Authors

  • Mohigul Ismatova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.60465

Abstract

Cho‘lpon o‘zbek she’riyatida simvolist shoir sifatida alohida mavqega ega ijodkor. Uning she’rlarida ijtimoiy-siyosiy tushunchalarning ramziylashtirilishi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Mazkur maqolada Cho‘lpon she’riyatida “quyosh” ramzi orqali badiiy talqin qilingan ijtimoiy-siyosiy muammolarning ifodasi hamda shoir mahoratiga baho berilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

966

CHO‘LPON SHE’RIYATIDA RAMZLAR

Ismatova Mohigul

Buxoro davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14649743

Annotatsiya. Cho‘lpon o‘zbek she’riyatida simvolist shoir sifatida alohida mavqega ega

ijodkor. Uning she’rlarida ijtimoiy-siyosiy tushunchalarning ramziylashtirilishi yaqqol ko‘zga
tashlanadi. Mazkur maqolada

Cho‘lpon she’riyatida “quyosh” ramzi orqali badiiy talqin qilingan

ijtimoiy-siyosiy muammolarning ifodasi hamda shoir mahoratiga baho berilgan.

Kalit so‘zlar. Ramz, quyosh, oy, mifologiya, istiqlol, mustamlaka, Oktyabr, tong.


Osmon va samoviy jismlar dunyo adabiyotida eng ko‘p ramziylashtirilgan obrazlar

sanaladi. Turkiy xalqlarning koinot haqidagi tasavvurida osmon va osmon unsurlari muhim o‘rin
tutadi. Eng qadimgi mifologik qarashlardan tortib bugungi zamonaviy adabiyotgacha bo‘lgan
davrlarni ko‘zdan kechirsak, osmon va osmon jismlariga murojaat qilinmagan adabiyot ham,
ijodkor ham topilmaydi.

Eng qadimiy qarashlarga ko‘ra osmon Xudolar maskani. Osmon va samoviy jismlarga

muqaddaslik baxsh etgan Xudolar samoviy jismlarda yashashiga ishonilgan. Samoviy jismlarning
aylanishi, harakatlanuvchi bulutlar, bo‘ronlar, chaqmoqlar, kamalaklar – bularning barchasi
Xudoga atalgan jismlar deb qaralgan. Hatto osmon va unga tegishli unsurlarga kult darajasida
qaralgan.

Osmon katta chodir bo‘lib, uning ostida quyosh, oy va yulduzlardan iborat unsurlar

mavjud. Turkiy xalqlar osmonni muqaddas deb bilishi va uni timsol qilish natijasida osmon bilan
birga quyosh, oy, yulduz kabilar ham muqaddas sanalgan. Shuning uchun Xudoning makoni deb
hisoblangan osmon bilan birga quyosh, oy va yulduzlar haqida ko‘plab mifologik qarashlar va
e’tiqodlar paydo bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin. Ta’kidlash kerakki, turkiylarning turli
tarmoqlarida bu unsurlarning muqaddaslik darajasi har xil bo‘lsa-da, odatda ular Xudoga yordam
beruvchi mavjudotlar sifatida qaralgan.

Ma’lumki, insoniyatning ilk tasavvurlarida olam yaxshilik va yomonlik dunyosi sifatida

tasavvur qilingan. Ular o‘rtasidagi kurashda quyosh va oy zulmat bilan bog‘liq bo‘lgan
yovuzlikka qarshi kurashda muhim himoyachi – homiy sifatida talqin qilingan. Bundan tashqari,
turkiy xalqlarda har bir narsaning ruhi borligi haqidagi qarashlar ham bevosita samoviy unsurlar
bilan bog‘liq. Masalan, joni chiqqan insonning ruhi osmonga yulduz bo‘lib porlashi haqidagi
qarash ham koinot unsurlariga bo‘lgan e’tiqot bilan bog‘liq. Shuning uchun osmonning
muqaddasligi bilan birga osmon bilan bog‘liq deyarli barcha narsa, hodisa va vaziyatlar ham
muqaddas hisoblanadi. Jumladan,

quyosh tutilishi, oy tutilishi, chaqmoq chaqishi

bilan bog‘liq ilk

tasavvurlarda ularning ilohiylashtirilganligini ko‘rishimiz mumkin. Shu munosabat bilan ayrim
olimlar turklarning qadimgi dinini “ Ko‘k turk” deb atashadi

1

.

