Authors

  • Nodirbek Nazarov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.60966

Keywords:

Abu Xurayra Oq Ostona Qur’on oyatlari va duolar ziyoratgoh mushkulshod.

Abstract

Ushbu maqolada Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi Oq-ostona bobo ziyoratgohi va uning paydo bo’lishi, bugungi kundagi odamlar hayotidagi o’rni haqida yoritilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

403

OQ OSTONA BOBO MAQBARASI ZIYORATGOHI TARIXI

Nazarov Nodirbek Qodir o'gʻli

Oltinsoy tumani 54-umumiy oʻrta taʼlim maktabining tarix fani oʻqituvchisi

tel: +998-91-518-18-35.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14656995

Annotatsiya. Ushbu maqolada Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi Oq-ostona bobo

ziyoratgohi va uning paydo bo’lishi, bugungi kundagi odamlar hayotidagi o’rni haqida yoritilgan.

Kalit so’zlar: Abu Xurayra, Oq Ostona, Qur’on oyatlari va duolar, ziyoratgoh,

mushkulshod.

ИСТОРИЯ ПАЛОМНИЧЕСТВА В МАВЗЕЙ АК АСТОНА БАБА

Аннотация. B данной статье описывается святыня Акастана Бабы в Узунском

районе Сурхандарьинской области, ее внешний вид, а также роль в жизни людей сегодня.

Ключевые слова: Абу Хурайра, Белая Астана, коранические аяты и молитвы,

святыня, мушкульшад.

HISTORY OF THE AQ ASTONA BABA MAUSEUM PILGRIMAGE

Abstract. This article describes the shrine of Ak-astana Baba in Uzun District,

Surkhandarya Region, its appearance, and its role in people's lives today.

Key words: Abu Khuraira, White Astana, Qur'anic verses and prayers, shrine,

mushkulshad.

Oq ostona maqbarasi Surxondaryo viloyatining shimoliy-sharqidagi Telpak-Chinor

qishlog‘i yonidagi Serharakat mahallasida joylashgan va Muhammad (s.a.v.) Payg‘ambarimining

sahobalari avliyo Abu Xurayra(602-679-yy)ning ko‘milgan joyi, ziyoratgohi hisoblanadi. Mazkur

ziyoratgoh musulmon olamida mashhur hisoblanadi. Ushbu Surxon daryosining chap qirg‘og‘ida

Serharakat mahallasidagi Oq Ostona bobo qishlog‘idagi ziyoratgohning kelib chiqishi esa

mashhur sahoba, roviy, faqihlardan biri bo‘lgan Abu Hurayra nomi bilan bog‘liq Oq Ostona bobo

ziyoratgohi (X-XI asrlar) joylashgan. Abu Hurayra kulti tarqalishi sabablari hozirgacha yaxshi

o‘rganilgan emas.

Har holda u hadis ilmining Markaziy Osiyoda VIII-IX asrlarda rivojlanishi va

muvaffaqiyat qozonishi bilan bog‘liqdir. Abu Hurayra (r.a.) milodiy 603 yilda Qizil dengiz

yaqinidagi Tihomaning Banu Davs qabilasida tavallud topgan. Asl ismi ibn Abdushshams ibn

Sahr Davsiy bo‘lib, islomni qabul qilgandan keyin Abdurahmon ismini qabul qilgan. Abu Hurayra


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

404

so‘zi arab tilida “mushukcha egasi” ma’nosini anglatadi. Hadislarda bayon etilishicha, uning

mushukchasi bo‘lgan, bir kuni mushukni tizasida o‘ynatayotganini ko‘rgan Payg‘ambarimiz uni

“Abu Hurayra”, deb chaqirganlar. Shundan keyin bu nom o‘z ismidan ham mashhur bo‘lib ketgan.

Abu Hurayra (r.a.) islomni qabiladoshi Tufayl ibn Amir Davsiy (r.a.) da’vati natijasida

qabul qildi. Hijratning oltinchi yiligacha o‘zining Davs qabilasida bo‘ldi. Keyin qavmidagi

musulmonlar jamoasi bilan Madinaga keldi. Rasullohga yaqinroq bo‘lish maqsadida “ahli suffa”

qatoridan joy oldi.

