ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
481
ATROF
-
MUHITNI ASRASHNING MINTAQALARARO MASALALARI: OROL
MUAMMOSI
Jo’rayev Behro’z Panji o‘g‘li
Termiz davlat universiteti talabasi.
Nomozov Xusan Axmat o‘g‘li
TerDU Yuridik fakulteti “Jinoyat huquqi va fuqarolik protsessi” kafedrasi o‘qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14674700
Annotatsiya. Hozirgi kunda yer yuzidagi har bir davlatda atrof-muhitni himoya qilish, suv
va boshqa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish dolzarb mavzulardan biri bo’lib qolmoqda.
Ushbu maqolada atrof-muhitni asrash masalalari bilan bir qatorda Markaziy Osiyo
mamlakatlari uchun muhim ahamiyat kasb etadigan Orol dengizi va uning qurishi sabablari
hamda bundan kelib chiquvchi muammolarni bartaraf etishda olib borilayotgan ishlar haqida so’z
yuritiladi.
Kalit so’zlar: Atrof-muhit, UNEP, ekologik fojia, rezolyutsiya, suv resurslari, Orolqum,
OQXJ, yashil belbogʻ, „yashil“ iqtisodiyot.
МЕЖРЕГИОНАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ ОХРАНЫ ОКРУЖАЮЩЕЙ СРЕДЫ:
ПРОБЛЕМА ОСТРОВОВ
Аннотация. В настоящее время охрана окружающей среды, рациональное
использование воды и других природных ресурсов остается одним из актуальных вопросов
в каждой стране мира. Помимо вопросов охраны окружающей среды, в данной статье
говорится об Аральском море, имеющем большое значение для стран Центральной Азии, и
причинах его высыхания, а также о работе, проводимой по устранению возникающих из-
за него проблем.
Ключевые слова: Окружающая среда, ЮНЕП, экологическая трагедия, разрешение
проблемы, водные ресурсы, Оролкум, МККК, зеленый пояс, «зеленая» экономика.
INTERREGIONAL ISSUES OF ENVIRONMENTAL PROTECTION: THE ISLAND
PROBLEM
Abstract. Currently, the preserving of the environment, utilizing water and other natural
resources remains one of the topical issues in each state on the Earth. In this article, along with
the preservation of natural environment, it is discussed about the Aral Sea and the reasons of its
dryness, as well as the work done in the elimination of issues arising.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
482
Keywords: Environment, UNEP, Environment Facial, Resolution, Water Resources, Aral
Sea, Green Belbush, “Green” economy.
KIRISH.
Atrof-muhit – bu har bir tirik mavjudot uchun eng ahamiyatli narsadir. Biz olgan
har nafas, iste’mol qilayotgan har bir ne’mat, suv havzalari, o’rmon-u tog’lar bizni qurshab turgan
tabiat, atrof-muhitni tashkil etadi. Lekin so’ngi yillarda turli xil sabablarga ko’ra tabiatga katta
zararlar yetmoqda hamda atrof-muhitda sezilarli o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Bu esa yer yuzidagi
har bir mamlakat aholisining sog’ligi, davlatlarning iqtisodiy o’sishi va qishloq xo’jaligi kabi
ko’plab sohalarga jiddiy ta’sir etmoqda. Bugun tabiatni muhofaza qilish faqat tabiiy masala bo`lib
qolmay, balki ijtimoiy masala hamdir. Shu jumladan, tabiatni muhofaza qilish masalasini
o`rganishda nafaqat yuqoridagi fanlarning, balki boshqa, jumladan kimyo, fizika, astranomiya,
matеmatika, pеdagogika, psixologiya, hattoki, huquq fanlarining ham roli ulkan bo`lmog`i lozim.
Ushbu muammo kelajakda yanada yomonroq oqibatlarga olib kelishining oldini olish
maqsadida xalqaro tashkilotlar, davlatlar o’rtasida kelishuvlar, konvensiyalar o’tkazilib, ular
doirasida amaliy choralar ko’rishga harakat qilinmoqda.