Turk xalqlar osmon va uning unsurlaridan kundalik hayotlarida osmonning muqaddasligi

doirasida foydalaganlar.E’tibor bersak, har kuni quyosh chiqishi va botishi, fasllarning ma’lum

1

https://acikerisim.sakarya.edu.tr/bitstream/handle/20.500.12619/77430/T05542.pdf;jsessionid=1F9B3898BADB4A99B2B95A22883C1BEC?se


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

967

vaqt oralig‘ida muntazam almashinishi orqali odamlar o‘zlarining kundalik hayotini belgilab
olganlar. Hatto kelajaklarini ko‘rish uchun ham osmonga murojaat qilganlar.

Turkiy xalqalarda osmon – ko‘k ulug‘lilik ramzi sanalgan. Shuning uchun Xudoning

osmonda ekanligini inobatga olinib, unga nisbatan “Ko‘k Tangri” ifodasi qo‘llangan. Ko‘k Tangri
- Ulug‘ Tangri, demakdir. Osmonga nisbatan bu sifatlashning ishlatilishi uni ulug‘lash maqsadida
bo‘lganligidan darak beradi. “Ko‘k Tangri” iborasidan kelib chiqib aytish mumkinki, osmonga
yaratuvchi sifatida qaralgan, degan xulosaga kelish mumkin.

Bundan tashqari, Xudoning qarorgohi hisoblangan osmon rangi ramziylashtirilgan.

Osmon rangi turkiy xalqlarning moddiy va ma’naviy olamida eng go‘zal va eng qadrli rang
hisoblangan.

Turklar uchun olov muqaddasdir, olov manbai esa osmon (Kökturk)dir. Osmon nima bersa,

uni yer qabul qilib, insonlarga rizq qilib berdi, deb qaralgan.

Turklariylarda koinot va osmon jismlari bilan bog‘liq ramziy tushunchalar islomdan

keyingi davrda ham saqlanib qolgan. Ayniqsa, tasavuf ta’limotiga ko‘ra,

Quyosh - Alloh

timsoli sifatida talqin qilingan. Bundan tashqari, islom dini asoschisi Muhammad (s.a.v)ning
nurlari ham quyosh va osmondan tushadi, deb qaralgan. Umuman olganda, turkiylar osmon va
uning unsurlaridan kundalik hayotlarida osmonning muqaddasligi doirasida foydalanadilar.

Osmon va osmon jismlari badiiy adabiyotda turli g‘oyaviy niyat uchun xizmat qilgan.

Navoiyshunos olim H. Eshonqulovning “

Samovat

-

ishq mahzari”

nomli tadqiqotida ulug‘ shoir

Alisher Navoiyning “Badoe’ ul-bidoya” va “Navodir un-nihoya” devonlarida qo‘llangan osmon
jismlarining ramziy ma’nolari o‘rganilgan. Olim “

Islomiy – ma’rifiy adabiyot namoyandalari –

mumtoz adiblarimiz asarlarida keltirilgan samoviy jismlar nomlarining timsol va ramzlik
xususiyatlarini chuqur anglash ijodkorning badiiy mahorati hamda she’rda ilgari surgan
g‘oyasini teran tadqiq etish uchun nihoyatda muhimdir. Samoviy jismlar Alisher Navoiy
she’riyatida ko‘pincha yor va oshiq tushunchalari, sifatlari tarzida qo‘llanadi. Bo‘lar shoir
nazmidagi faol badiiy obrazlar sanaladi

2

,- deb ta’kidlaydi.

O‘zbek mumtoz adabiyotida osmon jismlari o‘z ma’nosidan tashqari, ramziy ma’nolarda

“ko‘p va xo‘p” qo‘llangan. Jumladan,

quyosh

-Alloh, ma’shuqa;

oy

- ma’shuqa,

yulduz

– go‘zallik

ramzi sifatida qo‘llangan. Biroq osmon jismlari orqali ifodalangan ramziy ma’nolar o‘zgarmas
va turg‘un emas. Aytmoqchimizki, ramzlar orqali ifodalangan ma’no vaqt o‘tishi bilan
o‘zgarishga uchrashi, tabiiy hol. Buning asosiy sababi inson tafakkurining o‘sishi hamda ijtimoiy-
siyosiy hayotdagi muammolar bilan bog‘liq. Shu bois ham osmon jismlari va ularga yuklangan
ramziy ma’nolar o‘zgarib borgan. Jumladan, jadid she’riyatida ham

quyosh, oy, yulduz

kabi

ramziy obrazlar faol qo‘llanilgan va har biriga o‘ziga xos ma’no yuklangan.

