Authors

  • Gulmira Yo‘ldoshova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.62170

Keywords:

Oila a’zolari ota-onalari tengdoshlari va atrofimizdagilar bilan muloqotda bo’lish jamoat ta’lim tarbiya uzluksiz ta’lim tadqiqot maqola maktab.

Abstract

Ushbu maqolada O’quvchilarni ijtimoiy munosabatlarga tayyorlashda ularning oila a’zolari, ota-onalari, tengdoshlari va atrofimizdagilar bilan muloqotda bo’lish, jamoat joylarida o’zini tuta olish, mehnatga ongli munosabatda bo’lish kabi muammolariga bag‘ishlab yaratilgan manbalar va adabiyotlar ilmiy jihatdan tahlil qilingan.

background image

595

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

O‘QUVCHI-YOSHLAR IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING MUAMMO VA

YECHIMLARI

Yo‘ldoshova Gulmira Samandar qizi

Osiyo xalqaro universiteti 2-kurs magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14680835

Annotatsiya. Ushbu maqolada O’quvchilarni ijtimoiy munosabatlarga tayyorlashda

ularning oila a’zolari, ota-onalari, tengdoshlari va atrofimizdagilar bilan muloqotda bo’lish,

jamoat joylarida o’zini tuta olish, mehnatga ongli munosabatda bo’lish kabi muammolariga

bag‘ishlab yaratilgan manbalar va adabiyotlar ilmiy jihatdan tahlil qilingan.

Tayanch so‘zlar: Oila a’zolari, ota-onalari, tengdoshlari va atrofimizdagilar bilan

muloqotda bo’lish, jamoat, ta’lim, tarbiya, uzluksiz ta’lim, tadqiqot, maqola, maktab.

ПРОБЛЕМЫ И ПУТИ РЕШЕНИЯ ПОВЫШЕНИЯ СОЦИАЛЬНОЙ АКТИВНОСТИ

СТУДЕНЧЕСКОЙ МОЛОДЕЖИ

Аннотация. В этой статье ресурсы и литература, созданные для подготовки

студентов к социальным отношениям, посвящены их проблемам, таким как общение с

членами семьи, родителями, сверстниками и другими людьми, умение вести себя в

общественных местах и сознательное отношение к работе по-научному.

проанализировано.

Кючевые слова: Общение с членами семьи, родителями, сверстниками и

окружающими, обществом, образованием, воспитанием, повышением квалификации,

исследованиями, статьями, школой.

PROBLEMS AND SOLUTIONS OF INCREASING THE SOCIAL ACTIVITY OF

YOUTH STUDENTS

Abstract. In this article, the resources and literature created to prepare students for social

relations are devoted to their problems such as communication with family members, parents,

peers and other people, the ability to behave in public places and a conscious attitude to work in

a scientific way. analyzed.

Key words: Communication with family members, parents, peers and others, society,

education, upbringing, advanced training, research, articles, school.

Bugungi sharoitda, ayniqsa, yosharning tashabbuskorligi, mustaqilligi va ishga ijodiy

yondashuvi, ijtimoiy faolligi masalasiga alohida e’tibor berilmoqda. O’quvchilarning

tashabbuskorligi va mustaqilligi har tomonlama rag’batlantirib va rivojlantirib borib, ular bilan

munosabatlarini korrektirovka qilish va bu boradagi ortib borayotgan ehtiyojlarini to’laroq

qondirishga e’tiborni qaratmoq kerak.


background image

596

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Shu bilan birga, ularning kuch va imkoniyatlariga ortiqcha baho berib yubormaslik zarur.

Aks holda, o’zibo’larchilik kabi illatlar ham kelib chiqishi mumkin. Ayniqsa,

o’quvchilarda o’zlari boshlayotgan mustaqil faoliyat yo’nalishining turlari va yo’llarini to’g’ri

baholash, imkoniyat darajasida harakat qilish, mustaqil xulosa yasash, baho berish ko’nikmalarini

yuzaga kelishida to’g’ri pedagogik rahbarlikning roli katta hisoblanadi. Bu asta-sekin yangi

subyektiv omilning o’z-o’zini tarbiyalash va qayta tarbiyalashga tayyor bo’lish kabi sifatlarning

shakllantirishga yordam beradi.

Tarbiya jarayoni samaradorligini baholash uchun tarbiyalanuvchining faoliyati, uning

xulqini o’rganish zarur. Chunki insonni uning harakatlari, bevosita faoliyati orqali baholash

mumkin. O’quvchilarning tarbiyalanganlik ko’rsatkichlarini ularning yechimga muvofiq

keladigan barcha asosiy faoliyatdagi qatnashuvi darajasi bilan belgilash mumkin. Bu o’rinda

o’quvchilarning o’yin, o’quv, mehnat, ijtimoiy va boshqa sohalardagi ishtiroki natijalari ko’zda

tutiladi.

Shuningdek, har bir shaxsning ijtimoiy tarbiyalanganlik darajasini, uning axloqiy, siyosiy,

ma’naviy va boshqa sohalardagi ma’lumoti, bilim darajasi ham ko’rsatib beradi.

“O’quvchilarni ijtimoiy munosabatlarga tayyorlashda ularning oila a’zolari, ota-onalari,

tengdoshlari va atrofimizdagilar bilan muloqotda bo’lish, jamoat joylarida o’zini tuta olish,

mehnatga ongli munosabatda bo’lish, mehnat kishilarining yaratgan moddiy ne’matlariga nisbatan

hurmatda bo’lishlik va ularni asrab-avaylab, tejab-tergab ishlatish, ularning qadriga yetish, o’z-

o’ziga xizmat ko’rsatish, shaxsiy salomatligi haqida qayg’urish, yaqinlariga nisbatan g’amxo’r

bo’lish, ota-onalari, kattalar, o’z yaqinlari, jumladan, ustoz- murabbiylar mehnatini qadrlash kabi

ko’nikmalarga katta e’tibor qaratish lozim”.

Ijtimoiy faollik ruhida tarbiyalashda quyidagi vazifalrni amalga oshirish ko’zda tutiladi.

1. O’quvchilarni jamiyatimizdagi axloqiy me’yorlarga izchillik bilan

o’rgatib borish.

2. Ulardagi ijobiy-axloqiy tajribalarni shakllantirib borish.

3. O’quvchilarning ongi, his-tuyg’usini, xulqini umuinsoniy va milliy odob

normalarini o’zlashtirishga qarab yo’naltirib borish.

4. Jamiyat a’zosi, shaxsga xos axloqiy sifatlarni shakllantirish.

Ijtimoiy faollik tarbiyasida o’quvchilarning jamiyatga munosabatini belgilovchi axloqiy

sifatlar, vatanparvarlik, do’stlik, o’rtoqlik, fuqarolik, burch

va ma’suliyatni anglab yetish, insonparvarlik kabi tushunchalarni singdirib borish,

shuningdek, mehnatga munosabatni belgilovchi yetakchi omillar: yuqori mehnat ongliligi,

mehnatning hayotiy zaruriyatligini tushunib yetish, mehnatsevarlik, mehnatda jamoa bo’lib

ishtirok etish, mehnat ahlini hurmatlash, o’ziga va o’z xalqiga talabchanlikni shakllantirish, o’z


background image

597

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

faoliyati va xatti- harakatiga ongli munosabat, intizomlilik, madaniy xulq me’yorlariga qat’iy amal

qilish, halollik va kamtarlik, samimiylik kabi ko’nikmalarga ega qildirishda turli usullardan suhbat,

ma’ruza, hikoya, munozaralardan oqilona va o’rinli foydalanish zarur.

Hozirgi taraqqiyot davri o’quvchilarning mehnatga ongli munosabatiga yuqori talablar

qo’yadi. Shulardan asosiysi: o’quvchilar mehnat faoliyatining ijtimoiy yo’nalishini kuchaytirish,

ularning iqtisodiy tafakkurini shakllantirish, mehnat va turli faoliyatga vaqt va imkoniyat

yuzasidan baho berishga o’rgatish, har bir faoliyatda o’zgaruvchan kayfiyatni tarbiyalab borish,

ijtimoiy foydali ishlarga zarur ko’nikma va malakalarni qaror toptirish, ongli ravishda kasb

tanlashga, dastlabki kasbiy tayyorgarlikka ega bo’lishni ta’minlash, shu bilan

birga ishyoqmas, dangasa, birovlar hisobiga yashaydiganlarga nisbatan murosasiz

bo’lishga o’rgatish barobarida yaratuvchanlik, ijodkorlik, jamiyat istiqboli va kelajagi uchun

faollik ko’rsatishlari uchun imkoniyat va zamin yaratish ijtimoiy faollik tarbiyasini amalga

oshirishning muhim yo’nalishi hisoblanadi.

“O’quvchi-yoshlarni ijtimoiy hayotga olib kirish va tarbiyalashning omillarini asoslash esa

dolzarb vazifalardan bo’lib, faollik bir vaqtning o’zida ham filosofik, psixo-pedagogik muammo

hamdir”.

Bu o’rinda shuni ham ta’kidlash joizki, ayniqsa, uning muhim shakli bo’lgan faollik har

bir shaxsga xos bo’lgan faollik, har bir shaxsga xos bo’lgan xususiyatdir. Chunki shaxs o’z

navbatida ijtimoiy ongli mavjudotdir. Boshqacha qilib aytganda, kishida jamiki insoniy fazilatlar

asosan ijtimoiy omillar orqali shakllanadi va tarbiyalanadi. O’quvchilarga ta’sir etuvchi ijtimoiy

omillar turli- tuman bo’lganligi sababli, undagi ijtimoiy faollik ham uning butun borlig’ida o’z

ifodasini topadi.

Ta’lim-tarbiya jarayonlarida o’quvchilarning ijtimoiy faolligi va hayoti - g’oyaviy,

g’oyaviy-siyosiy e’tiqod, mehnat faoliyati, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, jismoniy sog’lomlashtirish,

ishlab-chiqarish,

tashkilotchilik,

yaratuvchanlik,

pedagogik

jarayon,

vatanparvarlik,

insonparvarlik, badiiy ijodiyot asosida tarbiyalanib boradi.

Filosofik, psixo-pedagogik tadqiqotlarda qayd etilishicha, o’quvchilardagi ijtimoiy

faollikning asosini o’zligini anglash va o’z-o’zini boshqarish tashkil etadi. Bundan shunday xulosa

kelib chiqadiki, o’zligini anglash, o’z-o’zini boshqarish o’z navbatida kishidagi ma’naviy

komillikni, sog’lom turmush tarzini ham ifodalaydi.

Demak, o’zligini anglash, o’z-o’zini boshqarish, o’z navbatida shaxs va jamiyat taraqqiyoti

takomillashuvining bosh mezoni- ma’naviy-ma’rifiy- mafkuraviy tarbiyaning poydevoridir.

Sog’lom turmush tarzining komponentlari bo’lgan ijtimoiy hayotga tayyorlash va ijtimoiy faollik,

o’zlikni anglash va o’z- o’zini boshqarish o’zaro uyg’unlikka ega bo’lib, ularni bir-biridan ajartish

mumkin emas.


background image

598

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Psixologik-pedagogik tadqiqotlardan ma’lumki, har bir o’quvchida ijtimoiy faollik, uning

asoslari bo’lgan o’zlikni anglash, o’z-o’zini boshqarish, uning o’smirlik davridan yaqqol namoyon

bo’ladi. Darhaqiqat, o’smirda o’zining ichki dunyosiga qiziqish uyg’onadi, keyinchalik esa,

chuqurlashib differensiyalashuv va umumlashuv holatiga aylanadi.

Shunday ekan, ta’lim-tarbiya jarayonlarida o’quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlash

masalasiga alohida e’tibor qaratilishi zarur. Bunda quyidagilarga e’tibor berish maqsadga

muvofiqdir:

- Mehnat va muloqot jarayonida faollik ko’rsatishga doir layoqatlarini

rivojlantirish va rag’batlantirish;

- Ijtimoiy voqelikda yuz beradigan voqea, hodisa, yangilik va o’zgarishlarni

to’g’ri anglash, tushunish, mantiqiy xulosa chiqarishga o’rgatish;

- Ularni ijtimoiy hayotda o’z o’rnini to’g’ri belgilashga yo’naltirish.

O’quvchi-yoshlarni ijtimoiy hayotga olib kirish va uning asoslarini kompleks tarzda olib

boriladigan pedagogik jarayonda tarkib topadi. Ijtimoiy faollikni o’quvchilar ongida ta’lim

jarayoni, tarbiya jarayoni, jamoat topshiriqlari, mehnat faoliyati, ijtimoiy muhit, mahalla

jamoatchilik ta’siri orqali singdirish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun ta’lim-tarbiya jarayoni

to’g’ri yo’naltirilgan bo’lishi lozim.

REFERENCES

1.

Shodmonovich A. O. Education in the emirate of bukhara (based on the life and work of the

rulers) //Academicia: an international multidisciplinary research journal. – 2020. – Т. 10. –

№. 12. – С. 1224-1227.

2.

Elova, Dilnoza, and Olimjon Ahmadov. "Bukhara from the history of the events of the

organization of the air fleet of modern new technology and the introduction of aircraft." E3S

Web of Conferences. Vol. 515. EDP Sciences, 2024.

3.

Ahmadov O. БУХОРО АМИРЛИГИДА ЯНГИ УСУЛ МАКТАБЛАРИ ФАОЛИЯТИ.

ЮТУҚЛАРИ ВА МУАММОЛАР //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). –

2020. – Т. 1. – №. 1.

4.

Ахмедов О. Ш. ОБРАЗОВАНИЕ В БУХАРСКОМ ЭМИРАТЕ (НА ОСНОВЕ ЖИЗНИ

И ТВОРЧЕСТВА ПРАВИТЕЛЕЙ) //Вопросы науки и образования. – 2021. – №. 6

(131). – С. 10-13.

5.

Ahmadov O. BUXORO BOSMAXONA VA NASHRIYOTLARIGA TEXNIKA

SOHASIDAGI YANGILIKLARNING KIRIB KELISH TARIXIDAN (1920-1924-

YILLAR) //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2020. – Т. 1. – №. 1.


background image

599

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

6.

Asror o’g’li A. A. PRINCE OF AFGHANISTAN ISAK KHAN ORIENTALIST DN IN

THE INTERPRETATION OF LOGOPHET //Web of Semantics: Journal of

Interdisciplinary Science. – 2024. – Т. 2. – №. 5. – С. 82-85.

7.

Akhmadjon A. HISTORY OF BUKHARA-AFGAN RELATIONS IN THE PROCESS OF

INCLUSION INTO THE RUSSIAN CUSTOMS SYSTEM //International Journal of

Philosophical Studies and Social Sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 3. – С. 39-46.

8.

Asror o‘g‘li A. A. et al. BUXORO VOHASIDAGI VARDONZE QO ‘RG ‘ONINING

ANTIK VA O ‘RTA ASRLAR DAVRI TARIXI //ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И

ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2024. – Т. 45. – №. 5. – С. 84-87.

9.

Asror o’g’li A. A., Farruxbek N. FARG ‘ONA VODIYSIDAGI ILK SHAHARSOZLIK

MADANIYAT

(CHUST

MISOLIDA)

//ОБРАЗОВАНИЕ

НАУКА

И

ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2024. – Т. 45. – №. 5. – С. 88-91.

10.

Botirjon O’g’li N. S., Asror o‘g‘li A. A. UMARXON XUKMRONLIGI DAVRIDA

QO’QON XONLIGINING HARBIY SALOHIYATI //JOURNAL OF EDUCATION,

ETHICS AND VALUE. – 2024. – Т. 3. – №. 5. – С. 374-377.

11.

Zoir o‘g‘li R. Z., Asror o‘g‘li A. A. QADIMGI XORAZM: O ‘ZBEK

DAVLATCHILIGINING ILK BOSQICHIDA //JOURNAL OF EDUCATION, ETHICS

AND VALUE. – 2024. – Т. 3. – №. 5. – С. 378-382.

12.

Akhmadjon A. HISTORY OF BUKHARA-AFGAN RELATIONS IN THE PROCESS OF

INCLUSION INTO THE RUSSIAN CUSTOMS SYSTEM //International Journal of

Philosophical Studies and Social Sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 3. – С. 39-46.

References

Shodmonovich A. O. Education in the emirate of bukhara (based on the life and work of the rulers) //Academicia: an international multidisciplinary research journal. – 2020. – Т. 10. – №. 12. – С. 1224-1227.

Elova, Dilnoza, and Olimjon Ahmadov. "Bukhara from the history of the events of the organization of the air fleet of modern new technology and the introduction of aircraft." E3S Web of Conferences. Vol. 515. EDP Sciences, 2024.

Ahmadov O. БУХОРО АМИРЛИГИДА ЯНГИ УСУЛ МАКТАБЛАРИ ФАОЛИЯТИ. ЮТУҚЛАРИ ВА МУАММОЛАР //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2020. – Т. 1. – №. 1.

Ахмедов О. Ш. ОБРАЗОВАНИЕ В БУХАРСКОМ ЭМИРАТЕ (НА ОСНОВЕ ЖИЗНИ И ТВОРЧЕСТВА ПРАВИТЕЛЕЙ) //Вопросы науки и образования. – 2021. – №. 6 (131). – С. 10-13.

Ahmadov O. BUXORO BOSMAXONA VA NASHRIYOTLARIGA TEXNIKA SOHASIDAGI YANGILIKLARNING KIRIB KELISH TARIXIDAN (1920-1924-YILLAR) //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2020. – Т. 1. – №. 1.

Asror o’g’li A. A. PRINCE OF AFGHANISTAN ISAK KHAN ORIENTALIST DN IN THE INTERPRETATION OF LOGOPHET //Web of Semantics: Journal of Interdisciplinary Science. – 2024. – Т. 2. – №. 5. – С. 82-85.

Akhmadjon A. HISTORY OF BUKHARA-AFGAN RELATIONS IN THE PROCESS OF INCLUSION INTO THE RUSSIAN CUSTOMS SYSTEM //International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 3. – С. 39-46.

Asror o‘g‘li A. A. et al. BUXORO VOHASIDAGI VARDONZE QO ‘RG ‘ONINING ANTIK VA O ‘RTA ASRLAR DAVRI TARIXI //ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2024. – Т. 45. – №. 5. – С. 84-87.

Asror o’g’li A. A., Farruxbek N. FARG ‘ONA VODIYSIDAGI ILK SHAHARSOZLIK MADANIYAT (CHUST MISOLIDA) //ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2024. – Т. 45. – №. 5. – С. 88-91.

Botirjon O’g’li N. S., Asror o‘g‘li A. A. UMARXON XUKMRONLIGI DAVRIDA QO’QON XONLIGINING HARBIY SALOHIYATI //JOURNAL OF EDUCATION, ETHICS AND VALUE. – 2024. – Т. 3. – №. 5. – С. 374-377.

Zoir o‘g‘li R. Z., Asror o‘g‘li A. A. QADIMGI XORAZM: O ‘ZBEK DAVLATCHILIGINING ILK BOSQICHIDA //JOURNAL OF EDUCATION, ETHICS AND VALUE. – 2024. – Т. 3. – №. 5. – С. 378-382.

Akhmadjon A. HISTORY OF BUKHARA-AFGAN RELATIONS IN THE PROCESS OF INCLUSION INTO THE RUSSIAN CUSTOMS SYSTEM //International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 3. – С. 39-46.