Authors

  • Abdulloh Toxirov
  • Fayzulla Qarshiboyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.61482

Abstract

Ushbu maqolada jamoat joylarida sodir etiladigan huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlikning mazmun-mohiyatini nazariy huquqiy asoslari tahlil qilingan, olimlarning fikrlari va amaliyotni o‘rganish natijalari asosida uni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar berilgan.

background image


Yanvar, 2025-Yil

180

MA`MURIY HUQUQBUZARLIKNING JAMOAT JOYLARIDA NAMOYON BO`LISHI

HAMDA HUQUQIY JIHATLARI

Toxirov Abdulloh

Bojxona instituti YUP-123, 2-kurs

Qarshiboyev Fayzulla

Umumhuquqiy fanlar kafedrasi boshlig’i,

bojxona xizmati podpolkovnigi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14671393

Annotatsiya. Ushbu maqolada jamoat joylarida sodir etiladigan huquqbuzarlik uchun

ma’muriy javobgarlikning mazmun-mohiyatini nazariy huquqiy asoslari tahlil qilingan,

olimlarning fikrlari va amaliyotni o‘rganish natijalari asosida uni takomillashtirishga qaratilgan

taklif va tavsiyalar berilgan.

Kalit so‘zlar: Davlat organlari, jamoat joylari, huquqbuzarlik uchun ma’muriy

javobgarlik, ichki ishlar organlari.

KIRISH

Mamlakatimizda sud-huquq tizimida amalga oshiriliyotgan islohotlar qonunchilik sohasini

tubdan takomillashtirishga yo‘naltirilgani, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy

manfaatlarining

ustuvorligiga

asoslanishi

jamiyatimizning

huquqiy

poydevorini

mustahkamlamasdan qolmaydi. A.Nasilloev ta’kidlaganidek, biror bir davlatda qonunlar yaratilar

ekan, o‘sha davlatning fuqarolari, shuningdek, u yerda bo‘lib turgan boshqa shaxslar uchun ushbu

qonunlar ularning ma’lum bir huquqlari ta’minlanishini kafolatlash bilan birgalikda ularga burch

va majburiyatlarni ham yuklaydi [1] degan mazmundagi fikri ham so‘zimizning isbotidir.

ADABIYOTLAR SHARHI

Bu borada, huquqshunoslar S.Rustamov va Sh.Qushboqovlar ham Davlat organlarida

ma’muriy islohotlarni amalga oshirishdan asosiy maqsad iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani

modernizatsiyalash, hududlarni har tomonlama rivojlantirish, aholining hayot darajasi va

farovonligini yuksaltirish bo‘yicha davlat siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirishga to‘sqinlik

qiluvchi qator tizimli muammo va kamchiliklarni bartaraf etishdir [2] deganlar.

Zero, Dj.X.Yuldashev aytganidek, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda asosiy

e’tibor shaxs huquqlarini kafolatlash darajasini oshirish masalasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib

qolmoqda [3]. Shu o‘rinda, yurtimizda qabul qilinayotgan qonunlaru, normativ-huquqiy

hujjatlarni ideal deb bo‘lmaydi. Qonunchilikdagi mavjud bo‘shliqlar, amalga oshirish


background image


Yanvar, 2025-Yil

181

mexanizmlari, shuningdek, muayyan tushunchalarning aniq ta’rifi mavjud emasligi, huquqni

qo‘llash sohasida bir qator bahsli va muammoli holatlarni keltirib chiqarmoqda.

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

Chunonchi, qonunchiligimizda “jamoat joyi” tushunchasi uchun aniq ta’rif berilmagan. Bu

esa O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining ayrim moddalarini

qo‘llash jarayonida bir qator tushunmovchiliklarga sababchi bo‘lmay qolmaydi. Zero, MJtKda

qayd etilgan epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish (54-m.), jamoat joylarida tamaki

mahsulotini iste’mol qilish (561-m.), mayda bezorilik (183-m.), fuqarolarning jamoat joylarida

ibodat liboslarida yurishi (1841-m.), sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi

mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurish (1852-m.), jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste’mol

qilish (187-m), tilanchilik qilish (1883-m.), bayroqlar va vimpellardan g‘ayriqonuniy foydalanish,

plakatlar, emblemalar va ramzlarni tayyorlash, tarqatish yoki taqib yurish (203-m.) hamda yong‘in

xavfsizligi qoidalarini buzish (211-m.) kabi huquqbuzarliklar nazarda tutilgan moddalarni

qo‘llashda bevosita “jamoat joyi” tushunchasiga duch kelamiz. Yuqorida qayd etganimizdek

qonunchiligimizda “jamoat joyi” tushunchasining aniq, yagona ta’rifi mavjud emas. Shu bois

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning tashabbusi bilan “Xavfsiz poytaxt”, “Xavfsiz shahar”,

“Xavfsiz turizm” dasturiy kompleksi ishga tushirildi.