Turkiy xalqlar madaniyatida samoviy elementlar haqida gap ketganda, quyosh eng keng

tarqalgan ramziy obrazdir. Quyosh - turkiy xalqlar adabiyotida yorug‘lik va ezgulik ramzi sifatida
qo‘llangan. Yorug‘likning qorong‘ulik ustidan g‘alabasi quyosh ramzi bilan ifodalangan. Quyosh
Xudoning nurini yerga, ya’ni odamlarga olib kelgani uchun odamlar uchun uni muqaddas,
himoyachi va qutqaruvchi sanaganlar.

“Quyosh – barcha xalqlarga ma’lum bo‘lgan eng qadimgi

2

Эшонқулов Ҳ. Самовот – ишқ маҳзари. Истиқлол даври навоийшунослиги. XXX жилдлик. XXIII жилд –

Т.: “Тамаддун”, 2021. 11-б.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

968

kosmik ramz; hayot manbai, yorug‘likni bildiradi. Quyosh ramzlari bilan ustuvorlik, hayot
yaratish, faollik, qahramonlik negizi, hamma narsani bilish kabi xususiyatlar bog‘lanadi

”.

3

Quyosh jadid she’riyatida ham ramziy-timsoliy obraz sifatida o‘ziga xos ma’no tashigan.

Mazkur obraz jadid shoirlaridan Cho‘lpon she’riyatida ko‘p qo‘llangan.

Ta’kidlash kerakki, shoir va yozuvchilar o‘zlari yashagan davrni o‘z asarlarida qayta

yaratadilar. Buning uchun o‘zlari yashagan jamiyatni, ijtimoiy–siyosiy muhit, diniy hayot, tarixiy
voqealar, davr odamlari, makon va joylarini o‘z kuzatishlari va badiiy tafakkurlari orqali ramzlar
olamida badiiy talqin etadilar.

Cho‘lponning ijodida quyosh ramziy obraz sifatida davrning og‘riqli nuqtalarini, shoir

qalbini o‘rtagan millat, xalq taqdiri bilan bog‘liq siyosiy muammolar talqini uchun
buysundirilgan. Cho‘lpon mumtoz adabiyotning o‘lmas an’analaridan, ohang va obrazlaridan
mohirona foydalandi. Mumtoz she’riyatdagi yetakchi bo‘lgan ishq mavzusining Cho‘lpon
lirikasida ma’no qirralari kengaydi. Buni shoirning mashhur “Qalandar ishqi” she’rida ham
ko‘rishimiz mumkin. G‘azal ma’tasida quyosh ramzi ijtimoiy muammolarning badiiy ifodasi
uchun xizmat qilgan.

Muhabbat osmonida go‘zal Cho‘lpon edim, do‘stlar,

Quyoshning nuriga

toqat qilolmay yerga botdim-ku

4

Mumtoz she’riyat ohanglari yaqqol sezilib turgan mazkur baytda bir qarashda intim

tug‘ular yetakchilik qilganday tuyuladi. Cho‘lponing bu g‘azaliga, ayniqsa, g‘azal maqtasiga
yirik adabiyotshunoslar munosabat bildirganlar va uni turli xil talqin qilganlar. Jumladan,
adabiyotshunos olim tomonidan Ozod Sharofiddinov “

bu baytda oshiq sevgan yorini quyoshga,

o‘zini esa yuzduzga qiyos qilyapti, ammo oshiq yor vasliga erisha olmaydi, chunki quyosh
chiqqanda yulduz bekinmog‘i kerak.

” Olimning bu talqinida quyosh va yulduz ramziy obrazlari

bilan bog‘liq an’anaviy qarashlarga tayanilgan. Xuddi shu baytga munosabat adabiyotshunos olim
D.Quronov tadqiqotlarida ham kuzatiladi. Olimning e’tiroficha

“... maqta’dagi shoir

taxallusining asl ma’nosi ramziy ma’noga ishora qiladi, muhabbat osmonidagi yulduz quyosh
chiqishi bilan so‘nishga majbur bo‘ldiki, bu bilan Oktyabr inqilobining mustaqillik uchun kurash
payini qirqqaniga ishora qilinayotir

”.

