ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
586
KELAJAK TAʼLIMI: YANGI AVLOD TAYYORLASH
Xodjaxanova Ra’no Baxodirovna
Yakkasaroy tumani 127-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi direktori.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14702600
Annotatsiya. Ushbu maqolada yosh kelajak aylodni tayyorlash, uning muhimligi haqida
atroflicha maʼlumot berilgan.
Kalit soʻzlar: yosh avlod, pedagogik texnologiyalar, kadrlarni tayyorlashga, imkoniyatlar.
FUTURE EDUCATION: PREPARING A NEW GENERATION
Abstract. This article provides detailed information about the preparation of the young
future generation and its importance.
Keywords: young generation, pedagogical technologies, training of personnel,
opportunities.
ОБРАЗОВАНИЕ БУДУЩЕГО: ПОДГОТОВКА НОВОГО ПОКОЛЕНИЯ
Аннотация. В статье представлена подробная информация о подготовке молодого
будущего супруга и ее важности.
Ключевые слова: молодое поколение, педагогические технологии, обучение,
возможности.
Shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi davr insonga moddiy extiyojlarini qondirish kabi
birlamchi vositalar safiga ilm hamda tarbiyani xam qo‘shdi. Shu tufayli inson taraqqiyot sari dadil
qadam qo‘ymoqda. Koinotni zabt etishi ham aynan ilmning mahsuli ekanini bugun hech kim inkor
eta olmaydi. Mustaqil mamlakatimizda insoniyatni bag‘rikenglik, poklik va mexr-oqibatga
chorlovchi muqaddas dinimizni asrab-avaylashga, yosh avlodni xalqimizning milliy va diniy
qadriyatlariga hurmat-ehtirom ruxida tarbiyalashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Imom Buxoriy
aytganidek: “Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay”. Xar qanday orzu va maqsad ham
ilm hamda tarbiya bilan amalga oshadi.
Har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yo‘lidan ma'lumki, yurtning jadal rivojlanishi,
muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo‘lishi o‘sha davlatda yoshlar ta'lim-tarbiyasi va
kelajagiga beriladigan e'tibor darajasiga chambarchas bog‘liq. Shu ma'noda, O‘zbekistonda
yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
587
Bu borada Shavkat Mirziyoyev tomonidan ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi sa'y-
harakatlarni tizimli asosda yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusning ilgari surilishi
O‘zbekiston tarixida yoshlar ta'lim-tarbiyasi bo‘yicha yana bir yangi bosqichni boshlab berdi.
Shunday ekan, bu mashaqqatli yo‘lda sobitqadam bo‘lib, bugunning imkoniyatlaridan
keng foydalangan holda astoydil harakat qilaylik.
Bugungi kunda yoshlar orasida keng joriy etilgan ushbu besh tashabbusga ko‘ra,
hududlardagi madaniyat markazlari, musiqa va san'at maktablarining moddiy-texnik bazasi va
ulardan foydalanish holati keskin yaxshilandi, yoshlarning qiziqishidan kelib chiqib, qo‘shimcha
yana 1,5 mingta to‘garak tashkil etildi. Hatto eng chekka qishloqlardagi madaniyat markazlarida
ham badiiy-havaskorlik jamoalari, yoshlar teatr-studiyalari va “Yoshlar klublari” faoliyati yo‘lga
qo‘yildi.
Ishlab chiqarish kadrlar tayyorlash tizimida buyurtmachi va iste’molchi funksiyalarini
bajarib, kerakli yuksak darajalarda va tegishli sohalar uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash
va malaka oshirish jarayonida faol ishtirok etadi. Ishlab chiqarishning ehtiyojlari kadrlar
tayyorlashga bo‘lgan ijtimoiy buyurtmani shakllantiradi, kasb - hunarga tayyorlashning maqsadi,
vazifasi va mazmunini aniqlaydi. Malakaviy talablarni ilgari suradi, yangi texnologiyalar va
o‘qitish shakllarini tanlab olish shartlarini belgilaydi. Ishlab chiqarish buyurmachi sifatida
kadrlarning umuman, kasb - hunarga tayyorlash tizimining sifati, darajasi va raqobatbardoshligini
baholab beradi. Ta‘lim mazmunini isloh qilib, uni jahon ta‘lim standartlariga muvofiqlashtirishda
ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etishhga alohida e‘tibor berilgan.
Mustaqil O‘zbekiston taraqqiyotida hal qiluvchi muammolar: xalqimizning ming-ming
yillik qadriyatlarini, pedagogik merosini o‘rganishh va ta‘lim-tarbiya jarayonini milliylashtirish,
jamiyat taraqqiyotida ma‘naviyatning ustivorligini ta‘minlash va ma‘naviy tarbiya nazariyasini,
amaliyotini takomillashtirish; yoshlar ongiga milliy mafkura, milliy g‘oyani singdirish,
vatanparvarlik tarbiyasini yangi mazmun va metodikasini ishlab chiqish; jahon andozalariga mos
ta‘lim tizimini yaratishh, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish, pedagogik kadrlarni hozirgi
davr talabi asosida ta‘lim-tarbiya ishiga tayyorlashh, pedagogik texnologiya bilan qurollantirish
kabilar pedagogika fanining dolzarb vazifasi bo‘lib qoldi
Fan, texnika va texnologiyaning jadal rivojlanishi sharoitida o‘qitish tizimiga quyidagi
talablar qo‘yiladi:
1
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga
murojaatnomasi. Toshkent. 2020 yil 29 yanvar.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
588
a) individual va mustaqil ishlash, ilmiy-texnik axborot bilan ishlash malakalarini
rivojlantirish;
b) original va nostandart qarorlar, ishchanlik - qobiliyatlarini rivojlantirish;
v) o‘qitishni individuallashtirish (o‘qishga turli qobiliyatga ega bo‘lgani uchun);
g) bilim harakatchanligi, tanqidiy fikrlashganda moslashuvanlik va ijod, ishlab
chiqarishning zudlik bilan o‘zgaruvchan sharoitiga mos epchillikni shakllantirish.
