ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
549
FUQAROLARNING HUQUQ VA ERKINLIKLARI KAFOLATI
Axmadaliyev Jasurbek Ismatilla o’g’li
Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo’mitasi Bojxona instituti 1-kurs kursanti
Dilshod Yuldashevich Sattarov
Ilmiy rahbar. Bojxona instituti dotsenti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14685189
Annotatsiya. Ushbu maqolada huquq va erkinlik tushunchasi. O’zbekistonda qonunlarida
fuqarolarning huquq va erkinliklari qay daraja aks etganligi. Yangi O’zbekistonda inson qadri
to’g’risida fikr mulohazalar keltirilgan.
Kalit so’zlar: genosid, implementatsiya, deklaratsiya, konstitutsiya, pakt, huquq, tabiiy
huquq.
RIGHTS AND FREEDOMS OF CITIZENS
Abstract. This article discusses the concepts of rights and freedoms, and to what extent
citizens' rights and freedoms are reflected in the laws of Uzbekistan. It also presents reflections
on human dignity in the New Uzbekistan.
Keyword: Genocide, Implementation, Declaration, Constitution, Pact.
ПРАВА И СВОБОДЫ ГРАЖДАН
Аннотация. В данной статье рассматриваются понятия прав и свобод, а также
степень отражения прав и свобод граждан в законодательстве Узбекистана. Кроме того,
представлены размышления о человеческом достоинстве в Новом Узбекистане.
Ключевое слово: Геноцид, Реализация, Декларация, Конституция, Пакт.
Huquq va erkinlik
Huquq
– jamiyatdagi odamlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi, davlat
tomonidan kafolatlangan va himoya qilinadigan umumiy majburiy qoidalar tizimidir.
Erkinlik
– bu insonning o‘z xohish-irodasi va tanlovi asosida harakat qilish huquqidir,
lekin bu jarayonda boshqa shaxslarning huquqlari va manfaatlariga zarar yetkazmaslik lozim.
Inson huquqlari va erkinliklari
Inson huquqlari – tabiiy, ajralmas va fundamental huquqlardir. Ular inson tug‘ilganidan
boshlab unga tegishli bo‘lib, davlat yoki boshqa shaxslar tomonidan cheklanishi mumkin emas.
Masalan: yashash huquqi, ta'lim olish huquqi, so‘z erkinligi va shaxsiy hayot daxlsizligi.
Misollar
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
550
1.
Yashash huquqi (asosiy inson huquqi):
Har bir insonning hayoti himoya qilinadi.
Masalan, Konstitutsiyaga ko‘ra, hech kim o‘z hayotidan noqonuniy ravishda mahrum qilinishi
mumkin emas.
2.
So‘z va fikr erkinligi:
Inson o‘z fikrini erkin ifodalash huquqiga ega. Masalan, odamlar
jamiyatda muammolar haqida ochiq gapirishi, jurnalistlar axborotni tarqatishi qonun bilan
himoyalangan (agar bu boshqalarga zarar yetkazmasa).
3.
Ta'lim olish huquqi:
Har bir fuqaro bepul umumiy ta'lim olish huquqiga ega. Bu huquq
orqali odamlar bilim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi, bu esa ularning jamiyatda munosib o‘rin
egallashiga yordam beradi.
4.
Sud orqali himoya huquqi:
Har bir insonning huquqlari buzilganda, sudga murojaat qilish
huquqi mavjud. Masalan, biror korxona xodimni noqonuniy ishdan bo‘shatsa, u sud orqali o‘z
huquqlarini tiklashga haqli.
Davlatning vazifasi
Davlat inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlash, ularni himoya qilish hamda ularga
rioya etilishini ta’minlashga mas’uldir. Bu xalqaro huquqiy me’yorlar bilan ham tartibga solinadi,
masalan,
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi
yoki
Fuqarolik va siyosiy huquqlar
xalqaro pakti
.
Bu mavzusi to’g’risidagi olimlar fikri:
Jon Lokke
(1632–1704) – Ingliz faylasufi va siyosatshunosi. U
tabiiy huquqlar
nazariyasini
ishlab chiqdi. Lokke bo‘yicha, insonlarning asosiy huquqlari – hayot, erkinlik va
mulk. Unga ko‘ra, har bir odam bu huquqlarga ega bo‘lib, davlat bularni himoya qilish uchun
mavjud bo‘lishi kerak
1
.
Inson – davlat va jamiyat uchun maqsadga erishish vositasi emas, aksincha, ana shu
maqsadning bosh mazmuni va manbai hamda eng oliy qadriyat bo‘lishi lozim. Biz barpo
etayotgan Yangi O‘zbekiston uchun inson qadri va xalq manfaati, hamma narsadan ustundir!
Shu bois, inson qadrini yuksaltirish haqiqatda davlat hokimiyati organlarining konstitutsiyaviy
burchi va ustuvor vazifasi bo‘lmog‘i shart
.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyev
Insonning huquqlari va erkinliklari u tug’ilganidan boshlab qisman paydo bo’ladi. Ular
davlat tomonidan hurmat qilinishi va himoya qilinishi kerak.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
551
Biroq, tarix davomida va hozirgi kunda ham dunyoning turli burchaklarida fuqarolarning
huquq va erkinliklari ko‘plab hollarda buzilishi, shaxsning erkin yashashiga va taraqqiyotiga
to‘sqinlik qiluvchi muammolarni ko’rishimiz mumkin. Siyosiy repressiyalar, genotsid, irqiy
kamsitishlar, diniy ta'qiblar, shaxsiy hayotga zo‘ravon aralashish va majburiy mehnat kabi holatlar
fuqarolarni nafaqat erkinlikdan, balki insoniy sha’nidan ham mahrum qiladi. Bunday holatlar
bizning xalqimizga ham qo’llanilgan. Ko’plab yetuk olimlarimiz, yozuvchilarimiz Sobiq sho’ro
davrida qatag’on qilindi, taqiqga uchradi, mol-mulklari olib qo’yildi.