5

Ko‘rinib turibdiki, bir bayt doirasida bildirigan fikrlar

zohiriy va botiniy ma’nolarga ega.

Cho‘lpon baytda quyosh va yulduz kabi osmon jismlarni ramziylashtirgan. Cho‘lpon –

tong yulduz. Cho‘lpon (Venera) yorqinligi bo‘yicha osmondagi uchinchi jism. Shoir baytda
Cho‘lpon so‘zni ham yulduz nomi (kosmonim), ham taxallus ma’nosida qo‘llagagan.
Quyoshning “bosh ko‘tarishi” osmondagi yulduzning ko‘rinmasligiga sabab bo‘ladi. Baytda shoir
mazkur tabiiy holatni tasvirga olib, o‘zining ijtimoiy g‘oyalarini badiiy talqin qilgan.

Turkiy xalqlar adabiyotida Quyosh hamisha ijobiy ma’nolarda qo‘llangan ramziy obraz

sanaladi. Biroq shoir maqta’da quyoshni erk va ozodlik ramzi bo‘lgan Cho‘lpon yulduzini “erga
botishi”ga sababchi bo‘lganligini ta’kidlaydi. Demak, baytda quyosh ramziga salbiylik
bo‘yog‘ida berilgan. Quyosh – o‘zbek xalqiga erkinlik berishni va’da qilgan Oktyabr inqilobining

3

Мингбоева Дилрабо.Тимсолар тилсими. –Т.: Янги аср авлоди. 2007. 32-34 –б.

4

Чўлпон. Яна олдим созимни. -Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1991. 17-б.

5

Д.Қуронов. Чўлпон ҳаёти ва ижодий мероси. Т.: Ўқитувчи, 1997. – Б.36


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

969

ramzi edi. Bu “quyosh” millatning boshiga “zulm”larini sochdi, xalqni erkidan, huquqidan
mahrum qildi. Mustabidlik zanjirini millatning bo‘yniga osdi.

Jadid adabiyotning yirik tadqiqotchisi Begali Qosimovning baytga doir mulohazalarida

ham mazkur ramzlar ijtimoiylik nuqtayi nazaridan baholanganligini ko‘rishimiz mumkin.

“Shubha yo‘qki, “Cho‘lpon” va “Quyosh”ning ma’nolari bu yerda juda keng. U osmon
yoritqichlari va ishq-muhabbatdagi martabadan hokim va mahkum, hukmron va tobe singari
ijtimoiy-siyosiy rutbalargacha daxddor

”.

6

Cho‘lpon birgina baytda osmon, quyosh, yulduz kabi tabiat unsurlarni ramziylashtirishga

erishgan. Ko‘rinib turibdiki,

“Cho‘lpon” va “Quyosh

” ramzlarini – osmon yoritqichlari – ishq-

muhabbat – ijtimoiy-siyosiy muammolarni talqini uchun xizmat qilgan.

Adabiyotda quyosh obrazi ramziylashtirilar ekan, uning

harakati, holatlari, ya’ni

“chiqishi”, “botishi”, “qizarishi” “tutilishi”

kabilarga ham alohida e’tibor berilgan. Buni

shoirning “Tortishuv tongi” she’rida ham ko‘rishimiz mumkin.

Yenggan qo‘shin boshlig‘idek gerdayib

Botgan quyosh

bulutlarning ostidan

Bosh ko‘tarib chiqmoq uchun tirisha.
Shuning uchun beri yoqda irjayib
Kulishurlar.
Unga qarshi, qarshidan
Yig‘lov, siqtov, tovush, g‘avg‘o, xarxasha.

7

Shoir she’rning dastlabki bandida osmondagi quyoshning botishi va uning bulutlar

ostidagi “kurashi”ni ramzlashtirgan. Botgan quyoshning bulutlar ostidan “gerdayib” bosh ko‘tarib
chiqishiga intilishini

kurash va umid

ramzi sifatida anglash mumkin. Shoir quyosh ramzi orqali

erk va ozodlikka intilgan millat qiyofasini badiiy talqin qilgan.

