2025
JANUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 1
218
O’ZBEKISTON RESPULIKASIDAGI KICHIK BIZNES VA XUSUSIY
TADBIRKORLIKNI TASHKIL ETISH VA RIVOJLANTIRISH
Ibragimov G'anijon G'ayratovich
Ilmiy rahbar, Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Menejment fakulteti Innovatsion
menejment kafedrasi Phd dotsent
Qosimov Ulug'bek Otabekovich
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Menejment fakulteti, MNP-61/22 guruh talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14631335
Annotatsiya
. Mazkur tezisda O’zbekiston Respulikasidagi kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni tashkil etish va rivojlantirishda kelib chiqadigan turli muammo va kamchiliklar,
ularni hal etishni optimal usullari, 2024-yilda YAIm, import va eksport tahlil qilingan.
Respublikadagi xususiy tadbirkorlar sonini ko’paytirish va mavjud bizneslarni turli xil
innovatsion texnologiyalar orqali rivojlantirish natijasida iqtisodiyotda yuqori o’sishga erishish
mumkin.
Kalit so’zlar:
Xususiy tadbirkorlik, kichik biznes, import, eksport, O’zbekiston iqtisodiyoti,
bozor, servis rivojlantirish.
ОРГАНИЗАЦИЯ И РАЗВИТИЕ МАЛОГО БИЗНЕСА И ЧАСТНОГО
ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН
Аннотация.
В данной дипломной работе анализируются различные проблемы и
недостатки, возникающие в организации и развитии малого бизнеса и частного
предпринимательства в Республике Узбекистан, оптимальные пути их решения, ВВП,
импорт и экспорт в 2024 году. В результате увеличения количества частных
предпринимателей в республике и развития действующего бизнеса за счет различных
инновационных технологий можно добиться высоких темпов роста экономики.
Ключевые слова:
Частное предпринимательство, малый бизнес, импорт, экспорт,
экономика Узбекистана, рынок, развитие услуг.
ORGANIZATION AND DEVELOPMENT OF SMALL BUSINESS AND PRIVATE
ENTREPRENEURSHIP IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN
Abstract
. This thesis analyzes various problems and shortcomings in the organization and
development of small business and private entrepreneurship in the Republic of Uzbekistan, optimal
methods for solving them, GDP, import and export in 2024. Increasing the number of private
entrepreneurs in the republic and developing existing businesses through various innovative
technologies can achieve high growth in the economy.
2025
JANUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 1
219
Keywords:
Private entrepreneurship, small business, import, export, economy of
Uzbekistan, market, service development.
Kirish. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirishdagi eng muhim omillardan
biri bu tadbirkorlar hisoblanadi. Mamlakatdagi mazkur iqtisodiy holatni amalga oshirish uchun
bosqichma-bosqich islohotlar olib borilmoqda. Kichik biznesning rolini oshirish uchun yirik
institutsional asoslar yaratildi. Kichik biznes faoliyatini tashkil etish, erkin faoliyat yuritishini
kafolatlovchi huquqiy-me'yoriy hujjatlar, kichik biznesga ko'maklashuvchi bozor infratuzilmasi
shakllantirildi. Natijada bugungi kunga kelib, kichik biznes sub'ektlari Respublikamiz
iqtisodiyotining barcha sohalarida, mashinasozlik mahsulotlarini ishlab chiqarishda, iste'mol
tovarlari, qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda, servis xizmatlari
ko'rsatish va turizm kabi sohalarda faoliyat ko'rsatmoqdalar.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotining asosi bo‘lgan xususiy mulk
ustuvorligini mustahkamlaydigan barqaror qonunchilik bazasi yaratilganini qayd etish zarur. O‘rta
mulkdorlar sinfini shakllantirish, mamlakat iqtisodiyotini barqaror yuksaltirish, yangi ish o‘rinlari
yaratish va aholi daromadini oshirishning muhim omili bo‘lgan kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bo‘yicha qulay ishbilarmonlik muhiti hamda ishonchli huquqiy
kafolatlar yaratildi.