Tabiiy ofatlar, atrof-muhitning ifloslanishi va butun tur va ekotizimlarning yo'q qilinishi
e'tiborga olinishi kerak bo’lgan haqiqatdir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti ushbu dolzarb
masalalarni 193 ta a'zo davlatlar va barcha sohalardan manfaatdor tomonlar bilan yaqinda ishlash
uchun samarali, uzoq muddatli echimlarni topish va amalga oshirishga bag'ishlangan.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jenevadagi bir nechta agentliklari ekologik
muammolarni hal qilish, atrof-muhit siyosatini shakllantirish kabi sohalar bo’yicha ishlash, ilmiy-
tadqiqot va ma'lumotlar bazalarini ishlab chiqarish, tizim va iqlimga moslashtirishga sarmoya
kiritishva boshqa ekologik muammolarni hal qilishga bag'ishlangan dasturlarni yaratdilar.
Tadqiqot va fuqarolik jamiyati bo'yicha sheriklar bilan birgalikda ular turli xo'jaliklar xalqaro
atrof-muhitni boshqarishni o'zgartirish uchun o'z kuchlarini birlashtiradigan Jeneva atrof-muhit
tarmog'ini tashkil etdilar.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining atrof-muhit dasturi (UNEP) - bu BMT tizimida atrof-
muhitni muhofaza qilishning kuchli himoyachisi fuqarolarining har kuni hayotida atrof-muhitni
muhofaza qilish bo'yicha maslahat berish bo’yicha dasturdir. Shu maqsadda UNEPning
Jenevadagi idorasi, u xizmat qiladigan hukumatlar bilan doimiy almashinuvda faoliyat yuritadi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
483
UNEP mamlakatimiz, mintaqaviy va global miqyosdagi ekologik majburiyatlarni amalga
oshirishda yordam beradigan ekologik standartlar va amaliyotni kuchaytirish uchun o'z
tajribasidan foydalanadi.
1
Keyingi yillarda Oʻzbekiston global muammolarning xalqaro miqyosda hal etilishi
jarayonida faol ishtirok etmoqda. Mamlakatimiz tashqi siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biri
atrof-muhitni himoya qilish bo’yicha xalqaro hamkorlikdir. Xalqaro hamkorlik esa asosan Orol
hamda Orolbo’yi hududlaridagi ekologik holatni yaxshilash, hayvonot va o’simlik turlarining
yo’qolib ketish oldidini olish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish doirasida olib borilmoqda.
BMT Bosh Assambleyasi sessiyalaridagi tashabbuslarimizning qisqacha xronikasi shundan
dalolat beradi.
Shu bilan birga, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017-yil sentabr oyida BMT Bosh
Assambleyasi yigʻilishida ilk bor soʻzga chiqib, yangi rahbariyatning maqsadlari
mamlakatimizning
yangi
qiyofasini
shakllantirishga,
inson
huquqlari
himoyasini
mustahkamlashga, iqtisodiy islohotlarga va Markaziy Osiyo mamlakatlariga ustuvor ahamiyat
qaratishg yoʻnaltirilganini taʼkidlagan edi. Shuningdek, BMTning Yoshlar huquqlari toʻgʻrisidagi
xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish taklif qilinib, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining
muntazam uchrashuvlarini oʻtkazish tashabbusi ilgari surilgandi. Oʻshanda tarixda birinchi bor,
BMT oliy minbarida Prezidentimiz Orol dengizining xaritasini butun jahon hamjamiyatiga
koʻrsatib, muammoning nechogʻli chuqur va naqadar murakkab ekanligini kuyunchaklik bilan
ochib bergan edilar. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqida Orolbo‘yi hududidagi ekologik fojiyaga
butun jahon hamjamiyatini e’tiborini qaratgan edi:
“Davrimizning o‘tkir muammolaridan yana biri – global iqlim o‘zgarishlaridir. Bugungi
kunda har bir mamlakat bu jarayonning salbiy ta’sirini his etmoqda. Ming afsuski, bunday
o‘zgarishlar Markaziy Osiyo taraqqiyotiga ham katta xavf tug‘dirmoqda. Biz Orolbo‘yi
mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi, deb e’lon qilish haqida Birlashgan
Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul qilishni taklif etamiz.
Ushbu muhim hujjat tasdiqlangan sanani esa Xalqaro ekologik tizimlarni himoya qilish va
tiklash kuni sifatida nishonlash maqsadga muvofiq bo‘lardi...”
2
1
https://www.ungeneva.org/en/about/topics/environment
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
484
Yaqin yillar ichida nafaqat O’zbekiston, balki boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlarining
ekologik holatida jiddiy ta’sir etayotgan muammo – Orol muammosidir. Orol dengizi muammosi
Markaziy Osiyodagi eng yirik ekologik muammolardan biri bo‘lib, butun mintaqaning ekologik,
iqtisodiy va ijtimoiy barqarorligiga ta’sir ko‘rsatadi.