“Botgan quyosh bulutlarning

ostidan, Bosh ko‘tarib chiqmoq uchun tirishi

”shi Turkiston xalqlarning ozodlik yo‘lidagi

harakatlariga ishora qiladi. Bu harakatlarga esa "irjayib” kulayotganlar ham bor. Irjaymoq –
kulishning bir ko‘rinishi. Shoir o‘zi ramzlashtirmoqchi bo‘lgan g‘oyaning badiiy ifodasi uchun
tanlagan har bir so‘z g‘oya uchun bo‘ysundirilgan. “Irjaymoq” salbiy konnotativ ma’noga ega
so‘z. Shoir birgani shu so‘z orqali millat taqdirining tragik holatini ko‘rsatib berishga erishgan.
“Irjayib kulish”da tahrirlash, xo‘rlash, istehzo bor. Bandning oxirgi ikki misrasida “irjayib
kulish”ga “

Yig‘lov, siqtov, tovush, g‘avg‘o, xarxasha

” qarshilantirilgan. Bu “oddiy yig‘i” emas,

balki butun millatga tegishli “yig‘i”dir.

She’rning keyingi bandida shoir tasvirni “

ko‘pdan beri zindonda quyosh ko‘rmay zaxlab

qolgan ko‘ngillar”ga ko‘chiradi. “

Chiqar kunlar yetdi sizga” deya istiqlol tongiga bashorat qiladi.

Qayg‘uringiz:
Kishanlarni yasovchi
ustalar.
Boshqalarni tubanlar deb atovchi

6

Қосимов Б., Юсупов Ш., Долимов У., Ризаев Ш, Аҳмедов С. Миллий уйғониш даври ўзбек адабиёти. Олий

ўқув юртларининг филология факултетлари учун дарслик. – Тошкент: Маънавият, 2004. 446-б.

7

Чўлпон. Яна олдим созимни. -Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1991. 17-б.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

970

xo‘jalar,
Sizning uchun yoz boshining qoridek
Eruv kunlar keladir,
Sizning uchun alvastining zoridek

yig‘lar kunlar keladir…

Diqqat qilsak, shoir ramzlarni qatorlashtirib keltiradi.

Kishanlarni yasovchi “ustalar”

,

Boshqalarni “tubanlar” deb atovchi xo‘jalar

” – mustamlakachilar, “yangi tuzum”ning

“yalovbardorlari”. Shoir ular uchun “

yoz boshining qoridek eruv kunlar kelishi

”, “

olbostining

zoridek yig‘lar kunlar yetishi

”dan xabar beradi. Bu esa shoir qalbidagi, millatning orzusidagi

istiqlolgan bo‘lgan umidga ishoradir.

Chiqadirgan quyoshni siz behuda
Etak bilan to‘smoq uchun tirishmang,
Axmoq bo‘lib Azroilning oldida
Jon talashing, to o‘lguncha berishmang.

She’rning

yakunida

shoir

yana

quyosh

ramziga

murojaat

qiladi.

Chiqadirgan quyosh” – istiqlol quyoshi, mustaqillik quyoshi. Shoir o‘zing obrazli fikrni

tasdiqlash uchun “

Oyni etak bilan yopib bo‘lmaydi

” degan xalq maqolini o‘zgartirib keltiradi.

Maqol tarkibidagi “oy” ni “quyosh” bilan o‘zgartirishida ham ma’lum ma’noda bo‘yoqdorlik bor.
Aslida, oy quyoshdan nur oladi. Bundan tashqari, qadimdan quyoshga yorug‘lik va ezgulik ramzi
sifatida qaralgan.Shoir shuning uchun bo‘lsa kerak, shoir maqol qo‘llangan so‘zni o‘zgartirgan.

Cho‘lpon quyoshni ramziylashtirar ekan, u bilan bog‘liq mifologiq qarashlardan ham

o‘rinli foydalanadi. Quyosh va oyning tutilishi tabiiy hodisa. Biroq turkiy xalqlarda bu tabiiy
hodisaga doir turli mifologik qarashlar paydo bo‘lgan.

Mifologik qarashlarda bu tabiiy hodisaga salbiy bo‘yoq berilgan. Quyosh yoki oyning

tutilishi omadsizlik, o‘lim, ofatdan darak beradi,– deb qaralgan. Aytishlaricha, qadimgilar yozuv
kuchlar quyosh va oyni o‘g‘irlab ketishgan, deb ishonganlar Yozuv kuchlar zulmatni yaxshi
ko‘rgan. Oy va quyosh nurli. Yovuz kuchlar esa zulmatni yaxshi ko‘rganliklari bois, yorug‘lik va
tovushdan qochishgan. Shuning uchun ham ko‘p joylarda, Oy va Quyosh tutilishida odamlar
shovqin ko‘tarib, yovuz kuchlarni qo‘rqitishga harakat qilishgan.

