Authors

  • Jonguloy Normuminova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.61276

Keywords:

ustoz-murabbiy komillik ilm-fan ta’lim-tarbiya ma’rifat barkamol inson shaxs kamoloti maktab ma’naviy meros.

Abstract

Ushbu maqolada "Tarbiya" darslarini Alisher Navoiyning pedagogik qarashlari asosida tashkil etishning nazariy asoslari yoritilgan. Alisher Navoiy ijodidagi ta’lim-tarbiya, insonparvarlik va axloqiy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan g‘oyalarning zamonaviy tarbiya jarayonidagi ahamiyati tahlil qilingan. Maqolada buyuk mutafakkirning asarlarida ifodalangan ma’naviy qadriyatlar orqali yosh avlodni barkamol shaxs sifatida shakllantirishga qaratilgan ta’limiy yondashuvlar ko‘rib chiqilgan.

background image

540

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

"TARBIYA" DARSLARINI ALISHER NAVOIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI

ASOSIDA TASHKIL ETISHNING NAZARIY ASOSLARI

Normuminova Jonguloy XXX

Iqtisodiy va pedagogika universiteti NTM magistranti

IPU NTM Pedagogika va o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti p.f.f.d., (PhD) Yo‘ldashev J.T.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14676362

Annotatsiya. Ushbu maqolada "Tarbiya" darslarini Alisher Navoiyning pedagogik

qarashlari asosida tashkil etishning nazariy asoslari yoritilgan. Alisher Navoiy ijodidagi ta’lim-

tarbiya, insonparvarlik va axloqiy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan g‘oyalarning

zamonaviy tarbiya jarayonidagi ahamiyati tahlil qilingan. Maqolada buyuk mutafakkirning

asarlarida ifodalangan ma’naviy qadriyatlar orqali yosh avlodni barkamol shaxs sifatida

shakllantirishga qaratilgan ta’limiy yondashuvlar ko‘rib chiqilgan.

Kalit so‘zlar: ustoz-murabbiy, komillik, ilm-fan, ta’lim-tarbiya, ma’rifat, barkamol

inson, shaxs kamoloti, maktab, ma’naviy meros.

THEORETICAL BASIS OF ORGANIZING "EDUCATION" LESSONS BASED ON

THE PEDAGOGICAL VIEWS OF ALISHER NAVOIY

Abstract. This article explores the theoretical foundations of organizing "Education"

lessons based on Alisher Navoi's pedagogical views. It analyzes the significance of the ideas

reflected in Alisher Navoi's works regarding education, upbringing, humanism, and the

development of moral virtues in the modern educational process. The article examines educational

approaches aimed at shaping the younger generation into well-rounded individuals through the

spiritual values expressed in the great thinker's works.

Key words: teacher-mentor, perfection, science, education and upbringing, enlightenment,

a well-rounded individual, personal development, school, spiritual heritage.

ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ОРГАНИЗАЦИИ УРОКОВ «ОБРАЗОВАНИЯ» НА

ОСНОВЕ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ВЗГЛЯДОВ АЛИШЕРА НАВОИ

Аннотация. В данной статье освещены теоретические основы организации уроков

«Воспитание» на основе педагогических взглядов Алишера Навои. Проанализировано

значение идей, направленных на формирование нравственности, гуманизма и моральных

качеств в творчестве Алишера Навои, в современном воспитательном процессе. В статье

рассмотрены образовательные подходы, направленные на формирование молодого

поколения как гармонично развитой личности через духовные ценности, выраженные в

произведениях великого мыслителя.

Ключевые слова: наставник, совершенство, наука, образование, просвещение,

совершенный человек, личное совершенство, школа, духовное наследие.


background image

541

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Kirish.