Biroq, qonun chiqaruvchi, ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga jamoat joylari ro‘yxatlarini

kiritgan. Masalan, “Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash

to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasida quyidagilar jamoat joylari sifatida ta’kidlangan: -

statsionar savdo ob’ektlari, umumiy ovqatlanish korxonalari; - kinoteatrla, teatrlar, sirklar, konsert,

ko‘rik va ko‘rgazma zallari, ommaviy dam olish uchun mo‘ljallangan boshqa yopiq inshootlar; -

klublar, diskotekalar, kompyuter zallari, Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish bo‘yicha

xizmatlar ko‘rsatish uchun jihozlangan xonalar, boshqa ko‘ngilochar (bo‘sh vaqt o‘tkaziladigan)

joylar; - muzeylar, axborot-kutubxona muassasalari, ma’ruzaxonalarda; - mahalliy va uzoqqa

qatnaydigan poezdlar, shahar atrofiga qatnaydigan poezdlarning vagonlari (shu jumladan

tamburlari), daryo kemalari, shaharda, shahar atrofiga, shaharlararo va xalqaro qatnaydigan

avtobuslar, taksilar, yo‘nalishli taksilar hamda shahar elektr transporti, shuningdek havo kemalari;

- yer osti o‘tish joylari, transport bekatlari va avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash

joylari; - aeroportlarning, temir yo‘l, avtomobil vokzallarining va suv transporti bekatlarining

binolari; - davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining,

shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning binolari; - sog‘liqni saqlash tizimi


background image


Yanvar, 2025-Yil

182

muassasalari va tashkilotlari, ta’lim muassasalari, jismoniy tarbiya- sog‘lomlashtirish va sport

inshootlari; - ish joylari bo‘lgan xonalar; - ko‘p kvartirali uylarning yo‘laklari, shuningdek uylar

oldi hududida joylashgan bolalar va sport maydonchalari; xiyobonlar, bog‘lar, ko‘chalar.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasining “Alkogol va tamaki mahsulotlarining

tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonun 19-moddasida ish joylari,

ko‘chalar, stadionlar, xiyobonlar, istirohat bog‘lari, jamoat transportining barcha turlari, sog‘liqni

saqlash, ta’lim, sport- sog‘lomlashtirish muassasalari, yong‘in chiqish xavfi bo‘lgan joylar, shu

jumladan avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari jamoat joylari sirasiga kiritilgan. Biroq

ushbu ro‘yxatlar qoida tariqasida kiritilmagan bo‘lib, ularning doirasi yanada kengayishi

mumkinligini istisno etib bo‘lmaydi. Shu o‘rinda, bu borada E.X.Norbo‘taev ta’kidlaganidek,

olimlarning fikrlari va amaliyotni o‘rganish natijalari asosida uni takomillashtirishga qaratilgan

taklif va tavsiyalar ishlab chiqish zarur.

Bundan tashqari, huquqshunos olimlarimiz ham jamoat joyiga o‘z fikr mulohazalarini

bildirgan bo‘lib, jumladan, A. Xudayberdiev va Yu. Iskandarovlar jamoat joyini xususiyatiga

ko‘ra 4 guruhga bo‘lishni lozim ko‘rishgan bo‘lib bular quyidagilar:

doimiy jamoat joylari

– ko‘chalar, maydonlar, xiyobonlar, sohillar, tegishli idoralar

tomonidan kecha-yu kunduz faoliyat olib borishiga ruxsat berilgan dam olish maskanlari, jamoat

transportlari;

davriy jamoat joylari

– tegishli idoralar tomonidan kunlik va mavsumiy ish vaqti belgilab

berilgan joylar, ya’ni plyajlar, usti ochiq va yopiq kinoteatrlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini

terib olish uchun fuqarolarning uyushgan holda to‘planadigan dala maydonlari, muzeylar,

kutubxonalar, klublar, barcha turdagi davolanish muassasalari (ichki tartib-qoidalarga ko‘ra

tashrif vaqti belgilangan, ya’ni bemorlarni ko‘rishga kelganlarning kirishiga ruxsat berilgan

vaqtlar), umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat ko‘rsatish joylari, choyxona, restoran, bar, kafelar

kiradi (kirish-chiqish joylari alohida nazoratga olinganlari bundan mustasno);

bir martalik jamoat joylari

– fuqarolarning uyushgan holda shahar tashqarisidagi ochiq

maydonlarga, tog‘larga va adirliklarga sayilga chiqish joylari; ko‘cha – sutkaning har qanday

vaqtida barcha uchun ochiq bo‘lgan joylar, ya’ni transport yoki piyodalar harakatlanadigan

yo‘laklar, ko‘chalar, maydonlar, xiyobonlar, sohillar, ko‘priklar, estakadalar, jamoat transportlari

bekatlari, plyajlar, bozorlar, istirohat bog‘lari (faoliyat olib borish vaqti chegaralanmagan bo‘lsa),

tor ko‘chalar, boshi berk ko‘chalar, umumiy hovlilar (xususiy hovlilar hamda eshiklari

yopiladiganlari bundan mustasno), ko‘p qavatli uylarning pod’ezdlari (yopiladiganlardan


background image


Yanvar, 2025-Yil

183

tashqari), o‘rmon park zonalari, karerlar, yalangliklar, ochiq suv havzalarining qirg‘oqlari va

bevosita suv havzalarini jamaoat jaylari deb biladi.

Shu nuqtai nazardan IIV tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasi huquqni qo‘llovchilar

uchun ishonchli tayanch nuqtasi bo‘lishi mumkin. Unda jamoat joyi deganda to‘siqsiz kirish

(bo‘lish) uchun ochiq bo‘lgan, yoxud fuqarolarning turli ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun

mo‘ljallangan joydagi uchastkalar, binolar, xonalar, inshootlar, ularning qismlari, shuningdek

transport kommunikatsiyalarini tushunish taklif etilgan. Jamoat joylari tasnifi esa ularning ochiq

bo‘lish vaqti mezoniga asoslangan:

doimiy tusdagi

– hududda fuqarolarning doimiy bo‘lishi yoki doimiy bo‘lish imkoniyati,

muayyan vaqtda faoliyat yuritish rejimi belgilanmagani va fuqarolar doimiy yashaydigan

ob’ektlarning mavjud bo‘lishi bilan tasniflanadi. Bular – transport magistrallari, ko‘chalar, turar

joy dahalari, mahallalar, mavzelar, mikrorayonlar hududlari, aeroportlarning, temir yo‘l,

avtomobil vokzallarining va suv transporti bekatlarining binolari va h.k.;

vaqtincha tusdagi

– fuqarolarning vaqtincha bo‘lishi yoki vaqtincha bo‘lish imkoniyati,

muayyan vaqtda faoliyat yuritish rejimi belgilangani va fuqarolar doimiy yashaydigan

ob’ektlarning mavjud emasligi bilan tasniflanadi. Ularga xiyobonlar, maydonlar, madaniyat va

istirohat bog‘lari, savdo, ko‘ngilochar, savdo-ko‘ngilochar komplekslari va markazlari,

gipermarketlar, supermarketlar, bozorlar va fuqarolar ommaviy to‘planadigan boshqa joylar va

h.k. kiradi;

bir martalik tusdagi

– ommaviy jamoat, qishloq xo‘jaligi yoki boshqa ishlar va

tadbirlarni, shu jumladan ular ommaviy bo‘lgan paytda tantanali tadbirlar, diniy marosimlarni

o‘tkazish paytida ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan ob’ektlar va joydagi alohida uchastkalar.

XULOSA VA MUNOZARA

Ushbu huquqbuzarlikni mazmun mohiyatini ochib berishdan maqsad jamoat joylarida

sodir etiladigan huquqbuzarliklarning mazmunini yortishdir. Shuni aytishimiz mumkinki jamoat

joylarida sodir etiladigan huquqbuzarliklarning mazmuni va moxiyati quyidagilarda namoyon

bo‘ladi. Jumldan:

birinchidan

, jamaot joylarida sodir etiladigan huquqbuzarliklar asosan jamoatning huquq

va erkinliklariga qaratiladi;

ikkinchidan

, ushbu huquqbuzarlik sodir etilish joyi jamat joyi bo‘lishi kerak. Ya’ni sodir

etilgan huquqbuzarlik uchun aynan MJtK bilan belgilangan joy (misol uchun 561-modda) yoki

Jamoat tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar bobiga kiruvchi moddalar;


background image


Yanvar, 2025-Yil

184

uchinchidan

, jamoat joylarida sodir etiladigan huquqbuzarliklarni o‘rganishda qoida

tariqasida faqat MJtK Jamoat tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar bobidagi

huquqbuzarliklarni kiritish noto‘g‘ri bo‘lib ushbu bobning mazmuni nazarimizda jamoat joyiga

emas balki jamoat tartibiga qaratilgani bilan jamoat joylarida

REFERENCES

1.

Nasilloev A. Ichki ishlar organi xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik huquqbuzarligi

uchun javobgarlikning nazariy jihatlari //Eurasian Journal of Law, Finance and Applied

Sciences. – 2022. – T. 2. – №. 11. – S. 27-33

2.

Мирабдуллаева, Ш. А. (2025). ФОРМИРОВАНИЕ ЛИДЕРСКИХ КАЧЕСТВ У

ВОЕННОСЛУЖАЩИХ.

ANALYSIS OF MODERN SCIENCE AND INNOVATION

,

1

(4),

117-124.

3.

Наршабаева, А. Ю. (2021). РОЛЬ РОДНОГО ЯЗЫКА В ОБУЧЕНИИ

ИНОСТРАННОМУ ЯЗЫКУ НА ОСНОВЕ БИЛИНГВИЗМА: Наршабаева Алия

Юмутбаевна Старший преподаватель, Кафедра иностранных языков Нукусского

государственного педагогического института имени Ажинияза.

Образование и

инновационные исследования международный научно-методический журнал

, (6),

27-39.

4.

Наршабаева, А. Ю. (2021). Совершенствование педагогического механизма развития

у студентов культуры межнационального общения на основе билингвального

подхода.

Глобальный научный потенциал

, (5), 135-140.

5.

Yumutbaevna, N. A. (2021). EDUCATING STUDENTS FOR TOLERANCE IN A

BILINGUAL LEARNING ENVIRONMENT.

Berlin Studies Transnational Journal of

Science and Humanities

,

1

(1.5 Pedagogical sciences).

6.

Yumutbaevna, N. A. (2022). Pedagogical issues of formation of tolerance among youth in

conditions of globalization.

7.

Журакулов, Р. Д., & Журакулий, Г. Р. (2024, October). Клишированные образования

в текстах сказки. In

Conference Proceedings: Fostering Your Research Spirit

(pp. 77-80).

8.

Sharifboyeva, R., & Juraquliy, G. R. (2024, April). ROLE OF PHONETICS IN

LEARNING ENGLISH. In

Conference Proceedings: Fostering Your Research Spirit

(pp.

228-231).


background image


Yanvar, 2025-Yil

185

9.

Alimov, S. K. (2024). THE ROLE OF NATIONAL IDEOLOGY IN THE

DEVELOPMENT OF THE COUNTRY. Web of Humanities: Journal of Social Science

and Humanitarian Research, 2(6), 59-62.

10.

Kodirovna, Y. D. (2022). Peculiarities of teaching English based on a communicative

approach to students of the Tourism department.

International journal of

pedagogics

,

2

(10), 68-71.

11.

Botir o’g’li, R. S. (2024). CRIMINAL LIABILITY FOR FRAUDULENT

ENTREPRENEURSHIP. Web of Teachers: Inderscience Research, 2(12), 94-97.

12.

Muxammadixonovna, I. S., & Alimardon og, A. T. (2024). YANGI OZBEKISTONDA

MEHNAT HUQUQINING RAQAMLASHTIRISH.

SCIENTIFIC ASPECTS AND

TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH

,

2

(20), 77-81.

13.

Байназаров, М. М., Миркасимова, Х. Х., Саидалиев, С. С., Камолходжаев, Д. А., &

Тураев, Б. Ш. (2023). Выявление маркеров хантавирусной инфекции в Узбекистане.

14.

To'rayev,

B.

(2024).

БИРЛАМЧИ

ТИББИЙ-САНИТАРИЯ

ЁРДАМИ

МУАССАСАЛАРИНИНГ ЭРКАКЛАР РЕПРОДУКТИВ САЛОМАТЛИГИНИ

САҚЛАШГА ҚАРАТИЛГАН ФАОЛИЯТИНИНГ АЙРИМ ЖИҲАТЛАРИ.

15.

Ишанходжаева, Г. Т. (2023). Нейропсихологическое исследование когнитивной

деятельности у детей нейросенсорной тугоухостью.

16.

Rakhimbaeva, G. S., Ishankhodzhaeva, G. T., & Asomova, N. I. (2022). COGNITIVE

DISORDERS DEGREE IN CHILDREN WITH POST-COVID SYNDROME.

British

Medical Journal

,

2

(3).

17.

“Elektron hukumat to’g’risida”gi Qonun.

18.

Rustamov, S., & Qushboqov, Sh. (2022). O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar

konsepsiyasining jazoni ijro etish departamenti faoliyatidagi o‘rni.