Shamanistlarning e’tiqodiga ko‘ra, quyosh va oy tutilganda, shamanistlar ularni yovuz

ruhlardan qutqarish uchun baqirgan va nog‘ora chalishgan. Ular bu shovqinlar yovuz ruhlarni
qo‘rqitishiga ishonishgan. Ko‘rinib turibdiki, odamlar oy va quyosh tutilishini omadsizlik deb
hisoblaydilar va bunday tabiiy hodisalarning sodir bo‘lishidan qo‘rqishadi.

Jadid she’riyati “

quyoshning tutilishi

” hodisasi ham ramziylashtirilgan. Cho‘lponing

“Oktyabr” (7 noyabr) nomli she’ri fikrimizni tasdiqlaydi.

Ey, bukun, ey bu kun
Dunyolar sarsildi!
Fikrlar, xayollar,
Ro‘yolar sarsildi!

Ey, bukun, olovlar
Dunyoni yondirdi,


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

971

Insonlar och yerni
Qonlarga qondirdi!

Ey, bukun, ko‘klarda

Quyoshlar tutildi

.

Ey, bukun, shamollar,

Bo‘ronlar qutirdi!...

8

XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasining Turkistonni zabt etishi,

mintaqadagi xalqlarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotidagi o‘zgarishlarga salbiy ta’sir
ko‘rsatdi. Bu jarayon, faqatgina ma’muriy nazorat bilan cheklanib qolmadi, balki mahalliy
aholining huquqlari va erkinliklarini cheklash, ularni mustabidlik zanjiriga solishga sabab bo‘ldi.

Mustabidlikka qarshi kurash, Turkiston xalqlari orasida milliy harakatlarning paydo

bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Xalqlar adolat va huquqlarini talab qilish uchun kurashga chiqdi. Bu
kurashda esa shoir-u yozuvchilar ham peshqadam bo‘ldilar. Ular orasida Cho‘lpon ham bor edi.

Cho‘lponning yuqorida parcha keltirilgan “Oktyabr” she’rining har bir bandida “shonli

oktyabr”ning oqibatlari tadrijiy, tragik kayfiyatda ramziylashtirilgan. She’rning “Ey, bugun, ey
bukun” tarzidagi murojaat bilan boshlanishida “o‘sha kunga” nafrat hissi yaqqol sezilib turadi.
Chunki bu shunday kunki, dunyolar, fikrlar, ro‘yolar sarsilgan. Sasilgan – sarson bo‘lgan. Sarson
bo‘lgan xalqning ahvoli hammaga ayon. Bu xalq, shoir aytganidek, “olovlar ichida”.

Cho‘lpon “Qalandar ishqi” she’rida Oktyabr inqilobini “muhabbat osmoni" – yurt

ozodligi uchun kurash yo‘lini yoritib turgan yulduzni yerga botirgan "quyosh" ramzi bilan bergan
bo‘lsa

9

, mazkur she’rda “olov” Oktyabr inqilobining ramzi sifatida berilgan. Bu inqilob va’da

qilingan ozodlikni emas, balki mustamlaka tamg‘asini xalqqa tuhfa qildi. Shu bois, Cho‘lpon
“Oktyabr inqilobi” tushunchasini salbiy bo‘yoqlarda, ramzlar orqali badiiy talqin qiladi.

Cho‘lpon mumtoz adabiyot va uning namoyandalari ijodidan samarali oziqlanganni

holda, xalqda shakllangan mifologik qarashlar, xalq ijodidan ham unumli foydalandi. Tahlilga
tortganimiz she’rning uchinchi bandida shoir “

tutilgan quyoshlar

” birikmasini keltiradi.

Tutilgan quyosh”

istiqlol ramzi. Shoir “tutilgan quyosh”ga paralel ravishda “qutirgan

shamollar, bo‘ronlar” tasvirini keltiriladi. Shamol va bo‘ronlar mustamlakachilar va ularning
zulmiga ishora. “Tutilgan quyosh” ramzi yuqorida ta’kilanganidek, xalqda shakllangan oy va
quyoshning tutilishi bilan bog‘liq xalqona qarashlar asosida shallantirilgan.

