “eskirish” iborasida jismoniy eski-rish berilgan vaqt
mobaynida ob’ektlar bozor qiymatining pasayishini emas, balki asosiy vositalarning qiymatini
ularning foydali faoliyati vaqtida hisobdan chiqarish deb tushuniladi. Atama asosiy vositalarning
qiymatini xarajatlarga doimiy ravishda olib borilishini aks ettirish uchun ishlatiladi;
•
eskirish qiymatni baholash jarayoni hisoblanmaydi. Buxgalteriya yozuvlari tannarxni
aniqlash tamoyillariga muvofik olib boriladi va shunday qilib, ular baho darajasini hisoblash
indikatori bo’lib xizmat qila olmaydi. Agarda foydali bitim va bozor kon’yukturasining o’ziga
xosligi natijasida bino yoki boshqa aktivning bahosi oshganda ham shunga qaramay amortizatsiya
hisoblashni davom ettirish kerak, chunki bu baholashning emas, balkim avvalgi qilingan
xarajatlarni taqsimlash natijasi hisoblanadi.
Asosiy vositalarning eskirish miqdorini hisoblashga bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi.
Bular asosiy vositalarning:
•
boshlang’ich qiymati;
•
qoldiq qiymati (tugatish qiymati);
•
eskirish hisoblanadigan qiymati;
•
taxmin qilinayotgan foydalanish muddati.
Asosiy vositalarga eskirishni hisoblash turli usullar yordamida amalga oshirilishi mumkin.
Soliq Kodeksida asosiy vositalarga eskirish hisoblashning bir tekisda hisobdan chiqarish
usuli tavsiya qilingan bo’lsa-da amaliyotda uning boshqa usullarini ham qo’llash mumkin.
Asosiy vositalar – uzoq muddat davomida foydalaniladigan, moddiy shakldagi aktivlardir.
Ular ishlab chiqarish vositalari, binolar, inshootlar, texnologik uskunalar va boshqalarni
o‘z ichiga oladi. To‘g‘ri hisob yuritish moliyaviy hisobotlarning aniqligini ta’minlaydi, soliq va
moliyaviy rejalashtirish jarayonlarini samarali tashkil etishga yordam beradi.
Asosiy vositalar hisobining ahamiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
1.
Moliya boshqaruvi: Asosiy vositalar hisobini to‘g‘ri yuritish korxonaning haqiqiy
moliyaviy holatini baholashga imkon beradi.
2.
Davlat nazorati: Soliqlar va boshqa moliyaviy majburiyatlarni to‘g‘ri hisoblash
imkoniyatini yaratadi.
3.
Investitsiyalarni jalb qilish: To‘g‘ri va aniq hisob kitoblari potentsial investorlar uchun
ishonch uyg‘otadi.
Asosiy vositalar hisobini takomillashtirish uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi
lozim:
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
326
•
Kompyuterlashtirilgan tizimlarni joriy etish zamonaviy buxgalteriya dasturlari, masalan,
1C: Buxgalteriya, SAP, Oracle kabi tizimlardan foydalanish hisob-kitoblarni avtomatlashtirish
imkonini beradi. Bu esa ma’lumotlarni tezkor va aniq qayd etish uchun muhim ahamiyatga ega.
•
Amortizatsiya usullarini optimallashtirish amortizatsiya jarayonini korxona faoliyatiga
moslash orqali asosiy vositalar haqidagi ma’lumotlarning haqiqiyligini ta’minlash mumkin. Bu
uchun xalqaro standartlarga muvofiq amortizatsiya usullari tanlanadi.
•
Xodimlarni malakasini oshirish buxgalteriya va moliya bo‘limi xodimlarini muntazam
ravishda o‘qitish va ularning malakasini oshirish orqali hisob-kitoblarning aniqligini ta’minlash
mumkin.
•
Inventarizatsiya jarayonlarini modernizatsiya qilish: Asosiy vositalarning real holatini
baholash uchun muntazam inventarizatsiya o‘tkazish zarur. Zamonaviy texnologiyalardan,
masalan, QR-kod va RFID texnologiyalaridan foydalanish inventarizatsiya jarayonlarini tezkor va
samarali amalga oshirish imkonini beradi.
•
Normativ-huquqiy bazani modernizatsiya qilish:Asosiy vositalar hisobini tartibga soluvchi
qonun va me’yoriy hujjatlarni zamonaviy xalqaro standartlarga moslashtirish muhimdir.
Xulosa
Asosiy vositalar hisobini takomillashtirish korxonalarning moliyaviy samaradorligini
oshirish, soliqlarni optimallashtirish va investitsion jozibadorlikni ta’minlash uchun zarurdir.
Ushbu yo‘nalishda texnologiyalarni joriy etish, xodimlar malakasini oshirish va
qonunchilik bazasini isloh qilish muhim ahamiyatga ega. Shu sababli, asosiy vositalar hisobining
aniqligini ta’minlash korxonaning strategik maqsadlariga erishishdagi muhim omillardan biri
hisoblanadi.
REFERENCES
1.
Oʼzbekiston
Respublikasining
“Buxgalteriya
hisobi
toʼgʼrisida”gi
qonuni.
2.
Oʼzbekiston Respublikasining 5-sonli “Аsosiy vositalar” BHMS Buxgalteriya hisobining
milliy standarti.
3.
Lixacheva V.E. Puti snijeniya zatrat avtotransportnogo predpriyatiya XLVI
Studencheskaya mejdunarodnaya zaochnaya nauchno-prakticheskaya konferentsiya
«Molodejnыy nauchnыy forum: obщestvennыe i ekonomicheskie nauki». — M.:
«MTsNO». 2017 g. №6(46).
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
327
4.
Dragusin, M., Constantin, D. L., & Petrescu, R. M. (2010). Clustering in transition
economies: The case of Romanian tourism industry, 20th Biennial International Congress
Tourism and Hospitality Industry 2010 “New trends in Tourism and Hospitality
Management” (pp. 287–301). Opatija, Croatia: Faculty of Tourism and Hospitality
Management.
5.
Kalonov M.B. Аvtomobilь transporti korxonalarida asosiy vositalar hisobini
takomillashtirish. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 2,
mart-aprelь, 2019 yil
6.
Tashnazarov S.N. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida moliyaviy hisobotning
nazariy va metodologik asoslarini takomillashtirish: iqtisod fan.dok... diss. avtoref. – T.,
2019;
