Authors

  • Mirzobek Qodirov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.62214

Keywords:

Qadimgi Xorazm Oqchaxon qal’a Xorazm Arxeologiya-Etnogarafiya ekspeditsiyasi.

Abstract

Ushbu maqolada mustaqillik davrida Xorazm vohasida olib borilgan tadqiqotlar haqida tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida Xorazm vohasidagi chet ellik olimlar bilan hamkorlikda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar va ularning natijalari ko’rib chiqiladi. Maqolada Xorazm Arxeologiya-Etnografiya ekspeditsiyasining Xorazm vohasini o’rganilishidagi ahamiyati, mustaqillik davrida o’rganilgan qadimiy qal’alar haqida o’rganiladi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

545

MUSTAQILLIK DAVRIDA XORAZM VOHASIDA OLIB BORILGAN

TADQIQOTLAR VA ULARNING AHAMIYATI

Qodirov Mirzobek Ulug’bek o’g’li

Urganch Davlat Universiteti,

Ijtimoi-iqtisodiy fanlar fakulteti, 1-kurs magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14685151

Annotatsiya. Ushbu maqolada mustaqillik davrida Xorazm vohasida olib borilgan

tadqiqotlar haqida tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida Xorazm vohasidagi chet ellik olimlar bilan

hamkorlikda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar va ularning natijalari ko’rib chiqiladi. Maqolada

Xorazm Arxeologiya-Etnografiya ekspeditsiyasining Xorazm vohasini o’rganilishidagi ahamiyati,

mustaqillik davrida o’rganilgan qadimiy qal’alar haqida o’rganiladi.

Kalit so’zlar. Qadimgi Xorazm, Oqchaxon qal’a, Xorazm Arxeologiya-Etnogarafiya

ekspeditsiyasi,

ИССЛЕДОВАНИЯ, ПРОВЕДЕННЫЕ В ХОРЕЗМСКОМ ОАЗИСЕ В ПЕРИОД

НЕЗАВИСИМОСТИ, И ИХ ЗНАЧЕНИЕ

Аннотация. В статье анализируются исследования, проведенные в Хорезмском

оазисе в период независимости. В исследовании будут рассмотрены научные исследования,

проведенные совместно с зарубежными учеными в Хорезмском оазисе, и их результаты. В

статье рассматривается значение Хорезмской археолого-этнографической экспедиции в

изучении Хорезмского оазиса и древних крепостей, исследованных в период независимости.

Ключевые слова. Древный Хорезм, Крепость Акчахан, Хорезмская археолого-

этнографическая экспедиция.

RESEARCH CONDUCTED IN THE KHOREZM OASIS DURING THE PERIOD OF

INDEPENDENCE AND THEIR SIGNIFICANCE

Abstract. This article analyzes the research conducted in the Khorezm oasis during the

period of independence. During the study, scientific research conducted in collaboration with

foreign scientists in the Khorezm oasis and their results are reviewed. The article studies the

importance of the Khorezm Archaeological Ethnographic Expedition in the study of the Khorezm

oasis, the ancient fortresses studied during the period of independence.

Keywords. Ancient Khorezm, Akhchakhan Castle, Khorezm Archeological Ethnographic

Expedition.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

546

Kirish

Mustaqillik yillarida Xorazm hududida ko’plab arxeologik tadqiqotlar olib borildi. Bu

tadqiqotlarni tashkil etishda O’zbekiston Fanlar Akademiyasi, Xorazm Ma’mun Akademiyasi va

Urganch Davlat Universiteti professor olimlarining izlanishlari muhim o’rin egallaydi. Dastlab

Xorazm vohasini o’rganishga bo’lgan qizqishlar XX asrning 30-yillaridan boshlangan. Xorazm

vohasida tizimli ekspeditsiyalar olib borish SSSR Fanlar Akademiyasi akademigi, arxeolog va

etnograf olim S.P.Tolstov rahbarligidagi ekpeditsiya tomonidan amalga oshirilgan.

Qadimgi va o‘rta asrlar davridagi Xorazm tarixixi va madaniyatini o‘rganishda S.P.

Tolstov rahbarligidagi olimlar qariyb yarim asr davomida faoliyat olib borgan. Ekspeditsiya

kashfiyotlari va tadqiqotlarining natijalari ko‘p jildli «Труды Хорезмской археолого-

этнографической экспедиции», «Материалы Хорезмской экспедиции» nashrlarida hamda

yuzlab ilmiy maqolalarda, alohida monografiyalar, to‘plamlar va risolalarda yoritilgan.[1]

Xorazmvohasining boshlanish joyidagi eng qadimgi va juda muhim arxeologik

yodgorliklardan biri- Hazorasp shahri harobalaridir. Bu ulkan antik shahrda faqat ayrimarxeologik

qidirishlargina o’tkazilgan,shuning uchun ham hozirgi kunda bu shahar haqida ma’lumotlar kam.

[2] Xorazm vohasidagi tadqiqotlar davomida qadimgi aholining turmush sharioitlari, siyosiy,

ijtimoiy va madaniy hayoti haqida ko’plab ma’lumotlar aniqlanadi.

METODOLOGIYA VA ADABIYOTLAR TAHLILI

Tadqiqot metodologiyasi tarixiy-tahliliy va qiyosiy metodlarga asoslangan. Xorazm

vohasining o’rganilishiga oid adabiyotlar, tadqiqot materiallari va ilmiy maqolalar, arxeologik

hisobotlardan foydalanilgan.

Xorazm ekspeditsiyasining ko’p yillik tekshirishlariga yakun yasovchi S.P

Tolstovning “Qadimgi Xorazm”, “Qadimgi Xorazm sivilizatsiyasi izidan” kabi kitoblari hamda

ekspeditsiya hodimlarining bir necha ilmiy asarlari O’rta Osiyo tarixini o’rganishda muhim bir

bosqich hisoblanadi.[1] G’.Xo’janiyozonving “Qadimgi Xorazm mudofaa inshootlari” kitobida

ham Xorazm huduning o’rganilish bosqichlari batafsil yoritilgan.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Xorazm vohasida mustaqillik yillarida olib borilgan tadqiqotlar natijasida ko’plab

yutuqlarga erishildi. Avtstarliya, Germaniya, AQSH, Rossiya, Polsha, Italiya kabi rivojlangan

davlatlar olimlari bilan hamkorlikda izlanishlar olib borildi. Zamonaviy texnologiyalar yordamida

qadimiy qal’alarning madaniy qatlamlarida chuqur o’rganish va qidirish ishlari o’tkazildi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

547

Dastlabki o’rganish ishlari Xorazmning qadimiy shaharlaridan biri Oqchaxonqal’ada olib

borilgan. Oqshaxon qalʼada 1995 yildan boshlab Oʼzbekiston Respublikasining mustaqillik

yillarida qadimgi Xorazm shax,arlarini tadqiq qilishning soʼnggi bosqichi toʼgʼri keladi. Xorazm

Maʼmun akademiyasi va Urganch Davlat universiteti ilmiy xodimlari shu yillarda Olmaotishkan,

Dashqalʼa 2, Hazorasp va boshqa shaharlarni tekshirdilar (Baratov, 2004; 2006; Baratov,

Matrasulov, 2003; Matrasulov, Sobirov, 2002 va b.) [4] 2005-2006-yillarda olib borilgan ish

natijalariga ko’ra, ko’cha bilan qal’aning g’arbiy devoir orasida shartli ravishda «Yuz ustunli zal»

deb nomlangan obyekt borligi aniqlandi. Muqaddas shahrning qal’a devoridan 18 m masofada

devor ko’tarilgan bo’lib uning uzunligi 100 metrga yaqin, deyish uchun asos bor. 100 x 18 metr

o’lchamdagi ulkan xona ustida 3,1 x 3,6 m oralig’idagi ustunlarga tayangan yassi bostirma bo’lgan.

Qal’a mustahkam qurilish uslubiga ega hisoblanib, Xorazmning qadimgi rivojlangan

shaharlaridan biri hisoblanadi.

2003-yildan Arxeologiya instituti Janubiy Xorazm arxeologiya otryadi, Oʻzbekiston

Respublikasi Fanlar akademiyasi va Maʼmun akademiyasi kichik muntazam arxeologik

tadqiqotlar olib boradi. Taqdqiqotlar davomida Xorazm vohasi janubidagi nekropollar (Meshekli

va Uch o’chaq) tekshiriladi. [4]

M.Mambetullayev,V.N.Yagodin,V.V.Luneva,O’.Abdullayevlarning maqolalari ham

qadimgi va o’rta asrlar Xorazm shahar va qal’alariga bag’ishlanadi. Tarixiy rivoyatlar, urf-odatlar

va marosimlarga oid masalalar S.X.Esberganova, H.Abdullayev, S.Ro’zimov, G.Eshchanova,

A.A.Ashirov, Sh. Kamoliddin va boshqa olimlar tomonidan ko’rib chiqildi.[5]

Avstraliyaning Sidney Universiteti olimlari O’zbekiston Fanlar Akademiyasi

Qoraqalpog’iston bo’limi Tarix, arxeologiya va etnografiya instituti olimlari bilan hamkorlikda

respublika hududida arxeologik izlanishlar o’tkazib kelmoqda.

2024-yilda Xorazm Ma’mun akademiyasi arxeolog olimlari B.P. Sadullayev rahbarligida

S.U.Sobirov, Sh.B.Rahmonov, F.R. Matqurbonovlar ishtirokida Xorazm viloyati Tuproqqal’a

tumanida arxeologik dala qidiruv ishlari boshlangan. Tadqiqotlar Xorazm janubidagi chorvador

qabilalarga mansub mozor-qo’rg’onlarda olib borilmoqda. Olimlar tomonidan 3,5 ming yillik

Andronovo madaniyatiga oid mozor-qo’rg’onlarni ochildi va bu tipdagi mozorlar Xorazm tarixida

kam uchraydi. Bu topilmalar hududimizda yashagan qadimgi xalqlarning diniy qarashlari va dafn

tartiblariga oid muhim manbalardan hisoblanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

548

XULOSA

Qadimgi Xorazm hududi ming yillik tarixga ega bo’lib,bu yerda odamlar neolit davridan

boshlab hayot kechirganlar. S.P.Tolstov boshchiligidagi Xorazm Arxeologiya-etnografiya

ekspeditsiyasi hodimlari tomonidan Xorazm vohasi hududidan 200dan ortiq qal’alar

o’rganilgan.Eramizdan avvalgi IV—I asrlar qadimgi Xorazmning gullab-yashnagan davri bo’lib,

bu paytga oid yodgorliklar juda ham ko’p va xilma-xildir. Xorazmning antik davrdagi

shaharlarining deyarli barchasi vohani dashtdagi qo’shni kabilalardan mudofaa qilish maqsadida

qurilgan.[6] Xorazmning qadimgi davrda rivojlangan Tuproqqal’a, Oqchaxonqal’a, Kat qal’a,

Ayozqal’a, Qo’yqirilgan qal’a, Guldursun qal’a, Qalajiq qal’a, Jildiqqal’a, Olmaotishgan,

Guldursun kabi ko’plab qal’alari ekspeditsiyalar davomida o’rganilgan. A.Yakubovskiy,

S.Bartold, Itina,Yagodin, A.Asqarov, Y.G’ulomov, T.Mirg’iyosov, G’.Xo’janiyozov va boshqa

olimlar tomonidan Xorazm vohasi qadimgi qal’alari va aholi turmush tarzi, urf-odatlari va

boshqaruvi to’g’risida izlanishlar olib borilgan.

Mustaqillikdan keyin yurtimiz tarixi va o’tmishini o’rganishga katta e’tibor qaratilishi

natijasida tarix va arxeologiya sohasida katta yutuqlarga erishildi. 1997-yilda Xiva shahrining

2500 yillik yubileyi keng nishonlashi bunga bir misoldir. Ko’p asrlik tarixga ega Xorazm

vohasining bebaho merosini o’rganish orqali qadimgi davr aholisining madaniyati, dini,

boshqaruvi haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo’lamiz. Zero, tarixiy xotirasiz kelajak yo’qdir.

REFERENCES

1.

И.Жабборов. Кўҳна ҳаробалар сири. Ўзбекистон СССР Давалт нашриёти. Тошкент-

1961

2.

С.Р.Баратов. Новы данныее по археологии южного Хорезма (статя). Академия

Маъмуна, Институт археологии Академин наук Республики Узбекистана.(2013)

3.

Хўжаниёзов, Ғ. Қадимги Хоразм мудофаа иншоотлари. Тошкент: Ўзбекистон.(2007).

4.

Ғуломов, Я.Ғ. Хоразмнинг суғорилиш тарихи: қадимги замонлардан ҳозирги кунгача.

Тошкент: ЎзССР Фанлар академияси нашриёти. (1957)

5.

Abdrimov K. Qadimgi Xorazm ilmiy maktabining astroarxeologik mezonlari//IMKU. -

Samarqand, 1999.

6.

M.Allabergenov. Qadimiy mudofaa qo’rg’onlari. Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston

Milliy kutubxonasi nashriyoti. Toshkent-2007

References

И.Жабборов. Кўҳна ҳаробалар сири. Ўзбекистон СССР Давалт нашриёти. Тошкент-1961

С.Р.Баратов. Новы данныее по археологии южного Хорезма (статя). Академия Маъмуна, Институт археологии Академин наук Республики Узбекистана.(2013)

Хўжаниёзов, Ғ. Қадимги Хоразм мудофаа иншоотлари. Тошкент: Ўзбекистон.(2007).

Ғуломов, Я.Ғ. Хоразмнинг суғорилиш тарихи: қадимги замонлардан ҳозирги кунгача. Тошкент: ЎзССР Фанлар академияси нашриёти. (1957)

Abdrimov K. Qadimgi Xorazm ilmiy maktabining astroarxeologik mezonlari//IMKU. - Samarqand, 1999.

M.Allabergenov. Qadimiy mudofaa qo’rg’onlari. Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti. Toshkent-2007