Authors

  • Umida O`rozaliyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.60461

Keywords:

Nutqini to g'ri rivolantirish namunali nutqni egallash Haddan tashqari baland gapirish tarbiyachi nutgining ifodali jozibali mazmunan boy bolishi tovush togri talafuz intonatsion-ifodaviy vositlar fikrlar ketma-ketligi nutqning ifodaliligi ustida ishlash tanqidiy qarash kamchilikni anqlash. nutqning ifodaviy vositalari ovoz kuchi temp toʻxtam ritm noaniq talaffuz shoshilib gapirish.

Abstract

Ushbu maqolada Tarbiyachi nutqining bolalar nutqini to g'ri rivolantirish uchun namuna sifatidagi ahamiyati, tarbiyachining nutq madaniyati va unga qo‘yiladigan pedagogik talablar tarbiyachining o`z nutqini takomillashtirish ustida sihlashning zarurligi haqida so‘z yuritiladi. Tarbiyachining nutq madaniyati, avvalo, bolalarga bilim va ma’lumotlarni yetkazishda muhim rol o‘ynaydi, shuningdek, u bolalarda kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Maqolada tarbiyachining nutq madaniyatining asosiy elementlari, nutqning tog`riligi aniqligi haqida so`z yuritiladi. Nutqning tuzilishi toʻgʻri boʻlmasa, uning mantiqiyligi, aniqligiga ham putur yetadi

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

275

TARBIYACHINING NUTQI - BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY

MANBAYI

O`rozaliyeva Umida

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti

Ta’lim va tarbiya nazariyasi (Maktabgacha ta’lim) 1-kurs magistranti talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14633786

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Tarbiyachi nutqining bolalar nutqini to g'ri rivolantirish

uchun namuna sifatidagi ahamiyati, tarbiyachining nutq madaniyati va unga qo‘yiladigan

pedagogik talablar tarbiyachining o`z nutqini takomillashtirish ustida sihlashning zarurligi

haqida so‘z yuritiladi. Tarbiyachining nutq madaniyati, avvalo, bolalarga bilim va ma’lumotlarni

yetkazishda muhim rol o‘ynaydi, shuningdek, u bolalarda kommunikativ ko‘nikmalarni

rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Maqolada tarbiyachining nutq madaniyatining asosiy

elementlari, nutqning tog`riligi aniqligi haqida so`z yuritiladi. Nutqning tuzilishi toʻgʻri boʻlmasa,

uning mantiqiyligi, aniqligiga ham putur yetadi

Kalit so`zlar:

Nutqini to g'ri rivolantirish, namunali nutqni egallash Haddan tashqari

baland gapirish, tarbiyachi nutgining ifodali, jozibali, mazmunan boy bolishi, tovush, togri

talafuz, intonatsion-ifodaviy vositlar, fikrlar ketma-ketligi, nutqning ifodaliligi ustida ishlash,

tanqidiy qarash, kamchilikni anqlash. nutqning ifodaviy vositalari,ovoz kuchi, temp, toʻxtam, ritm,

noaniq talaffuz, shoshilib gapirish.

THE TEACHER'S SPEECH IS THE MAIN SOURCE OF CHILDREN'S SPEECH

DEVELOPMENT

Abstract

. This article talks about the importance of teacher's speech as a model for the

correct development of children's speech, the teacher's speech culture and pedagogical

requirements for improving the teacher's own speech. The teacher's speech culture, first of all,

plays an important role in conveying knowledge and information to children, and it is also of great

importance in the development of communication skills in children. The article talks about the

main elements of the educator's speech culture, the accuracy of the speech. If the structure of the

speech is not correct, its logic and accuracy will also be damaged.

Keywords:

Correctly developing speech, mastering exemplary speech Speaking too loudly,

making the teacher's speech expressive, attractive, rich in content, sound, correct pronunciation,

intonation-expressive means, sequence of thoughts, work on expressiveness of speech, critical


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

276

view, identifying shortcomings. expressive means of speech, volume, tempo, pauses, rhythm,

unclear pronunciation, speaking in a hurry.

РЕЧЬ УЧИТЕЛЯ – ГЛАВНЫЙ ИСТОЧНИК РАЗВИТИЯ РЕЧИ ДЕТЕЙ

Аннотация

. В данной статье говорится о значении речи учителя как модели

правильного развития речи детей, культуре речи учителя и педагогических требованиях к

совершенствованию собственной речи учителя. Культура речи учителя, прежде всего,

играет важную роль в передаче знаний и информации детям, а также имеет большое

значение в развитии коммуникативных навыков у детей. В статье говорится об основных

элементах речевой культуры педагога, точности речи. Если структура речи неправильная,

ее логика и точность также будут нарушены.

Ключевые слова

: Правильно развивающаяся речь, овладение образцовой речью.