O‘tmishdagi buyuk mutafakkirlarning dono fikrlari, o‘gitlari, tafakkur mevalari va

ijodiy yutuqlarini o‘rganish, xalqimizning ma’naviy dunyosini kengaytirish bilan birga, yosh

avlodning barkamol inson bo‘lib yetishishida muhim vositalardan biri hisoblanadi. Shu nuqtayi

nazardan qaraganda, Sharq mutafakkirlaridan biri, o‘zbek adabiyotining zabardast siymosi, komil

inson g‘oyasini kuylovchi va buyuk mutafakkir Alisher Navoiy merosini o‘rganish, undan ta’lim-

tarbiya jarayonida foydalanish har bir pedagogning vazifasi hisoblanadi. Alisher Navoiy

xalqimizning tafakkuri va badiiy madaniyatining tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk

shaxsdir. U milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning g‘ururi va sha’ni bo‘lib,

o‘zining o‘lmas so‘z san’ati bilan dunyoga tanilgan. Ta`bir joiz bo‘lsa , olamda turkiy va forsiy

tilda so‘zlovchi biron bir inson yo‘qki , u Navoiy sadoqat va e`tiqod bilan qaramasa , “Agar bu

ulug‘ zotni avliyo desak , mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultoni ”, deb

ta’riflaydi Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov. [1].

Ushbu maqolada, "Tarbiya" darslarini Alisher Navoiyning pedagogik qarashlari asosida

tashkil etishning nazariy asoslari tahlil qilinadi. Navoiy pedagogikasining zamonaviy ta’lim

tizimiga qanday ta’sir ko‘rsatishi, uning insoniylikka asoslangan yondashuvlarining tarbiyaviy

ahamiyati va "Tarbiya" darslarini bu g‘oyalarga moslashtirishning muhimligi batafsil ko‘rib

chiqiladi.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili va tadqiqot metodoligiyasi.

Mazkur tadqiqot

mavzusi doirasida bir qancha olimlar, xususan, xorijiy tadqiqotchilar

E.V.Kvyatkovskiy,

B.T.Lixachev, P.M. Yakobson, O.Suxodolskaya- Kuleshova

va boshqalar Alisher Navoiyning

pedagogik qarashlari bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan. O‘quv-tarbiyaiy jarayonida milliy

ma’naviyatni tiklash, yoshlarni estetik (badiiy) tarbiyalashda Alisher Navoiyning merosining o‘rni

va roli S.K. Annamuratova, D.A. Djamolova, S.X. Fayzullina, R.X. Xasanov, A.Abdunabiyev,

Sh.Quronboyev, Sh.Kurbonov, T.Muradimova, S.Ochilov, A.Abdunabiyev, Sh.Quronboyev,

Sh.Kurbonov, T.Muradimova, S.Ochilovlarning asarlarida o‘z aksini topgan

Usullar.

Tadqiqotda quyidagi usullar qo‘llanildi:

Tahliliy usul:

Alisher Navoiyning pedagogik qarashlarini tahlil qilish orqali uning ta’lim

va tarbiya haqidagi g‘oyalarini aniqlash. Bu usul orqali Navoiyning asarlarida tarbiya, ilm, axloqiy

qadriyatlar va komil inson g‘oyalarini o‘rganiladi. Tahliliy usul o‘quvchilarni nafaqat Navoiy

asarlari bilan tanishtirish, balki ularning tarbiyaviy ma’nolarini chuqur tushunishga yordam beradi.

Muzokara usuli:

"Tarbiya" darslarida o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida muzokaralar

o‘tkazish. Alisher Navoiy pedagogikasining zamonaviy ta’limga tatbiq etilishi haqida fikr

almashish va muhokama qilish orqali Navoiy g‘oyalarini amaliyotga joriy etish imkoniyatlari

o‘rganiladi. Muzokara usuli o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirish va ularning axloqiy

qarashlarini shakllantirishga yordam beradi.


background image

542

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Matn tahlili:

Navoiy asarlarini pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilish. Bunda Navoiyning

Xamsa

asari yoki boshqa asarlaridan, xususan,

Mahbub ul-qulub

,

Lison ut-tayr

kabi she’riy

asarlaridan iqtiboslar olib, ularning pedagogik mazmunini, tarbiyaviy ahamiyatini aniqlash. Matn

tahlili usulini qo‘llash, Navoiyning fikrlarini zamonaviy pedagogika bilan bog‘lashda foydalidir.

Deskriptiv usul:

Alisher Navoiyning pedagogik qarashlarini batafsil tasvirlash va ularning

tarixiy, madaniy va ijtimoiy kontekstda qanday rivojlanganini o‘rganish. Deskriptiv usul orqali,

Navoiyning g‘oyalarining o‘ziga xos xususiyatlari, uning ta’limdagi roli va muhimligini aniq va

keng ko‘lamda tushuntiriladi.