Cho‘lponning “Oktyabr” she’ri uch qismdan iborat. Albatta, shoir bu bilan o‘ziga xos

maqsadni ko‘zlagani ayon. She’rning birinchi qismi olti bandan iborat bo‘lib, quyidagi misralar
bilan yakunlanadi.

Ey, bukun, do‘l kelib
Olamni yiqqan kun!
Ey, bukun, kurramiz,

Mehvardan chiqqan kun!..

8

Чўлпон. Яна олдим созимни. -Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1991. 108-б.

9

Бу ҳақда қаранг: Қуронов Д. Чўлпон насри поэтикаси.

“Шарқ» нашриёт-матбаа акциядорлик компанияси

бош таҳририяти.Т.: – 2004; Қуронов Д. Чўлпон ҳаёти ва ижодий мероси. –Т.: “Ўқитувчи”,1997.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

972

Shoir Oktyabr inqilobi ro‘y bergan kunni “do‘l kelib olamni yiqqan” kun tarzida

tasvirlaydi. Bu “do‘l” Yer kurrasini mehvaridan chiqargan. Mehvaridan chiqqan sayorada esa
hayot bo‘lmaydi. “Do‘l” – Oktyabr inqilobning kelishi va uning jamiyatga olib kelgan salbiy
o‘zgarishlariga ishora. Uning qarshisida millat ojiz. Shoir bu “ojiz”likni “yiqish" so‘zi orqali
ifodalaydi. “Yiqish" zo‘ravonlik, qurbonlik, zulm va haqsizlik demakdir.

She’rning ikkinchi qismida, lirik qahramoning kayfiyatida sokinlik, umidvorlik hislari

seziladi. U do‘stiga murojaat qilib,

Hech narsa bo‘lmadi!
Na to‘fon, na vulqon.
Yolg‘iz, haq yo‘llarda

Oqdi qon, oqdi qon... deya, xalqning bukilmas irodasiga, erk, ozodlik
yo‘lidagi harakatlariga ishora qiladi. Oktyabr inqilobini "qish" bilan qiyoslash orqali uning
“qorong‘u” kelajagidan darak beradi. “Oktyabr onida Kuz ketgan. Qish yovuq”...

Shoir she’rning ikkinchi qismining yakunida yana “do‘l” bilan bog‘liq tasvirlarni keltiradi.

Shugina:
Do‘l kelib
Olamni yiqmadi,
Va yerning kurrasi
Mehvardan chiqmadi.

Shoir bu tasvirlar bilan xalqning erk va ozodlik haqidagi orzu-umidlarining

so‘nmaganligini ta’kidlaydi. Buni she’rning ikki banddan iborat uchinchi qismidagi “

Do‘llarning

olamni yiqishi – Hechdir! Kurraning mehvardan chiqishi –Hechdi

r! kabi iqrorida yanada

yorqinroq ko‘rishimiz mumkin.

Umuman, Cho‘lpon she’riyatida

“quyosh”

– istiqlol, erk va ozodlik timsoli sifatida

badiiy talqin qilingan. Shoir “quyosh” ramziylashtirar ekan, u bilan bog‘liq xalqda shakllangan
mifologik qarashlarga, folklor, mumtoz adabiyot an’analaridan unumli foydalanadi.

She’rning emotsional ta’siri juda kuchli. Cho‘lponning ijodida realizm va simvolizmning

mukammal birlashuvi shoir she’rlarining asl mohiyatini tashkil etadi. U realistik tasvirlar orqali
hayotning murakkabliklarini ko‘rsatsa, simvolik obrazlar bilan jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy
muammolarga munosabat bildiradi.

Cho‘lpon she’riyatidagi har bir poetik ramz shoirning lirik

kechinmalari va orzu-armonlari bilan birga, aniq ijtimoiy-tarixiy voqelikni ham tasvirlaydi.

Cho‘lpon she’riyatida

istiqlol, erk, hurlik

kaabi ijtimoiy-siyosiy tushunchalarni aks

ettiruvchi ko‘plab ramzlar ishlatilgan. Bu ramzlar shoirning o‘z davridagi ijtimoiy va siyosiy
muammolarni, xalqining azob-uqubatlarini va ozodlikka bo‘lgan intilishlarini ifodalashda muhim
rol o‘ynaydi.