Rasulloh (s.a.v.) Abu Hurayra (r.a.)ga butun musulmon ummatiga tatiydigan juda ko‘p

hikmatli so‘zlarni aytganlari mashhur. Abu Hurayra (r.a.) Abu Bakr (r.a.) xalifalik davrida dindan

qaytgan – murtadlar bilan bo‘lgan janglarda ishtirok etgan. Xalifa Umar (r.a.) davrida Abu

Hurayra (r.a.) Baxrayn voliysi, Usmon (r.a.) davrida Makka qozisi vazifalarida faoliyat olib

borgan. Muoviya ibn Abu Sufyon (r.a.) davrida esa, Madina shahriga voliy etib saylangan. Uning

asosiy mashhurligi esa tarixda eng ko’p hadis rivoyat qilgan sahoba sifatida e’tirof etilishidir. U

jami 5374ta hadisni rivoyat qilganlar.

Oq Ostona bobo (Abu Hurayra) maqbarasi X-XI asrlarda barpo etilgan. Bu bino kvadrat

shaklda: tashqaridan 9x8,7 metr va ichkaridan 3,65x5,80 metrni tashkil etib, tuzilishidan kubga

o‘xshash bo‘lib, o‘qsimon gumbaz bilan sayqallangan. XV asrdagi ta’mirlash ishlarida janubi-

sharqiy devor qayta ta’mirlanib, qolgan uch tarafi xom g‘isht bilan terilgan, uning uch burchagidan

(sharqiydan tashqari) minorachalar chiqarilib, gumbaz osti qismlari qayta tiklangan. 19-asr

oxirida usta Xudoyberdi yarim shikastlangan gumbazni qayta tiklagan, binoning sharqiy

tomonidan qoʻshimcha kirish xonasini barpo etilgan. Maqbara fasadida 3-3.5 metr balandlikdagi

arkli kirish qismida oʻng va chap burchakda yetti burchakli yulduz tasviriga oʻxshash diametri

yarim metrlik ikkita rozet belgisi mavjud. Yetti burchakli yulduz shakli Markaziy Osiyo bezak

sanʼatiga xos boʻlmagan kompozitsiya hisoblanadi. Kirish qismidagi arkaning chap tomonidagi

belgi markazida oʻsimlik tasviri, oʻng tomonidagisida esa quyosh tasviri tushurilgan. Oqostona

bobo maqbarasidagi ramziy belgilar bir-biri bilan uygʻun tarzda qilingan. Belgilar oʻzaro semantik

tarzda bogʻlangan. Kirish qismning oʻng va chap tomonidagi belgilarni al-Xorazmiy, Ahmad al-

Fargʻoniy, Forobiy, Beruniy, Abu Ali ibn Sino asarlarida yozilgan Movaraunnahrning IX-XI

asrlardagi belgilarning simentikasi asosida tahlil qilish kerak. Oqostona bobo maqbarasidagi

ramziy belgilar Pugachenkova G.A., Hakimov Z.A., Borodina I.F. tomonidan o'rganilgan.

2001—2002-yillar davomida amalga oshirilgan arxeologik qazishmalarga koʻra Oqostona

bobo maqbarasining old devor yaqinidan yetti qabr aniqlangan. Oqostona bobo maqbarasiga


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

405

2005-yilda ramziy qabr toshi oʻrnatilgan. Mazkur qabr toshi sandiq shaklida yasalgan boʻlib,

kattaligi 215 x 55 x 45 x sm ni tashkil etadi. Qabrtosh ustiga Qur’on oyatlari va duolar yozilgan.

Ammo Oqostona bobo haqida hech qanday lavha mavjud emas.

Mahalliy aholi buni garchi sahoba Abu Hurayraning qabri deb hisoblasa-da, aslda bu

yerdagi qabr ramziy ma’noda qurilgan qabrdir, ya’ni bu yerga Abdurahmon ibn Saxr al-

Davsiyning qabrida bir siqim tuproq keltirilib, ramziy qabr bunyod etilgan. Mahalliy aholi

o’rtasida biror yomon kasallik tarqalgan paytlarda Abu Hurayraning xokidan olib kelingan keyn

esa odamlar shu yerni loyidan badaniga surtishib shifo topishgan.