Asosiy qism. Tahlil va natijalar

. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.

Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli “Harakatlar strategiyasi“ haqidagi

farmonining 4-ustuvor yo‘nalishi “Ijtimoiy sohani rivojlantirish”ga yo‘naltirilgan. Dasturning 4.4

bo‘limi “Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish” deb nomlangan bo‘lib, unda uzluksiz ta’lim tizimini

yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining

zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish, ta’lim

va adabiyotni o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish kabi masalalari

belgilangan. [2]. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 13-maydagi “Alisher Navoiy

nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini tashkil yetish

to‘gʼrisida”, 2017 yil 7-fevraldagi PF-4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish

bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘gʼrisida”gi qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa

meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu tadqiqot muayyan

darajada xizmat qiladi.

Buyuk alloma va shoir Alisher Navoiy umuminsoniy tarbiya borasida bir butun asar

yaratmagan bo‘lsa-da, u o‘zining fikrlarini deyarli barcha ilmiy va adabiy asarlarida ifodalagan.

Alisher Navoiy ilm-ma'rifat va ta'lim-tarbiya masalalarida insonparvarlik g‘oyalarini bosh

mezon sifatida ko‘rgan. Uning fikricha, inson dunyoda eng yuksak, aziz va qadrlidir. Navoiyning

barcha asarlari yoshlar tarbiyasiga muhim xazina bo‘lib xizmat qiladi, chunki u har bir so‘zini

o‘ylab, o‘rinli va unumli tarzda ishlatgan. Uning hikmatlari biz uchun ibrat va yo‘l-yo‘riqdir.

Alisher Navoiyning hayoti va merosi yoshlarda umuminsoniy fazilatlarni tarbiyalashda

yorqin namuna bo‘ladi. U o‘zining ta'lim-tarbiyaga oid mulohazalari bilan barkamol avlodni

tarbiyalashga katta hissa qo‘shgan. Uning g‘oyalari hozirgi kunda ham dolzarb va muhimdir. Har

bir o‘qituvchi, pedagog o‘z faoliyatida ta'lim va tarbiyani yanada samarali qilish uchun o‘z bilimini

va mahoratini doimiy ravishda rivojlantirishi, o‘quvchilar bilan bo‘ladigan munosabatlarni puxta

o‘ylab, ularning hissiyotlariga zarar yetkazmasdan ish olib borishi kerak. Muomala madaniyati,

o‘zini tuta bilish va nazorat qilish har bir tarbiyachining vazifasidir. Tarbiyachining dunyoqarashi

uning muomalasida o‘z ifodasini topadi. Muomilaning eng asosiy vositasi esa til hisoblanadi.


background image

543

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Xalqimizda: "Bola – shirin so‘zning gadosi", degan naql bor. Demak, tarbiyachi muomala

jarayonida ehtiyotkor bo‘lishi zarur. Alisher Navoiy muomala qiluvchi shaxsning mahorati haqida:

"Shirin so‘z ko‘ngillar uchun bamisoli asaldir", deb ta'kidlagan. Shuning uchun ham o‘qituvchi

har doim nutq madaniyatiga alohida e'tibor berishi, psixologik, estetik, jismoniy va axloqiy

jihatlarini o‘z faoliyatida namuna sifatida namoyon etishi zarur. O‘qituvchi o‘zining pedagogik

faoliyatida to‘g‘ri va adolatli bo‘lishi, ishlarni adolat bilan olib borishi kerak. Bu sifat, tarbiyachi

bilan o‘quvchi o‘rtasida ishonch va yaqinlikni kuchaytiradi, chunki adolat insonlar xulqini

baholashda muhim mezondir. Hazrat Alisher Navoiy aytganidek: “Loaqal bir harf o‘rgatgan

ustozning haqqini yuz ming ganj-u xazina bilan ham uzib bo‘lmaydi”. Bu hikmat bizning

ustozlarga nisbatan muqaddas hurmat va minnatdorlikni anglatadi. Alisher Navoiy yoshlarga

chuqur bilim berish uchun muallimlarning o‘zi ham bilimli va tarbiyali bo‘lishi zarurligini