Natijada so‘nggi o‘n yilda yalpi ichki mahsulot tarkibida kichik biznes ulushi 31,1 foizdan
52,5 foizga o‘sdi, ushbu sohada bandlik darajasi iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan band aholi
umumiy sonining 49,7 foizidan 74,5 foizigacha oshdi. Aholi daromadlarining 47 foizdan ziyodi
tadbirkorlik faoliyatidan tushgan daromadlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturiga muvofiq, joriy yilda
tadbirkorlik faoliyatini keng rivojlantirish uchun yanada qulay biznes muhitni yaratish bo‘yicha
kompleks chora-tadbirlar qabul qilindi.
Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularni muhandislik-
kommunikatsiya tarmoqlariga ulash tartibi sezilarli darajada soddalashtirildi hamda bu jarayon
yanada ochiqlik kasb etdi. Ro‘yxatga olish uchun davlat boji stavkasi ikki barobarga qisqartirildi.
Ishchilarning yillik o‘rtacha soni 100 kishigacha ko‘paytirilgan kichik korxonalar shug‘ullanishi
mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati sezilarli darajada kengaytirildi. Kichik biznes
subyektlarini davlat xaridlari jarayoniga keng miqyosda jalb qilish mexanizmi ishlab chiqildi va
joriy etildi.
1
1
https://lex.uz/acts/-1856013
2025
JANUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 1
220
O‘zbekistonda 2023–2026-yillarda kichik biznesni qo‘llab–quvvatlash uchun 1,7 mlrd
dollar mablag‘ ajratiladi
Joriy yilning 1-oktyabridan 2026-yil yakunigacha mamlakatda kichik biznes rivoji uchun
davlat hisobidan 6 trillion so‘m va xalqaro moliya institutlarining 1,2 milliard dollar miqdoridagi
mablag‘lari yo‘naltiriladi. Bu 2023-yil 16-sentyabr kuni qabul qilingan “Kichik biznesni
rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
prezident qarorida belgilangan.
2
Qarorga asosan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Biznesni rivojlantirish banki” 2023-yil 1-
oktyabrdan boshlab “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturini amalga
oshiradi. Dasturni 2023–2026-yillarda amalga oshirish uchun davlat mablag‘lari hisobidan 6
trillion so‘m va xalqaro moliya institutlarining 1,2 milliard AQSH dollari miqdoridagi mablag‘lari
yo‘naltiriladi.
Quyidagilar onlayn ariza yuborish orqali dasturda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi:
kamida bir yil mobaynida faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon
xo‘jaliklari, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar, hunarmandlar, kasanachilar, nodavlat taʼlim
tashkilotlari, uch va undan ortiq kishini doimiy ish bilan taʼminlayotgan kichik tadbirkorlik
subyektlari;
oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida o‘z biznes loyihalarini muvaffaqiyatli amalga
oshirib, ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar.
3
024-yil 1-martdan boshlab kompaniya biznesni qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rishni
boshlaydi. O‘rta tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish loyihalariga:
Tashabbuskorlarning ustav kapitaliga ko‘chmas mulk, asbob-uskunalar va boshqa ulush
shaklidagi loyihalar qiymatining 15% miqdoridagi hissasi (lekin ustav fondining 20% yoki 3 mlrd
so‘midan ko‘p bo‘lmagan);
ipotekaga asoslangan xizmatlarni tashabbuskorga ko‘chmas mulk va asbob-uskunalar
qiymatining 10 foizida (7 mlrd so‘mgacha) mulk sotib olish uchun 7 yilgacha muddatga qarzdorlik
qoldig‘iga Markaziy Bankning asosiy stavkasidan 4% yuqori yillik foiz stavkada yoki bo‘lib-
bo‘lib to‘lash sharti bilan hisoblanadi.
Ushbu yordam ikki yildan ortiq faoliyat yuritayotgan va bir yil davomida kamida 50 kishi
doimiy shtatida bo‘lgan kompaniyalar o‘rtasida ochiq tanlov asosida taqdim etiladi.
2
https://daryo.uz/2023/11/13/ozbekistonda-20232026-yillarda-kichik-beznesni-qollabquvvatlash-uchun-17-mlrd-
dollar-mablag-ajratiladi
3
https://daryo.uz/2023/11/13/ozbekistonda-20232026-yillarda-kichik-beznesni-qollabquvvatlash-uchun-17-mlrd-
dollar-mablag-ajratiladi
2025
JANUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 1
221
Buning uchun Iqtisodiyot va Moliya vazirligi tomonidan 1,2 trln so‘m miqdorida 10 yilga
foizsiz budjet krediti, shu jumladan besh yillik imtiyozli davr ajratiladi.
Shuningdek, Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi kichik va o‘rta biznesga kreditlar
ajratish uchun banklar, mikromoliya va lizing tashkilotlariga so‘m va chet el valyutasidagi
mablag‘larni joylashtiradi. 5 mlrd so‘mgacha bo‘lgan kreditlarga kafillik taqdim etiladi.
2024−2026-yillarda kompaniya so‘m kreditlar bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismini 5
mlrd so‘mgacha qoplaydi. Kompensatsiya Markaziy bankning asosiy stavkasidan kamida 4%
yuqori bo‘lishi, lekin uning 1,75 baravaridan oshmasligi kerak. Shuningdek, kompensatsiya
jratilgan kreditlar bo‘yicha asosiy stavkaning 40 foizigacha miqdorda 3 yildan ortiq bo‘lmagan
muddatga taqdim etiladi.
4
Quyidagi rasmda 2024- yilning yanvar- oktabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy
holati
5
Yuqoridagi rasmda ko’rishimiz mumkin bo’lgan holatlar quyidagilardan iborat:
ko’rishimiz mumkinki chakana savdo aylanmasi 2.2%ga, qurilish hajmi 2.3% Bozor xizmatlari
4
https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/13/business-support/
5
https://stat.uz/uz/matbuot-markazi/qo-mita-yangiliklar/58130-2024-yilning-yanvar-oktabr-oylarida-o-zbekiston-
respublikasi-iqtisodiy-holati
2025
JANUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 1
222
sohasida 0.3% o’sish kuzatilgan. Bu kor’satkichlar tashqi savdo aylanmasida esa ancha past natija
qayd etgan, ya’ni import 18%, eksport 19.5% ga tushgan.
Mamlakatimiz hududlarida kambag'allikni qisqartirish va aholi bandligini oshirish, o'zini-
o'zi band qilishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish juda muhim o’rin
egallaydi.
Asosiy natijalar. Mamlakatimizda kichik biznesni rivojlantirish bo'yicha to'plangan
tajribalar shuni tasdiqlaydiki, tadbirkorlarni raqobatdoshlik darajasini oshirish ularning o'z
faoliyatlari davomida kengayib, yiriklashib borishini yuzaga keltiradi. Lekin, kichik biznes
sub'ektlarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash maqsadida belgilangan imtiyoz va yengiliklarga
ega bo'lish imkonini beruvchi korxonalarning miqdoriy chegaralari ayrim hollarda ushbu
jarayonlarga to'sqinlik qilishi mumkin. O'tgan davr mobaynida mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish darajasining yuksalishi, kichik biznes sub'ektlari uchun yaratilgan qulay shart-
sharoitlar natijasida iqtisodiy salohiyati ortgan ko'plab korxonalar mazkur imtiyozlardan
foydalanishni davom ettirish maqsadida o'z xodimlari sonini belgilangan miqdoriy chegara
doirasida saqlab qolishga urinishmoqdalar. Bu esa, yiriklashish jarayoniga to'sqinlik qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 14.09.2023 yildagi PQ-306-son
Joriy yilning 18-avgust kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash,
shuningdek, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “uzluksiz xizmatlar zanjiri”ni yaratish
maqsadida:
1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Biznesni rivojlantirish banki” aksiyadorlik tijorat
bankining (keyingi o‘rinlarda — Biznesni rivojlantirish banki) 2023-yil 1-oktabrdan boshlab
“Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturini (keyingi o‘rinlarda — Dastur)
amalga oshirish haqidagi taklifi ma’qullansin.
Biznesni rivojlantirish banki Dasturni samarali amalga oshirish va uni doimiy ravishda
takomillashtirib borish bo‘yicha asosiy tayanch bank etib belgilansin.
“Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturining tashkiliy-
institutsional tuzilmasi va mutasaddi tashkilotlarning asosiy vazifalari 1-ilovaga
tasdiqlansin.
Dasturni 2023 — 2026-yillarda amalga oshirish uchun davlat mablag‘lari hisobidan 6
trillion so‘m va xalqaro moliya institutlarining 1,2 milliard AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lari
yo‘naltirilsin.
2025
JANUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 1
223
2. Belgilansinki, quyidagilar “Kichik biznesga ko‘maklashish markazi” mas’uliyati
cheklangan jamiyatlariga (keyingi o‘rinlarda — markazlar) onlayn ariza yuborish orqali Dasturda
ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi:
kamida bir yil mobaynida faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon
xo‘jaliklari, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar, hunarmandlar, kasanachilar, nodavlat ta’lim
tashkilotlari, uch va undan ortiq kishini doimiy ish bilan ta’minlayotgan kichik tadbirkorlik
subyektlari;
oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida o‘z biznes loyihalarini muvaffaqiyatli amalga
oshirib, ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar.
Bunda, Dasturda ishtirok etuvchi kichik tadbirkorlik subyektlarini shaffoflik tamoyillari
asosida tanlab olish tartib-taomillari 2-ilovaga
muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
markazlar tomonidan tanlab olingan tashabbuskorlar biznes ko‘nikmalarini shakllantirish
yo‘nalishida qisqa va o‘rta muddatli amaliy o‘quv kurslarida o‘qitiladi;
amaliy o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, sertifikat olgan tashabbuskorlar Dastur
doirasidagi qo‘llab-quvvatlash mexanizmlaridan foydalanadi.
4. 2023-yil 1-oktabrdan boshlab Dasturda ishtirok etuvchi kichik tadbirkorlik subyektlarini
moliyaviy va konsultativ qo‘llab-quvvatlash choralari etib quyidagilar belgilansin:
a) moliyaviy qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida:
tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish yoki kengaytirish uchun 2 yilgacha imtiyozli davr
bilan 7 yilgacha muddatga hamda aylanma mablag‘lar uchun revolver tarzda 3 yilgacha muddatga
yillik Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada 1,5 milliard so‘mgacha
kreditlar ajratish va (yoki) asosiy vositalarni sotib olish uchun lizing berish. Bunda, 100 million
so‘mgacha kreditlarni garovsiz, 150 million so‘mgacha kreditlarni garov talabi 50 foizgacha
pasaytirilgan holda ajratish imkoniyati nazarda tutiladi;
qiymati 1,5 milliard so‘mgacha bo‘lgan asosiy vositalarni 7 yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash
sharti bilan qarzga berish;
24 oydan ortiq faoliyat yuritayotgan va oxirgi 12 oyda aylanma mablag‘lari miqdori 1
milliard so‘mdan 10 milliard so‘mgacha bo‘lgan hamda kamida 10 nafar kishini doimiy ish bilan
ta’minlagan kichik tadbirkorlik subyektlarining yangi loyihalariga va mavjud ishlab chiqarishni
kengaytirishga oid loyihalariga bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari va yer maydonlari, asbob-
uskunalar, bino-inshootlar va boshqa ko‘rinishdagi moddiy aktivlar bilan 20 foizgacha, biroq 1
milliard so‘mdan ortiq bo‘lmagan qiymatda ulushdor bo‘lib kirish;
2025
JANUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 1
224
innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish, yuqori texnologik startap loyihalariga davlat
ilmiy dasturlari doirasida 2 milliard so‘mgacha grant mablag‘larini ajratish;
b) konsultativ qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida:
litsenziya, ruxsatnoma va sertifikatlar olish masalalari, bojxona va soliq ma’muriyatchiligi,
eksport va import operatsiyalari, shartnomalarni rasmiylashtirish;
davlat xaridlarida ishtirok etish, shuningdek, yer uchastkalari va bino-inshootlarni sotib
olish yoki ijaraga olish va loyihalashtirish;
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaldagi imtiyoz va preferensiyalar, mavjud
boshqa yengilliklar va imkoniyatlar bo‘yicha ma’lumot va maslahatlar berish.
Dastur ishtirokchilarini moliyaviy va konsultativ qo‘llab-quvvatlash instrumentlari va
ulardan foydalanish shartlari 3-ilovaga
muvofiq tasdiqlansin.
Markazlarga o‘zi tomonidan kichik biznes loyihalariga kiritilgan ulushni 7 yil davomida
bozor qiymatida loyiha tashabbuskoriga yoki boshqa salohiyatli investorlarga realizatsiya qilish
huquqi taqdim etilsin.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Dasturni uzluksiz ravishda zarur moliyaviy resurslar bilan
ta’minlab borishga mas’ul etib belgilansin. Bunda, Dasturni barqaror moliyaviy resurslar bilan
ta’minlash uchun xalqaro moliya bozorlari hamda xalqaro moliya institutlari hisobidan zarur hajm
va muddatlarda mablag‘lar jalb etiladi.
6
Misol tariqasida “SHaxnoza parfume&cosmetics MCHJ” olindi. Bu korxona chet eldan
ayollar va erkaklar uchun parfumeriya va kosmetika mahsulotlari olib kelib ularni ulgurji narxda
sotishga iqtisoslashgan. Bu korxona 2021-yil mart oyidan beri o’z faoliyatini yuritib kelmoqda va
kunlik pul aylanmasi hajmi o’rtacha 10mln hisoblanadi. Bundan sof foyda 17%ni tashkil etadi. Bu
korxona eksport va importni juda ham yaxshi yo’lga qo’ygan hisoblanadi. Hozirgi kunda korxona
20dan ko’p odamlarni ish bilan ta’minlagan.
Xulosa.
Yuqorida keltirilgan fakt va natijalardan kelib chiqadigan bo’lsak, hozirgi kunda
davlatimiz o’z-o’zini band qilishga juda katta e’tibor qaratmoqda. Buning asosiy sababi xususiy
biznes va tadbirkorlar sonini ortib borishi ular orasidagi sof raqobatga olib keladi. Buning
natijasida monopoliyaga yo’l qo’yilmaydi, narxlar barqaror holatda saqlanadi va mahsulot yoki
xizmat sifatiga juda katta e’tibor qaratiladi
REFERENCES
1.
6
https://lex.uz/uz/docs/-6609110?ONDATE=16.03.2024%2000
2025
JANUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 1
225
https://daryo.uz/2023/11/13/ozbekistonda-20232026-yillarda-kichik-beznesni-
qollabquvvatlash-uchun-17-mlrd-dollar-mablag-ajratiladi
https://daryo.uz/2023/11/13/ozbekistonda-20232026-yillarda-kichik-beznesni-
qollabquvvatlash-uchun-17-mlrd-dollar-mablag-ajratiladi
3.
https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/13/business-support/
https://stat.uz/uz/matbuot-markazi/qo-mita-yangiliklar/58130-2024-yilning-yanvar-
oktabr-oylarida-o-zbekiston-respublikasi-iqtisodiy-holati
5.
https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/13/business-support/
https://stat.uz/uz/matbuot-markazi/qo-mita-yangiliklar/58130-2024-yilning-yanvar-
oktabr-oylarida-o-zbekiston-respublikasi-iqtisodiy-holati