Maqbara X-XI asrlarga tegishli deb belgilangan. Kiraverishdagi o‘ng burchagida bir juft

murakkab shakl bo‘lib, ularni yetti burchakli yulduz shaklida bajarilgan va shartli ravishda o‘ng -

“erkaklarga tegishli” va chap - “ayollarga tegishli” belgilariga ajratilgan.

U yerga borib odamlar ehson qiladi, mahalliy aholi tilida uni boʻmushkul deyiladi adabiy

tilda mushkulkushod deyiladi. U yerga borib Abu Hurayraning nomiga qur’on tilovat qilishadi.

Qoʻy soʻyishadi kulcha-patir noz neʼmatlar olib borishadi, oʻsha yerda yeb ichib duo qilib

qaytishadi. Nimaiki katta orzulari amalga oshishiga ishonishadi oqostona bobodan soʻrashadi.

Kattaroq qarzga kirib qolishsa yoki farzand talabida boʻlsa borib quron tilovat qilinib ikki

rakat namoz oʻqishib qaytishgan.

Bundan 20 – 30 yil oldin odamlar kechasi piyoda oyoq yalang ziyoratgohgacha borishgan

va ikki rakat namoz oʻqishib nimaiki tilaklari boʻsa soʻrashib qaytgan ekanlar. Bugungi kunda ham

bu ziyoratgohdan ziyoratchilarning qadamlari arimaydi.

REFERENCES

1.

Annayev T. Shaydullayev Sh. Surxondaryo tarixidan lavhalar. Toshkent-1997. 33-bet

2.

Qobilov E. “Surxon vohasi xo’jaligi” 2013-y.

3.

T.Tafasov, V.Nafasova. O’zbek tili toponimlarining o’quv izohli lug’ati”.Toshkent-2007.24-b

4.

G’.Abdurahmonov, S.Mutallibov. “Devoni lug’otut-turk”(index-lug’at). “Fan” nashriyoti-

1967-yil. 54-bet

5.

Jumayev, M. (2024). SURXONDARYO VILOYATIDAGI BA'ZI TOPONIMLAR VA

ULARNING TAHLILI. Zamonaviy fan va tadqiqotlar , 3 (12), 953-955.

6.

Erkin oʻgʻli, J. M. (2023). TOPONOMIKANING ASOSIY BO'LIMLARI VA ULARNING

TARIX UCHUN AHAMIYATI. Better Intellektual tadqiqotlar , 9 (2), 121-125.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

406

7.

Jumayev, M. (2023). TARIXIY NOMLARNING MANBALARI VA TA’LIQNING ILMIY

ASOSLARI. Zamonaviy fan va tadqiqotlar , 2 (10), 568-576.

References

Annayev T. Shaydullayev Sh. Surxondaryo tarixidan lavhalar. Toshkent-1997. 33-bet

Qobilov E. “Surxon vohasi xo’jaligi” 2013-y.

T.Tafasov, V.Nafasova. O’zbek tili toponimlarining o’quv izohli lug’ati”.Toshkent-2007.24-b

G’.Abdurahmonov, S.Mutallibov. “Devoni lug’otut-turk”(index-lug’at). “Fan” nashriyoti-1967-yil. 54-bet

Jumayev, M. (2024). SURXONDARYO VILOYATIDAGI BA'ZI TOPONIMLAR VA ULARNING TAHLILI. Zamonaviy fan va tadqiqotlar , 3 (12), 953-955.

Erkin oʻgʻli, J. M. (2023). TOPONOMIKANING ASOSIY BO'LIMLARI VA ULARNING TARIX UCHUN AHAMIYATI. Better Intellektual tadqiqotlar , 9 (2), 121-125.

Jumayev, M. (2023). TARIXIY NOMLARNING MANBALARI VA TA’LIQNING ILMIY ASOSLARI. Zamonaviy fan va tadqiqotlar , 2 (10), 568-576.