Bayon etilgan, bir tomondan pedagogik texnologiyaning sodir bo‘lish zaruriyatini
tasdiqlasa, ikkinchi tomondan u ilmiy texnik taraqqiyot jadallashuvining mahsuloti ekanligini
namoyish etadi. Shu sababli, ilmiy texnik taraqqiyot tezlashuviga 2…3 va undan ortiq fanlar
ulanishlarida paydo bo‘ladigan yangi fanlarning ta’sirini alohida ta’kidlash zarur bo‘ladi.
Pedagogik texnologiya ham ikkita fan «pedagogika» va «texnologiya»lar ulanishida paydo
bo‘lga yangi fanlardan biridir. Pedagogik texnologiya ilmiy texnika taraqqiyoti jadallashuvi
talabalari darajasida kadrlar tayyorlashuvi talablari darajasida kadrlar tayyorlashni ta’minlash
imkoniyatini yaratdi. Pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismlari tegishli davr talablari asosida
ham paydo bo‘ladilar.
“Pedagogik texnologiya bilimlarni o‘rganishh yaxlit jarayonida ta‘lim shakllarini
optimallashtirish, texnikaviy, insoniy imkoniyatlar, ularning o‘zaro xamkorligi amalga oshirish
metodlar tizimidir”,-degan xulosaga kelinadi. Uzoq vaqt xukm surgan, kommunistik
g‘oyaviylikka asoslangan byuroktratik pedagogika ta‘lim-tarbiya jarayoniga ilmiy yondoshish
yo‘llarini berkitgan edi. Ayniqsa rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalanishh man etilgan
edi.
O‘z navbatida, O‘zbekistondagi barcha o‘zgarishlarning negizi hisoblangan ta'lim-tarbiya
tizimida ham tub islohotlar olib borilmoqda. Ayni vaqtda ta'lim, shu jumladan, ijtimoiy soha uchun
xarajatlar miqdori davlat byudjeti xarajatlari umumiy qiymatining yarmidan ko‘prog‘ini tashkil
etmoqda. Tabiiyki, har qanday davlat ham bunday katta xarajatlarni ko‘tara olmaydi.
Ammo qanchalik og‘ir bo‘lmasin, buning uchun zarur mablag‘ va resurslar yurtimizda
izlab topilmoqda. O‘zbekiston rahbari mazkur xarajatlarni xarajat emas, balki kelajak uchun
qo‘yilgan eng samarali sarmoya deb hisoblab, ta'lim darajasi va sifati har qanday davlatning
istiqbolini belgilab beradigan muhim omil ekanini ta'kidlamoqda.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, hozirgi kunda davlatimiz tomonidan yoshlarning
porloq kelajagini yaratishga qaratilgan keng ko‘lamli siyosatidan, yaratilayotgan keng
imkoniyatlardan, samarali islohotlardan foydalangan holda yurtimiz yoshlari barkamol avlod
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
589
sifatida, har bir o‘g‘il-qiz avvalo, chet tilini mukammal bilishi, kompyuter sohalarini chuqur
o‘rganishlari, internetdan foydalana olishi, milliy va diniy qadriyatlarga amal qilishlari, ilmiy
izlanishlar olib borishlari, fidoyi Yurt farzandi bo‘lishlari lozim. Bunday yoshlar yurtimiz
tinchligini, osoyishtaligini ta’minlay oladigan insonlar bo‘lib, istiqbolni belgilashadi.
Vatanimizning buyuk kelajagini qurish, oldimizda turgan katta-katta muammolarni
yechish, mustaqilligimizni himoya qilish, hayotda milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg‘unligi
tamoyiliga amal qilib yashashdek muhim vazifalarni yoshlarimiz o‘zining muqaddas burchi deb
bilayotgani, ayniqsa, e’tiborga sazovordir. Barkamol yoshlarni tarbiyalashdek porloq niyatimiz
uchun bizda ma’naviy asos bor. Mana shu ma’naviy meroslardan unumli foydalangan holda,
o‘zbek yoshlari har qanday sohada yurtimizni dunyo tan oladigan Yurt sifatida himoya qilishlariga
hamda har doim “O‘zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmasligi”ga ishonamiz. Zero,
yoshlar–davlat va jamiyatning hal qiluvchi kuchi, ertasining egalari. Ular tom ma'noda,
O‘zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasidir.
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoevning Oliy Majlisga
va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasi. Toshkent. 2020 yil 29 yanvar.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106 – son farmoni
“Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlari ittifoqi
faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” Toshkent shahri, 2017 yil 5 iyul.
3.
“O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati asoslari” to‘g‘risidagi qonun.
1991 yil.
4.
Karimov. I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni – xalq, millatni – millat qilishga xizmat etsin.
T.: “O‘zbekiston”,1998, 17 – bet.