ta’kidlaydi. U nodon va mutassib domlalarni tanqid qilib, o‘qituvchining ma’lumotli, bilimdon va

o‘qitish usullarini bilishi zarurligini ta'kidladi. Masalan, “Mahbub ul-qulub” asarida Navoiy

maktabda ishlayotgan o‘qituvchilarni o‘ta qattiqqo‘l, johil va ta’magirlikda tanqid qiladi. U o‘sha

davrdagi johil muallimlarni yosh bolalarga nohaq azob beruvchilar sifatida ko‘radi. Ularning

ko‘pchiligi o‘z ishiga nohaq yondoshib, bolalarga jismoniy va ruhiy azob yetkazishga odatlangan.

Shuningdek, ular o‘z tabiatlaridagi qattiqqo‘llik va achchiqlikni yosh bolalarga ham ko‘rsatishga

intilishadi. Ular kichik bolalarni qiynash, do‘q-po‘pisa qilish orqali ularga nisbatan o‘z

ustunliklarini namoyon etishga harakat qiladilar. Bu kabi muallimlar o‘zlarining qattiqqo‘lligi va

o‘z fikrlarini bolalar ustidan majburan amalga oshirishga intilishlari bilan ajralib turadi. Alisher

Navoiy bu kabi muallimlarni tanqid qilgan holda, ular yosh avlodni sog‘lom va bilimli, balki

xushxulq va ma’naviy yetuk shaxslar qilib tarbiyalashni talab qiladi. U o‘qituvchining o‘zi ham

ma’rifatli, hurmatga sazovor va xushmuomala bo‘lishi kerakligini o‘z asarlarida ta'kidlaydi.

Alisher Navoiy muallimning mehnatini ta'kidlar ekan, uning ishining qiyinligini va

mashaqqatini yuksak baholaydi. Uning fikricha, muallimning vazifasi oddiy bir ish emas. "Uning

ishi odam qo‘lidan kelmas, odam emas, balki dev ham qila bilmas," deb yozadi u. Bu,

o‘qituvchining mehnati naqadar og‘ir va murakkabligini anglatadi. Alisher Navoiy shunday

ta’kidlashicha, kuchli kishi ham yosh bolani tarbiyalashda ojizlik qilishi mumkin, lekin ustoz

bolalarga ilm va odob o‘rgatadi. Bu ishni bajarish juda katta mas’uliyatni talab etadi. Navoiyning

so‘zlariga ko‘ra, o‘qituvchi mehnati juda mashaqqatli, chunki u faqat bilim berish bilan

cheklanmay, shogirdlarni tarbiyalash, ularga ma’naviy va axloqiy fazilatlarni singdirish bilan ham

shug‘ullanadi. Bu jarayon yosh bolalarning tafakkurini shakllantirish va xulqini tuzatishda uzoq

va qiyin yo‘lni talab qiladi. "Shunisi ham borki, u to‘da bolaga ilm va odob o‘rgatadi, ko‘rkim

bunga nima yetsin," deya Navoiy o‘qituvchining yuksak xususiyatlarini va uning ishining


background image

544

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

murakkabligini ta’kidlaydi. U o‘qituvchi uchun yuzlab mashaqqatlar bilan yuzlashishga tayyor

bo‘lishini va uning bu og‘ir mehnatiga haqiqatan ham minnatdor bo‘lish zarurligini bildiradi.

Alisher Navoiy o‘qituvchining mehnatini qadrlab, shogirdlarga uning haqi ulug‘ligini

anglatadi, chunki agar shogird katta martabaga erishsa ham, u o‘z muallimiga qarshi bo‘lmasdan,

unga ehtirom ko‘rsatishi kerak. Bu g‘oya yosh avlodni muallimlarni qadrlashga va ularning

mehnatini yuksak baholashga undaydi. Alisher Navoiy yosh bolalarga ilm berish va tarbiya

masalasiga katta e’tibor qaratgan. Uning fikricha, farzandlarning tarbiyasi oilaning baxti va saodati

uchun asosiy omil hisoblanadi. Navoiy, shuningdek, bilimni insonning asl bezagi deb bilgan va

