ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
503
BOSHLANGʼICH TAʼLIMDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR ASOSIDA
FANLARARO INTEGRATSIYA IMKONIYATLARI VA STEAM TEXNOLOGIYASI
Olimova Gulnora
Sariosiyo tumanidagi 11-maktab oʼqituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14674850
Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlangʼich taʼlimdagi muhim integratsion jarayonlar,
zamonaviy metodik uslublar va texnologiyalar haqida maʼlumot berilgan.
Kalit soʼzlar: Boshlangʼich taʼlim, integratsiya, metod, gʼoya, fanlararovraqobat, bilish
imkoniyatlari, kommunikatsiya, STEAM texnologiya, oʼqituvchi mahorati, qobiliyat,
moderenzatsiya, raqobat, taʼlim sifati, interfaol uslub.
INTERDISCIPLINARY INTEGRATION OPPORTUNITIES AND STEAM
TECHNOLOGY BASED ON MODERN APPROACHES IN PRIMARY EDUCATION
Abstract. This article provides information about important integration processes, modern
methodological methods and technologies in primary education.
Keywords: Primary education, integration, method, idea, cross-disciplinary competition,
learning opportunities, communication, STEAM technology, teacher skills, ability, moderation,
competition, quality of education, interactive style.
ВОЗМОЖНОСТИ МЕЖДИСЦИПЛИНАРНОЙ ИНТЕГРАЦИИ И ТЕХНОЛОГИИ
STEAM НА ОСНОВЕ СОВРЕМЕННЫХ ПОДХОДОВ В НАЧАЛЬНОМ
ОБРАЗОВАНИИ
Аннотация. В статье представлена информация о важных интеграционных
процессах, современных методических приемах и технологиях в начальном образовании.
Ключевые слова: Начальное образование, интеграция, метод, идея, конкуренция
между предметами, возможности обучения, коммуникация, технология STEAM, навыки
учителя, способности, модернизация, конкуренция, качество образования, интерактивный
стиль.
Maʼlumki boshlangʼich taʼlimda bola oʼziga kerakli eng muhim maʼlumotlarni qabul qiladi,
idrok etadi, xotirasini takomillashtirib, dunyoqarashini kengaytiradi. Bu jarayonda, albatta,
zamonaviy tendensiyalar va rivojlanish omillari, qator texnologiyalar kerak boʼladi. Bugungi
kunda jahon hamjamiyatining taʼlimda va hayotda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish
koʼrsatkichi shiddat bilan oshib bormoqda.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
504
Buning sababi shuki, zamonaviy texnologiyalar bolaga keng koʼlamli maʼlumot beraoladi,
bola oʼz koʼzi bilan voqealikni koʼradi, xulosa chiqaradi va amaliyotda uni sinay oladi.Ayni vaqtda
fanlararo zamonaviy integratsion jarayonlar yaqqol koʼzga tashlanadi, koʼrinib turibdiki bu
oʼquvchining ijodiy mehnat faoliyatiga sezilarli darajada ijobiy taʼsir etadi. O'quv jarayonida
fanlararo aloqadorlik ta'minlangan sharoitda o'quvchilarning egallagan bilimlari samarali
rivojlanishi bilan bir qatorda ularning idrok etish qobiliyati, faolliklari, qiziqishlari, aqliy
intellektual imkoniyatlari ortishiga erishiladi. Fanlararo aloqadorlik tushunchasi o'quvchi shaxsida
mustaqil ishlash, ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish, darslarda faol ishtirokning yuzaga kelishi
orqali bilim, ko'nikma va malakalarni egallayolishda asosiy vosita bo'ladi. Hozirgi vaqtda ta'lim
jarayonida fanlararoaloqadorlik asosida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar,
pedagogik va axborot texnologiyalarni o'quv jarayonida qo'llashga bo'lgan qiziqish kundan-kunga
kuchayib bormoqda. Ta'limda fanlararo aloqadorlikning asosiy maqsadi boshlang'ich
maktabdayoq tabiat va jamiyat haqida yaxshi tasavvurasoslarini qo'yish va ularning rivojlanishi
qonunlariga o'z munosabatini shakllantirishdir.
Dars jarayonida o'quv materialini mavzular bo'yicha tahlil etish yo'li bilan turli o'quv
fanlarini qaysi mavzulari bir-biri bilan aloqadorligi yuzaki ravishda aniqlansa, tarkibiy tahlil etish
orqali o'quv materialining tashkil etuvchi tushunchalari, dalillari, qonuniyatlari, hukm, xulosalari,
tasavvurlari orasidagi aloqadorlik o'rnatiladi. Fanlararo aloqadorlik o'rnatish uchun o'quv materiali
mazmuni mantiqan, psixologik, didaktik, metodik va boshqa jihatlardan tahlil etadi. Pedagogik
amaliyotda o'quv materialini mavzular bo'yicha va tarkibiy tahlil etish usullaridan keng
foydalaniladi. Aniqlangan fanlararo aloqadorliklar sxematik, jadval, verbal shakllarda qayd etiladi.