Слишком громкая речь, придание речи учителя выразительности, привлекательности,

содержательности, звучности, правильное произношение, интонационно-выразительные

средства, последовательность мыслей, работа над выразительностью речи, критический

взгляд, выявление. недостатки. выразительные средства речи, громкость, темп, паузы,

ритм, нечеткое произношение, торопливая речь.

Tarbiyachining nutqi - bolalar uchun namunadir. Ona tilini endigina o'rganayogan bolalar

uchun tarbiyachi ta'sir etish vosita bolib hizmat qiladi desak bo`ladi. Bolalarning tajribalarining

yo'qligi, nutqi hali yaxshi rivojanmaganligi sababli kattalar nutqiga taqlid qila boshlaydi.

Tarbiyachi nutqining yashi jihatlarga ham,yomon tomonlarga ham bir xilda taqlid qiladi.

Har bir yosh guruhidagi bolalar, o'z tarbiyachilari bilan mehnatda, o'yin faoliyatida va

boshqa bir qator jarayonlarda doim muloqotda bo`ladi. Tarbiyachi bolalar o'yinini tashkil etishda

badiiy asarlarni o'qib beradi yoki hikoya qiladi. bu kabi pedagogic faoliyatda tarbiyachining

lug`atining boyligi juda muhum. Mana shu jarayonda tarbiyachi nutqining nuqsonlari va

xususiyatlar tarbiyalanuvchilar nutqida o`z aksini topadi.Chunki maktabgcha ta`lim tashkiloti

tarbiyalanuvchilarining nutqi tarbiyachi nutqiga bog'liq. Doimo bolalarning diqqat markazida

boladi. Tarbiyachining nutqi bolalarga namuna hisoblanadi.Tarbiyachi har doim o'z nutgiga

tangidiy qarashi kerak. Agar tarbiyachi o`z nutqida biror kamchilikni sezsa, uni bartaraf etishga

harakat qilishi lozim. Biroq tarbiyachi har doim ham oz nutqidagi kamchilikni aniqlay olmaydi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

277

Tarbiyachi e`tiborini o`z nutqining shakliga emas, balki mazmuniga qaratgan bo`ladi.Uzoq

vaqtgacha nutqga ehtiyotsizlik, e`tiborsizlik bilayrim kamchiliklar nutgiga mustahkam o'rnashib

qoladi.

Tarbiyachi uchun namunali nutqni egallash

- bu uning o'z kasb-koriga tayyorligini

belgilovchi ko'rsatkich hisoblanadi. Tarbiyachi-pedagog nutgiga qo'yilgan talablarni juda yaxshi

bilishi lozim va nutqidagi kamchiliklarni bartaraf etib borishi kerak.

Tarbiyachi nutgiga qo yiladigan asosiy talablar quyidagilardir:

1

. Nutg tovush tomonining to`g'riligi

. Agar tarbiyachining nutqi aniq bo'lsa, jumlalarni,

so'zlarni va har bir tovushni aniq talaffuz etsa, bolalar ona tilining tovush tomonini muvaffaqiyatli

o`zlashtira oladilar. Ayrim tarbiyachilar tovushari noaniq talaffuz etadilar. Tarbiyachi adabiy til

normalariga amal qilishi lozim.

Nutqning intonatsion-ifodaviy vositalaridan to'g'ri foydalanish

. Nutqda fikrlarni, his-

tuyg'ularni aniq ifodalay olish kerak. Faqatgina so'zlar yordamida emas, balki nutqning

intonatsion-ifodaviy vositalaridan: ovoz kuchi, temp, to'xtam, ritm, urg'u va hokazolardan

foydalanish orgali erishiladi. Bolalar asar mazmunini yaxshi tushunib olishlari uchun

tarbiyachining she'r, ertak va hikoyalar o`qib berayotganda ovoz kuchi, temp, to'xtam, ritm, urg'u

kabi vositalardan o'rinli foydalanishi kerak. Tarbiyachining bir xil ohangdagi nutqi bolajonlarni

zeriktiradi, qiziqishini susaytiradi. Natijada tarbiyachining nutqiga butunlay quloq solmay go'

yadi.

Tarbiyachi nutgining jo'shgin, intonatsiyaga boy bo`lishi

. Shoshilib gapirish

tovushlarni noaniq talaffuz etilishiga sabab boladi. Haddan tashqari baland gapirish bolalarni

charchatadi.

Agar ovoz past va kuchsiz bo'lsa, bolalar mashg'ulotda zerikadilar.

Tarbiyachi nutgining aniq, oddiy bo`lishi

Nutqda tarbiyachi tomonidan tushuntiriladigan

malumotlar bolalarga tushunarli bolishi lozim. Tarbiyachi fikrini ketma-ketlik bilan bayon etishi,

o'z nutqini tushunarsiz so'zlar, murakkab va uzun jumlalar bilan galashtirib tashlamasligi kerak.