“Bilim va donishmandlik insonning bezagidir” degan. Bu so‘zlar uning ilmga bo‘lgan yuksak

hurmatini ifodalaydi. Farzandlarni ilmli va ma’rifatli qilib tarbiyalash, ularning shaxs sifatida

shakllanishi uchun juda muhimdir. Alisher Navoiy, yoshlarni to‘g‘ri tarbiyalash va o‘rgatishning

boshlanishi uchun ular 6 yoshga yetganda tarbiyachilarga yoki muallimlarga topshirilishi

kerakligini ta’kidlaydi. Bu yoshda bilim, ma’lumot va tarbiyaning asoslari yaratilib, kelajakda

shaxs sifatida to‘g‘ri rivojlanishiga zamin yaratish lozim deb hisoblaydi. U o‘z ilmiga amal

qilishni, o‘rganganlarini hayotda qo‘llashni juda muhim deb bilgan. Masalan, “Mahbub ul-qulub”

asarida u ilmni o‘qib, uni hayotga tadbiq etmagan kishini shudgor qilmagan dehqon yoki urug‘

sochib hosil olmaydigan kishiga o‘xshatadi. Bu misol orqali Navoiy ilmni amalda qo‘llashning

zarurligini, nafaqat bilim olishni, balki uni hayotga tatbiq etishni ham ta’kidlaydi.

Ilm o‘qib qilmagan amal maqbul,

Dona sochib ko‘tarmadi mahsul. [3].

Alisher Navoiy ilm olishda barcha fanlarni o‘rganishni, bilimni kengaytirishni va izchil

rivojlantirishni targ‘ib etgan. U ilm-fanni taraqqiy ettirish uchun olimlar va fozillarni birlashtirib,

ular orqali bilimi o‘zaro baham ko‘rishni, ilmiy tadqiqotlar va izlanishlarni rivojlantirishga katta

e’tibor bergan. Navoiy, bilimlarni o‘rganishda uzluksiz mehnat qilish, har qanday qiyinchiliklarni

yengib o‘tish zarurligini ta’kidlaydi. U qunt bilan ishlash, tirishqoqlik, izchillik va sabr bilan ilm

olishning muvaffaqiyatga olib kelishini o‘z asarlarida qayd etgan. Shuningdek, u ilmni oxirigacha

yetkazish, davomiylik va chidam bilan o‘rganish kerakligini ta’kidlaydi. Bu fikrlar uning ilm olish

tamoyillarini shakllantirishdagi eng muhim jihatlardir. Alisher Navoiy, ta’lim tizimini to‘g‘ri

tashkil etish, ilm olish imkoniyatlarini kengaytirish haqida ham o‘z fikrlarini bildirib, o‘quv

muassasalarida, madrasalarda o‘qish, olimlar, hunarmandlar va san’atkorlardan ilm olishni tavsiya

qiladi. Shuningdek, ilm olishda muallimning roli katta ekanligini ta’kidlab, ular bilimli va tarbiyali

bo‘lishi kerakligini uqtiradi. Bunday muallimlar shogirdlarni izzat va hurmatda tarbiyalashga

yordam beradi, deb aytadi. Shogirdlarni to‘g‘ri yo‘naltirish va ularning barkamol inson bo‘lib

shakllanishida ilm-fanning o‘rni beqiyosdir. [4].


background image

545

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Shunday qilib, Alisher Navoiyni pedagog-mudarris sifatida ta’riflash to‘g‘ri bo‘ladi. U

ta’lim va tarbiya masalalariga katta ahamiyat berib, tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, ilm-

fanni qadrlash va ta’limni rivojlantirish borasidagi fikrlarini aniq bayon etgan. Alisher Navoiy

ta’limda ilmiylik, asoslanganlik, tarixiylik kabi talablarni o‘z asarlarida ifodalagan va pedagogik

fikrlarini boyitgan. U ilm-fanning ahamiyatini ta’kidlab, uni qorong‘ulikni yoritadigan chiroq,

hayot yo‘lini nurafshon etadigan quyosh va odamlarning haqiqiy qiyofasini ko‘rsatadigan olim

sifatida tasvirlaydi. Navoiy, insonning aqlu zakovatiga ishonishi, ilmning kuchini anglash va unga

asoslanib hayotda muvaffaqiyatga erishishni o‘rgatadi. U pedagog sifatida yoshlarni ilmli,

ma’rifatli va barkamol insonlar qilib tarbiyalashga chaqiradi. Shu tarzda, Alisher Navoiy o‘zining

pedagogik qarashlari bilan nafaqat ilm-fan, balki jamiyatni rivojlantirishga ham hissa qo‘shgan

buyuk shaxsdir. Bu fikrni “Nazm ul-javohir” asarida:

Kim olim esa nuqtada barhak de oni,

Gap bazm tuzar bihishti mutlah de oni,

Har kimsaki yo‘q ilmga anga ahmoq de oni,

Majlisdaki ilm bo‘lsa uchmas de oni. [5].

Yoki ilmli, aqlli odam o‘z maqsadiga erishish uchun har qanday qiyinchilikka ham

chidaydi, kim ilmni o‘ziga tayanch qilib olsa, u hech qachon qoqilmaydi, xor bo‘lmaydi va

ilmning vazifasi inson baxt-saodatiga xizmat qilishdir, deb ta’kidlaydi. Demak, Alisher Navoiy

o‘zining badiiy asarlari bilan bir qatorda ta’limiy–axloqiy asarlarida o‘zi orzu etgan komil insonga

xos axloqiy fazilatlari deb qanoat, adolat, saxovat, himmat, muruvvat, vafo, to‘g‘rilik, rostgo‘ylik

va boshqalarni tushungan, ana shu xislatlar tarkib topgan insonga yomonlik razillik bo‘lmasligi,

bunday inson yashagan jamiyat ham ravnaq topishi, barcha xalq baxt-saodatga erishish mumkin,

deb hisoblagan.

Tadqiqot davomida quyidagi natijalar aniqlandi:

Alisher Navoiy o‘qituvchidan yuqori ma’naviyat va axloqiy yuksaklikni talab qilgan.

Maqolada shuni ta’kidlash joizki, Navoiy pedagogni nafaqat bilim beruvchi, balki shaxsiy

namuna ko‘rsatuvchi, o‘quvchilariga axloqiy fazilatlar bilan yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadigan shaxs

sifatida tasvirlaydi.

Navoiy tarbiyachi va muallimlarning vazifalarini aniq belgilab, ular tarbiya jarayonida

doimo shogirdlarning ma’naviy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashlari kerakligini ta’kidlagan.

Maqolada Navoiy yoshlarni ilm olishga, axloqni o‘rganishga, mehnatga va ijodga

o‘rgatishni ta’kidlagan. U o‘quvchilarga tarbiya bera turib, nafaqat bilim, balki ijtimoiy va axloqiy

mas’uliyatni ham o‘rgatishni maqsad qilgan.

Navoiy ta’lim tizimini mustahkamlash va rivojlantirish zarurligini ko‘rsatgan.


background image

546

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Maqolada Alisher Navoiy ta’lim tizimining ilmiy asoslarini belgilab, pedagogik faoliyatni

izchil ravishda takomillashtirish zarurligini ta’kidlagan.

Munozara

. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, "Tarbiya" darslarini Alisher Navoiyning

pedagogik qarashlari asosida tashkil etishning nazariy asoslari mavzusida quyidagi chora-

tadbirlarni amalga oshirish lozim:

Alisher Navoiy pedagogikasining asosiy g‘oyalarini o‘quv dasturlariga kiritish:

Navoiyning ilm, axloq va ma’naviyatni uyg‘un ravishda o‘rgatish g‘oyalarini o‘quv dasturlarida

mujassam etish, bu orqali o‘quvchilarga nafaqat bilim, balki axloqiy qadriyatlarni ham o‘rgatish

zarur.

O‘qituvchilarning ma’naviy-axloqiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash: O‘qituvchilarga

Alisher Navoiy pedagogikasining asoslarini o‘rganish va amaliyotda tatbiq etish uchun treninglar,

seminarlar tashkil qilish lozim. Bu, o‘qituvchilarni nafaqat ilmiy bilimlar, balki pedagogik axloqiy

fazilatlar bilan ham ta’minlashga yordam beradi.

Pedagogik faoliyatni izchil takomillashtirish: O‘qituvchilarning pedagogik mahoratini

oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishi kerak. Ular uchun ilg‘or pedagogik

metodlar, interaktiv o‘qitish texnologiyalari va Navoiy pedagogikasiga asoslangan yangi

yondoshuvlarni o‘rganish muhim.

