Authors

  • Xurshida Roʻziyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.61225

Keywords:

Isajon Sulton badiiy obraz jadidchilik qoʻrboshilik harakati qatagʻon siyosati.

Abstract

Mazkur maqolada Isajon Sultonning “Ma’suma” romani uning baddiy xususiyatlari bayon etilgan holda asarda tarixiy shaxslarning badiiy talqinlari tahlilga tortilgan. Asarda ifodalangan jadid namoyondalari ularning hayot yo‘li va taqdirlariga oid holatlar badiiy ifodalar asosida ochib berilgan. Maqola ham aynan ushbu xususiyatlari ko‘rsatib o‘tilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

474

ISAJON SULTONNING “MA’SUMA” ROMANIDA TARIXIY SHAXSLARNING

BADIIY TALQINI

Xurshida Roʻziyeva

TerDU oʻzbek adabiyotshunosligi yoʻnalishi 2-bosqich magistri.

email:

xurshidaruziyeva02@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14674629

Annotatsiya. Mazkur maqolada Isajon Sultonning “Ma’suma” romani uning baddiy

xususiyatlari bayon etilgan holda asarda tarixiy shaxslarning badiiy talqinlari tahlilga tortilgan.

Asarda ifodalangan jadid namoyondalari ularning hayot yo‘li va taqdirlariga oid holatlar badiiy

ifodalar asosida ochib berilgan. Maqola ham aynan ushbu xususiyatlari ko‘rsatib o‘tilgan.

Kalit soʻzlar: Isajon Sulton, badiiy obraz, jadidchilik, qoʻrboshilik harakati, qatagʻon

siyosati.

ARTISTIC INTERPRETATION OF HISTORICAL PERSONS IN THE NOVEL

"MA'SUMA" BY ISAJAN SULTAN

Abstract. This article analyzes the novel "Ma'suma" by Isajon Sultan. Several recent

manifestations are reported.

Key words: theater, drama struggle, martial movement, repression policy.

ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ИСТОРИЧЕСКИХ ЛИЧНОСТЕЙ В

РОМАНЕ ИСАДЖОНА СУЛТАНА «МАСУМА»

Аннотация. В статье анализируются художественные интерпретации

исторических персонажей в романе Исайона Султана «Ма'сума», описываются его

художественные особенности. Современные личности, представленные в произведении,

их жизненные пути и судьбы раскрываются посредством художественного выражения. В

статье также освещаются эти особенности.

Ключевые слова: Исайон Султан, художественный образ, джадидизм, движение

Корбос, политика репрессий.

Milliy qadriyatlar hamda an’analarning, millat fidoyilarining yorqin hayot yo‘lini ko‘rsatib

berish badiiy adabiyotning asosiy obyektlaridan biri bo‘lib kelgan. Bu jarayonni mustaqillik davri

o‘zbek adabiyotida ham kuzatishimiz mumkin. Tarixiy shaxslarning badiiy obrazlarini, talqinlarini

o‘quvchiga yetkazishda O‘zbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sultonning xizmatlarini alohida qayd

etish o‘rinlidir. Adibning “Alisher Navoiy”, “Abu Rayhon Beruniy”, “Bilga xoqon” kabi va


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

475

boshqa bir qancha asarlarida tarixiy shaxslarning yangicha badiiy talqinlarda ifodalangan hayot

yo‘lini kuzatishimiz mumkin.

Isajon Sultonning XX asrning boshlaridagi ziyoli oilaning taqdiri aks etgan “Ma’suma”

romanida ham bevosita tarixiy shaxslarning zamon va makondagi hayoti tasvirlab beriladi. Asarda

xalqimiz boshidan oʻtgan ogʻir kunlar, xususan, qatagʻon siyosati aks ettirilgan. Asarda

tasvirlangan barcha qahramonlar, ularning taqdirlaridagi voqealar real hayotda yuz bergan. Bu

haqida "Mas’uma" romaniga soʻzboshi yozgan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

Sirojiddin Sayyid ham ta’kidlaydi: ["

Romanda tasvirlangan voqealar hayotda sodir bo’lgan,

badiiy bo’yoq berilgan haqqoniy voqealardir. Mamlakatimiz tarixining jadidlar davri

qanday murakkab bo’lganini bir oila misolida ko’rish mumkin. Chunonchi, Abduvohid

qori- mashhur ulamo, “Sho’royi islomiya” va “Mahkamai islomiya” jamiyatlari raisi,

bosqinchilar Ufaga olib ketgan muqaddas osori atiqa – Usmon Qur’onini yurtimizga

qaytarib olib kelishda jonbozlik ko’rsatgan arbob, ya’ni jadidlik davrining “qadimchi”

laridan. Uning to’ng’ich o’g’li Bosit Qoriyev-Madaniyat vazirligi, san’at boshqarmasi

boshlig’i, o’rtancha o’g’li Bois Qoriyev, ya’ni Oltoy-“yangilikchi”shoir, Maorif vazirligining

mas’ul xodimi” ]1

Ma’suma romanida XX asrning eng ziyoli oilalaridan biri bo‘lgan Abduvohid Qoriyevning

oilasi va uning ayanchli taqdiri haqida so‘z borgan. Asarda nafaqat Abduvohid qori va Ma’suma

Qoriyeva xonadoni misoldagi miskinlik va mudhish koʻngilsizliklar, balki xalqimizning sara

ziyolilari — Mahmudxoʻja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Tavallo, Abdulla Qodiriy,

Gʻafur Gʻulom, Choʻlpon, Botu kabi ziyolilarning nomlari keltirib oʻtiladi. Barchamizga

ma’lumki, tarixiy asar yozish ijodkordan ancha katta izlanishni talab qiladi. Muallif biror bir ijod

namunasi yozish jarayonida tarixiy voqealarni ipidan ignasigacha, sinchiklab oʻrganilishi lozim.