Biroq, fanlararo aloqadorlikning qanday shaklda qayd etilishi undan foydalanuvchining
imkoniyatlariga bog'liq holda shakllantirish lozim. Hozirda maktab ta'limini integratsiyalash,
o'qituvchilar bolalarda qanday qilib dunyo to'g'risida yaxlit tushuncha hosil qilish va turli fanlar
bo'yicha bilimlarni yaqinlashtirish uchun bir butun dastur tuzish ahamiyati har doimgidanda
ahamiyatli hisoblanadi. Bu masalada bizga fanlararo aloqadorlik muhim asos bo'lib xizmat qiladi.
Integratsiyalangan darslar charchoqni va taranglikni o'quvchilardan oladi faoliyatning bir
turidan ikkinchisiga o'tishi hisobidan ziyraklik va hozirjavoblikka o'rgatadi.
Integratsiyalashgan dars o'qituvchidan qo'shimcha tayyorgarlik, katta bilimdonlik, yuqori
kasb mahoratini talab qiladi.O'qituvchi integratsiyalashgan darsda quyidagilarni e'tiborga olishi
kerak:darsning maqsadini, yangi ma'lumot manbalarini, har xil fanlarning ma'lumotlarini
birlashtirish, bilimlarning funksional yo'nalishini, fan mazmunini qayta ishlash, eski shakllarni
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
505
buzish, tizimda alohida bo'lgan elementlar orasida aloqalar yaratish.Fanlararo integratsiyaning
yana bir muhim maqsadidan biri, o'zi ishlayotgan olam haqida narsa va hodisalar orasidagi
bog'liqlik ta'minlashdan iborat. Misol sifatida matematika fanining boshqa fanlar bilan
bog'liqligini eslab o'tish joizdir. Bu jarayonda bolalar misollarni ishlab chiqishadi, ishlab
bo'lgandan so'ng ular javoblariga qarab, rasm tagidagi ko'rsatmaga binoan bo'yashadi bo'yalgan
rasmda tabiat manzarasi hosil bo'ladi. Misol yechish bilan bir qatorda tabiatni bizga ato etilgan
neʼmat ekanligini his etishadi.
Darhaqiqat, taʼlimda STEAM texnologiya anchayin rivojlangan.
Avvalo, STEAM bu — S — science, T — technology, E — engineering, A — art va M —
math. Ingliz tilida bu shunday bo’ladi: tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, san’at va
matematika. Ushbu yo’nalishlar zamonaviy dunyoda eng mashhur bo’lib kelayotganini unutmang.
Shuning uchun bugungi kunda STEAM tizimi asosiy tendentsiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda.
STEAM ta’limi yo’nalishi va amaliy yondashuvni qo’llash, shuningdek, barcha beshta sohani
yagona ta’lim tizimiga integratsiyalashuviga asoslangan. Bola oʼrgangan maʼlumotlarini faqat
miyasida aks ettirmay, balki qoʼllari yordamida ham gavdalantiraoladi.
Buning natijasida bolada obrazli xotira rivojlanadi. Bundan tashqari ilm-fan quvnoq
bo’lishi kerak, u o’quvchilar uchun qiziqarli va o’ziga jalb qiluvchi bo’lishi lozim.
Moderenzatsiya yaʼni rivojlanish davrida taʼlimda texnologiyalarga ehtiyoj katta
ahamiyatga ega. Negaki yosh avlod bir vaqtda koʼplab maʼlumotga ega boʼladi uni kelajakda ham
qoʼllay oladi.
Xulosa qilib aytganda, taʼlim jarayoni kundan kunga zamonaviylashib borar ekan, albatta,
texnologiyalarga ehtiyoj seziladi Texnologiyalar orqali oʼquvchilar maʼlumotni oson qabul qiladi.
Birgina STEAM dasturi imkoniyatlari orqali oʼquvchilar ongi rivojlanishi, muammoli
vaziyatlarga duch kelganda oʼzi mustaqil bilimiga tayanib yechim topish imkoniyati shakllanadi.
Oʼz gʼoyalarini esa haqiqatga aylantiradi.
REFERENCES
1.
Jumayev E.E. Boshlang'ich matematika nazariyasi va metodikasi
Abduqodirov R, Tolipov R, Xudoyberganov N, Tolipov M.Samarali dars.
2.
lug‘ati. Davlat ilmiy nashriyoti, -.: 2006. – jild.557 b.).
3.
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent. 2000.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
506
4.
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-qunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash
to‘qrisida O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. 2017 yil 6 aprel, 187-
son.
5.
Oliy ta’lim Davlat ta’lim strandarti. 5110100-Matematika o‘qitish metodikasi ta’lim
yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga
qo‘yiladigan talablar. Rasmiy nashr. - Toshkent. - 2013.
6.
Temurov S.Y. Bo‘lajak matematika o‘qituvchilarida kasbiy kompetentlikni
shakllantirishning nazariy asoslari. Monografiya. -T.: «Fan va texnologiya», 2014. 9