Bu muammo, asosan, inson faoliyati va noto‘g‘ri boshqaruv natijasida yuzaga kelgan
bo‘lib, so‘nggi o‘n yilliklarda dengizning qurishi jiddiy oqibatlarga olib kelmoqda. Dastalab, Orol
dengizining qurish sabablariga to’xtalsak:
1. Sug‘orish tizimlari ortib ketishi. 20-asrning o‘rtalaridan boshlab, Amudaryo va Sirdaryo
suvlaridan paxta va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish uchun haddan tashqari
foydalanish boshlandi. Bu, o‘z navbatida, dengizga yetib boradigan suv hajmining keskin
kamayishiga olib keldi .
2. Suv resurslarining noto‘g‘ri boshqaruvi. Sovet Ittifoqi davrida mintaqaviy suv
resurslarini boshqarish bo‘yicha yagona strategiya yo‘q edi. Bu, mintaqalararo
kelishmovchiliklarni keltirib chiqardi.
3. Tabiiy sharoitlar. Orol dengizi asosan ichki havzada joylashgan va berk dengiz bo‘lib,
suvning bug‘lanishi ko‘p, ammo to‘yilish manbalari cheklangan. Ushbu uchta asosiy sabab Orol
dengizining hozirgi holatga kelishiga, turli ekologik muammolarni keltirib chiqargan. Bu esa Orol
dengizining maydoni 1960-yillardan beri 90% ga kichrayishiga olib kelish bilan bir qatorda,
hududda cho‘llanish jarayoni avj oldi, yangi "Orolqum" cho‘li paydo bo‘ldi. Tuz va kimyoviy
moddalar shamol orqali minglab kilometr masofaga tarqalib, aholi sog’lig’iga salbiy ta’sir
ko’rsatib, tuproq va havoni ifloslantirmoqda. Orolbo’yi hududlarida yashovchi aholining asosiy
daromad manbasi bo’lgan baliqchilik sanoati ham yo‘q bo‘ldi.
Ayni paytda Orol dengizi deyarli qurib bo’lgan, bu fojia natijasida, ayniqsa, O’zbekiston,
Qozog’iston va Turkmaniston hududidagi ekologik vaziyat jiddiy yomonlashdi. So’nggi yillarda
suv tanqisligi bilan to’qnashayotgan mintaqada ekologik muammolar miqyosi kengaygan bo’lib,
suv resurslarini huquqiy muhofaza qilishni talab etadi Bu holat mintaqadan muvofiqlashgan
hamkorlikni talab etayotgani ta’kidlanadi. 2013-yilda Minskda MDHga a’zo davlatlarning atrof-
muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik to’g’risidagi yangi bitimiqabul qilinib, uning 4-
moddasida hamkorlikni ta’minlashni amalga oshirish maqsadida atrof-muhitni muhofaza qilish
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
485
sohasida Kengashning asosiy vazifalaridan biri atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi mavjud
qarorlarr ijrosini ta’minlash va muvofiqlashtirishga ko’maklashishdan iborat deya belgilangan.
3
Orol dengizini muhofaza qilishda mintaqalararo hamkorlik ham samarali ishlar amalga
oshirilmoqda. 1993-yil 4-yanvarda Markaziy Osiyoning beshta davlati Toshkentda Orolni
qutqarish xalqaro jamg‘armasini (OQXJ) tashkil etish to‘g‘risida tarixiy qaror qabul qildi va bu
qaror 1993-yil 26-martda Qizilo‘rda shahrida tasdiqlandi. 2008-yilda OQXJ BMT Bosh
Assambleyasida kuzatuvchi maqomiga ega bo‘ldi va bu xalqaro tashkilotni Orol dengizi mintaqasi
bo‘yicha bir qator rezolutsiyalarni qabul qilishga undadi.