Agar tarbiyachining nutqi qisqa jumlalardan iborat bo'lsa, uni bolalar ma`lumotlarni oson

o'zlashtiradi. Agar nutqdagi jumlalar uzundan uzoq bo'lsa, nutqning mazmunini tushunib olish

juda qiyin bo`ladi va bolaning qiziqishi susayadi.

XULOSA

. Tarbiyachi nutqi qanchalik tushunarli va ravon boʻlsa tarbiyalanuvchilar

olayotga ta’lim-tarbiya sifati shuncha yaxshilanadi. Tarbiyachi nutqining jarangdorligi va oʻz

nutqida adabiy jihatlarga e’tibor qaratishi ta’lim olayotgan har bir tarbiyalanuvchining soʻz


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

278

boyligining rivojlanib borishiga sabab boʻladi. Bolalar bilan suhbat chog’ida adabiy tilga oid

so’zlarni qo’llash, qo’pol so’zlarga yo’l qo’ymaslik, oddiy so’zlashuv tili va shevalardan,

shuningdek, muomaladan chiqqan so’zlardan qochish lozim. Tarbiyachining lug’ati qanchalik boy

va turli-tuman bo’lsa, uning nutqi qanchalik yorqin bo’lsa, bolalar shunchalik ko’p so’zlarni

o’zlashtirib boradi va jamiyatda oʻz oʻrnini va mavqeini topadi.

Tarbiyachi o'z nutqida so`zlarni to'g'ri va aniq ishlatsagina, tarbiyachi nutqi bolalarga

tushunarli bo'ladi. Tarbiyachi bolalar bilan nutqiy muloqotda bolganda, bolalarning yoshini

hisobga olish kerak. Tarbiyachining lug`ati boy bolishi pedagogik faoliyatni amalga oshirishda

juda muhim. So'zlarni to'g'ri tanlash tarbiyachi nutqini ifodali, mazmunli bolishini ta'minlaydi.

Yangi so'zlarni ishlatishga juda ehtiyotlik bilan yondashish kerak. Agar ayrim so'zlarning

to'g'ri talaffuz etilishiga, urg'ularning ishlatilishiga shubha bo'lsa, lug'atdan foydalanish kerak.

Tarbiyachining nutqi - bolalar uchun namunadir. Tarbiyachi har doim o'z nutgiga tangidiy

qarashi, biror kamchilikni sezsa, uni bartaraf etishga harakat qilishi lozim.

REFERENCES

1.

Barkamol avlod - O'zbekiston taraqgiyotining poydevori. T. „Sharq", 1997- y.

2.

Abdullayeva Q. Nutq o'stirish. T. „O'gituchi", 1980- y.

3.

Asgarova M., Abdullayev Y., Omilxonova M. O'zbek tili darsligi

4.

Shodiyeva Q.S. Maktabgacha yoshdagi bolalarni to'g'ri talaffuzga o'rgatish. T.„O'qituvchi",

1995- y.

5.

Shomahmudova R., Mo'minova L. Bog'cha va kichik maktab yoshidagi bolalar

talaffuzidagi nuqsonlarni tuzatish. T., „O'qituvchi",

6.

Nutq o'stirish (Bolalar bog'chalari uchun she'r va topishmoq-lar to plami). T., Ozbekiston

tasviriy san'at muallimlari uyushmasi.1981

7.

Qodirova F.R. Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi ruhiy omillari. -T.:

“ISTIQLOL”,2006.

8.

Babayeva D.R.Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi. Darslik.- TDPU, 2018.

10.Bog'chaga — do'mbogchaga. T., „Cho'lpon", 1992- y.

References

Barkamol avlod - O'zbekiston taraqgiyotining poydevori. T. „Sharq", 1997- y.

Abdullayeva Q. Nutq o'stirish. T. „O'gituchi", 1980- y.

Asgarova M., Abdullayev Y., Omilxonova M. O'zbek tili darsligi

Shodiyeva Q.S. Maktabgacha yoshdagi bolalarni to'g'ri talaffuzga o'rgatish. T.„O'qituvchi", 1995- y.

Shomahmudova R., Mo'minova L. Bog'cha va kichik maktab yoshidagi bolalar talaffuzidagi nuqsonlarni tuzatish. T., „O'qituvchi",

Nutq o'stirish (Bolalar bog'chalari uchun she'r va topishmoq-lar to plami). T., Ozbekiston tasviriy san'at muallimlari uyushmasi.1981

Qodirova F.R. Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi ruhiy omillari. -T.: “ISTIQLOL”,2006.

Babayeva D.R.Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi. Darslik.- TDPU, 2018. 10.Bog'chaga — do'mbogchaga. T., „Cho'lpon", 1992- y.