Istoqlolning dastlabki yillarida bunday holatlardan xulosa olgan holda qonunchilik
tizimimizni tuzdik. Bunga misol qilib “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”ni
konstitutsiyamizda to’laqonli aks etganini keltirishimiz mumkin. Jumladan, Bosh Qomusimizning
II bob 13 moddasida “O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy printsiplarga
asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz
huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.
Konstitutsiya
–
(lotincha “conctitutio” – o‘rnatish, tuzilish) moddiy ma'noda, avvalo,
inson va fuqaro huquqlari hamda erkinliklarini e'lon qiluvchi va kafolatlovchi, shuningdek ijtimoiy
tuzum, boshqaruv shakli, davlat tuzilishi, hokimiyatning markaziy va mahalliy organlarini tashkil
etish asoslarini, ularning vakolatlari, o‘zaro munosabatlarini, davlat ramzlari va poytaxtini
belgilaydigan qonun hujjati, hujjatlar yoki konstitutsiyaviy odatlar majmui.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
26-modda
Insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizdir. Hech narsa ularni kamsitish uchun asos
bo‘lishi mum kin emas.
2
Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki inson
qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emas.
Hech kimda uning roziligisiz tibbiy va ilmiy tajribalar o‘tkazilishi mumkin emas.
Keyingi qadamlar sifatida inson huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilishning ta’sirli
vositasini barpo etish, xalqaro tashkilotlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan
hamkorlikni kengaytirish, davlat muassasalari xodimlari va aholining inson huquqlari bo‘yicha
madaniyatini oshirish maqsadida BMTning Inson huquqlari va boshqaruv tizimini
demokratiyalashni qo‘llab-quvvatlash dasturiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 1996 yil 31 oktyabrdagi Farmoni bilan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasi Milliy markazi tuzilishini, istiqlol yillarida insonning asosiy huquq va erkinliklarini
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
552
ta’minlashga doir konstitutsiyaviy qonunlar, kodekslar va boshqa qonunlar qabul qilinib, hayotga
tatbiq etilgani, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Odam savdosiga qarshi kurashish
to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi,
“Nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Xayriya to‘g‘risida”gi va
boshqa qonunlarning qabul qilinishi, yil nomlari shu yil uchun yil dasturi bo’lishini hisobga olib
yil nomlarini (“Sog‘lom bola yili”,” Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”,” Inson qadrini
ulugʻlash va faol mahalla yili”, “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim”) inson huquqlarini himoya
qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirishga zamin bo’lganini qayt etishimiz mumkin.
Albatta inson huquqlari haqida gap ketganda 2023-yil 30 aprelda o’tkazilgan referendum
asosida qabul qilingan konstitutsiya e’tirof etish kerak. Yangi tahrirdagi Konstitutsiya
mamlakatimizning yaqin va uzoq istiqboldagi barqaror taraqqiyoti, xalqimiz farovon hayotining
mustahkam huquqiy asosi va ishonchli kafolatidir. Bosh qomusimizda ijtimoiy adolat va birdamlik
prinsiplari joriy etilib, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning mutlaqo yangi
mexanizmlarini nazarda tutuvchi konstitutsiyaviy asoslar mustahkamlandi.
Xususan, inson manfaati har narsadan ustun qo‘yilishi e’tirof etildi hamda fuqarolarning
huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish davlatning konstitutsiyaviy majburiyati sifatida
belgilandi. Bular, inson sha’ni va qadr-qimmati daxlsizligi, hech narsa ularni kamsitish uchun asos
bo‘lishi mumkin emasligi, inson va davlat organlari o‘rtasida yuzaga keladigan noaniqliklar inson
foydasiga talqin qilinishi, huquqiy ta’sir choralari qonuniy maqsadga erishish uchun yetarli va
mutanosib bo‘lishi kerakligi va boshqalarda o‘z aksini topgan.
Shu jumladan bu yo’nalishda xohish-irodasini ro‘yobga chiqarish, har bir fuqaroga o‘z
salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sog‘lom, bilimli va ma’naviy
barkamol avlodni tarbiyalash, global ishlab chiqarishning muhim bo‘g‘iniga aylangan kuchli
iqtisodiyotni shakllantirish, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli
ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi F-4849-
e’lon qilindi. Respublika Prezidentining farmoni bilan tasdiqlangan Harakatlar
strategiyasida quyidagilar ta’kidlangan: «Mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur
tahlili, ... globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada
barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda
tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda»
3
.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
553
Shu jumladan 2023-yil Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish
jarayonida orttirilgan tajriba va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida ishlab chiqilgan
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi tasdiqlandi.
Ushbu maqola inson huquqlari va erkinliklari, shuningdek, ularning O‘zbekistondagi
qonunlar orqali qanday aks etishi haqida muhim masalalarni ko‘rib chiqadi. Inson huquqlari va
erkinliklari xalqaro huquqiy me’yorlar asosida kafolatlanishi zarur, va O‘zbekistonning
Konstitutsiyasi ham bu prinsiplarni qo‘llab-quvvatlaydi. Davlat inson huquqlarini himoya qilish,
ularga rioya etish va ularni ta’minlash mas’uliyatini o‘z zimmasiga oladi.
REFERENCES
1.
"Two Treatises of Government" (1689)
2.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
3.
"Davlat va huquq nazariyasi" 2018
4.
BMTning Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi
