2025
JANUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 1
209
ERGASH G'OZIYEV ILMIY MEROSINING O'ZBEKISTON PSIXOLOGIYA FANI
TARQIYOTIDAGI O'RNI.
Egamberdiyeva Dilfuza Abduazim qizi
GulDU magistri.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14631325
Anontatsiya.
Ushbu maqolada O‘zbekiston psixologiya fani rivojlanishiga Ergash
G‘oziyevning qo‘shgan hissasi beqiyos ekanligi, uning ta‘lim jarayonida o‘quvchilarning
tafakkurini o‘sishi, o‘quv faoliyatini boshqarish, tafakkur, xotira, shaxs psixologiyasi masalalari,
bilish nazariyasini psixologik muammolari, komil insonni tarbiyalashning psixologik asoslari
kabi masalalarga e’tibor qaratganini ta’kidlab o‘tish joiz.
Kalit so‘zlar:
Psixologiya, ontogenez, individ, yosh davrlari, shaxs, ruhiyat, psixika va b.
РОЛЬ НАУЧНОГО НАСЛЕДИЯ ЭРГАША ГАЗИЕВА В РАЗВИТИИ
ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ НАУКИ В УЗБЕКИСТАНЕ.
Аннотация.
В данной статье бесподобен вклад Эргаша Гозиева в развитие
психологии Узбекистана, рост мышления учащихся в учебном процессе, управление учебной
деятельностью, мышление, память, психология личности, а также психологические
проблемы теория познания. Следует отметить, что он уделял внимание таким вопросам,
как психологические основы воспитания совершенного человека.
Ключевые слова:
Психология, онтогенез, личность, возрастные периоды, личность,
психика, психика и др.
THE ROLE OF ERGASH G'OZIYEV'S SCIENTIFIC HERITAGE IN THE
DEVELOPMENT OF PSYCHOLOGICAL SCIENCE IN UZBEKISTAN.
Abstract.
In this article, the contribution of Ergash Ghoziyev to the development of the
psychology of Uzbekistan is incomparable, the growth of students' thinking in the educational
process, the management of educational activities, thinking, memory, personality psychology, and
the psychological problems of the theory of knowledge, it should be noted that he paid attention
to such issues as the psychological foundations of raising a perfect person.
Key words:
Psychology, ontogenesis, individual, age periods, personality, psyche, psyche,
etc.
Ergash
G
‘
oziyevich
G
‘
oziyev
– olim, O‘zbekistonda psixologiya fani va psixologik
taʼlim tashkilotchisi, nazariy, eksperimental va amaliy psixologiya sohasida fundamental va
amaliy ishlanmalar yaratishga salmoqli hissa qo‘shgan pedagog.
2025
JANUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 1
210
Mubolag‘asiz aytish mumkinki, nafaqat mamlakatimizning psixologik, balki ilmiy
jamoatchiligida E.G‘.G‘oziyevni shaxsan yoki kitoblari, darsliklari va ilmiy nashrlari orqali
tanimaydigan odamni topish qiyin. E.G‘.G
‘
oziyev bilan shaxsiy yoki kasbiy muloqot qilish, uning
psixologiya fani va amaliyotining rivojlanishini tushunish ko‘lami qanchalik chuqur ekanligini
ko‘rish imkonini berardi.
G‘oziyevning ilmiy ishlariga yuzlansak, uning erishgan yutuqlarini masalan talim
jarayonida o‘quvchilarning tafakkurini o‘sishi, o‘quv faoliyatini boshqarish, tafakkur, xotira,
shaxs psixologiyasi masalalari, bilish nazariyasini psixologik muammolari, komil insonni
tarbiyalashning psixologik asoslari kabi masalalarga e’tibor qaratganini ta’kidlab o‘tish joiz.
Mavzuyimizga qaytar ekanmiz shaxs o‘zi kim degan savol tug‘iladi. Shaxs bu o‘z
ajdodlari takrorlagan tarixiy va sifatiy o‘zgarish yo‘lini bosib o‘tayotgan vaqtda psixologik
va jismoniy rivojlanishni har hil ko‘rsatkichlarini namoyon etadigan individni biz shaxs deb
ataymiz. Shaxs bu ijtimoiy jamiyatning mahsuli sanaladi. G‘oziyevning fikriga ko‘ra katta
yoshdagi ruhiy sog‘lom odam ham, chaqaloq ham nutqi yo‘q oddiy ma’lumotni o‘zlashtira
olmaydigan aqli zaiflar ham barchasi individ hisoblanadi. Biroq bularning barchasiga shaxs
deb qarash an’anaga aylanib qolgan, chunki o‘sha zotgina ijtimoiy mavjudot, ijtimoiy
munosabatlar mahsuli, ijtimoiy taraqqiyotning faol qatnashchisi deb hisoblanadi. Individ
sifatida yorug‘ dunyoga kelgan odam keyinchalik ijtimoiy muhit ta’sirida shaxsga aylandı. Ergash
G‘oziyev shaxsni bolalik chog‘laridanoq individ sifatida muayyan ijtimoiy munosabatlar
tizimiga tortilishini, bunday munosabatlar tarzi tarixiy shakllangan bo‘lib, u yoshligidanoq
shu tayyor munosabatlar, muomala, muloqot tizimi bilan tanisha borishini ta’kidlagan,
Shuningdek o‘zining “Umumiy psixologiya” asarida chet el psixologiyasida, sobiq savet
psixologiyasida Shaxs tushunchasini, uning nazariyalarini ilgari surgan, kashfiyotlar qilgan
olimlar haqida ularning nazariyalarining qisqacha tahlilini yoritib beradi. Bundan tashqari u
endopsixika va ekzopsixikaga alohida urg‘u berib ketadi. Mavzuyimizni asosidagi “rivojlanish”
so‘zi bu oddiy darajadan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlarni o‘zgarib yoki yo‘qolib
o‘rniga yangilarini paydo bo‘lishiga aytiladi. Hamma narsa rivojlanishga intilgani singari,shas
ham rivojlanishga,o‘sishga intiladi. Uning rivojlanishini tushuntirish uchun davrlarga ajratiladi.
Shaxning rivojlanishini yosh davrlarda deyarli barcha olimlar ifodalagan ularning asosiy
birlashtirib turadigan ma’lumotlaridan olingan statistik tahlilga ko‘ra quyidagi davrlarni eng
to‘g‘risi deb belgilangan. Ular:
1. Go‘daklik davri, 1 oylikdan bir yoshgacha;
2. Bog‘chagacha bo‘lgan yosh davri. 1 yoshdan 3 yoshgacha.
2025
JANUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 1
211
3. Maktabgacha talim davri. 3 yoshdan 7 yoshgacha.
4. kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar 7. 11. 12 yoshgacha.
5. O‘rta dava o‘quvchilari. 14. 15 yosh davrlari,
6. Katta yoshdagi davor. o‘spirinlar davri 16. 17 yosh. Eng so‘nggi davr o‘spirinlik davrida
jinsiy yetilish, mustaqillik davri boshlanadi. Bu yoshda yoshlar o‘z fikrlarini mustaqil
ifodalashga kirishadilar va shaxslik hislatlarini ifodaklashga harakatqiladilar. Aynan shu
davrgacha rivojlanayotgan shaxs hayotida qo‘llaydigan ko‘plab odat va xarakterlarini
o‘zlashtirib olgan bo‘ladi. Ushbu ma’lumotlarning barchasini G‘oziyev asarlarida keng yoritib
berdi.
Shaxsning rivojlanishi bevosita Ontogenez bilan bog‘liq hisoblanadi. Psixika ontagenezi
insonning tug‘ilganidan to umrining yakunigacha davom etadigan uzluksiz rivojlanish sanaladi.
Insonning psixikasini rivojlantiruvchi ikkita omil mavjud birinchisi biologik, ikkinchisi
sotsial omillar. Bu omillar individning shaxs bo‘lib shakllanishida muhim ro‘l o‘ynaydi. Jamiyat
va muhit bo‘lmasa individ hech qachon shaxs bo‘lib shakllana olmaydi. Inson jamiyatning
mahsuli o‘laroq boshqa shaxslar bilan muloqotga kirishadi,axborot almashadi,munosabatlar
o‘rnatadi. Agar ijtimoiy muhit bo‘lmasa individ o‘zgarmasdan qoladi,agarda individ shaxs bo‘lb
rivojlangan bo‘lsa,u holda o‘zi o‘zining individ darajasiga tushmaslikka harakat qiladi. Bu
hodisalar ham nazariy ham amaliy fanda isbotini topgan.
Inson shaxs bo‘lib shakllanar ekan nutqning o‘rni katta ahamiyat kasb etadi. Nutq
yordamida shaxs tashqi muhit bilan ma’lumot almashadi,o‘z his-tuyg‘ularini nutq orqali
bayon qiladi.
Nutq rivojlanmagan insonlarda aqliy rivojlanishdan orqada qolish kuztiladi. Biz 2 yoki 3
yoshli chaqaloqni hozirdan shaxs deb qarasak bo‘ladi agar uning nutqi shakllangan bo‘lsa. Biz
nega psixika ontagenezi haqida gapiryabmiz chunki individning shaxs bo‘lib rivojlanishida uning
psixikasi katta ro‘l o‘ynaydi. Ruhan sog‘lom ammo jismonan imkoniyati cheklangan odam
bilan ruhiy hasta insonni nisbiy qilib oladigan bo‘lsak, ruhiy sog‘lom inson ancha oldinda turadi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, ruhiyat shaxs rivojlanishida katta ahamiyatga ega.
Insonning ruhiyati shakllanadi biologik, irsiy ijtimoiy omillar asosida ammo ulardan eng
muhimi, shaxs ruhiyatiga tasir qiluvchi kuch bu-muhit. Bu qanday muhit bo‘lishidan qat’iy
nazar, rivojlanish uchun zarur bo‘lgan birlamchi omil sanaladi. Bu dunyoga kelgan individ yillar
davomida qanday shaxs bo‘lishini u tug‘ilib o‘sgan, ayni vaqtda yashayotgan muhit belgilaydi.
Shunday ekan shaxsning rivojlanishi jamiyatni rivojlanishi, o‘z o‘rinida jamiyatning ham
shaxs rivojlanish psixologiyasida o‘rni katta. Ular bir biri bilan uzviy bog‘liqdir. Mavzuyimizning
2025
JANUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 1
212
so‘ngida xulosa o‘rnida shuni aytamizki,Shaxs rivojlanishida u yashab isteqomat qilayotgan
muhit, psixologik xususiyatlar katta ahamiyat kasb etadi. Bola tug‘ilganidan boshlab,shaxs
bo‘lib rivojlangunga qadar bo‘lgan davrda unga tog‘ri muhit yaratib berish,unda sog‘lom
psixologik tushunchalarni shakllantirish zarur. Har bir bolaning o‘ziga,yoshiga mos holda
psixikasini shakllantirish,turli xil yot g‘oyalarga qarshi tura oladigan ruhiytni tarbiyalash
bizning asosiy vazifalarimizdan biri sanaladi. Biror bir shaxs o‘zi qanday tarbiyalangan va
ma’naviyati qanday bo‘lsa u o‘z avlodlarini ham shunday muhitda tarbiya qiladi. Zero ijobiy
sifatlar bilan shakllangan shaxs jamiyatni rivoji uchun ,jamiyatlar esa yurtimiz ravnaqi uchun
hissa qo‘shadilar
Odamga chaqaloqligidan keksalik davrigacha (ontogenezda) uning ichki imkoniyati,
mayli, iqtidori, iste’dodi, qobiliyati, aqlzakovati, qiziqishi, irodasi, his-tuyg‘usi, diqqati va bilish
(kognitiv) jarayonlarining xususiyatlariga binoan individual munosabatda bo‘lish ontogenez
psixologiyasining insonparvarlik g‘oyalaridan biridir. Uning muhim xususiyati har bir davrdagi
rivojlanishning o‘ziga xos qulay (senzitiv) hoiatidan unumli foydalanishdir va faqat ana
shundagina o‘sishdan orqada qolishning oldini olish mumkin. Har bir ontogenez davrining
psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’limiy-tarbiyaviy ta’sir o‘tkazish insonda olz
vaqtida o‘zini o‘zi anglashni vujudga keltiradi. Bolada o‘zini o‘zi anglash tuyg‘usi qancha erta
uyg‘onsa, shaxsiy nuqtai nazar, o‘z huquqini o‘zi his etish o‘zining aqliy va jismoniy
imkoniyatlarini baholash shunchalik tez paydo bo‘ladi. Xuddi shu asnoda injiqlik, o‘jarlik va
qaysarlik kabi illatlar tarkib topishiga ruhiy to‘siq vujudga keladi. Shaxslararo munosabatlardagi
qarama-qarshilik, ziddiyat, inqirozni rivojlanish qonunlariga loqayd qarashning oqibatidir. Inson
psixikasidagi umidsizlik, ijtimoiy adolat uchun kurashish ruhining o‘zgarishi — nazariya bilan
turmush nomutanosibligining mahsulidir. Odamlarda e’tiqod, dunyoqarash, ideal, muomala,
muloqot, mustaqil xulq-atvomi samarali shakllantirish ko‘proq yuqoridagi omillarga bog‘liqdir.
Kishidagi tashabbuskorlik hamda to‘siqlami yengishga intilishni, iroda sifatlarini aniqlash
va ularga yosh (ontogenez) psixologiyasi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ruhiy turtki berish
maqsadga muvofiqdir.
Ontogenez psixologiyasi — inson psixikasining rivojlanish qonuniyatlari va xususiyatlari
hamda shu taraqqiyotning bosqichlari to‘g‘risidagi fandir. Ontogenez psixologiyasining asosiy
vazifasi shaxsning kamol topishi qonuniyatlari va turli yosh davridagi odamlarda vujudga
keladigan psixik faoliyat, holat va shart-sharoitlaming o‘zaro ta'siri xususiyatlarini aniqlashdan
iboratdir. Ontogenez psixologiyasi ana shu vazifani hal etish bilan amaliy maqsadlami ro'yobga
chiqaradi: ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirishga yordam beradi, moddiy ne’matlar ishlab
2025
JANUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 1
213
chiqarishning samaradorligini oshirishga, millatlararo munosabatlami yaxshilashga, shaxslararo
muloqotni to‘g‘ri yo‘naltirishga, jamoada ijobiy psixologik muhit yaratishga, uzoq umr ko‘rish
sirlarini ochishga, oilaviy munosabatlami mustahkanilashga, ajralishlaming oldini olishga xizmat
qiladi. Modomiki shunday ekan, kamolotning turli davrlarini insonning yosh va jinsiy
xususiyatlarini hisobga olmay turib, yuqoridagi vazifalami hal qilib bo‘maydi.
Xulosa qilib aytganda inson psixikasining rivojlanish davrlarini aniqlash, shu sohadagi
ma'lumotlami to‘plash ham mazkur psixologiyaning mavzu bahsiga kiradi. Bolaning tug‘ilishidan
to voyaga yetgunicha har tomonlama rivojlanishi, jamiyatning teng huquqli a’zosi bo‘lgunicha
ulglayishi va shaxsining tarkib topishi muammolarini, bulaming psixologik mexanizmlarini
aniqlash va sharhlash ontogenez psixologiyasi sohasining muhim jihatidir.
REFERENCES
1.
Ergash G‘oziyev-“Umumiy psixologiya” _Toshkent 2002.
2.
Ergash G‘oziyev-“Ontogenez psixologiyasi”_Toshkent 2010.
3.
E G‘oziyev. Ontogenez pslxologiyasi/darslik /.Tosbkent:”NIF MSH”, 2020, 288 bet