4
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan
2023-yil 15-sentyabr kuni Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari
kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi. Bundan tashqari, 2017-2021-yillarda Orolboʻyi
mintaqasini rivojlantirish davlat dasturi, shuningdek Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari
bilan Orol dengizi havzasi va Orolboʻyi mintaqasida, unga yondosh Xorazm, Buxoro va Navoiy
viloyatlarida “yashil belbogʻ” yaratish boʻyicha tizimli ishlar olib borildi. “2030-yilga qadar
Oʻzbekiston Respublikasida oʻrmon xoʻjaliklar tizimini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
toʻgʻrisida”gi Prezident qarori esa bu maqsadlarni strategik ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Endilikda Orolboʻyi mintaqasida inson xavfsizligini taʼminlash boʻyicha koʻp tomonlama
Trast fondi faoliyatini kuchaytirish nihoyatda dolzarbdir. Oʻzi trast fondlar boshqaruv tuzilmasi
qarorlar qabul qilish, mablagʻlarni taqsimlash va hisobdorlik jarayonlaridagi aniqlik va tartiblilik
bilan ajralib turadi. Butun dunyo miqyosidagi 50dan ortiq BMTning bu kabi fondlari oʻzining
shaffoflik tamoyillari bilan ham gʻoyatda samarali ekanligini koʻrsatmoqda.
5
Orol muammosi mintaqalararo masala sifatida Markaziy Osiyo davlatlarining birgalikda
harakat qilishini talab qiladi. Bu muammoni hal etish faqat ekologik masalalar bilan cheklanib
qolmay, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hamkorlikni ham o‘z ichiga oladi. Uzluksiz xalqaro qo‘llab-
quvvatlash va mahalliy tashabbuslar bilan Orolbo‘yi hududining ekologik va iqtisodiy
barqarorligini tiklash mumkin. Mamlakatimizda atrof muhitni asrash, tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish hamda aholi o’rtasida tabiatga nisbatan do’stona munosabat ruhini kuchaytirish
borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, uch yil avval “Yashil makon”
umummilliy loyihasi boshlanib, qo‘shni mamlakatlar bilan birgalikda Mintaqaviy iqlim
3
Ekologiya huquqi. O’quv qo’llanma. H.I.To’xtashev. – T.: TDYU nashriyoti. “Lesson Press” nashriyoti, 2022-y. –
372-b
4
https://senat.uz/post/post-1303
- old.uwed.uz
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
486
strategiyasini amalga oshirishirib kelinmoqda. Toshkentda Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim
o‘zgarishlarini o‘rganish universiteti tashkil etilganligi ham bu ishlarning isbotidir.
Shu jumladan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining/ bosh vazir lavozimiga nomzodni
ko‘rib chiqish va Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakatlar
dasturi muhokamasiga bag‘ishlangan majlisda Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev
tomonidan 2025-yilni “Atrof- asrash va „yashil“ iqtisodiyot yili” deb e’lon qilishni taklif qilgan
edi. Bundan ham shuni anglash mumkinki, yurtimizda bundan keyin ham tabiatni muhofaza qilish,
Orol muammosi bo’yicha samarali yechimlar ustida islohotlar yanada jadallashadi.
Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda atrof-muhitni asrash, tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish har bir davlatning ichki va tashqi siyosatida asosiy vazifalardan biri bo’lib kelmoqda.
Xalqaro maydonda yuz berayotgan tabiiy ofatlar, qurg’oqchiliklar, mintaqamizdagi eng
katta fojia bo’lgan Orol muammosi biologik muvozanatning o’zgarishiga, inson salomatligiga
hamda shu kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqarmoqda. Bu muammo faqatgina bitta insonning
yoki aynan bir davlatning muammosi emas. Zero, atrof-muhitni asrash har bir insonga bog’liqdir.
Shunday ekan, buning uchun har birimiz birlashib, tabiatimizni himoya qilishimiz, kelgusi avlod
uchun sog’lom ekologik muhitni yaratishimiz zarur.
REFERENCES
1.
Karimov I. A. “Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha
hamkorlikni rivojlantirish” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilariga tabrigi.
//Xalq so‘zi. 2014 yil 30 oktyabr.
2.
O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit holati va tabiiy resurslardan foydalanish
to‘g‘risidagi Milliy ma’ruza // O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish
qo‘mitasi. – Toshkent: Chinor ENK, 2013.
3.
Ekologiya huquqi. O’quv qo’llanma. H.I.To’xtashev. – T.: TDYU nashriyoti. “Lesson
Press” nashriyoti, 2022-y. – 372-b
4.
Measuring Countries’ Cooperation Within the International Climate Change Regime’, 30
Environmental Science and Policy (2008) . . .
5.
Principles of International Environmental Law/ Philippe Sands, Jacqueline Peel, Adriana
Fabra and Ruth MacKenzie 2012
Internet saytlar:
6.
www.lex.uz
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
487
7.
https://www.ungeneva.org/en/about/topics/environment
8.
Orol muammosi, olam muammosi...
9.
https://senat.uz/post/post-1303