Eurasian Journal of

Law, Finance and Applied Sciences

,

2

(10 Special Issue), 28-31.

19.

Yuldashev D. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tiklashga doir munosabatlarni

tartibga

soluvchi

milliy

qonunchilik

normalarini

takomillashtirish //Yurist

axborotnomasi. – 2021. – T. 2. – №. 3. – S. 8-13

References

Nasilloev A. Ichki ishlar organi xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik huquqbuzarligi uchun javobgarlikning nazariy jihatlari //Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences. – 2022. – T. 2. – №. 11. – S. 27-33

Мирабдуллаева, Ш. А. (2025). ФОРМИРОВАНИЕ ЛИДЕРСКИХ КАЧЕСТВ У ВОЕННОСЛУЖАЩИХ. ANALYSIS OF MODERN SCIENCE AND INNOVATION, 1(4), 117-124.

Наршабаева, А. Ю. (2021). РОЛЬ РОДНОГО ЯЗЫКА В ОБУЧЕНИИ ИНОСТРАННОМУ ЯЗЫКУ НА ОСНОВЕ БИЛИНГВИЗМА: Наршабаева Алия Юмутбаевна Старший преподаватель, Кафедра иностранных языков Нукусского государственного педагогического института имени Ажинияза. Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал, (6), 27-39.

Наршабаева, А. Ю. (2021). Совершенствование педагогического механизма развития у студентов культуры межнационального общения на основе билингвального подхода. Глобальный научный потенциал, (5), 135-140.

Yumutbaevna, N. A. (2021). EDUCATING STUDENTS FOR TOLERANCE IN A BILINGUAL LEARNING ENVIRONMENT. Berlin Studies Transnational Journal of Science and Humanities, 1(1.5 Pedagogical sciences).

Yumutbaevna, N. A. (2022). Pedagogical issues of formation of tolerance among youth in conditions of globalization.

Журакулов, Р. Д., & Журакулий, Г. Р. (2024, October). Клишированные образования в текстах сказки. In Conference Proceedings: Fostering Your Research Spirit (pp. 77-80).

Sharifboyeva, R., & Juraquliy, G. R. (2024, April). ROLE OF PHONETICS IN LEARNING ENGLISH. In Conference Proceedings: Fostering Your Research Spirit (pp. 228-231).

Alimov, S. K. (2024). THE ROLE OF NATIONAL IDEOLOGY IN THE DEVELOPMENT OF THE COUNTRY. Web of Humanities: Journal of Social Science and Humanitarian Research, 2(6), 59-62.

Kodirovna, Y. D. (2022). Peculiarities of teaching English based on a communicative approach to students of the Tourism department. International journal of pedagogics, 2(10), 68-71.

Botir o’g’li, R. S. (2024). CRIMINAL LIABILITY FOR FRAUDULENT ENTREPRENEURSHIP. Web of Teachers: Inderscience Research, 2(12), 94-97.

Muxammadixonovna, I. S., & Alimardon og, A. T. (2024). YANGI OZBEKISTONDA MEHNAT HUQUQINING RAQAMLASHTIRISH. SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH, 2(20), 77-81.

Байназаров, М. М., Миркасимова, Х. Х., Саидалиев, С. С., Камолходжаев, Д. А., & Тураев, Б. Ш. (2023). Выявление маркеров хантавирусной инфекции в Узбекистане.

To'rayev, B. (2024). БИРЛАМЧИ ТИББИЙ-САНИТАРИЯ ЁРДАМИ МУАССАСАЛАРИНИНГ ЭРКАКЛАР РЕПРОДУКТИВ САЛОМАТЛИГИНИ САҚЛАШГА ҚАРАТИЛГАН ФАОЛИЯТИНИНГ АЙРИМ ЖИҲАТЛАРИ.

Ишанходжаева, Г. Т. (2023). Нейропсихологическое исследование когнитивной деятельности у детей нейросенсорной тугоухостью.

Rakhimbaeva, G. S., Ishankhodzhaeva, G. T., & Asomova, N. I. (2022). COGNITIVE DISORDERS DEGREE IN CHILDREN WITH POST-COVID SYNDROME. British Medical Journal, 2(3).

“Elektron hukumat to’g’risida”gi Qonun.

Rustamov, S., & Qushboqov, Sh. (2022). O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasining jazoni ijro etish departamenti faoliyatidagi o‘rni. Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences, 2(10 Special Issue), 28-31.

Yuldashev D. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tiklashga doir munosabatlarni tartibga soluvchi milliy qonunchilik normalarini takomillashtirish //Yurist axborotnomasi. – 2021. – T. 2. – №. 3. – S. 8-13