Isajon Sulton bu borada ancha iste’dodli hisoblanadi. Yozuvchining qaysi bir tarixiy asarini

olmaylik undagi voqealarning barchasi aniq qilib yozilganining guvohi boʻlamiz. Biz tahlilga

olgan “Ma’suma” romanida ham koʻpchilik nomlarini eshitmagan bir qator jadid

namoyondalarining ismlari ham tilga olingan: “... Mol-u jonini millatga fido qilgan merganchalik

Ubaydulla Xoʻjani va Basharilla Asadillaxoʻjani, Toshpoʻlat Norboʻtabekni, shayxantaxurlik

Munavvar Qori Afandini...zanjirlikdan Muhammadjon Poshshaxoʻja oʻgʻlini, qoryogʻdidan

Kattaxoʻja Boboxoʻjani, orqa koʻchadan Nizomiddin Asomiddinxoʻjalarni duo qilaman”.

Asar qiymatini oshiruvchi jihatlaridan biri bu albatta yozuvchining milliy istiqilolchilik

harakati a’zolariga to‘xtalganidir.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

476

Sovet bosqiniga qarshi kurashgan tarixda qo‘rboshilik harakati deb nom olgan,

bosqinchilar tomonidan esa “bosmachi” deb atalgan yurt ozodligi uchun jon bergan yovqur

bobolarimiz: Shermuhammadbek, Madaminbek, Xolxoja eshon, Ibrohimbek laqay hamda tarixiy

asarlarda deyarli uchramaydigan ayol qo‘rboshilar Nodira qiz, Shakarxon kabi zulmga qarshi

kurashgan tarixiy shaxslar kiritilishi o‘zbek adabiyotida kamdan kam uchraydigan holat desa ham

bo‘ladi. Asardagi asosiy voqealar o‘zbek teatrining paydo bo‘lishi rivojlanishi haqidadir. O‘zbek

teatrining asoschisi Abror Hidoyatov va shu taetrga umrini baxshida etgan Yetim Bobojov, Aziz

Sobirov kabi aktyorlar tilga olinadi. Yuqorida aytilganidek, asar bosh qahramoni birinchi oʻzbek

aktrisasi Ma’suma Qoriyevadir. U birinchi marotaba G‘.Zafariyning “Xalima” spektaklida rol ijro

etgan. Rol o‘ynayotgan aktyorlar bevosita omma bilan gapalshib rol ijro etgan. Maqsad xalqni

fikrini bilish, xulosa chiqarish qaysidir ma’noda “oyna” qilib ko‘rsatish bo‘lgan. Sovet tuzumining

qatag‘on siyosati tufayli bir qancha ziyolilarmiz qamaldi. Bu siyosat Qoriyevlar xonadonini ham

chetlab o‘tmadi. Oila a’zolari “xalq dushmani” deb e’lon qilingandan keyin, Ma’suma

Qoriyevaning teatrdagi faoliyatida ham bir qancha to‘siqlar paydo bo‘ladi. Aktrisalikdan xo‘jalik

ishlariga tushiriladi. Bu siyosat tufayli teatrda qo‘yiladigan bir qancha asarlar olib tashlanadi,

ba’zilarining nomi o‘zgartiriladi. Ma’sumaning oila a’zolari “xalq dushmani” sifatida ayblanib

qamalganidan soʻng uning ikkita oʻgʻli oilasi nomini oqlash uchun urushga ketadi va qaytib

kelmaydi. Asar soʻngida ikki farzandidan judo boʻlgan onaning oʻkinch bilan aytgan “Mana

bolalarim, nomimiz ham oqlandi” degan jumlalari juda ta’sirli tarzda asarda aks ettirilgan.

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, asarda tarixiy shaxslar keltirilishi bilan bir qatorda,

davrning tarixiy taraqqiyot jarayonlari hisoblangan teatrning shakllanishi, rivojlanishi ko‘rsatib

o‘tilgan. Shuningdek, qatag‘on siyosati, uning insonlar hayotiga ko‘rsatgan ta’siri Qoriyevlar

oilasi misolida, ularning ayanchli taqdiri yorqin ochib berilgan. Asarda ifodalangan shaxslar

taqdiri hamda faoliyatidan o‘quvchi o‘zi uchun muhim bo‘lgan xulosalarni chiqaradi. Asar o‘zbek

adabiyotining eng sara asarlaridan biriga aylanishining boisi ham ana shundadir.

REFERENCES

1.

Isajon Sulton “Maʼsuma”. –Toshkent; 2022

2.

Sayyora Raimova Isajon Sultonning "Ma'suma" romanida intertekstuallik nomli maqola

3.

ziyo.uz com

4.

Joʻraqulov Sardor "Ma'suma" romani haqida nomli maqola

References

Isajon Sulton “Maʼsuma”. –Toshkent; 2022

Sayyora Raimova Isajon Sultonning "Ma'suma" romanida intertekstuallik nomli maqola

ziyo.uz com

Joʻraqulov Sardor "Ma'suma" romani haqida nomli maqola