Yoshlarni ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish: Yoshlarning ilmga bo‘lgan ehtiyojini va

qiziqishini oshirish uchun o‘qituvchilar Navoiy g‘oyalarini amalga oshirishda turli metod va

usullarni qo‘llashlari lozim. Bu, o‘quvchilarni ilm-fan, san’at va adabiyotga qiziqtirish, ularning

ma’naviy-axloqiy o‘sishini ta’minlashga yordam beradi.

O‘qituvchilarning shaxsiy namuna ko‘rsatishi: O‘qituvchilar shaxsiy namuna ko‘rsatish

orqali o‘quvchilarni tarbiyalashlari zarur. Alisher Navoiy o‘qituvchilarni shaxsiy yuksak axloqiy

fazilatlar bilan namuna bo‘lishga chaqirgan, shuning uchun ham o‘qituvchilar o‘zlariga yuqori

axloqiy va ma’naviy talablar qo‘yishlari kerak.

Tarbiyaning ma’naviy va axloqiy jihatlarini kuchaytirish: Darslar va tarbiya jarayonlari

orqali o‘quvchilarga Alisher Navoiy ta’limotiga muvofiq ravishda yuqori ma’naviy fazilatlar,

xulq-atvor me’yorlari va ijtimoiy mas’uliyatni o‘rgatish kerak.

Xulosa va takliflar.

Xulosa qilib aytganda, "Tarbiya" darslarini Alisher Navoiyning

pedagogik qarashlari asosida tashkil etish yoshlarning ma’naviy-axloqiy rivojlanishini

ta’minlashga, ilm-fan va madaniyatga bo‘lgan qiziqishni oshirishga, shuningdek, ta’lim tizimining

samaradorligini yanada oshirishga yordam beradi. Navoiy pedagogikasiga asoslanib, ta’lim-

tarbiya jarayonini takomillashtirish o‘quvchilarni yuksak axloqiy fazilatlar, ilmiy bilimlar va

ijtimoiy mas’uliyatga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Takliflar:


background image

547

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Alisher Navoiy ijodidan axloqiy-tarbiyaviy mazmunga ega parchalarni "Tarbiya"

darslarida qo‘llash. Jumladan, uning asarlaridagi insonparvarlik, halollik, adolat va ma’rifat

haqidagi fikrlarini mavzular asosida o‘rgatish;

"Tarbiya" darslarida rolli o‘yinlar, muhokamalar va sahna ko‘rinishlari orqali Alisher

Navoiy asarlaridagi axloqiy mavzularni yoritish;

Navoiy asarlaridan olingan axloqiy voqealarni o‘quvchilarga tahlil qildirish orqali

hayotiy xulosa chiqarishga o‘rgatish;

O‘quvchilarni ijodiy jarayonlarga jalb qilish.

REFERENCES

1.

Karimov I.A. Yuksak ma`naviyat –yengilmas kuch . T,: Ma`naviyat, 2008 y.

2.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони. Ўзбекистон Республикасини

янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида. Ўзбекистон

Республикаси Адлия вазирлиги. – Тошкент: “Адолат”, 2018. – 112 б.

3.

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami.Yigirma jildlik. 16-jild.T.: “Fan”, 2000. B. 26.

4.

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami.Yigirma jildlik.14-jild.Т.: “Fan”, 1998. –

B. 83.

5.

Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub. Asarlar. O‘n besh jildlik. 13-jild.– T.: “Badiiy adabiyot”

nashriyoti, 1966. – B. 189-190.

References

Karimov I.A. Yuksak ma`naviyat –yengilmas kuch . T,: Ma`naviyat, 2008 y.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони. Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида. Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги. – Тошкент: “Адолат”, 2018. – 112 б.

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami.Yigirma jildlik. 16-jild.T.: “Fan”, 2000. B. 26.

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami.Yigirma jildlik.14-jild.Т.: “Fan”, 1998. – B. 83.

Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub. Asarlar. O‘n besh jildlik. 13-jild.– T.: “Badiiy adabiyot” nashriyoti, 1966. – B. 189-190.